MAVZU: 2-§. AXBOROT XAVFSIZLIGI TIZIMINI TAQQOSLASH
SAVOLLAR:
1.Manaviy xavfsizlikni oqibatlarini yozing.
2.Xalqaro xavfsizlikni jahon svilizatsiyasida tutgan o`rni.
3.Axborot xavfsizligi mohiyati nima?
JAVOBLAR:
1. Ma’naviy xavfsizlik — jamiyat a’zolarini ma’naviy xurujlar, g‘oyaviy tahdidlardan himoyalanish tizimini ifodalovchi tushuncha. Ma’naviy xavfsizlik milliy xavfsizlikning tarkibiy qismi sifatida umummilliy manfaatlarning himoya qilinishiga yo‘naltirilgan faoliyatdir. Shuningdek, ma’naviy xavfsizlik deganda milliy manfaatlarni ta’minlash ehtiyoji bois vujudga keladigan va jamiyat a’zolari ma’naviy, g‘oyaviy-ruhiy hayotining barqarorligi va xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan faoliyat hamda uzluksiz jarayon tushuniladi. Ma’lumki, inson ma’naviyatiga qarshi turgan tahdidlar qurolli xurujlarga nisbatan ko‘proq ta’sir kuchiga ega bo‘lib bormoqda. Tarixiy tajribadan ma’lumki, muayyan mamlakatni zabt etmoqchi bo‘lgan istilochilar, avvalo xalqning ruhiyati, ma’naviyati va qadriyatlariga bolta urishga harakat qiladi. Milliy ma’naviyati va qadriyati parokanda etilgan millat va elatlar o‘zligini yo‘qotadi, hukmron mafkura ta’siriga tushib, uning manfaatlariga xizmat qilishga majbur bo‘ladi. Arzimas bo`lib tuyiladigan oddiy axborot ham zararini xech narsa bilan to`ldirib bo`lmaydigan darajada ulkan ziyon yetkazishi mumkin. Globallashuv jarayoni bevosita axborot bilan bog‘liq. Shu nuqtai nazardan qaraganda, bugungi kunda axborot omili ham siyosiy, ham iqtisodiy jihatdan ayrim kuchlar manfaatiga aylanib bormoqda.
2. Xalqaro xavfsizlik - xalqaro munosabatlar tizimi; hamma davlatlar tomonidan rioya qilinadigan xalqaro huquqning prinsip va normalari; davlatlar oʻrtasidagi janjalli masalalarni va kelishmovchiliklarni kuch va kuch ishlatish xavfi bilan bartaraf etishni istisno qilishga asoslangan. Xalqaro xavfsizlik prinsiplari kuyidagilarni nazarda tutadi: hamma davlatlar uchun babbaravar xavfsizlikni taʼminlash; harbiy, siyosiy, iqtisodiy va gumanitar sohalarda amaliy kafolatlarni yuzaga keltirish; har bir xalqning suveren huquqlarini soʻzsiz hurmat qilish; xalqaro tanglik va mintaqaviy nizolarni siyosiy yoʻl bilan adolatli bartaraf etish; davlatlar oʻrtasida ishonchni mustahkamlash; xalqaro terrorizmkya oldini olishning samarali usullarini ishlab chiqish; genotsid, aparteidam tugatish, fashizmnsh targʻib qilmaslik, diskriminatsiyaping har qanday shakllarini xalqaro amaliyotdan yoʻqotish; qamal va sanksiyalardan (jahon hamjamiyati tavsiyalarisiz) voz kechish. Xalqaro xavfsizlikning ajralmas qismi BMT Ustavi bilan mustahkamlangan amaldagi kollektiv xavfsizlik mexanizmidir.
Xalqaro xavfsizlik har bir davrda turli omillarga: xalqaro aloqalarning rivojlanish yoʻnalishlari va xususiyatiga, sivilizatsiya darajasi, maʼnaviyat va sh.k.ga bogʻliq boʻladi. Shaxs, sinf, jamoat tashkilotlari va xalqaro tashkilotlarning faoliyati Xalqaro xavfsizlikga jiddiy taʼsir koʻrsatadi. Oʻzbekiston Respublikasi jahonda, xususan, Markaziy Osiyoda xavfsizlik taʼminlanishiga katta hissa qoʻshib kelmoqda. Prezident I.A. Karimov tomonidan ishlab chiqilgan "Mintaqaviy xavfsizlikdan xalqaro xavfsizlikni taʼminlash sari" konsepsiyasi Xalqaro xavfsizlikni taʼminlashning yangi qoidasi sifatida jahon miqyosida tan olinmoqda.
3.Ma`lumotlar xavfsizligi tizimining muhim tarkibiy bo`lagidir. Axborot xavfsizligining mohiyati ma`lumotlarni uzatishdan oldin ma`nosiz belgilar yoki signallar yig`masiga aylantirish va ma`lumotlarni oluvchi qabul qilib olgandan so`ng, ularni dastlabki shakliga qayta tiklashdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |