22
o‘quvchi) ning refleksiv madaniyatini oshirishga xizmat qiladi. Pasport
xarakteristikada qayd etiladigan ma’lumotlar uchta manba orqali olinadi kuzatish
va o‘quvchilar bilan suhbatlashish hujjat (shaxsiy varaqalar, tibbiyot ko‘rigi,
kartalar, jurnallar va boshqalar) bilan test savollari treninglar o‘tkazish orqali.
Tarbiyaviy masalalarni hal etishdagi qiyinchiliklar o‘quvchi-yoshlarning o‘smir
yoshi bilan bog‘liq muammolar, ularning jismoniy va ruhiy o‘ziga xosligi,
yoshlarning norasmiy guruhlari ommaviy axborot vositalarining o‘quvchi-
yoshlarning xulq-atvoriga ta’sirining yoritishi bilan belgilanadi. Bundan tashqari
o‘smirlarga ta’sir ko‘rsatish borasida raqobatlarning
kuchayganini ham nazardan
chetda qoldirib bo‘lmaydi. Bunda shubhasiz, ota-onalar, o‘qituvchilar, tarbiyachilar
g‘olib kelmog‘i kerak. Ta’lim muammolarda o‘quvchi-yoshlarning ota-onalari bilan
ishlashga katta o‘rin ajratiladi. Ota-onalar bilan muntazam ravishda psixolog
suhbatlashadi va maslahatlashadi. Xolbuki, bunga doimiy ravishda ehtiyoj ortib
bormokda. Shuning uchun ota-onalar lektoriyalarini muntazam (ravishda psixolog
suhbatlashadi va maslahatlashadi) yo‘lga qo‘yishga muhimdir. Pedagoglar huquqni
muhofaza etuvchi tashkilotlarning xodimlari va boshqalar ishtirokida anjumanlar
tashkil etish yaxshi samaralar beradi. O‘quvchilarga tarbiya berish va ular shaxsni
rivojlantirishda adabiyotning tarbiyalovchi imkoniyatidan
foydalanishi muhim
ahamiyatga ega. Badiiy adabiyot ta’sirida o‘quvchilar shaxsini shakllantirishning
o‘ziga xos jihati shundan iboratki, bunda ular ijodiy qobiliyatini, barcha ma’naviy
imkoniyatlarini namoyon etish imkoniga ega bo‘ladi. Bundan tashqari jamoaning
ijodiy ishlari metodikasi bo‘yicha tarbiyaviy tadbirlar o‘tkazish o‘quvchilarning
aqliy imkoniyatlarini oshiradi. Jamoaning ijodkorlik ishlari deyilganda, ta’lim
muammosida turli mavzular bo‘yicha har xil anjuman yig‘ilishlar,
tadbirlar,
ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish tushuniladi. Shuningdek, o‘qituvchi va
o‘quvchilar ishtirokida turli uyushma yoki jamoatchilar tashkilotlari tuzilib, ishlab
chiqilgan Nizomlar asosida tadbirlar o‘tkazish maqsadga muvofiq.
Bizning nazarimizda, o‘quvchining ta’lim-tarbiyasi borasida ushbu
maqsadlar hozirgi zamon o‘zbek ta’limi uchun istiqbolli hisoblanadi. Darhaqiqat,
tarbiyalash texnologiyalari borasida Vatanimiz fani va amaliyotida yetarli darajada
23
katta tajribalar to‘planganini e’tirof etmoq zarur. Demak, ma’naviy meros va
uning natijasi o‘laroq, ma’naviy kamolot
maqsadga erishish kafolatdir, desak
xato bo‘lmaydi. Har qalay yosh avlodni oldindan belgilangan stereotiplar asosida
shakllantirish payti o‘tdi. Hozirgi vaqtda o‘quvchilarni jamiyat rivojlanishining
ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tendensiyalari bilan muntazam tanishtirib borish o‘ta
muhimdir. Bu ularning o‘z hayoti yo‘lini erkin tanlashga imkoniyat yaratadi.
Demak, yangi maqsadlarga muvofiq holda o‘quv-tarbiyaviy jarayonini tashkil etish
usullari ham o‘zgaradi.
O‘quvchilar bilan darsdan tashqari mashg‘ulotlar va muloqotlar o‘tkazish
ularning jismoniy ruhiy rivojlanishi va ta’lim-tarbiyasi uchun muhim, ko‘p
hollarda esa, hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi.
Tarbiyaviy ishlar darsdan tashqari faoliyat bo‘lib, tarbiyalamoq o‘quvchi-
yoshlarning faoliyatini tashkil qilmoq demakdir.
Zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish
o’quvchilarni
pedagogik-psixologik o’rganish ishlarda katta samara beradi.
Texnologiya - bu
shaxsni o‘qitish, tarbiyalash va rag‘batlantirish qonunlarini o‘zida jo qilgan va
yakuniy natijasini harakatlaydigan pedagogik faoliyatdir. Zamonaviy pedagogik
texnologiyalarda loyiha usulida keng foydalanilmokda. Loyiha asosida
o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlar tarbiyaviy ish strategiyasini butunlay
o‘zgartirib yuboradi. Loyiha usullari-maqsadga yo‘naltirilgan tarbiyaviy faoliyat
bo‘lib, maqsad oldindan belgilanadi. Tarbiyaviy
yoshlar loyihasi bu
o‘quvchilarning ijodiy, ma’lum darajada mustaqil faoliyati:
• bunda o‘quvchilarning o‘zlari bevosita ishtirok etishadi, ya’ni loyihani
ijro etish uchun zaruriy material-ma’lumotlar to‘plashadi;
• tadqiqot-tadbirlar o‘tkazish bo‘yicha farazlarni ilgari surishadi;
• tadbirlarni amalda tashkil etish - o‘tkazishda faoliyat ko‘rsatishadi; •
tadbirlarning ijtimoiy ahamiyatini bilishadi.