Pedagogika kafedrasi


-masala. Etnopedagogikada tarbiyaviy g’oyalar



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet183/430
Sana10.02.2022
Hajmi3,45 Mb.
#440704
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   430
Bog'liq
xalq pedagogikasi. qiyosiy pedagogika

3-masala. Etnopedagogikada tarbiyaviy g’oyalar 
Xalq pedagogikasida aqliy tarbiya bilan birgalikda yoshlarga tarbiyaning 
boshqa yo’nalishlarini ham singdirishga alohida e‘tibor berilgan. 


129 
Biz ushbu bandda xalq pedagogikasida tarbiyaning asosiy yo’nalishlari 
xususida qisqacha to’xtalib o’tamiz, xalos. Chunki, keyingi mavzularda 
tarbiyaning har bir yo’nalishi xususida alohida fikr yuritish ko’zda tutilgan. 
Jismoniy tarbiya etnopedagogika manbalarida yetakchi tarmoqlardan biri 
sifatida ko’rsatiladi. Ularda ichish, chekish singari salbiy odatlar tanqid qilinadi. 
Jismoniy – tarbiya komil shaxs tarbiyasining ajralmas qismi ekanligi afsona va 
dostonlar qahramonlari misolida; ertaklar, maqollar vositasida ko’rsatib beriladi. 
Jismoniy – tarbiya sog’liqning
 
garovi ekanligi, sog’liq esa eng qimmatli boylik, 
unumli mehnat, to’kin – sochinlik, baxtli hayot vositasi, go’zallik manbai ekanligi, 
Vatan, el-yurt qalqoni ekanligi yuksak pardalarda kuylanadi. 
O’yinlar – bolalarni jismoniy tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega ekanligi, 
milliy tarbiyada zarur vosita ekanligi hisobga olingan. Jismoniy – tarbiya, o’yin, 
mehnat jarayonida qo’shiqlar aytilib, estetik tarbiya amalga oshirilgan. 
Aytishuvli o’yinlar, qo’shiqli o’yinlarni ham shular jumlasiga kiritish 
mumkin. Masalan: “Oq terakmi, ko’k terak, bizdan sizga kim kerak?” kabi. 
O’yinlarda aytiladigan qo’shiqlarning mazmuni yil fasllari bilan, mavsum va 
boshqalar bilan bog’langan: 
“Quyosh chiqdi olamga, yugurib bordim xolamga ...”, 
“Boychechagim boylandi, qozon-tovog’ing ayrondir ...”, 
“Yomg’ir yog’aloq, yam-yashil o’tloq, 
Endi ekinlar chiqarar quloq ...” va boshqalar. 
“Ko’pkari”, “Uloqtortar”, “Qizquvdi”, “Olomon poyga”, “Kurash”, 
“Zuvillatar”, “CHillak” “Beshtosh” singari o’yinlar jismoniy-tarbiya vositasi 
sifatida qo’llanilgan. 
Xalq pedagogikasida oilaviy tarbiyaga ham alohida e‘tibor berilgan. 
O’tmishda ota-bobolarimiz yoshlarni ota-onani, qarindosh va yurtdoshlarni hurmat 
qilishga chorlovchi maqol, matallarni yaratishgan. Oilaviy turmush axloqi puxta 
egallagan, bolajon, insonparvar qahramonlar afsona va dostonlarda kuylangan: 
“Bolaginamning bolasi – qandak o’rikning donasi”, “Davlating – ota-onang”, 
“Yomon xotin – umr azobi”, “Ota rozi – xudo rozi”, “Odobli bola elga manzur”, ... 
kabilar shular jumlasidandir. 
Xulosa qilib aytganda, xalq pedagogikasi manbalarida komil insonni 
shakllantirish uchun ularga ilm, kasb-hunar o’rgatish; tarbiyaning ijtimoiy turmush 
uchun zarur yo’nalishlarini mustahkam singdirish lozim ekanligi targ’ib etiladi. 
Mazkur g’oyalar hozirgi milliy istiqlol davrida ham muxim ahamiyat kasb 
etmoqda. 
1-masala. Xalq pedagogikasida insonning ulug’lanishi 
Vatan - bu faqat yer, suv, tog’lar, daryolar, tabiiy boyliklarda emas, balki u 
odamlar, ularning ma‘naviy-axloqiy sifatlari, ijtimoiy munosabatlari hamdir. 
Atoqli shoir G’. G’ulom aytganidek: “Insonga hurmat bu – o’zni tanimak” dir. 
Shuning uchun ham xalq pedagogikasida inson olamdagi eng ulug’ jonzod sifatida 
ulug’lanadi. Prezident I. Karimovning “O’zbekiston- buyuk kelajak sari” asarida 
yangilangan jamiyatning asosiy vazifalari jumlasiga” - Insonparvarlik g’oyalariga 
sodiqlik va g’oyalarning oliy maqsadi inson, uning hayoti va shaxsiy dahlsizligi...” 
kiritilganligi bejiz emas. 


130 
Xalq pedagogikasida azaldan insonni ulug’lash, uning qadr-qimmatini, xalq 
manfaatini yuqari qo’yish targ’ib etiladi. Jumladan xalq maqollarida olamda 
yashayotgan barcha kishilarga bu yorug’ jahonda har bir inson mehmon ekanligi 
va buni yodda tutib, bir-birini qadrlash zarurligi uqtiriladi: 
Bir uy to’la jonsan, 
Bir biringga mehmonsan. 
Etnopedagogikada inson shaxsining shakllanishi, tarbiyasi va rivojlanishi 
murakkab, uzluksiz jarayon ekanligi g’oyatda to’g’ri talqin etiladi.SHuning uchun 
uni qadrlash, insonni arzimas kamchiliklari uchun yerga urmaslik lozimligi targ’ib 
etiladi. Negaki, shaxsning shakllanishi jarayoni goyat murakkab kechadi va u 
mashaqqatli mehnat evazigagina yuz beradi. Jumladan: 
Bir yigit qirq yilda voyaga yetar, yoki: 
O’z qadrini bilmagan, kishi qadrini bilmas. 
Qadrlasang, qadring oshar, qadrsizdan hamma qochar. 
Insonni qadrlash masalasi xalq pedagogikasida bolaga nisbatan munosabatda 
ham ko’zga tashlanadi.SHuning uchun bolaning tarbiyasiga ona kornidan boshlab 
e‘tibor berish darkorligi ta‘kidlanadi. “Bola aziz, odobi undan aziz”, 
“Bolaginamning bolasi, qandak o’rikning donasi” va b. 
Xalq pedagogikasida insonning ulug’lanishi ota-ona, oilaning boshqa a‘zolari, 
er-xotin munosabatlari, do’st, qarindoshlarga bo’lgan munosabatlar misolida
ko’rsatib o’tiladi. Yomon odamlarni qadrlash befoyda ekanligi ta‘kidlanadi. 
Chunonchi, “Davlating-ota-onang”, “Boqmasang, moling ketar, xo’rlasang, 
xotining ketar”, “Bo’z yaktak qichitar, yaxshi xotin tinchitar”, “Yaxshi-qand 
yedirar, yomon-pand yedirar”, “It bilan tenglashma, kuchuk bilan o’ynashma”, 
“Yomon o’zini bilmas, o’zgani ko’zga ilmas”, “Dili qing’irning tili qing’ir” kabi 
maqollar shular jumlasidandir. 
Dostonlarda tasvirlangan personajlararo konfliktlar ham inson qadr-qimmatini 
joyiga qo’ymaslik va boshqa salbiy axloqiy sifatlar zamirida tug’iladi. Jumladan, 
“Alpomish”, “Go’ro’g’li va Bozirgon”va boshqa dostonlarda aka-uka, do’stlararo 
munosabatlarda bir-birini qadrlamaslik oqibatida inson taqdiri va hayotini 
o’zgartirib yuborish darajasidagi voqealar sodir bo’ladi. 

Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   430




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish