«pedagogika» kafedrasi fani bo’yicha O’quv-uslubiy majmua tuzuvchilar



Download 8,88 Mb.
bet151/250
Sana29.05.2022
Hajmi8,88 Mb.
#614675
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   250
Bog'liq
Umum.pedagogika O\'roqov

Tayanch iboralar: Afina usuli, Sparta usuli, grammatist, jismoniy, mehnat, Polistriya maktabi, teologiya, dialektika, sinf, dars, didaktika, Rossiyadagi ilg’or pedagogik g’oyalar, darslik, xalqparvar g’oyalar, koloniya, kommuna maktabi, qayta tarbiyalash, o’quvchilar jamoasi.


Nazorat uchun savollar:
1. O’rta asrda maktab va ta’lim-tarbiya.
2. Dinni maktab va ta’lim-tarbiyaga ta’siri.
3. Dunyoviy ta’lim va diniy ta’lim.
4. G’arb dunyosini mutafakkirlari.
5. Rossiya pedagogikasida ilg’or pedagogik fikrlar.
Adabiyotlar:



  1. Safo Ochil, K.Hoshimov "O’zbek pedagogikasi antologiyasi" -T.,"O’qituvchi", 1995.

  2. K. Hoshimov "Pedagogika tarixi" "O’qituvchi" -T., "O’qituvchi",1997 yil.

  3. O. Xasanova "Pedagogika tarixidan xrestomatiya" -T., "O’qituvchi", 1994 yil.

  4. A.Xasanov "Pedagogika tarixi" -T., "O’qituvchi", 1998 yil.

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ALISHER NAVOIY NOMIDAGI
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI


PEDAGOGIKA KAFEDRASI
«Umumiy pedagogika»
fanidan
laboratoriya mashg’ulotlar ishlanmasi

Samarqand – 2012
1 - LABORATORIYA MASHG’ULOTI. (4 soat)


Mavzu: Hozirgi zamon dars jarayoni.


Maqsad: Darsni kuzatish.o’qish jarayonining asosiy bo’g’inlari va didaktikaning asosiy talablarini amalga oshirish yo’llarini aniqlash, nazariy bilimlarni amaliyotga ko’llash, o’quv jarayonining bo’g’inlari va o’qitish talablarini aniqlash.yangi bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirish va anglash. o’qitishning talablarini dars davomida amalga oshirish.
Ta’lim jarayonining mohiyati bilim. ko’nikma va malakalarni egallab olishdir.
Bilimlar - bu o’quvchilar ongida muayyan sistemada mustahkamlangan, ular-ning shaxsiy mulkini tashkil etadi an va bundan ular zaruratga ko’ra foydalana oladigan faktlar. ma’lumotlar. ilmiy nazariyalar, qonunlar. tushunchalardir.
Ko’nikma - bu o’zlashtirib olingan bilimlar asosida amalga oshiriladi-gan va amaliy jihatdan maqsadga muvofiq harakatlarga tayyorgarlikda ifodalangan ongli faoliyatdir.
Malaka - avtomatlashgan, o’rganib qolingan, muayyan usul bexato bajari-ladigan harakatdir.
Ishning metodik ta’minoti: Darslik, dastur, plakatlar, kartochkalar, jad-val, diafilmlar. kodoskop va kerakli adabiyotlar.
Vazifalar va tayanch tushunchalar:
A. Ta’limni tashkil etish shakllari.
- o’quv dasturi davlat hujjati bo’lib, unda xar bir o’quv predmetining maz-muni ochib beriladigan va o’quv yilida o’zlashtirilib olish uchun zarur bo’lgan bilim.ko’nikma va malakalar hajmi ko’rsatiladi;
- maxsus ravishda o’quvchilar uchun yozilgan kitob, darslik deb ataladi. Unda o’quv dasturining hamma materiali batafsil va izchillik bilan ochib be-riladi. Darslikning xarakteri xususiyati va mazmuni dasturga to’liq mos kelishidir.
Darslik o’quv materiallarini tezroq, to’laroq va chuqurroq egallab olishga yordam beruvchi o’quv qo’llanmalari bilan to’ldirilishi mumkin: - o’quv qo’llanmalarini chuqurlashtiruvchi va uning eslab solinishiga yordam beruvchi qo’llanmalar: xrestomatiyalar, mashqlar to’plami, ma’lum predmet bo’yicha o’qish kitobi, nazorat kartalar;
- o’rganiladigan masalalarni illyustrasiyalovchi va bu bilan ancha aniq
tasavvur hosil bo’lishiga yordam beruvchi qo’llanmalar:mulyajlar.rasmlar, plakatlar, diagrammalar, atlaslar:
- ko’nikma va malakalarni hosil qilishga yordam beruvchi qo’llanmalar: bosma asosdagi daftarlar. topshiriqlar kartochkasi:
- ma’noni tushuntirishni yengillashtiruvchi qo’llanmalar:lug’atlar:
- ko’p maqsadga xizmat qiluvchi qo’llanmalar: kinofilmlar, ensiklopedi-yalar va boshqalar.
B. Sinf: yoshi va bilim jihatdan bir xil bo’lgan ma’lum miqdordagi
o’quvchilar guruhidir.
V. Dars: - deb, bevosita o’qituvchining rahbarligida muayyan o’quvchilar guruhi bilan olib boriladigan ta’lim mashg’ulotiga aytiladi.
Dars - o’quv ishlarining asosiy tashkiliy shaklidir.
Dars - o’quv ishlarining markaziy qismidir.
Maktablarimiz bosib o’tgan tarixiy davr ichida ta’limni tashkil qilish shakllari o’zgardi, rivojlandi. Hozir maktablarimizda qo’llanilayotgan sinf-dars tizimi kuyidagi tashkiliy shakllarda olib boriladi.
1. Har qaysi sinf bilimiga ko’ra bir xil darajadagi bolalarning doimiy guruhlariga ega bo’ladi.
2. Dars mashg’uloti asosan 45 minutga mo’ljallangan bo’lib. qat’iy jadval asosida olib boriladi.
3. Dars bevosita o’qituvchining rahbarligida jamoa va yakka shaklda olib boriladi.
4. Dars o’tilayotgan materialning mazmuniga qarab xilma-xil usul bilan olib boriladi. Ta’lim tizimining bir qismi sifatida,albatta tugallangan bilim beradi va navbatdagi bilimlarni o’zlashtirish uchun zamin yaratadigan qilib uyushtiriladi.
REJA:
1. Dars shakllari - ta’limni tashkil qilish shakllari.
2. Darsga bo’lgan talablar va ularni tahlil qilish.
3. Sinf-dars shaklidagi dars tuzilmasi, uni ijodiy misollar bilan tahlil qilish.
4. Aralash dars tuzilmasi. uning boshqa dars shakllaridan farki.
5. Umumlashtiruvchi xulosa.
Ayni paytda maktablarimizda ta’limni tashkil qilish shakllari ikki turda olib borilmoqda.
1. Sinf-dars shaklida olib boriladigan mashg’ulotlar;
2. Amaliy va tajriba shaklida olib boriladigan mashg’ulotlar
Sinf-dars shaklida olib boriladigan mashg’ulotlar o’qituvchining kundalik o’quv materialini tizimli bayon qilib berishni, o’quvchilarning bi-lim,ko’nikma va malakalarini izchillik bilan hisobga olib borishni.o’quvchilarni mustaqil ishlashga o’rgatishni o’z ichiga oladi.
Amaliy va tajriba ishlari shaklida olib boriladigan mashg’ulotlar sinf sharoitidan tashqarida. o’quv ustaxonasi, tajriba yer uchastkalari va jamoa xo’jaligi ekin maydonlarida ishlash. ekskursiyalar o’tkazish yo’li bilan olib boriladi.
Darsga bo’lgan talablar.
Dars yuqorida aytib o’tilganidek o’qitishni tashkil qilishning o’zgarmas shakli emas. o’quv amaliyoti va pedagogik tafakkur doimo uni takomillashtirish yo’llarini izlaydi. Bu borada turli xil ko’rik tanlovlar, jumhuriyat miqyosida o’tkaziladigan pedagogik o’qishlarda o’rtaga quyiladigan ilg’or o’qituvchilarning fikr va mulohazalari diqqatga sazovordir. Turli-tuman fikr va mulohazalarni hisobga olgan xolda dars kuyidagi didaktik talablarga javob berishi lozim:
1. Har bir dars ma’lum bir maqsadni amalga oshirishga qaratilgan va pux-ta rivojlantirilgan bo’lmog’i lozim:
2. Har bir dars mustahkam g’oyaviy-siyosiy yo’nalishga ega bo’lmog’i lozim.
3. Har bir dars turmush bilan, amaliyot bilan bog’langan bo’lmog’i kerak.
4. Har bir dars xilma-xil usul, uslub va vositalardan unumli foydalan-gan xolda olib borilmog’i lozim.
5. Darsga ajratilgan xar bir soat va daqiqalardan oqilona va unumli foydalanmoq zarur.
6. Har bir dars o’qituvchi va o’quvchilarning faolligini ta’minlanmog’i lozim.
7. Darsga o’quv materiallarining mazmuniga oid ko’rsatmali qurollar,
texnika vositalari va kompterlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
8. Dars mashg’ulotini butun sinf bilan yoppasiga olib borish bilan xar qaysi o’quvchining individual xususiyatlari, ularning mustaqilligini oshirish hisobga olinadi.
9. Har bir darsda mavzuning xarakteridan kelib chiqib, xalqimizning boy pedagogik merosiga murojaat qilish va undan foydalanish imkoniyatini izlamoq lozim.
Sinf-dars shaklidagi dars turlari va ularning tuzilishi.
1 soatlik darsga mo’ljallangan dastur materiallarining mazmunini bayon qilish uchun didaktik maqsad va talablarga muvofiq ravishda tashkil qilingan mashg’ulot turli dars turlari deb yuritiladi. Ta’lim tizimida eng ko’p qo’llaniladigan dars turlari quyidagilardir: 1. Yangi bilimlarni bayon qilish darsi;
2. O’tilgan materiallarni mustahkamlash darsi;
3. O’quvchilarning bilim ko’nikma va malakalarini tekshirish va baholash darsi:
4. Takroriy umumlashtiruvchi va kirish darslari;
5. Aralash darsi.yuqoridagi dars turi bir necha.


Aralash dars turining tuzilishi:
1. Uy vazifalarini so’rash va baholash;
2. Yangi materialni bayon qilish;
3. Yangi materialni mustahkamlash;
5. Uyga vazifani topshirish.
Hisobot tuzish.
O’tkazilgan ish yuzasidan hisobotda kuyidagi ma’lumotlar bo’lishi kerak:
1. Ishdan ko’zda tutilgan maqsad;
2. Yig’ilgan nazariy materiallar va amaliy taqqoslash tahlili;
3. Ta’limni tashkil etish yo’llari va vositalariga doir muammolar haqida umumlashtirilgan xulosa.
TAYaNCh TUShUNChALARGA ASOSLANGAN NAZORAT SAVOLLAR.
1. Dars nima?
2. Sinf nima?
3. Sinf-dars shaklida olib boriladigan mashg’ulotlarga izoh bering.
4. Amaliy va tajriba ishlari shaklida olib boriladigan darslarni mohi-yatini tushuntirib bering.
5. Darsga qanday pedagogik talablar quyilgan? O’zbekiston Respublikasi-ning «ta’lim to’g’risida»gi qonunining mohiyati asosida tushuntiring.
6. Boshlang’ich sinf dasturini tahlil qilib uni darslikka mos ekanligini izohlang.
7. Yuqorida bir soatlik aralash dars turining tuzilishi berilgan.
Shu asosda 1 soatlik dars konspektini tuzing.



Download 8,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish