1-mavzu. Zamonaviy о„qituvchi va ularga qо„yiladigan talablar
REJA:
1.
Pedagogning kasbiy kompetentligi
2.
Neyro-lingvistik dasturlash
3.
Tez о„qish kо„nikmalarini rivojlantirish
Tayanch so„zlar:
pedagog,
kompetentlik, zamonaviy o„qituvchi,
neyro-
lingvistik dasturlash, tez oqish, konikma
Insonni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash bashariyatning azaliy
orzusi bо„lib, ajdodlarimiz yosh avlodlarga ma‟rifat va madaniyatni о„rgatish,
ularni komillikka yetaklash yо„llari, qonun-qoidalarini izlaganlar. Aristoteldan
keyin, Sharq va G„arbda “Muallimi soniy”, ya‟ni “Ikkinchi muallim”
nomi bilan
mashhur bо„lgan Abu Nasr Forobiy “Fozil odamlar shahri”, “Yaxshi hulqlar”,
“Baxt-saodatga erishish haqida” kabi asarlarida sardor, yetakchiga xos xislatlar
haqida yozadi. Forobiy
bunday fazilatlar deganda, bilimdonlik, donolik,
mulohazalilik va vijdonlilik,
kamtarlik, jamoa manfaatlarini yuqori qо„yish,
haqiqiy ma‟naviy komillikka intilish, adolatli bо„lish kabi xislatlarni tushungan.
Masalan, fozillar shahrining (davlat nazarda tutilgan) tarkib topishi va unda
qanday axloqiy sifatdagi shaxsning rahbar bо„lishi tasniflari bugungi demokratik
jamiyat qurishning bevosita nazariy talablari bilan uyg„un keladi.
Abu Nasr Forobiy “Fozil odamlar shahri” asarida yetakchiga xos bо„lgan 12
ta xislat haqida quyidagilarni ta‟kidlaydi:
birinchidan,
tо„rt muchasi sog„lom bо„lib, о„ziga
yuklangan vazifalarni
bajarishda biror a‟zosidagi nuqson halal bermasligi lozim, aksincha, u sog„-
salomatligi tufayli bu vazifalarni oson bajarishi lozim;
ikkinchidan,
tabiatan nozik farosatli bо„lib, suhbatdoshining sо„zlarini,
fikrlarini
tez tushunib, tez ilg„ab olishi, shu sohada umumiy ahvol qandayligini
aniq tasavvur qila olishi zarur;
uchinchidan,
u anglagan, kо„rgan,
eshitgan, idrok etgan narsalarni
xotirasida tо„la-tо„kis saqlab qolishi, barcha tafsilotlarni unutmasligi zarur;
tо„rtinchidan,
zehni о„tkir, zukko bо„lib, har qanday narsaning bilinar-
bilinmas alomatlari va u alomatlari nimani anglatishini tez bilib, sezib olishi zarur;
beshinchidan,
u fikrini
aniq tushuntirish maqsadida, uni chiroyli sо„zlar
bilan ifodalay olishi zarur;
oltinchidan,
u (ustozlardan) ta‟lim olishga, bilim, ma‟rifatga havasli
bо„lishi, о„qish-о„rganish jarayonida sira charchamaydigan, mashaqqatlardan
qochmaydigan bо„lishi zarur;
yettinchidan,
yeb-ichishda ochofat bо„lmasligi, aksincha, о„zini
tiya olishi,
(qimor yoki boshqa) о„yinlardan zavq, huzur olishdan uzoq bо„lishi zarur;