Talabalar uchun ko’rsatmalar: 1. Keys mohiyatini yetarlicha anglab oling.
2. Muammoning yechimini topishga xizmat qiluvchi omillarni aniqlang.
3. Ana shu omillar asosida yechimni asoslashga harakat qiling.
4. O’z fikringizni bayon eting.
Keysni yechish jarayoni: 1.Tinglovchi keys mohiyatini u bilan tanishish orqali kichik guruhda muhokama qiladi.
2.Tinglovchi kichik guruih a’zolari bilan hamkorlikda muamoni hal etishga zamin tayyorlaydigan omillarni aniqlaydi.
3.Muammoni hal etishga yordam beradigan omillardan eng muhimlari ajratib olinadi.
4. Kichik guruh a’zolari eng muhim omillar asosida o’z fikrlarini bayon etadi.
5. Kichik guruh fikrlari tahlil etiladi va umumiy xulosaga kelinadi.
Muammoning yechimi: O’qituvchi ta’lim- tarbiyaviy faoliyatni o’quvchilar bilan birgalikda tashkil etadi. Pedagogik jarayonda o’qituvchi bevosita ta’lim-tarbiyaviy ishlarni ma’lum bir yo’nalishga solishi, o’quvchilar tashabbusini qo’llab quvvatlashi, o’z fikrlarini jamoa fikrlari bilan real sharoitga moslashtira olish ko’nikmalarini yarata olishi kerak. Xusnidaning buni uddasidan chiqqanini ko’rib turibmiz. Bunday vaziyatda o’quvchilarga jim o’tirishlarini buyurish, diqqatlarini bugungi mavzuga qaratishlarini talab qilish o’quvchida ustoziga nisbatan norozilikni keltirib chiqarishi mumkin. Xusnida ijodiy ishga 10 daqiqa vaqt berdi.Uning hisobida yana 10 daqiqa bor. U bu vaqtda talabalarning 10 tasida ijodiy ishlari haqida ma’lumot olishi va ularning ishlarini tekshirib olishi mumkin. Menimcha Xusnida to’g’ri yo’l tutdi deb o’ylayman.
5-KEYS. 2-semestr boshlandi. 1-kurs A-guruh talabalari o’rtasida tez-tez nizoli vaziyatlar,kelishmovchiliklar yuz bera boshladi.Bunga asosiy sabab guruh talabalarining 2 guruhga ajralib olishgani edi.Ya’ni guruh ijtimoiy tabaqasi,oilaviy sharoitiga ko’ra ikkiga bo’lingan edi.O’qituvchilar A guruhdagi talabalarning janjallari darsga halaqit berayotganligi,ularning darslardagi o’zaro nizolari sababli (ya’ni dars jarayonida bir-birlarini hurmat qilishmas,aytgan ma’lumotari ustidan kulishmas,dars gapirayotgan talabaga nisbatan beparvo o’tirishar,bildirgan fikri ustidan kulib,keskin tanqid qilishar edi)darslarni yaxshi o’ta olmayotganlari yuzasidan fakultet dekaniga shikoyat qila boshlashdi.Bu masala fakultetning yig’ilishida asosiy masala sifatida ko’rib chiqilishini aytishdi.Fakultet dekani esa guruhga javobgar tyutorga talabalarni tartibga chaqirib qo’yishini,ularning o’rtasidagi nizoli vaziyatni bartaraf etishi kerakligini,agar uddalay olmasa,yana shunday holat takrorlansa uni tyutorlikdan olishini aytdi.
Savollar: 1.Bunday vaziyatda tyutor qanday chora ko’rishi kerak?
2.O’qituvchilar tutgan yo’l to’g’rimi?
3.Fakultet dekani tyutorga nisbatan to’g’ri ogohlantirish berdimi?