«pedagogika» kafedrasi fani bo’yicha O’quv-uslubiy majmua tuzuvchilar



Download 8,88 Mb.
bet147/250
Sana29.05.2022
Hajmi8,88 Mb.
#614675
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   250
Bog'liq
Umum.pedagogika O\'roqov

Tayanch iboralar: Sho’ro maktabi,cherkovni davlatdan va maktabni cherkovdan ajratish,mehnat maktabi, islohotlar,akademik liseylari, kasb-hunar kollejlari.
Nazorat uchun savollar:

  1. Mustaqillikdan keyingi ta’lim tizimi.

  2. Ta’lim-tarbiya tizimidagi islohotlar.

  3. O’qituvchi kadrlar tayyorlashga bo’lgan e’tibor.

  4. Islohotlarning asosiy maqsadi nimalardan iborat?



Adabiyotlar:

    1. Pedagogika. Munavvarov. -T.,O’zbekiston, 1996 y.

    2. O’zbek sovet entsiklopediyasi. -T.,O’zbekiston,484-486 b.

    3. "O’zbek pedagogikasi antologiyasi" T. 1995 yil.

    4. K.Hoshimov,S.Nishonova "Pedagogika tarixi" -T., O’qituvchi", 1995 yil.

    5. X.Abdullayev "Entopedagogika"-T., "O’qituvchi", 1995 yil. 161-168 betlar.

    6. Safo Ochil, K.Hoshimov "O’zbek pedagogikasi antologiyasi" -T., "O’qituvchi", 1995 yil.

    7. K. Hoshimov "Pedagogika tarixi" -T., "O’qituvchi", 1997 yil.

    8. O. Hasanova "Pedagogika tarixidan xrestomatiya" -T., "O’qituvchi", 1994 yil.

    9. A.Hasanov "Pedagogika tarixi" -T., "O’qituvchi", 1998 yil.


Mavzu: Jahon pedagogika tarixi fani rivojlanishiga sharh
Reja:

  1. Qadimgi Yunoniston va Rim davlatlaridagi ta’lim-tarbiya. Sokrat, Platon, Demokrit va Aristotellarning ta’limotida tarbiya masalalari.

  2. G’arbiy Yevropadagi maktab, maorif hamda pedagogik fikrlar taraqqiyoti. Yan Amos Komenskiyning pedagogik tizimi.

  3. Iogann Genrix Petolosiyning pedagogik g’oyalari va faoliyati. Adolf Distervergning pedagogik qarashlari.

  4. Rossiyada ilg’or pedagogik g’oyalarning paydo bo’lishi. K.Ushinskiyning pedagogik nazariyasi. L.N.Tolstoyning pedagogik fikrlari. A.S.Makarenkoning pedagogik faoliyati va ta’lim-tarbiyaviy qarashlari

Tarixiy taraqqiyotining keyingi davrlariga kelib, ibtidoiy jamoa tizimi o’rnini yangi ijtimoiy formasiya quldorlik tizimi egalladi. Qadimiy Sharqda birinchi sinfiy jamiyatlar paydo bo’ldi hamda moddiy va ma’naviy madaniyatga asos solindi. Ayniqsa Yunoniston (Gresiya) xalqlari bu madaniyatni ma’lum darajada qabul qilib, uni qaytadan rivojlantirdi va butun jahon madaniyatga, maorifiga o’zining katta hissasini qo’shdi.


Darhaqiqat, tarixiy taraqqiyot davomida turli mamlakatlar jahon madaniyatiga turicha hissa qo’shganlar. Masalan, Xitoyda birinchi qog’oz ixtiro qilingan. Hindistonda hisoblashning unlik sistemasi kashf etilgan. Mesopotamiyada esa yer kurrasini graduslarga, sutkani soatlarga, minutlar va daqiqalarga bo’lish uylab topilgan.
Eramiz boshlanishidan oldin Markaziy Osiyoning janubiy chekkasiga yaqin bo’lgan joyda O’rta dengiz bilan Hindistonni birlashtiruvchi karvon yo’li qurilgan. So’ngra Markaziy Osiyo Xitoydan O’rta dengizga tomon «Buyuk ipak yo’li» ochilgan. Natijada Markaziy Osiyo xalqaro savdo-sotiq markazi bo’lib qolgan. Bu esa o’z navbatida Markaziy Osiyo vohalarida madaniyatning rivojlanishiga ta’sir ko’rsatgan. Ayniqsa, qadimgi Yunonistonda madaniyat, tarbiya, maktab va dastlabki pedagogik fikrlar boshqa qadimiy Sharq mamlakatlariga nisbatan juda erta rivojlangan.
Yunoniston unchalik kata bo’lmagan bir qancha quldorlik davlatlaridan iborat mamlakat bo’lgan. Uning eng katta shaharlaridan Lakoniya (poytaxti Sparta) va Atttika (poytaxti Afina) ayniqsa madaniyat markazi bo’lishi bilan o’ta mo’tabar edi. Bu shaharning har qaysisida tarbiyaning boshqa mamlakatlaridan farqli alohida tizimi vujudga keldi. Bu tarbiya tizimi shaharlar nomi bilan yuritilib «Sparta» va «Afina» usulidagi tarbiya deb yuritiladigan bo’ldi. Har ikkala bu shaharning iqtisodiy va siyosiy taraqqiyotidagi ba’zi bir xususiyat madaniyat darajasi turlicha bo’lganligi tufayli har ikki tizim bir-biridan farq qilar edi. Ammo ikkala davlatda ham quldorlik tizimi hukmron edi. Yunonistonda qullarni «gapiradigan ish quroli» deb hisoblardi. Chunki qullar barcha mamlakatlardagi kabi oddiy insoniy huquqlaridan ham mahrum edilar.
Lakoniya Peloponnesning sharqiy-janubiy qismidagi yerlarga davlat bo’lib, bu viloyatlar sohilida kemalar to’xtaydigan qulay joy yo’q edi. Mamlakatda qullar mehnatga asoslangan dehqonchilik hukmron edi. Soni unchalik ko’p bo’lmagan yarim ozod va huquqli bo’lmagan aholisining ko’pchiligi hunarmandlar edi. To’qqiz ming oiladan iborat bo’lgan quldorlar wt0 mingdan ko’proq aholiga hukmronlik qiladi. Spartada qullar shafqatsiz taqib ostiga olinardi. Shu sababli ular tez-tez isyon ko’tarib turardilar. Bunday hol esa ularning uyushqoq bo’lib yashashga, hamisha harbiy tayyorgarlikda bo’lishiga da’vat etardi. Tarbiya ishlari esa davlat ixtiyorida bo’lib uning asosiy maqsadi spartaliklarning bolalarini baquvvat, jismoniy sog’lom, bardoshli, chiniqqan jangchilar qilib tarbiyalashdan iborat bo’lishi bilan birga bo’lajak quldorlarni ham tarbiyalashni nazarda tutar edi.
Spartaliklarning bolalari 7 yoshgacha uyda yashar, keyin «agella» deb ataluvchi alohida davlat tomonidan tashkil etilgan tarbiya muassasasiga joylashtirilar va ai yoshga yetguncha ularga ana shu muassasalarda ta’lim-tarbiya berilardi. Bu muassasalarning rahbarlari davlat tomonidan obro’li, taniqli kishilardan tayinlanardi. Bunday kishilar «pedonom» deb atalib, butun tarbiyaviy ishga rahbarlik qilardi. Ayniqsa, o’smirlar tarbiyasiga alohida e’tibor berilardi. Ular jismoniy sog’lom bo’lishi uchun turli mashqlar bilan chiniqtirilar, sovuqqa, ochlikka chidashga, og’riqqa bardosh berishga ham o’rgatilib borilardi. Ta’lim jarayonining asosiy qismini harbiy gimnastika mashqlari egallardi. Bu bilan yosh spartaliklarni yugurishdan, sakrashdan, disk va nayza ota bilishidan, kurashish va qo’l jangi usullaridan saboq berilardi. Shungdek, harbiy tusdagi maxsus o’yinlar ham o’rgatilardi. Spartaning kelajak vorislari jismoniy baquvvat, hyech narsadan qo’rqmaydigan, botir jangchi, o’z xalqini har qanday ofatdan himoya qila oladigan bo’lib yetishardi.
Qadimgi Gresiyadagi tarbiyaviy ishlar shunisi bilan o’ziga xos ediki, unda bolani nafaqat jismoniy chiniqtirishgina emas, balki ma’naviy tomondan ham barkamol bo’lishi nazarda tutiladi. Unda asosan bolalarga musiqa va ashula va diniy raqslar ham o’rgatilgan. Bu mashg’ulotlarning mazmuni jangovar hamda harbiy tusda bo’lgan.
Qadimgi grek tarixchisi, faylasuf olimi Plutarx Sparta maktablaridagi ta’lim-tarbiya haqida gapirib shunday deydi, «O’qish va yozish bolalarga faqat ularning eng zarurli o’rgatilar edi, tarbiyaning qolgan qismi esa bitta maqsad hyech so’zsiz itoat qildirishi, chidamli bo’lishini va yengish ilmini o’rgatishni ko’zda tutadi».
Spartada olib borilgan ta’lim-tarbiyaning yana bir muhim vazifasi yoshlarni qullarga nisbatan shafqatsiz, ularni mensimaydigan qilib tarbiyalashdan iborat edi. Shu maqsadda yoshlar «Kreptiyalar» da, ya’ni kechalari qullarni tutish mashqlarida qatnashtirishgan edi, bunday mashqlar yosh spartaliklar otryadlari shaharning biror mahallasining yoki shahar tashqarisidagi nohiyani qurshab olib, shubhali bo’lib ko’ringan har qanday illotni (qulni) o’ldirardi.
Yoshlarga axloqiy tarbiya berishda davlat rahbarlari maxsus suhbatlar o’tkazib, shu yo’l bilan ularga axloqiy va siyosiy tarbiya berar edilar. Bu suhbatlarning asosiy mazmuni vatan dushmanlari bilan kurashib ota-bobolarining ko’rsatgan mardligi va jasurligi qahramonlar haqida gapirib berishdan iborat edi. Bu bilan ular yunonlarda o’z vataniga va ota-bobolariga hamda uning merosiga katta hurmat hissini tarbiyalashgan. Shuningdek, bolalarni savol-javob jarayonida aniq qisqa va lo’nda qilib javob berishga o’rgatib borilgan.
Sparta ta’lim-tarbiya tizimida bola 18-20 yoshga yetgandan keyin maxsus «efeblar» guruhida o’tkazilgan va harbiy xizmatni o’taganlar.
Sparta qizlar tarbiyasiga harbiy va jismoniy tarbiya malakalari bilan qurollantirilib borilgan. Bundan maqsad erkaklar qullar qo’zg’olonini bostirmoq uchun urushga ketgan vaqtlarida qizlar, ayollar shaharni, uy-joyni qo’riqlash maqsadida qurollanib qo’riqchilik vazifasini o’tar, qullarni esa itoatda saqlanishi ta’minlar edilar.
Qadimgi Gresiya ikkinchi bosh shaharlaridan biri Afinada esa hayot, tartib, intizom, maktab tizimi va undagi ta’lim-tarbiya Spartanikidan butunlay farq qilardi. Chunki Afinadagi iqtisodiy hayot Spartadagi singari cheklanib quyilgan emas edi. Qullar xususiy mulk hisoblanardi.
Afinada eramizdan ilgari V-VI asrlarda madaniyat o’sdi. Tibbiyot ilmi, matematika, tarix, sanat, ajoyib grek me’morchiligi va haykaltaroshligi taraqqiy qildi.
Afinadagi eng ko’rkam va barkamol inson deb ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan yetuk kishini o’zlarining «ideal» i deb hisoblar edi.
Tarbiya jarayonida aqliy, estetik va jismoniy tarbiya uyg’unlashgan holda olib borilardi. Lekin shuni ta’kidlash kerakki, bu ideal faqatgina qullarning qismati deb hisoblanadi. Ammo tabaqalanish natijasida quldorlik jamiyatining o’zida ancha kambag’al, ajralib chiqdi, ular hunarmandchilik bilan shug’ullanar edilar. Boy quldorlar esa ularga nafrat ko’zi bilan qarardilar.
Afinada bolalar 7yoshgacha uyda tarbiyalanar edilar. O’g’il bolalar u yoshdan boshlab maktabga qatnar, qizlar esa oilada ona ko’magida uy-ro’zg’or ishlariga o’rgatilar edi. Afinada umuman xotin-qizlarning hayoti uy doirasidan chiqmas, asosan ichkarida o’tardi.
Bolalar dastlab (7yoshdan 13-14 yoshgacha) «grammatist» va «kivatist» maktablarida har ikkovida ham, yoki bo’lmasa avval grammatist o’qitilardi. Bu maktablar xususiy bo’lib, haq to’lanardi, shu tufaylii puli yo’q fuqarolarning bolalari bu maktablarda ta’lim ola olmasdi. Bu kabi maktablarda «dedaskal» deb atalgan o’qituvchilar mashg’ulot olib borardi. O’g’il bolalarni maktabga qullar etaklab borgan. Bunday qullar «pedagog» deb atalgan.
Afinadagi grammatist maktablaridagi ta’lim-tarbiyaning mazmuni o’qish, yozish va hisoblashni o’rgatishdan iborat bo’lgan.
O’qit harflarni hijjalab o’qitish usulida olib borilib, bolalar harflarni yodlab, so’ng shu harflarni qo’shib bo’g’inlar yasar, bo’g’inlarni qo’shib so’zlar yasardilar. Yozuvni o’rganishda mum surilgan yaltiroq taxtachalardan foydalanar edi. Bunday taxtachaga ingichka cho’p bilan harflar yozilgan edi. Barmoqlar, va sanoq taxtasi yordami bilan hisoblash o’rgatilardi. Kifarist maktabida o’g’il bolalarga adabiy bilim, estetik mazmundagi deklamasiyalar o’rgatilardi.
O’g’il bolalar un uchun to’rt yoshga yetganlaridan keyin «Polistra» deb atalgan o’quv yurtiga o’tardi. Bu o’quv yurtida ular 2-3 yil davomida jismoniy mashqlar yugurish, sakrash, kurash tushish, disk va nayza irg’itishdan iborat bo’lib, suvda suzish ham o’rgatiladi. Spartada kabi Afina maktablarida ham o’quvchilar bilan siyosiy va axloqiy masalalarga suhbatlar o’tkazilgan. Polistrada jismoniy tarbiya va axloqiy masalalarga doir suhbatlarga eng taniqli fuqarolar bepul rahbarlik qilardilar. «Polistra»da maktabda o’qish tekin bo’lganligi uchun ham ko’pchilik bu o’qish bilan cheklanib qolardilar. Ayrim badavlatroq oiladan bo’lgan bolalar «Polistra» maktabini tugatganidan so’ng «Gimnaziya»ga kirib o’qirdi. Maktabni tugatgan yoshlar davlat boshqarishda qatnashishlari mumkin bo’lgan. Shuning uchun ularga falsafa, siyosat, adabiyot fanlari o’qitilgan. Lekin bu maktabda ham badan tarbiya bilan shug’ullanish davom ettirilgan.
Sokrat (eramizdan avvalgi 469-339 yillari) o’zining demokratik ijtimoiy c7iqishiga qaramay, konservativ zamindor aristokratlarning ideologi edi. Bu uning falsafiy va pedagogik qarashlarida tarbiyadan kutilgan maqsad, tabiatni o’rganish bo’lmay, balki kishining bilib olishi, axloqni kamol toptirish bo’lmog’i lozim. Ham faylasuf ham notiq Sokrat keng maydonlarda, jamoat oldida so’zlarga chiqib axloqqa doir masalalar yuzasidan suhbatlar o’tkazar, tinglovchilarning savol-javob yo’li bilan diqqatini o’zlari uylab topishiga shu yo’l bilan odamlarning haqiqatni izlashga o’rgatardi. Suhbatning bu usuli o’sha paytda «Sokrat usuli» deb ataldi. Sokrat usulidan keyingi davrlar uslubiyatida suhbatni «fikr qo’zg’ovchi savollar usuli» nomida o’tkizish paydo bo’ldi.
Qadimgi Gresiyaning faylasuflaridan Platon eramizdan ilgari (427-347 yillari) idealist faylasuf Sokratning shogirdi, obyektiv idealizm nazariyasining asoschisi edi. U «g’oyalar dunyosi» birlamchi, his qiluvchi narsalar dunyosi ikkilamchi deb hisoblanadi.
Platon tanadan tashqarida mavjud bo’lgan narsalar haqidagi nazariyani olg’a surdi va bu tanadan tashqarida bo’lgan narsalarni « tur» yoki «ideyalar» deb atadi.Platonning fikricha, u bu davlatning maqsadi oliy ezgulik g’oyasiga yaqinlashishdir, bu g’oya, asosan tarbiya yo’li bilan ro’yobga chiqishini ta’kidlaydi.
Tarbiya,- deydi Platon, -davlat tomonidan tashkil etilmog’i va hukmron guruhlarning faylasuflar va jangchilarning manfaatlarini ko’zlomog’i lozim. Platon o’zining pedagogika tizimida Sparta va Afina tizimining ba’zi bir belgilarini birlashtirishga intiladi.
Platon fikricha, bolalar e yoshdan y yoshgacha davlat tomonidan ta’minlab quyilgan. Ateizm nazariyasini yaratgan atoqli faylasuf materialist demokratning qarashlari qadimgi yunon faylasufining cho’qqisidir. Demokrit o’z asarida yuqorida nomlari qayd etilgan mutafakkir faylasuflar kabi tarbiya masalalariga ko’p e’tibor beradi. U o’z nazariyasida tabiat qonunlariga Xurofotni va qo’rquvni yemirib tashlaydigan chinakam bilimlarga murojaat qiladi. Demokrit «xudolarning irodasi» degan gaplar odamlar uylab chiqargan uydirmadan boshqa narsa emas, deb hisoblab xudolarga ishonchni rad etadi. Demokrit tabiat masalalarini birinchi bo’lib ilgari so’rdi.
«Tabiat bilan tarbiya bir-biriga o’xshaydi» deb yozadi. Demokrit «ta’lim mehnat asosidagi go’zal narsalarni hosil qiladi» deb tarbiya ichida mehnatning roli juda katta ekanligini ta’kidladi. U doimo mehnat qilib turishni talab qildi, mehnatga odatlana borgan sari, mehnat yengil bo’lib boradi, deydi. U yomon o’rnakdan ehtiyot bo’lishi kerak, - deb ta’kidlaydi va yaxshi xulq hosil qilishda mashqning ahamiyati katta, deb hisoblaydi.
Demokrit quldorlik negizlarga nisbatan tanqidiy qarashni vujudga keltirdi, tabiatni chinakam bilishga tarbiyani qayta qurishga chaqirdi.
Demokrit barcha tabiiy jarayonlarga, jumladan insonning axloqiy munosabatlariga ham xudolarning aralashuvini inkor etib, kishi xulqining real, bu dunyodagi asosini topishishga urinadi. Demokrit axloqni odamning o’z tabiatidan kelib chiniqib chiqib asoslashga harakat qiladi. U axloqning ikkiyuzlama yasama va haqiqiyga bo’linishiga qarshi chiqadi, shaxsning faqat mulohazadorlik va aql rahnamoligida mumkin bo’ladigan axloqiy kamoloti uchun jonbozlik ko’rsatadi. To’g’rirog’ini bilmaslik xatoga olib keladi, degan edi u.
Aql to’g’ri xatti-harakatlarga yo’naltirilmog’i lozim, bu esa bilimlarning doimo mukammallashtirib borish haqida g’amxo’rlik, tabiat qonunlari va odam xulqimni 6rganish zarur demakdir, degan edi Demokrit.
Demokritning etik va pedagogik qarashlari diniy qobiqdan holi edi. Shuning uchun ham o’zidan keyingi faylasuf olimlarga katta ta’sir etdi. Ayniqsa, ularning inson kamolotidagi nazariy qarashlari, tarbiyaning roliga bergan katta ahamiyatlari pedagogika tarixi nazariyasini yaratishda asosiy zamin bo’lib xizmat qiladi.

Download 8,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish