«Yoshlar ittifoqi ta’lim granti »loyihasi
Mundarija:
Kirish
1. Instutsional tahlilning ilmiy-uslubiy asoslari
1.1 Loyihalar ustida Institutsional tahlil o’tkazishning mohiyati va maqsadlari
1.2 Institutsional tahlil tuzilmasi
1.3 Investitsiya loyiha ishtirokchilari faoliyatidagi doimiy muammolar
1.4 Bozor iqtisodiyoti institutlarni tashkil etishga ta’sir etuvchi omillar
2. «Yoshlar ittifoqi ta’lim granti »loyihasining instutsional tahlili
2.1 «Yoshlar ittifoqi ta’lim granti »loyihasining umumiy tasnifi
2.2 «Yoshlar ittifoqi ta’lim granti »loyihasini tashkil etish
2.3 «Yoshlar ittifoqi ta’lim granti »loyihasining ishtirokchilari faoliyatida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan muammolar
Xulosa va takliflar
Foydalangan adabiyotlar ro’yhati
Ilovalar
Kirish
Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini o‘z vaqtida himoya qilish mamlakatdagi o‘zgarish va yuksalish jarayonini orqaga qaytishiga yo‘l bermaydigan ijtimoiy tayanchdir. O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatining shakllanishida ham yoshlarni ijtimoiy himoya qilish muhim vazifalarimizdan biridir. “Ittifoq ta'lim granti” loyihasi ana shu vazifalarning ijrosi va yoshlarning jamiyatda munosib o‘rnini topishi, o‘z ustida ishlab kuchli mutaxassis bo‘lib yetishishiga ko‘maklashishi kutilmoqda. .
“Ittifoq ta'lim granti”ning sovrindor talabalari esa quyidagicha aniqlanadi; Komissiya a’zolari tomonidan oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-shartnoma asosida ta’lim olayotgan chin yetim (ota-onasiz, ota-onalik huquqidan mahrum etilgan), imkoniyati cheklangan hamda mehribonlik uyida tarbiyalangan, boquvchisini yo‘qotgan talabalarni moddiy qo‘llab-quvvatlash yuzasidan to‘lov-shartnoma mablag‘larining 50 foizigacha bo‘lgan miqdorini to‘lab berish bo‘yicha murojaatlari, talabalar hujjatlarni belgilangan muddatda qadar topshirilgan holatida 1 oy muddatda o‘rganib chiqiladi.
Komissiya a’zolarining yakuniy xulosalariga ko‘ra, hujjatlari nizom talablariga javob bermagan nomzodlar Respublika komissiyasiga taqdim etilmaydi. Aksincha nomzod talabalarning hujjatlari Respublika komissiyasi tomonidan “Ittifoq ta’lim granti”ga loyiq deb topilsa, to‘lov-shartnoma mablag‘larining 50 foizigacha bo‘lgan miqdori joriy yilning 20-martiga qadar to‘lab beriladi.
“Ittifoq ta’lim granti” loyihasi sovrindorlarini aniqlashda asosiy e’tibor talabaning ayni vaqtdagi ijtimoiy-moddiy ahvoli, jamoatchilik ishlarida faolligi va erishgan yutuqlariga qaratiladi.
Instutsional tahlilning ilmiy-uslubiy asoslari
Bugungi iqtisodiy holat va uning yanada yuksalishi barcha moddiy va moliyaviy resurslardan samarali foydalanishni taqozo etadi. Bu esa o’z navbatida ularni tahlil etish bilan chambarchas bog’liqdir. Mamalakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning asosiy yo’nalishlaridan biri investitsiya faoliyatini kuchaytirish hamda yangi ishlab chiqarish kuchlarini tashkil etish uchun xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish hisoblanadi. Bu jarayonlarda investitsiya faoliyatini amalga oshirish bilan bog’liq barcha iqtisodiy - moliyaviy xizmatlarning ahamiyati o’sadi, investitsiya xarajatlarining samaradorligini oshishida moliya - bank tizimining roli kuchayadi. Bunday sharoitda investitsion tahlil o’ziga xos dolzarblik kasb etadi.
1.1 Loyihalar ustida Institutsional tahlil o’tkazishning mohiyati va maqsadlari
Institutsional tahlil loyiha ustida bajariladigan ishlarning eng muhimlaridan biriga aylandi. Loyihalarining natijalari ko’p jihatdan tashkiliy tuzilma sifatiga ham bog’liq. Loyihani amalga oshiruvchi tashkilotlarni o’rganish, ularning boshqaruv imkoniyatlari, shuningdek, markaziy hokimiyatning loyiha uchun mutasaddi bo’lgan tashkilotlarga yordam berishga qanchalik tayyor ekanliklarini baholashga imkon beradi.
Yaxshi shakllanmagan, takomillashmagan boshqaruv tuzilmasiga, malakali mutaxassislar, axborot tizimlari va hokazolarga ega bo’lmagan tashkilotlar zimmasiga loyihalarni amalga oshirishni topshirish yoki ular taklif etgan loyihalarni moliyalashtirish muvaffaqiyasizlikka olib kelishi mumkin (yoki hech bo„lmaganda qo„shimcha xarajatlarni keltirib chiqaradi). Institutsional tahlil loyihalarni samarali amalga oshirish va eksplutatsiya qilishga, shuningdek, mavjud tashkilotlarni mustahkamlash, malakali mutaxassislar bilan to„ldirishga ko„mak berishi lozim.
1.2. Institutsional tahlil tuzilmasi
Investitsiya loyihalarini institutsional tahlil uchun konkret sharoitlarga tezda moslashtirsa bo’ladigan standart yechimlar yoki modellar deyarli yo’q. Umuman olganda institutsional tahlilga quyidagi vazifalarni bajarish kiradi:
Investitsiya loyiha amalga oshiriladigan institutsional shart-sharoitlarni aniqlash va tasvirlab berish;
Investitsiya loyihada ishtirok etuvchi tashkilotlarning moddiy va mehnat resurslari, texnik malakasi, tashkiliy tuzilmasi, boshqaruv va ma’muriy imkoniyatlari, moliyaviy ahvoli nuqtai nazaridan kuchli va zaif tomonlarini baholash;
qonunlar, siyosat va yo’riqnomalar o’zgarishining loyihani amalga oshirish va ekspluatatsiya qilishga ehtimol bo’lgan tasirini baholash;
investitsiya loyihasida qatnashuvchi tashkilotlarning zaif jihatlarini bartaraf qilishning muqobil yo’llarini hamda qonunlar, siyosat va yo’riqnomalarning loyihasiga ko’rsatishi mumkin bo’lgan potensial salbiy ta’siriga qarshi chora-tadbirlarni ilgari surish;
tavsiya qilinayotgan tashkiliy o’zgarishlarni amalga oshirish uchun kerak bo’lishi mumkin bo’lgan texnik yordam bo’yicha takliflarni ilgari surish hamda zarur ishlarni o’tkazish grafigini ishlab chiqish.
1.3. Investitsiya loyiha ishtirokchilari faoliyatidagi doimiy muammolar
Iqtisodiyotni qayta qurish jarayonida ikki muhim institutsional muammo kuzatiladi. Birinchidan, bu mavjud hukumat muassasalarini isloh qilish zarurati, ikkinchidan, eski tuzumda mavjud bo’lmagan yangi institutlarni tashkil etish.
Masalan, Sobiq Sovet Ittifoqi respublikalarida bank tizimi, birjalar va boshqa bir qator institutlar mavjud emas edi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish ushbu zaruratlarni keltirib chiqardi va tijorat banklari, birjalar, lizing kompaniyalari, mikromoliya institutlari kabi yangi bozor institutlari yaratildi.
Iqtisodiy islohotlar, yangi bozor institutlarining yaratilishi shubhasiz, ishsizlik va boshqa ijtimoiy muammolarni keltirib chiqaradi. Xususiy sektor va bandlikning boshqa muqobil sohalari ishga tushguniga qadar esa ancha uzilish yuzaga keladi. Shu tufayli o’tish davri iqtisodiyotida institutsional islohotlar ijtimoiy himoya tizimini yaratish bilan birga bormasa, amalga oshirib bo’lmaydigan vazifaga aylanadi.
1.4. Bozor iqtisodiyoti institutlarni tashkil etishga ta’sir etuvchi omillar
Investitsiya loyihalar bozor iqtisodiyotining samarali rivojlantirish qurolidir. Bu qurolni ishlashi uchun bozor iqtisodiyoti institutlari yaratilishi va mavjudlari ishlab chiqarish kuchlarining talabiga monand o„zgarib borishi shart.
Zaruriy institutlarni tashkil etish (ayniqsa, rivojlantirish loyihalari bilan bog„liq hollarda) uch guruh omillar ta‟sirida murakkablashadi.
Bular:
noqulay siyosiy shart-sharoitlarning salbiy ta’siri;
Investitsiya loyiha oldiga qo’yilgan maqsadlarning murakkabligi;
Investitsiya loyihaning investitsiyadan keyingi bosqichiga e‟tiborsizlik.
Shu tufayli institutsional muammolarni aniqlash, baholash hamda yechish borasida tavsiyalar ishlab chiqish uchun (bu borada umumiy modellar, andozalar yo’qligini ham e’tiborga olgan holda) sanab o’tilgan omillarni e’tiborga olish zarur.
2.1 «Yoshlar ittifoqi ta’lim granti »loyihasining umumiy tasnifi
Ta’lim grantining asosiy maqsadi - yoshlarning munosib ta’lim- tarbiya olishida ko‘maklashish, ijtimoiy himoyaga muxtoj yoshlar qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy moslashuvini ta’minlash hamda iqtidori va faolligini rag‘batlantirishdan iborat.
Ta’lim granti loyihasi ishtirokchilari - O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim muassasalarida (Chet el Oliy ta’lim muassasalarining Uzbekistondagi filiallari bundan mustasno) to‘lov-shartnoma asosida tahsil olayotgan chin yetim, nogiron, ota- onasi (har ikkalasi) ota-onalik huquqidan mahrum etilgan va Mehribonlik uyida tarbiyalangan, mazkur loyihada ishtirok etish uchun ariza bergan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari;
Respublika komissiyasi - O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi qarori bilan tasdiqlangan, ijtimoiy himoyaga muxtoj talabalarga ta’lim granti berish masalasini ko‘rib chiqadigan komissiya;
Respublika komissiyasi bir o‘quv yilida ikki marotaba (birinchi va yuqori bosqich talabalariga o‘quv yilining birinchi va ikkinchi yarim yili uchun) ta’lim granti berish masalasini ko‘rib chiqadi;
O‘tkazish muddati - O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining Farmoyishiga asosan har yili sentabr-oktabr hamda fevral-mart oylarida ushbu belgilangan talablar asosida o‘tkaziladi;
1. Ta’lim granti miqdori talabaning ijtimoiy ahvoli, jamoatchilik ishlarida ishtiroki, ta’lim bosqichida to‘lanmagan shartnoma- to‘lovining so‘mmasidan kelib chiqib, bir yillik o‘qish uchun hisoblangan (tasdiqlangan) talabaning to‘lov shartnoma pulining 50 foizigacha (oshirilgan shartnoma to‘lovi bundan mustasno) miqdorda belgilanadi.
2. Har yili ta’lim granti to‘lanadigan talabalar soni O‘zbekiston yoshlar ittifoqi byudjetidan ajratilgan mablag‘lar miqdoridan kelib chiqqan holda rejalashtiriladi.
3. Ta’lim granti loyihasida ishtirokchilar o‘quv yilida (ikki semestr) bir marotaba ishtirok etishlari mumkin.
2.2 «Yoshlar ittifoqi ta’lim granti »loyihasini tashkil etish.
Ta’lim granti loyihasi uch bosqichda tashkil etiladi.
Birinchi bosqich - ishtirokchilarning ariza va hujjatlari O‘zbekiston yoshlar ittifoqining oliy ta’lim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkilotlari tomonidan qabul qilinadi.
Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
a) Agar ishtirokchi oliy ta’lim muassasasiga to‘lov-shartnoma asosida o‘qishga qabul qilingan (1-bosqich) bo‘lsa arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
- ishtirokchi anketasi;
- fuqarolik pasporti nusxasi;
- 2 dona (3x4 hajmdagi) rasm;
- o‘qishga qabul qilinganlik (yoki tavsiya etilganlik) to‘g‘risida ta’lim maussasidan ma’lumotnoma;
- oliy ta’lim muassasasi va talaba o‘rtasida tuzilgan shartnoma nusxasi;
- ishtirokchi chin etim bo‘lsa ota-onasining vafot etganligi to‘g‘risida o‘lim guvohnoma nusxasi, oilaviy ahvoli haqida yashash joyidagi mahalla fuqarolar yig‘inidan ma’lumotnoma;
- ishtirokchining ota-onasi (har ikkalasi ham) ota-onalik huquqidan mahrum etilgan bo‘lsa, bu to‘g‘ridagi sud qarori nusxasi;
- ishtirokchi Mehribonlik uyida tarbiyalangan bo‘lsa Mehribonlik uyidan ma’lumotnoma;
- ishtirokchining iqtidori va faolligini ko‘rsatuvchi qo‘shimcha xujjatlar (faxriy yorliqlar, diplom va sertifikatlar - agar mavjud bo‘lsa);
b)Agar ishtirokchi oliy ta’lim muassasasining yuqori bosqich talabasi bo‘lsa arizaga quyidagi xujjatlar ilova qilinadi:
- ishtirokchi anketasi;
- fuqarolik pasporti nuxasi;
- 2 dona (3x4 hajmdagi) rasm;
-ta’lim olayotganligi to‘g‘risida oliy ta’lim muassasasidan ma’lumotnoma;
- oliy ta’lim muassasi va talaba o‘rtasida tuzilgan shartnoma nusxasi;
- o‘quv yilining birinchi yoki ikkinchi yarim yilligi uchun shartnoma to‘lovining to‘lanmagan qismi to‘g‘risida oliy ta’lim muassasasidan ma’lumotnoma (shartnoma so‘mmasining to‘lanmagan qismi ko‘rsatilgan holda);
- ishtirokchi chin etim bo‘lsa ota-onasining vafot etganligi to‘g‘risida o‘lim guvohnoma nusxasi, oilaviy ahvoli haqida yashash joyidagi mahalla fuqarolar yig‘inidan ma’lumotnoma;
- ishtirokchining ota-onasi (har ikkalasi ham) ota-onalik huquqidan mahrum etilgan bo‘lsa, bu to‘g‘ridagi sud qarori nusxasi;
- ishtirokchi Mehribonlik uyida tarbiyalangan bo‘lsa, Mehribonlik uyidan ma’lumotnoma;
- reyting daftarchasidan ko‘chirma, talabaning o‘tgan o‘quv yilidagi o‘rtacha o‘zlashtirishi foizda hisoblangan va fakultet dekani tomonidan tasdiqlangan ma’lumotnoma;
- ishtirokchining iqtidori va faolligini ko‘rsatuvchi qo‘shimcha hujjatlar (faxriy yorliq, diplom, sertifikat va boshqa)
Ikkinchi bosqich - saralash bosqichi bo‘lib, mazkur bosqichda Ittifoqning hududiy Kengashi qoshida tuzilgan komissiya tomonidan oliy ta’lim muassasalari tomonidan tavsiya etilgan ishtirokchilarning hujjatlarini o‘rganib chiqadi, munosib nomzodlar saralab olinadi hamda xujjatlar Markaziy Kengashga yuboriladi.
Uchinchi bosqich - yakuniy bosqich bo‘lib, mazkur bosqichda ishtirokchilar xujjatlari respublika komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Bunda, birinchi bosqich talabalarining ayni paytdagi ijtimoiy- moddiy ahvoli, yuqori bosqich talabalarining o‘tgan o‘quv yilida fanlarni 71 foizdan yuqori baho bilan o‘zlashtirganligi, jamoatchilik ishlarida faolligi va erishgan yutuqlariga e’tibor qaratiladi.
Respublika komissiyasi ta’lim grantini olishga munosib talabalar soni miqdordan oshib ketgan taqdirda, Mehribonlik uylarining sobiq tarbiyalanuvchilari, birinchi bosqich talabalari va qizlar asosiy da’vogar sifatida qaraladi.
Agar respublika komissiyasi tomonidan ta’lim granti olishga da’vogar talaba oilasining boshqa a’zolari (aka-ukalari, opa-singillari, turmush o‘rtog‘i, vasiysi) etarli darajada ta’minlangan hamda shartnoma to‘lovini to‘lash imkoniyati mavjud deb topilsa, ularga ta’lim granti ajratilmaydi.
Har bir talabaning munosiblik darajasidan kelib chiqib, ularga to‘lanadigan ta’lim granti miqdori Respublika komissiyasi tomonidan belgilanadi.
1.Ta’lim granti sohiblari ro‘yxati Ittifoqning Markaziy Kengashi Ijroiya Qo‘mitasi yig‘ilishi qarori bilan tasdiqlanadi va ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.
2.O’zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi qarori bilan ta’lim granti mablag‘lari ta’lim granti olishga loyiq deb topilgan talabalarning tahsil oladigan Oliy ta’lim muassasalari hisob- raqamlariga o‘tkazib beriladi.
3. Ta’lim grantini olgan talabalar O‘zbekiston yoshlar ittifoqining hududiy Kengashlari va boshlang‘ich tashkilotlari faoliyatiga keng jalb etiladi, ularning yoshlar o‘rtasida amalga oshirishga qaratilgan taklif-tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanadi.
4. Loyihaning barcha bosqichlarida belgilangan muddatdan kechikib taqdim etilgan hujjatlar qabul qilinmaydi, shuningdek, taqdim etilgan hujjatlar qaytarib berilmaydi.
2.3 «Yoshlar ittifoqi ta’lim granti »loyihasining ishtirokchilari faoliyatida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan muammolar
Loyiha ishtirokchilari sifatida yuqorida aytib o’tganimizdek O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim muassasalarida (Chet el Oliy ta’lim muassasalarining O’zbekistondagi filiallari bundan mustasno) to‘lov-shartnoma asosida tahsil olayotgan chin yetim, nogiron, ota- onasi (har ikkalasi) ota-onalik huquqidan mahrum etilgan va Mehribonlik uyida tarbiyalangan, mazkur loyihada ishtirok etish uchun ariza bergan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari qatnashadi.
Xulosa
Do'stlaringiz bilan baham: |