126
Atrof-muhit orqali olingan bilim, malka hamda unga nisbatan tajribasi
bo`lajak mutaxassislarda ishonch, qimmatli hislatlarning o`z ta'sirini ko`rsatadi.
Bo`lajak mutaxassislarning tarbiyaviy ishlarda «Xalq pedagogikasi» asosida
yondashishga tayyorgarligi – bu xalq pedagogikasining tajribalarini tarbiyaviy
ishlarda foydalanishning metodologik asosini bilish, shaxsning har tomonlarma
tarbiyasi, beriladigan tarbiyaning mazmuni, uslublari, turlari, shakllari haqida
bilimlarni o`zlashtirish.
Xalq pedagogikasi tajribalaridan foydalanishga tayyorlashning quyidagi
shakllarini ko`rsatish mumkin: ma'ruza, seminar, amaliy tajriba darslari, maxsus
kurslar, auditoridan tashqari darslar pedagogik amaliyot, talablarining ilmiy-
tadqiqot ishlari, kurs ishlari, diplom ishlari va hokazo.
Uslublari: hikoya, suhbat, intervyu, treninglar, munozaralar.
Manbalar: xalq oq’zaki ijodi, milliy o`yinlar, urf-odatlar, rasm-rusumlar, xalq
an'analari, milliy san'at namunalari va hokazo.
Xalq pedagogikasini ta'lim-tarbiya jarayoniga tadbiq etishdan maqsad, tarbiya
texnologiyasining ahamiyati, tarbiyaviy ishlarda «Xalq pedagogikasi»ning
xususiyatini to`liq tushuntirish, tajribalarini foydalanishga tayyorgarligini
shakllantirish, tarbiyaviy ishlarning uslublari, shakllari, jihozlaridan o`rinli tartibda
foydalana olishga o`rgatish. Olingan nazariy bilimlarni, malaka va ko`nikmaga
aylantirish, amaliy jihatdan qo`llash.
Xulosa qilib aytganda shu vaqtga qadar ta'lim-tarbiya ishlarida xalqning boy
pedagogik merosidan, hadislar va she'riy mantlarda oldinga surilgan q’oyalardan
to`la foydalana olganimiz yo`q. Aslida bular inson ma'naviy kamolotining hamma
davrlari uchun ham ahamiyatli bo`lib qoladigan zaminlardir.
Xalqimizning asrlar davomida shakllangan madaniy merosidan, ahloq, odob,
tarbiya borasidagi an'analaridan qanchalik samarali foydalansak, milliy
mustaqilligimizning chinakam fidoiysi bo`lgan yoshlarni tarbiyalash borasida
shunchalik sezilarli yutuqlarga erishamiz.
Jamiyat taraqqiyoti uchun aholining soni emas, balki sifati muhimdir.
Sifatning bosh mezoni yuksak ma'naviyatdir.
Talabalardagi yetuk jihatlarni shakllantirishda boshqa fanlar bilan bir qatorda
«Xalq pedagogikasi» fanining ahamiyati katta. Bu fan yoshlarda mavhum
qoidalarni emas, balki hayotda halol vijdon va iymon bilan yashashni o`rgatmoq’i
kerak. Har bir fan kishilarga muayyan bilimlarni o`rgatadi. Bu bilimlar kishilarning
yuksak ahloqiy fazilatlari bilan qo`shilganda yetuk ma'naviy boylikka aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: