Pensiya ishi darslik i-qism toshkent-2020 Rustamov D. R., Tursunov J. P., Beknazarov Z. E


Davlat ijtimoiy siyosatini amalga oshirishda pensiya ta’minotining o‘rni va ahamiyati



Download 2,13 Mb.
bet7/154
Sana18.02.2022
Hajmi2,13 Mb.
#451241
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   154
Bog'liq
Pensiya-ta minoti

1.3. Davlat ijtimoiy siyosatini amalga oshirishda pensiya ta’minotining o‘rni va ahamiyati
Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni qabul qilindi. Unga ko‘ra aholi va tadbirkorlarni o‘ylantirayotgan dolzarb masalalarni har tomonlama o‘rganish, amaldagi qonunchilik, huquqni qo‘llash amaliyoti va ilg‘or xorijiy tajribani tahlil qilish, shuningdek keng jamoatchilik muhokamasi natijasida ishlab chiqilgan “2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”8 tasdiqlandi.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining to‘rtinchi, ya’ni ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarida aholiga majburiy ijtimoiy kafolatlarni ta’minlash, aholining ehtiyojmand qatlamlarini ijtimoiy himoyasini hamda keksalar va imkoniyati cheklangan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni yaxshilash, aholiga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda davlatxususiy sherikligini rivojlantirish masalalari ifoda etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yilda mamlakatimizni rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalari to‘g‘risidagi Parlamentga Murojaatnomasida ham aholi daromadlarini ko‘paytirish, pensiya ta’minotini yaxshilash bo‘yicha ham ko‘p ishlar qilish lozimligi, pensiya va nafaqalarni tayinlash hamda to‘lash tartibini qayta ko‘rib chiqish, pensiya tizimini tubdan isloh qilish zarurligi alohida qayd etildi.
Davlat aholini ijtimoiy muhofaza qilish darajasini qonunchilik va qonun asosidagi hujjatlar orqali boshqaradi, tirikchilik qilish uchun zarur minimum darajasini belgilaydi va uni nazarda tutib mehnatga to‘lanadigan haqning eng kam miqdorini, ijtimoiy to‘lovlarni, sug‘urta badallarini va ijtimoiy yordam (imtiyozlar) turlarini belgilaydi, ijtimoiy muhofaza sohasidagi xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Aholini ijtimoiy jihatdan himoya qilishda pensiyalari muhim o‘rin egallaydi. Shu munosabat bilan iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida fuqarolarning pensiya ta’minoti bo‘yicha huquqlarini davlat tomonidan kafolatlanishini kuchaytirish va pensiya tizimini barqaror rivojlantirish shart-sharoitlarini yaratish maqsadida mamlakatda pensiya tizimi, shu jumladan, jamg‘ariladigan pensiya ta’minoti isloh qilinmoqda.
Pensiya ta’minoti ijtimoiy himoyaning muhim tarkibiy qismi hisoblangan ijtimoiy ta’minotning o‘zagini tashkil qiladi. Ijtimoiy himoya – keng ma’noda – mamlakat aholisini ijtimoiy va moddiy muhofaza qilinishini ta’minlaydigan va jamiyatda qaror topgan huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy choratadbirlar majmui; tor ma’noda – davlat va jamiyatning yoshi, salomatligi holati, ijtimoiy ahvoli, tirikchilik vositalari bilan etarli ta’minlanmagani tufayli yordamga, ko‘makka muhtoj fuqarolar to‘g‘risidagi g‘amxo‘rligidir9. Uning asosiy maqsadi aholi farovonligining to‘xtovsiz yaxshilanishini ta’minlash, aholi qatlamlarining ta’lim, madaniyat, kasb malakasi, daromadlari jihatidan keskin tafovutlariga barham berish, jamiyat tomonidan insonga munosib hayot darajasini va inson taraqqiyotini ta’minlashga yordam berishdan iborat.
O‘zbekistonda pensiya va ijtimoiy nafaqalarga qaratilgan ijtimoiy himoya yo‘nalishlarini 1.3-rasm orqali aks ettirish mumkin.

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish