Pedagogika va psixologiya fakulteti


Rasm tahlilining jihatlari



Download 2,25 Mb.
bet47/48
Sana14.07.2022
Hajmi2,25 Mb.
#799471
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48
Bog'liq
wwwww

Rasm tahlilining jihatlari. Shakliy va mazmun jihatdan bolinadi. Shakliy jihatga: a) fazodagi joylashish semantikasi va
b) grafologik belgilari kiradi (13).
Proektiv rasmning joylashish semantikasi. Amaliyot va eksperimental tadqiqotlarda takidlanishicha, rasm maydoni semantik jihatdan bir xil emas. U kechinmalarning emotsional boyogi va vaqtinchalik davr — hozirgi, otgan va kelasi zamon bilan, shuningdek, amaliy va ideal natija bilan bogliq. Subektdan chapda va orqa tomonda joylashgan boshliq otmish va faoliyatsizlik (yani, niyat, rejalashtirish va uni amalga oshirish ortasidagi faol aloqaning yoqligi) bilan bogliq, ong taraf va oldindagi boshliq esa kelajak zamon va faollik bilan bogliq. Qogoz varagi bu boshliqning ikki olchamli proeksiyasi bolib hisoblanadi. Qogozdagi chap taraf va rasmning pastki qismi salbiy emotsiyalar, depressiya, qatiyatsizlik, passivlik bilan bogliq. Ong tomon (ong qol dominantligiga muvofiq) va yuqori qism ijobiy emotsiyalar, quvvat, faollik, xatti-harakatlarning aniqligi bilan bogliq.
Rasm normada orta chiziq (yoki sal chaproq) boyicha va qogoz ortasidan sal yuqorida joylashgan. Rasm holati qogozning yuqori chekkasiga yaqinroq (qanchalik kop bolsa, shunchalik yaqqolroq) joylashgan bolsa, oziga yuqori baho berish, jamiyatdagi oz ornidan va atrofdagilar tomonidan yetarlicha tan olinmaganligidan qoniqmaslik, kotarilishga nisbatan davo qilish, oz-ozini namoyon qilishga intilish, tan olinishga bolgan ehtiyoj sifatida talqin qilinadi. Qogozda rasm joylashishining kotarilishi yuqori ijtimoiy standartga mos kelishga intilish, atrofdagilar tomonidan emotsional qabul qilinishga intilish bilan ozaro boglanadi. Rasmning yuqoridaligi vaziyat ehtiyojlariga erishishda tosiqlarga etibor kamroqligi bilan ham bogliq.
Varaqning pastki qismida joylanishi — buning aksi: oziga ishonmaslik, oz-oziga past baho berish, tushkunlik, qatiyatsizlik, oz ijtimoiy mavqeiga qiziqmaslik, atrofdagilar tomonidan tan olinishga bolgan intilishning yoqligi, vaziyat ehtiyojlariga erishishda tosiqlarga etibor qaratishga bolgan moyillik.
Varaqning ong va chap yarim tekisligi “passivlik - faoliyat”, “tashqi - ichki”, “otmish - kelajak” oppozitsiyalari boyicha qarama-qarshi kannotatsiyaga ega. Rasm varaqning orta chizigidan ong va chap tomonda joylanishi, shuningdek, hayvon boshining va tanasining ong, chap va yuz korinishi orientatsiyasi mos ravishda baholanadi. Joylanish koproq rasm chizish paytidagi amalga oshirishga tayyor holatlarni va reaksiyalarni korsatadi, bosh va tana orientatsiyasi korsatilgan oppozitsiyalar doirasida u yoki bu holatlarga erishish tomon umumiy yonalganlikni aks ettiradi.
Bosh ong tomonga qaratilgan — ish-harakatga bolgan barqaror tendensiya: deyarli hamma narsa oylanadi va rejalashtiriladi, amalga oshiriladi yoki amalga oshirila boshlaydi (oxirigacha olib borilmasa ham). Bola oz ustanovkalari va maqsadlarini amalga oshirishga tayyor.
Chap tomonga yonalgan bosh — refleksiyaga, fikr-mulohazaga moyillik, “ish harakat bajarmaydigan inson”. Oylangan ishlarning bir qismigina amalga oshiriladi yoki endi royobga chiqa boshlaydi. Shuningdek, kopincha — ikkilanuvchanlik, faol xatti-harakatlardan qorqish (variant: ish-harakatga moyillikning yoqligi yoki faollikdan qorqish — qoshimcha hal qilish kerak bolgan masala). Bu yana otmishdagi u yoki bu vaziyatga etibor qaratib, tashqi-qayta ozgartirish faoliyati sohasidagi oz-ozini namoyon qilishga intilishning yoqligi, ustunlikka moyillikning yoqligi bilan bogliq bolishi mumkin.
“Robaro” holati, yani bosh rasmni chizgan odamga yonalganligi egotsentrizm sifatida izohlanadi. Bunday holat intilish darajasida bayon qilingan parametrlar munosabatida chapga burilish bilan kopincha ahamiyati boyicha oxshash boladi. Bazan u himoyalanmaganlik hissiga nisbatan shakllangan reaksiya sifatida togri sozlik, murosasizlikni bildiradi.
Rasmning ong tomonda joylashishi kelajakka, xarakterning erkaklarga xos sifatiga urgu berish, vaziyatni nazorat qilishga intilish, atrofdagilarga yonalganlik, ekstroversiya sifatida talqin qilinishi mumkin. Ong tomonga kuchli siljish kamdan-kam hollarda uchraydi va u “isyonkorlik”, itoat qilmaslik bilan bogliq bolishi mumkin. Shunga muvofiq, ego-himoya maqsadida ekstrapunitiv reaksiyalarning solishtirma ogirligi, reaksiyadan tashqariga yonalganlikning umumiy miqdori va agressivlikning darajasi oshgan. Ong tomonga siljish bilan ozining haqligini faol himoya qilish aloqasi rasmni til metaforasi bilan bogliqlikni tasvirlaydi. Rasmning chap tomonda joylashishi qarama-qarshi manoga ega. Bu otmishga urgu berish, vaziyatda ishtirok etishga xohishning yoqligi, ayb va javobgarlikni oz boyniga olishga moyillik, uyatchanlik, introversiyani bildiradi. Intropunitiv reaksiyalar ustunlik qiladi, tashqi-yonalgan agressivlik va reaktivlik darajasi pasayadi.
Ikki (va undan ortiq) boshli hayvonlar qarama-qarshi fikrlarni bildiradi. Varaqning 2/3 qismini egallagan rasmlar, shuningdek, varaq chizigidan chiqib ketgan rasmlar interpretatsiyasiga ehtiyotkorlik bilan yondashish zarur: ular korsatilgan semantik qonuniyatlarga boysunmasligi mumkin. Yuqori chap burchakda joylashgan juda kichik rasmlar alohida toifani tashkil qiladi. Bu lokalizatsiya tipi kopincha yuqori xavotirlanish, regressiv hulq-atvor va eskapizm (vaziyatdan qochish, otmishga yoki fantaziyaga “shongish”), yangi his-tuygulardan qochishni bildiradi. Oz-oziga baho berish va intilish darajasi (“Men”ning dolzarb va ideal obrazi)ortasida kelishmovchilik bolishi mumkin. Bu rasmlar umumiy semantik qonuniyatlarga boysunmasligi ham mumkin.
Umuman olganda, rasmning proektiv maydoni shaxs va individ xarakterini majoziy tariflash mumkin bolgan barcha maydonlarning ramzi bolib hisoblanadi. Kopincha u ijtimoiy muhitni turli jihatlarda (qadriyatli, obektga oid, kommunikativ, vaqtinchalik, emotsional va b.) ifodalaydi. Bu jihatlar interpretatsiya rejasida obrazning kop manodorligini cheklovchi kontekst chegara vazifasini bajaradilar.
Maydon bilan ishlashning interpretatsion usullariga rasmdan kelib chiquvchi his-tuygularga etibor qaratish kiradi (masalan: sotsiumda moljal olishga, oz-oziga baho berishga kiruvchi beqarorlik - barqarorlik). Agar hayvon tekislikdan chiqarilsa (ongga, chapga, yuqoriga, pastga), u qaerga yurishini yoki joyida qolishini tasavvur qilib korish mumkin. Hayvon harakatlanishi rasmi qanchalik bir manoli yoki qarama-qarshiligini aniqlashga harakat qilib korish kerak (masalan, figuraning bir qismi bir yonalishda harakatlansa, ikkinchi qismi bunga qarshilik qiladi yoki qarama-qarshi yonalishda harakatlanadi).
b) Interpretatsiyaning grafologik jihatlari. Bu yerda tahlilning ikki jihatini ajratib korsatish mumkin:
1. Tasvirda obraz timsolining mavjud texnik vositalari darajasi (ideomotor akt tavsifining tahlili).
2. Fazoviy-ramziy jihat. Birinchi jihatga chiziq tahlili kiradi. Meyor uchun ortacha bir tekis bosimdagi va aniq bir ikki chiziq mos boladi.Tebranuvchi, uzilgan chiziq, bir-biriga yopishib ketgan chiziqlar, birlashtirilmagan burchaklar, “iflos” rasmlar nevrotiklarga xos bolgan yengil asabiylashish, yuqori xavotirlanish haqida gapiradi. Rasm konturi aniq bolmagan holda chizilishi, “serjunlik” oziga ishonmaslik, hijolat tortishdan darak beradi .
Chiziq xususiyati umumiy quvvat indikatori bolib xizmat qiladi. Kuchsiz orgimchaksimon chiziq (qalamni bosmasdan, “qogozda uni sudraydi”) quvvatni tejash, astenizatsiya, umumiy tonusning pasayganligini bildiradi. (Kayfiyat tushganlik fonida kamdan-kam uchraydi va chiziq, qismlarni tejash bilan birikadi).
Chiziqning teskari xususiyati qarama-qarshi emas: bu quvvat bolmay, balki xavotirlanish sabab mushaklar tonusi ortadi. Varaqning orqa tomonidan korinuvchi keskin bosilgan chiziqlarga alohida etibor qaratish lozim (rasm chizayotgan qolning seskanma, yuqori tonusi) — keskin generalizatsiyalashgan xavotirlanish. Qaysi qism, qaysi belgi qattiq bosim bilan bajarilganligiga, yani xavotirlanish nimaga bogliqligiga etibor qaratish zarur (masalan, yuqoridagi “uchli narsalar”). Xavotirlanish oshganligini figura ichki konturining va turli qismlarning shtrixlanganidan korishimiz mumkin.
Ikkinchi jihatda chiziqlar yonalishi va kontur xususiyati tahlil qilinadi.
"Pastga tushib ketgan chiziqlar" va chapga yuqoridan pastga qarab yonalgan chiziqlar tez charchash, past tonus, depressiyadan dalolat beradi."Yuqorilab ketayotgan chiziqlar", ongga pastdan yuqoriga harakatlanayotgan chiziqlar — harakatning gayratliligi, quvvatni sarf qilishga moyillik, agressivlikni bildiradi.


Download 2,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish