Pedagogika va ijtimoiy ish



Download 0,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/36
Sana31.03.2022
Hajmi0,96 Mb.
#520568
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   36
Bog'liq
Kirish

1. Obyektivlik tamoili.
O’quvchm shaxsiga xos bo’lgan psixologik xodisalarni 
obektiv holatda o’rgangandagina to’g’ri xulosalar aniqlanadi. O’quvchining o’zi 
haqida gapirganiga qarab, unga baho beriladi. 
2.Rivojlanish tamoili. 
Bu tamoil bola shaxsiga xos bo’lgan psixologik xodisalarni 
o’sishi, o’zgarishda, hamma vaqt rivojlanishda qarashni taqozo etadi. 
3.O’zoro bog’liqlik tamoili.
Bu tamoil o’quvchi hayoti va faoliyatining tashqi 
sabablarini tashqi ta’sirlarning har bir o’quvchiga ta’sir etish sabablarini bilishni 
talab qiladi. Pedagogik psixologiyaning ilmiy – tadqiqot metodlari yuqoridagi 
tamoillarga asoslanadi. 
 
Pedagogik psixologiyaning metodlari umumiy psixologiyaning metodlaridan iborat 
bo’lib, ularga mateiatik – strtistik metod qo’shiladi. Bu metodning mohiyati 
shurdaki, bunda aniqlangan xulosalarni tekshirish uchun turli statistik usullardan 
foydalaniladi.
 
Pedagogik psixologiyaning vazifalari:
1)ta’lim jarayonlarini boshqarishning psixologik masalalarini o‘rganish;
2)bilish jarayonlarining shakllanishini tadqiq qilish;
3)aqliy taraqqiyotning ishonchli ko‘rsatkichlarini aniqlash;
4)ta’lim jarayonida aqliy taraqqiyotning samarali bo‘lish sharoitlarini 
o‘rganish;
5)pedagog va bolalar o‘rtasidagi, bolalar va bolalar o‘rtasidagi o‘zaro 
munosabat xususiyatlarini o‘rganish;
6)bolalarga individual yondoshish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni o‘rganish.
7)pedagogik faoliyatni amalga oshirishning psixologik qonuniyatlarini 
o‘rganish.
O’quvchilarni pedagogik-psixologik o’rganish muammolari quyidagilar: 
1.Bolaning rivojlanishida uning hayotidagi har bir senzitiv davrni topish va 
undan iloji boricha ko‘proq foydalanish muammosi. Bu masalaning muammoliligi 


26 
shundaki, birinchidan, bola shaxsi va intellekti rivojlanishining barcha senzitiv 
davrlari ma’lum emas, uning qachon boshlanishi, qancha davom etishi va qachon 
tugashi noma’lum. Ikkinchidan, har bir bolaning hayoti o‘ziga xos individual bo‘lib, 
turli davrda har xil kechadi.
2.O’quvchilarni ongli tashkil etilgan pedagogik ta’sir va uning psixologik
taraqqiyoti orasidagi bog‘lanish muammosi. Ta’lim va tarbiya bolaning
rivojlanishiga ta’sir etadimi, yoki u ta’lim va tarbiya natijasida faqat bilim, 
ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lib, uning intellektual va axloqiy rivojlanishga
ta’sir qilmaydimi? Har qanday ta’lim bolaning rivojlanishiga ta’sir qiladimi yoki 
faqat muammoli va rivojlantiruvchi ta’lim-mi?
3.Ta’lim va tarbiyaning umumiy va yosh muammolari. Bola hayotining har bir 
aniq davrida ta’limga yoki tarbiyaga urg‘u berish kerakmi?- bola hayotining ayni 
davrida nimaga ko‘proq ehtiyoj sezadi: kognitiv – intellektual yoki shaxs sifatida 
rivojlanishgami?
4.Pedagogik ta’sirlarning kompleksligi va bola taraqqiyotining sistemaliligi
xarakteri muammosi. Bola taraqqiyotini kognitiv va shaxsiy xislatlarning o‘zgarishi 
sifatida tasavvur qilsak, ularning har biri alohida rivojlanishi mumkin, har birining 
rivojlanishi boshqa xususiyatlarga bog‘liq.
5.Bola xulq-atvori va psixologik xarakteristikalarining rivojlanishi ta’lim va 
yetilishga, layoqat va qobiliyatlar, genotip va muhitga bog‘liqligi muammosi. 
Ta’limni bola organizmida ma’lum neyrofiziologik tuzilmalar yetilmasdan boshlash 
mumkin-mi?Ta’lim bolaning organik rivojlanishiga ta’sir qiladimi? Agar ta’sir 
qilsa, qanday darajagacha ta’sir qiladi? Genotip hamda muhit bolaning psixologik 
va xulq-atvori rivojlanishiga alohida, birgalikda qanday ta’sir qiladi?
6.Bolaning ongli ta’lim va tarbiyaga psixologik tayyorligi muammosi. Bu 
muammoni hal qilishda ta’lim va tarbiyaga psixologik tayyorlik deganda nima 
nazarda tutilishi: bolada layoqatlarning mavjudligi ma’nosidami yoki ta’lim va 
tarbiyaga qobiliyatning rivojlanganligi ma’nosidami, bolada yaqin taraqqiyot zonasi 
va rivojlanish darajasi mavjudligi ma’nosidami, intellektual va shaxsiy yetuklikning 
ma’lum darajasiga erishilganligi ma’nosidami?


27 
7.Bolaning pedagogik qarovsizligi muammosi. Bolaning pedagogik ta’sirlarni 
o‘zlashtira olmasligi unga bolaligida yomon ta’lim va tarbiya berilganligi.
8.Ta’limni individuallashtirishni ta’minlash muammosi.Bolalarning layoqat va 
qobiliyatlari asosida guruhlarga bo‘lib o‘qitish, har bir bolaning individual 
xususiyatlarga mos ta’lim va tarbiya metodlarini tanlash tushuniladi.
Yuqorida keltirilgan psixologik-pedagogik muammolarni hal qilish 
o‘qituvchilardan yuqori kasbiy mahoratni, psixologik bilim, ko‘nikma va 
malakalarni talab qiladi.

Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish