«pedagogika» kafedrasi fani bo’yicha O’quv-uslubiy majmua tuzuvchilar



Download 8,88 Mb.
bet143/250
Sana29.05.2022
Hajmi8,88 Mb.
#614675
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   250
Bog'liq
Umum.pedagogika O\'roqov

Tayanch iboralar:Diniy maktablar, XX asr boshlarida madrasalar, musulmon maktablarini isloh qilinishi, jadidchilik harakati, chorizmning maktab sohasiga siyosati, Marjoniy, Islombek Gasparali.
Nazorat uchun savollar:

  1. Maktab va madrasalardagi ta’lim tarbiyaning ahvoli.

  2. Marjoniyning maktabni isloh qilish to’g’risidagi dasturida qanday masalalar ko’tarilgan?

  3. Jadidchilik harakati vakillari kimlar, ularning talabi nima edi?

  4. Yangi usul va rus-tuzem maktablari asoslari.


Adabiyotlar:

  1. Pedagogika. Munavvarov. -T.,O’zbekiston, 1996 y.

  2. O’zbek sovet ensiklopediyasi. -T. 484-486 b.

  3. "O’zbek pedagogikasi antologiyasi" -T., "O’qituvchi", 1995 yil.

  4. K.Hoshimov,S.Nishonova "Pedagogika tarixi" -T., "O’qituvchi", 1995 yil.

  5. X.Abdullayev "Entopedagogika" -T., "O’qituvchi", 161-168 betlar.

  6. Safo Ochil, K.Hoshimov "O’zbek pedagogikasi antologiyasi" -T., "O’qituvchi", 1995 yil.

  7. K. Hoshimov "Pedagogika tarixi" -T., "O’qituvchi", 1997 yil.

  8. O. Hasanova "Pedagogika tarixidan xrestomatiya" -T., "O’qituvchi", 1994 yil.


Mavzu: Sho’ro hukmronligi davrida O’zbekiston xalq ta’lim tizimi va pedagogika fanining rivoji.
R eja :

  1. Sho’ro hokimiyatining dastlabki yillarida maorif va pedagogik fikrlar.

  2. Ikkinchi jahon urishi va urishdan keyingi yillarda xalq maorifi va pedagogik fikrlar.

  3. XX asrning 70-80 yillarida O’zbekiston xalq ta’limi ravnaqi.

1917 yil to’ntarishidan so’ng Markaziy Osiyoda 3 ta davlat (Buxoro amirligi, Xiva, Qo’qon xonligi) o’rnida yangi yo’nalishdagi mafkuraga asoslangan respublikalar (Turkiston Muxtor Jumhuririyati, Buxoro xalq Respublikasi, Xiva xalq Respublikasi) tashkil topdi.Yangi Sho’ro Hukumati avvalgi ta’lim tizimi, o’quv-tarbiyaviy ishlarni isloh qilish, xalq maorifi tizimining yangi shaklini joriy etish yuzasidan bir qator vazifalarni belgilab berdi. Bunday tadbirlarni amalga oshirish Turkistonda Xalq Komissarlari Sovetining 1918 yil 14 maydagi dekreti asosida boshlandi. Yagona Sho’ro "Mehnat maktabi"xalq maorifi uchun asosiy negiz qilib olindi. 1918 yil 20 yanvarda "Cherkovni davlatdan va maktabni cherkovdan ajratish to’g’risida"gi dekretga asoslanib, mullalar vazirli din ahllarining maktablarda dars berishiga yo’l kuymaslik to’g’risida dekret qabul qilindi. Mazkur dekretga muvofiq aholining barcha tabaqalari bolalari millati, dini va jinsidan qat’iy nazar maktabi tekin o’qitilishi to’g’risida buyruq chiqarildi. Turkistonda 1918 yil may oyining boshida maktab tubdan qayta qurildi va e’lon qilindi.
1918 yil iyunda Toshkentda maorif xodimlarining birinchi syezdda ochildi, unda xalq maorifi sohasidagi ahvol muhokama qilindi, qayta ko’rish tadbirlari belgilandi.
1918 yil dekabrda Turkiston Respublikasi xalq maorifi komissarligi buyruq chiqarib, hamma maktablarda ona tili o’qitish to’g’risida qator qabul qilindi.
1918 yil avgustda Turkiston Respublikasining Markaziy Ijroiya Komiteti maktablarda o’quvchilarni uz ona tilida o’qitishga utish to’g’risida dekret chiqardi, bu o’lka xalqlari milliy madaniyatlari istiqboli uchun hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi. Oradan uch oy utgach "Turkiston maktablarining strukturasi to’g’risida Nizom" chiqarildi.
1918 yil bahoriga kelib respublikada ishlab turgan maktablar soni 330 taga yetdi.
1919-20 yilining boshida maktablar soni Farg’onada (viloyatida) 350 ta, Sirdaryo viloyatida 839 ta, Samarqand viloyatida 216 ta edi.
Maktablarni tashkil etishda mahalliy aholi orasidan birinchi muallim sifatida yetishib chiqqan Hamza, Avloniy, Abduqodir Shukuriy, Ismatulla Raxmatullayev, Abdurauf Fitrat, Isxokxon Ibrat, T.N.Qo­ri Niyoziy, Tuxtanazar Shermuxamedov, Ergash Komilov, Oqilxon Sharo­fiddinov va shu singari ziyolilar faol qatnashdilar.
Qizlarni o’qitish uchun alohida maktablar ochildi, bunday mak­tablar 1920 yil boshida Toshkentda 12 ta, Andijonda 2 tasi ochilgan. Qo’qonda shunday maktablarda O’zbek qizlaridan 270 tasi, kirgiz qizlaridan 13 tasi o’qir edi. Shunday qilib, o’lkamizda yangi maktablar ochildi va mahalliy aholidan milliy O’qituvchilar tayyor­lash, milliy darsliklar nashr etish, Sho’ro mafkurasi asosida ta’lim-tarbiyaviy jarayonni amalga oshirish yuzasidan tadbirlar belgilandi.
1918 yil iyun oyida Toshkentda dorilmuallimin ochildi. (millat yoshlaridan muallimlar instituti).
1918-21 yillarda mahalliy millatdan 3 mingga yaqin muallim tayyorlandi.
1918 yillarda Turkiston Sharqshunoslik instituti, Timiryazev nomli bilim yurti, Milliy xotin-qizlar uchun bilim yurtlari ochildi.
1921 yilda ximiya-farmakologiya instituti, konservatoriya 6 ta qishloq xo’jalik texnikumi ishga tushdi. Bular orasida 1918 yil 21 aprelda ishga tushgan Toshkentda ochilgan Turkiston xalq universiteti alohida ahamiyat etadi. Universitetning Toshkentda eski shaharda,Andijon,Qo’qon, Samarqand va Jizzaxda bo’limlari bor edi.
RSFSR Xalq Komissarlari Sovetining 1920 yil 7 sentyabrdagi dekretiga binoan Toshkent xalq universiteti negizida Turkiston davlat universiteti (Tosh DU) tashkil etildi.
1920 yillarda Turkiston bolalarining 25% maktabda o’qitilar edi.
O’qituvchi kadr tayyorlashga katta e’tibor berildi. 1925 yilda O’zbekiston qishloqlarida ishlab turgan muallimlar soni 2748 kishiga yetdi. 1924-25 o’quv yilida xalq maorifi ehtiyojlariga 11,4 million so’m yeki respublika byudjetning 24% sarflandi.

Download 8,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish