Adabiyotlar:
O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Ķonuni.// Barkamol avlod — O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. —T.: Sharq, 1997.
O’zbekiston Respublikasi «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»// «Barkamol avlod—O’zbekiston taraqqiyotining poydevori».—T.:Sharq, 1997.
Pedagogika. Mavlonova R. va boshq. —T.: O’qituvchi, 2001.
Pedagogika (prof. A.K.Munavarovning umumiy tahriri ostida). —T.: O’qituvchi, 1996. «O’zbekiston Respublikasining oila kodeksi» - T.: Sharq, 1998.
«Pedagogikadan amaliy mashqlar» N.V.Savin tahriri ostida, -T.: O’qituvchi,1988 .
«Oila pedagogikasi » A.K.Munavvarov -T.:O’qituvchi, 1994-yil
Laboratoriya ishi.
Mavzu: Dars turlarining xilma – xilligi.
Reja:
1. Dars turlarini xilma - xilligi.
2. Maktab lisey yoki kollejda dars kuzatib tahlil etish.
3. Sizga darslarning qanday turi yoqadi va uni izohlang.
4. Biror mavzu yuzasidan darsning an’anaviy yoki noan’anaviy shaklida dars tahlil etish va ularni qiyoslang
5. Ma’lum dars rejasi va matnini muhokama etib, eng qulayini tanlang.
6. O’qituvchining darsga tayyorlanishi
7. Mavzuga oid vaziyatni tahlil etish.
Metodik ko’rsatmalar:
Pedagogik faoliyatni samarali va muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun xar bir o’qituvchi ta’limni tashkil etish shakllari haqida ilmiy nazariy va amaliy jihatdan xabardor bo’lish va tegishli bilim, ko’nikma, malakalarga ega bo’lishi, laboratoriya ishining asosiy maqsadi hisoblanadi. «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da xar bir oliy va urta maxsus ma’lumotga ega bo’lgan mutaxassis pedagogik bilimlar sohibi bo’lishligi, kasbini kamolotga yetkazishi lozimligi ta’kidlangan. Ushbu maqsadda oliy va o’rta maxsus ta’lim muassasalarida bo’lajak mutaxassislar ta’limni tashkil etish shaklari, turlari, ularga quyiladigan pedagogik talablar dars tiplari va strukturasi, an’anaviy va noan’anaviy dars tiplari singari ma’lumotlari odatlar hosil qilish, yo’nalish olishlariga yordamlashadi.
Kuyidagi keltirilgan topshiriqlar yuqorida bayon etilgan masalalarni yechishni birmuncha yengillashtiradi va sizlarga kelajakda darslarni tashkil qilishda yo’nalish hosil qilishga ko’maklashadi.
Topshiriqlar:
1-topshiriq, Darslar haqidagi ma’lumotlarni va yana hozirgi zamon darslariga quyilgan pedagogik talablarni tavsiya etilgan adabiyotlar hamda matbuotda mutaxassislar tomonidan e’lon qilingan materiallarni diqqat bilan o’qib va konspektlashtiring. Ta’lim - tarbiya samaradorligi va sifatini oshirishda darsning o’rni va ahamiyati haqida xulosa chiqaring. Mazkur jarayonda bo’lajak mutaxassisning kasbiy vazifalari nimalardan iborat.
2-topshiriq. Dars turlarini ta’riflang va ularning tuzilishini tahlil etib bering
3-topshiriq. Sizga darslarning qanday turi yoqadi va uni izohlab bering
4-topshiriq. Uzingiz yoqtirgan bir soatlik dars rejasini tuzib darsga tayyorgarligingizni sinab ko’ring. Siz darsga tayyormisiz?
5- topshiriq. O’qituvchining darsga tayyorlanishini izohlang.
6- topshiriq. Mavzuga oid pedagogik vaziyatni tahlil eting.
1- masala
3- sinfda dars boryapti. O’quv yili tamomlanyapti, bolalarning charlashganliklari sezilib turibdi. Ammo rus tili darsidagi muhit quvnoq ishchanlik vaziyatida edi, bolalar sidqidildan berilib ishlashardi. Shu payt bexosdan momoqaldirok gumburlab, yashin chaqnadi, shiddatli, ammo qisqa muddatli may jalasi bir necha daqiqaga sinfning fikrini o’ziga tortib oldi.
-Ustoz, yomg’ir! - shodlanib, o’z joylaridan sakrab turishardi bolalar.
Xursandchilikning sababchisi yana bir bor gumburlab, bulut bilan birga uzoqlashib ketdi. Endi xar vaqtdagi oddiy ish kuniga (dars mavzusiga qaytish) kerak edi. O’qituvchi xuddi shunday qilishi mumkin edi, ammo u boshqacha ish tutdi. U fortochkani ochishni buyurdi, tashqaridan kirgan yoqimli havo dimoqqa urilib, barchaning bahri- dili yana xam ochib yubordi.
- Ko’rayapman, - dedi kulib turib, - barchangiz hozir bayramona kayfiyatdasizlar. Kelinglar, manna shu tasodifiy shodlikni qo’ldan bermaymiz, mayli u biz bilan yana oz birga bo’la qolsin. Daftarlaringizni ochinglar. Qani biz «May yomg’iri» degan mavzuda kichkinagina inshocha yozishga bir urinib ko’raylik-chi.
- Men uning sarlavhasini «Yomg’ir nima haqida shivirlaydi?» deb qo’ysam mumkinmi?
- Mumkin.
- Mumkin, - dedi o’qituvchi. - Hozir hammasi mumkin. Siz bu haqda qanday o’ylasangiz, uni qanday tasavvur qilib, hissangiz, xuddi o’shanday yozing.
Vaziyatni tahlil qiling.
1. O’qituvchi dars rejasidan bunday chetga chiqishini siz qanday baholaysiz?
2. Sizningcha qanday, bunday modernizasiyalashdan dars yutadimi yoki yutqazadimi?
3. Sizning fikringizcha siz pedagogik amaliyot o’tkazgan o’qituvchi bunday vaziyatda qanday yo’l tutgan bo’lardi? Xush, sizning uzingiz qanday yo’l tutgan bulardingiz.
2-masala
Siz o’qituvchisiz. Sinfdagi hamma o’quvchilar sizni hurmat qiladi. Dars o’tayapsiz. Dars jarayonida ikki nafar qizning boshqa narsa bilan shug’ullanib o’tirganini sezib qoldingiz. Qizlarga bildirmay ularning oldiga borasiz, qizlar kulgili rasm chizgan, rasmning ostiga sizning ismingizni yozib qo’ygan edi.
1. Bunday vaziyatda qanday yo’l tutgan bulardingiz?
2. Bu holat qaysi yoshdagi o’quvchilarga to’g’ri keladi?
3-masala
7 «V» sinfida 3 - soat kimyo darsi bo’lishi kerak, O’qituvchi biroz kech qoldi. 2-3 o’quvchi kelishib o’qituvchi o’rindig’i o’rniga sinig’ini almashtirib quyishdi.
O’qituvchi jonib kirib keldi, salomlashib «o’tiringlar» dedi-da, o’rindig’iga o’tirishi bilan yiqilib ketdi.
1. Vaziyatni tahlil qiling. Nima uchun bu voqiya sodir bo’ldi?
2. O’qituvchi endi qanday yo’l tutishi kerak?
3. Sizga shunday voqiya ro’y bersa, nim qilar edingiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |