Tez о„qishni rivojlantirishda SHTURM METODI.
“Shturm metodi” mashqining asosi stressli vaziyatni yaratishdir.
Kitobning
har bir sahifasini o„qishga bor yo„g„i 15 soniya vaqt ajratiladi.
Shu vaqt ichida siz
ko„z yugurtirishingiz emas haqiqatda o„qishingiz kerak.
“Shturm metodi”ning asosiy qoidalari
1. 50-100 betdan iborat 10-12 ta kitob tayyorlang.
2. Kitob sahifalarini vertikal tarzda o„rtasidan chizib chiqing.
3. Har bir sahifani 15 soniyadan vaqt ajratib o„qing.
4. Vaqtni belgilashni unutmang.
5. Ko„zlaringiz diqqatini sahifa markaziga qarating.
6. O„qilganlarni darxol tushunishga harakat qilmang.
7. Har bir kitobni boshidan oxirigacha to„xtamasdan o„qing.
TEZ O„QISHNI RIVOJLANTIRISH UCHUN “SHULTE JADVALLARI”
Shulte jadvallari – tasodifiy tarzda joylashgan ob‟ektlar (odatda
raqamlar
yoki harflar) jadvali bo„lib, ushbu ob‟ektlarni ma‟lum
tartibda topish tezligini
tekshirish va baholash uchun foydalaniladi.