Adabiyotlar:
O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Ķonuni.// Barkamol avlod — O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. —T.: Sharq, 1997.
O’zbekiston Respublikasi «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»// «Barkamol avlod—O’zbekiston taraqqiyotining poydevori».—T.:Sharq, 1997.
Pedagogika. Mavlonova R. va boshq. —T.: O’qituvchi, 2001.
Pedagogika (prof. A.K.Munavarovning umumiy tahriri ostida). —T.: O’qituvchi, 1996. «O’zbekiston Respublikasining oila kodeksi» - T.: Sharq, 1998.
«Pedagogikadan amaliy mashqlar» N.V.Savin tahriri ostida, -T.: O’qituvchi,1988 .
«Oila pedagogikasi » A.K.Munavvarov -T.:O’qituvchi, 1994-yil
5-laboratoriya ishi.
Mavzu: Oila tarbiyasi
Reja:
1. Sharq,mutafakkirlari va buyuk pedagoglar oila tarbiyasi haqida.,
2. Oilada bola shaxsini shakllantirish
3. Oilaviy an’analar o’quvchilarni milliy qadriyatlar ruxda tarbiyalash vositasi.
4. Oila tarbiyasida bolalar xulqidagi salbiy holatlar va ularning oldini olish.
5. Mavzuga doir pedagogik vaziyatni taxlik etish.
Uslubiy tavsiyalar.
«Bola tugilgan kundan boshlab oila muhitida yashaydi .Oilaga xos an’analar, qadriyatlar, urf-odatlar bola zuvalasini shakllantiradi. Eng muhimi, farzandlar oilaviy hayot maktabi orqali jamiyat talablarini anglaydi, his etadi» -deb juda o’rinli ta’kidlagan edi hurmatli prezidentimiz I.A.Karimov. Haqiqatan xam oilada farzand tarbiyasida ota-onalar va oila a’zolarining tarbiyaviy ta’siri juda kata. Ya’ni xalqimizda «Qush uyasida ko’rganini qiladi» - degan naqllar xam mavjud.
Shunday ekan oila tarbiyasi jarayonida ota-onalarning o’zlari tarbiyalangan, talabchan, adolatli, obro’li, bilimli, madaniyatli, mehnatsevar, axloqiy mezonlarni o’zida mujassamlashtirgan, tejamkor tarbiya haqidagi bilimlarni, metodlarni o’zida shakllantirgan, o’zining xulq,-atvori bilan shaxsiy namuna ko’rsata olgan taqdirda farzandlarini to’g’ri tarbiyalay olishga zamin hozirlaydi.
Halq tarbiyashunosligida ota-onaning farzand oldidagi burchlari, o’zlarining oxiratini obod etuvchi qarzlari bor. Bu qarzlari: «bolaga yaxshi nom kuyish, yaxshi muallim kuliga topshirib, savodini chiqarish, ilmli, kasbli, hunarli qilish, boshini ikki va uy-joyli qilish» - deb ta’kidlashadi. Albatta bu vazifalarni amalga oshirishda ota-onalarga juda katta mas’uliyat yuklanadi. Farzandlarning xam ota-onalar oldida katta mas’uliyatlari, burchlari mavjud. Bular ota-onani qadrlash, hurmatlash, e’zozlash, nasihatlariga quloq, solish, aytganlarini vaqtida bajarish, mehnat layoqatini yo’qotganda ularni boqish, parvarishlash, sadoqatli bo’lish singari ko’plab mas’uliyat yuklanadi.
Yuk,orida bayon etilgan fikr-mulohazalarni oydinlashtirishda kuydagi topshiriqlarni yechish tavsiya etiladi.
1-topshiriq. Sharq, mutafakkirlari va buyuk pedagoglarning oila tarbiyasi haqida fikrlarini konspektlashtirish va ular yuzasidan o’tkazish
2- topshiriq. Oilaviy an’analar, urf-odatlar va marosimlarni qisqacha ta’riflang. Bolalarni tarbiyalashda ularning o’rni va ahamiyatini asoslang.
3- topshiriq.
A) Oila tarbiyasida bolalardagi salbiy xulq -atvorlarni, oldini olishda ota-onaning vazifalari nimalardan iborat?
B) Farzandlarning ota-ona oldidagi burchlari qanday asoslanadi?
S) Oilada farzand tarbiyasida ota-onalar obro’si va namunasini tarbiyaviy ahamiyati.
D) Bola tarbiyasida oila, maktab va jamoatchilikning o’zaro hamkorligi bugungi kundagi ahvoli qanday?
Ye) Oila tarbiyasidagi xatolar va ziddiyatlarning asl mohiyatini tahlil etish.
4-topshiriq.Guruh rahbarlarining oila bilan aloqasi masalalarini muhokama etish.
1-vaziyat.
Ona: «Mana maktabda hamisha yaxshi. Uyda esa bizning otamiz meni bola oldida uradi. Qizini xam do’pposlaydi-yu. U otasini oldidan o’tganida qo’rqishdan qaltiraydi. U tog’da katta bo’lgan, jahli tez»
2-vaziyat.
Sinf rahbari. Otaga qo’ng’iroq qildi: «Ertaga maktabga keling». Ota erta bilan sinf rahbariga kirib, birdaniga xabar berdi : «Hammasi joyida Bahodirni men kaltakladim».
-Nima uchun?
3-vaziyat.
Qiz tengdoshini xatti – harakati haqoratomuz bo’lmasa ham unga tarsaki tushirdi.
Shapaloq qo’llash bilan bog’lik hozirgi zamon xulq- atvorini baholang.
4-vaziyat.
Ota-onalar majlisida bir ona o’rnidan turib shunday dedi: «Qizim yaxshi o’qisin deb hamma ishni o’zim qilaman, nima desa shuni muhayyo qilib beraman». Boshqa bir ota esa shunday dedi: «Men o’z o’g’limni fizika, matematika va kimyoni yaxshi bilishini istayman! O’rnini yig’ishtirib quyadigan yoki tugmalarini taqib oladigan bo’lgani bilan u aqlli bo’lib qolmaydi».
Vaziyatni tahlil qiling?
1. Ota va onaning ana shunday fikrlariga munosabatingiz qanday?
2. Sinf majlisi o’tkazayotgan sinf rax,barining mazkur ota-onalarga munosabati qanday bo’lishi kerak?
Do'stlaringiz bilan baham: |