Adabiyotlar:
O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Ķonuni.// Barkamol avlod — O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. —T.: Sharq, 1997.
O’zbekiston Respublikasi «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»// «Barkamol avlod—O’zbekiston taraqqiyotining poydevori».—T.:Sharq, 1997.
Pedagogika. Mavlonova R. va boshq. —T.: O’qituvchi, 2001.
Pedagogika (prof. A.K.Munavarovning umumiy tahriri ostida). —T.: O’qituvchi, 1996. «O’zbekiston Respublikasining oila kodeksi» - T.: Sharq, 1998.
«Pedagogikadan amaliy mashqlar» N.V.Savin tahriri ostida, -T.: O’qituvchi,1988.
«Oila pedagogikasi » A.K.Munavvarov -T.:O’qituvchi, 1994-yil
4-laboratoriya ishi (4 soat)
Mavzu: Tarbiya metodlari
Reja:
1. Tarbiya metodlari haqida Sharq, mutafakkirlari va buyuk pedagoglar fikrlari.
2. Ijtimoiy ongni shakllantirish metodlari.
3. Ijtimoiy xulq- atvorni shakllantirish metodlari
4. Rag’batlantirish va jazolash metodlari
5. Mashg’ulotda mavzuga oid pedagog vaziyat tahlil etish
Metodik tavsiyalar:
Tarbiya usullari tarbiyaning maqsadi va mazmunidan kelib chiqib, kamol inson shaxsini tarbiyalashga qaratilgandir. Tarbiya metodi tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning hamkorlikdagi faoliyat va o’zaro ta’sir ko’rsatish usuli hisoblanadi. Har bir o’qituvchi - tarbiyachi tarbiya metodlari haqida ilmiy nazariy va amaliy bilim, ko’nikmalar haqida ma’lumotga ega bo’lish lozim.
Shundagina ta’lim - tarbiya samaradorligi oshadi va yaxshilandi.
Mashg’ulotda tarbiya metodlari tahlil etilib quyidagi nazariy masalalarni muhokama etadilar.
1-topshiriq. Tarbiya metodlari haqida Sharq mutafakkirlari va buyuk pedagogiklar fikrlarini tavsiya etilgan adabiyotlarni o’rganish konspektlashtiring.
2- topshiriq. Shaxsni ijtimoiy ongini shakllantirish metodlari.
3-topshiriq. Ijtimoiy xulq- atvorni shakllantirish metodlari.
4-topshiriq.O’qituvchilar dars davomida rag’batlantirish va jazolash metodlarini kuzating, konspektlashtiring va tahlil qiling?
5-topshiriq. Mashg’ulot mavzuga oid pedagogik vaziyat tahlil etish.
3-masala
O’qituvchilar xonasida tarbiyasi qiyin bolaning ota- onasi Bilan suhbat olib borilmoqda. Bola ko’p xollarda maktabga darslarni tayyorlamasdan keladi. Qo’pollik qiladi va maktab intizomini maksimaldan buzadi. Masalan, dars paytida joyidan turib indamasdan, hyech kimdan so’ramasdan darsdan chiqib ketaverishi mumkin. Uning otasi Fan doktori, muammolar laboratoriyalaridan birini rahbari, pedagogini gaplariga kuyidagi javob beradi:
- Tushunsangiz-chi meni ishim juda xam mas’uliyatli ish, bu umumdavlat ahamiyatiga ega. O’g’il bilan shug’ullanishga lekin hyech vaqtim yo’q. Men uni maktabga yuborganmanmi, binobarin uni sizlar tarbiyalagansizlar! Bu sizlarning vazifalaringiz-ku axir!
Pedagogik tarbiya oila bilan maktab hamkorlikda ish olib borsa va bunga otaning ishtiroki bo’lsagina muvaffaqiyatga erishish mumkinligini o’qtirganda, u yana e’tiroz bildirdi:
-Nima ish qilish kerak bo’lsa, ya’ni menga bog’lik bo’lgan ishlarning hammasini qilyapman. O’g’limning juda kata kutubxonasi bor. U ajoyib disklar kolleksiyasiga ega. Uni bir necha marta Toshkentga olib bordim, muzeylarga kirdik...
Ota tarbiyadagi o’z ishtirokiga oid elementlarni uzoq vaqt sanadi. Bularni eng asosiy deb hisobladi, ammo o’g’lining xulqi haqidagi maktab pedagoglar jamoasi tomonidan bildirilayotgan tashvishli signalga masxaraomuz qaradi.
Vaziyatni tahlil qiling.
1.Tarbiyasi qiyin bolaning ota - onasi va sinf rax,barining vaziyatini baholang. Bunday paytda o’qituvchi yana qanday yo’l tutishi kerak edi?
2.Bu suhbat paytida siz qanday pozisiyani egallagan bulardingiz? a) bolaning otasiga nisbatan;
b) bolaning o’ziga nisbatan?
3.Siz qanday deb o’ylaysiz, bolada nima uchun salbiy xatti -harakatlar shakllangan?
4. Maktab jamoasi (sinf rax,bari, fan o’qituvchilari, direktor va uning o’rinbosari, ota - onalari kengashi va x.k.) yuqoridagi holatni oldini olishda yana qanday tarbiya usullarini tavsiya etasiz?
4 – masala
Birinchi sinf o’quvchisi uy vazifasini bajarmoqda «f» harfini yozmoqda. Biroq ish juda sust ketmoqda va to’g’risini aytganda, bunday mashg’ulot kichkintoyga unchalik xush yoqayotgani ham yo’q, albatta. Chunki keyingi hariflar oldingilariga nisbatan yomon chiqyapti. Bola yiglab yubormaslik uchun o’zini zo’rg’a tiyib turibdi.Uning o’quvsizligi va anqovligidan jahli chikdan onasi xafa bo’lib zaharxandalik bilan qichqirmoqda;
- Hariflarni qanday yozyapsan? Yana oynaga mo’ralading-mi? O’yinning qanaqa bo’lishligini men senga ko’rsatib kuyaman! Bugun hyech qayerga chiqmaysan! To’g’ri yozishni o’rganmay ko’rchi, men seni nima qilar ekanman! Butun oqshom qimir etmasdan dars tayyorlaysan, uqding-mi, senga beriladigan jazo shu! Ovozingni o’chir, o’kirma, baribir befoyda!
Vaziyatni tahlil qiling.
1. Buni tipik xol desa bo’ladimi? Nimaga?
2. Onaning xar bir pichigina baholang. Siz onaning monologidan qanday so’zlarni olib tashlar edingiz? Nima uchun?
3. Anna shu birinchi sinf o’quvchisining onasi Bilan siz qanday gaplashgan bular edingiz?
4. Uy vazifasini qanday bajarish kerakligi to’g’risida bolaga qanaqa maslahat va yo’l -yo’riq, bergan bulardingiz? Shu bergan tavsiyangizni ota - onalar majlisida ko’tarib chiqsa buladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |