135
ehtiyoji va qobiliyati, turli faoliyatning maqsad va vazifalarigina emas,
balki
tarbiyaviy faoliyatni ham aks ettiradi.
Oilaviy tarbiya metodikasi uchun eng muhimi uning aloqador tomonlarini,
ya'ni tarbiyaviy vazifalarini bir maromga solish, oilani o`ziga xos xususiyatlarini
va mavjud imkoniyatlarini aniqlash katta ahamiyat kasb etadi.
Oilaviy tarbiyaning o`ziga xosligi shundaki, u bolalarga ota-onalarning ota-
onalik, qon-qarindoshlik
xislatlarini uzatib, shaxsning umumiy va xissiy
rivojlanishnigina ta'minlab qolmay, balki shaxsning mavjud imkoniyatlarini va
ahloqiy kamolotini o`stiradi.
Xalq pedagogikasida asosiy e'tibor oila tarbiyasida ota-onalarning, ustoz-
murabbiylarning faol darajasiga qaratilgan.
Bola tarbiyasi oilaning insonni bunyod etuvchi tabiiy va ijtimoiy mohiyati
bilan uzviy boq’liqdir.
Bola oilada, maktabda, ota-onalar bilan munosabatda, jamoat joylarida, katta
yoshdagilar, o`rtoqlari bilan muloqotda tajriba orttirib boradi.
O`zbek oilalarida bolalarga tarbiya
berishda ota-onaning namunasi, ularning
mehnatsevarligi oilaviy ishlarga javobgarligi, ish yuritishi, o`q’il bolalarga
nisbatan otaning, qizlarga esa onaning ustozlik, rahnamolik ishlari asosiy o`rinni
egallaydi.
Oilada bolalarni tarbiyalash o`zining bir qancha milliy xususiyatlariga ega.
Ular xalqning shakllangan oilaviy an'analari, urf-odatlari, xalqning ruhiyati, hayoti
va turmush tarzidir.
Barkamol inson tarbiyasida oila jamiyat bilan yaxlit birlikni tashkil etadi, bu
esa hozirgi kunimiz uchun xos xususiyatlardan biridir. Ayniqsa,
ota-onalar va
jamiyat a'zolarining mehnat faoliyatlari xarakteri, er va ayolning teng huquqligi,
o`zaro hurmat farzandlarni e'zozlash, hurmatlash, ijtimoiy va fuqarolik e'tiqodi,
oilaviy madaniy hayotning mavjudligi va o`sayotganligi o`zbek oilalariga xos
fazilat sifatida qadrlanmoqda.
Oilaviy tarbiyada xalq pedagogikasi an'analari, ertak, maqol, topishmoqlar
shaklida o`z ifodasini topgan va u tarbiyaviy ta'sir ko`rsatish
vositasi sanalib,
tarbiyaning barcha qirralarini qamrab olgan. Ayniqsa, inson va uning tarbiyasi,
o`z-o`zini tarbiyalash, bolalikning yosh davrlari, ularning dangasalik va
injiqliklari, o`yinlari, qizlar tarbiyasi haqida ajoyib matal maqol,
aforizmlar
yaratilgan bo`lib, ular xalq pedagogikasi saboq’ining yorqin namunasidir.
Xalq
donishmandligida
ota-onalar
haqida
ularning
bolalari
bilan
munosabatlari, onaning madaniy, tarbiyaviy ta'siri atroflicha yoritilgan.
Masalan, oilada hamma kishi bir kishiga otaga itoat etgan. Otaning yoki
onaning gapi ikki qilinmagan. Otaning izidan chiqish, u kishining buyruq’ini
bajarmaslik, otaga gap qaytarish, unga tik boqish gunoh hisoblangan.
Xalqchil iboralar hammavaqt tarbiyada muhim o`rin egallagan. Masalan,
musulmon farzandi quyosh chiqquncha uxlasa, «yomon bo`ladi», erta saharda
eshik
ochilmasa, «yomon bo`ladi», kunlik rizqimizdan «benasib qolamiz»
bolalarni erta turishga undagan.
Xalqimizda faqat o`zining bolasinigina emas, umuman o`ziga yaqin hamma
bolalarni sevish, ehtiyotlash, ularning tarbiyasi bilan shuq’ullanish an'analari