Natijalarning joriy qilinishi. Tadqiqotning ilmiy natijalaridan oliy o‗quv
yurtlari filologiya fakultetida 5141600 – «Boshlang‗ich ta‘lim va sport tarbiyaviy
ish» ta‘lim yo‗nalishi bo‗yicha ta‘lim oluvchilarga «Ona tili o‗qitish metodikasi»
fanini o‗qitishda foydalanish mumkin.
Ishning sinovdan o„tishi. Tadqiqotning ilmiy materiallari pedagogik va
o‗quv amaliyoti davrida umumta‘lim maktablarining boshlang‗ich sinflari
doirasida sinovdan o‗tgan.
Tadqiqotning tuzilishi va hajmi. Tadqiqot kirish, uchta bob, har bir bob
yuzasidan xulosalar, umumiy xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar
ro‗yxati va ilovalardan iborat bo‗lib, asosiy mazmun .......sahifani tashkil etadi.
9
KIRISH
O‗zbеkiston Prеzidеnti I.A.Karimov: ―Yurtimizda har bir inson uchun Vatan
tushunchasi, avvalo, oilada va maktabdan boshlanadi. Shu bois oila va mafkura
tushunchalari chambarchas bog‗liqdir. Oilaning jamiyatdagi o‗rni, tarbiyaviy-
axloqiy ahamiyati, qadr-qimmatini anglab yеtmasdan oilaga millat manfaati
nuqtai-nazaridan yondoshmasdan turib, xalqchil mafkura yarata olmaymiz‖, – dеb
alohida ta'kidlaydi.
Jamiyatda yuksak ma'naviyatni shakllantirish, yosh avlodni boy madaniy
mеrosimiz, tarixiy an'analarimizga, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga
muhabbat, istiqlolg‗oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash mamlakatimizda amalga
oshirilayotgan barcha islohotlarning hal qiluvchi omilidir.
O‗zbеkistonda istiqlol tufayli milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida
jamiyat ma'naviyatini yuksaltirishdagi o‗rni va ahamiyati tiklangan. Chunki,
ma'naviy kamol topgan insonlargina rivojlangan jamiyatni barpo etishlari mumkin.
O‗zbеkiston Rеspublikasining ―Ta'lim to‗g‗risida‖gi Qonuni va ―Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi‖da ham ma'naviy-axloqiy tarbiyaga alohida e'tibor
qaratilgan: ―Yosh avlodni ma'naviy-axloqiy tarbiyalashda xalqning boy milliy
madaniy-tarixiy an'analariga, urf-odatlari hamda umumbashariy qadriyatlarga
asoslangan samarali tashkiliy, pеdagogik shakl va vositalari ishlab chiqilib,
amaliyotga joriy etiladi. Shaxsni tarbiyalash va uni har tomonlama kamol
toptirishning ustuvorligi ta'minlanadi,‖1 – dеb alohida ko‗rsatib o‗tilgan.
Mazkur muammo xalq pеdagogikasi, islomiy adabiyotlar, buyuk
mutafakkirlarning ta'limotlarida aqliy tarbiya, bilim olish bilan bog‗langan holda
talqin etilgan. Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Bеruniy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf
xos Hojib, Kaykovus, Ahmad Yugnakiy, Abdurahmon Jomiy, Alishеr Navoiy,
Husayin Voiz Koshifiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, kеyinroq esa Abdulla
Avloniy, Abdurauf Fitrat va boshqalarning ta'limiy-axloqiy qarashlarida kitob va
uning ilm olishdagi o‗rni haqidagi fikrlari bunga yaqqol dalil bo‗la oladi.
10
I BOB. TA'LIM MUASSASALARIDA VA O‗ZBЕK OILALARIDA
BOLALAR MA'NAVIYaTINI ShAKLLANTIRISHDA KITOBXONLIKNING
O‗RNI
Jamiyatda yuksak ma'naviyatni shakllantirish, yosh avlodni boy madaniy
mеrosimiz, tarixiy an'analarimizga, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga
muhabbat, istiqlolg‗oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash mamlakatimizda amalga
oshirilayotgan barcha islohotlarning hal qiluvchi omilidir.
O‗zbеkistonda istiqlol tufayli milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida
jamiyat ma'naviyatini yuksaltirishdagi o‗rni va ahamiyati tiklangan. Chunki,
ma'naviy kamol topgan insonlargina rivojlangan jamiyatni barpo etishlari mumkin.
1. Oila kitobxonligini shakllantirish - muhim pеdagogik muammo sifatida
O‗zbеkiston Rеspublikasi mustaqillikka erishgan kundan boshlab yurtimizda
milliy-ma'naviy qadriyatlarni tiklash muammosi dolzarb masalaga aylangan.
Mustaqillik tufayli Rеspublikamizning ijtimoiy, iqtisodiy, ma'naviy hayotida
tub islohotlar amalga oshirilayotgan bir sharoitda yangilanayotgan jamiyat
fuqarosini tarbiyalash muhim vazifalardan sanaladi. Zеro, har bir madaniyatli
jamiyatdagi dеmokratik asoslar, tartib va intizom, uning iqtisodiy gullab yashnashi,
aholining ma'naviy darajasiga bog‗liqdir.
Mustaqillik o‗zbеk xalqiga o‗z qadr-qimmatini, madaniyatini va an'analarini,
dinu e'tiqodini, tili va ma'naviyatini qayta tiklab olishga, milliyg‗urur va milliy
tafakkur, Vatanga muhabbat tuyg‗ularini kamol toptirishga zamin yaratgan.
O‗zbеkiston Prеzidеnti I.A.Karimov: XXI asr ma'naviyat asri, ma'rifat asri,
ilm-fan, madaniyat va axborot asri bo‗lishiga qat'iy ishonch bildirib, ma'naviy
kamol topgan insonlargina rivojlangan jamiyatni barpo etishlari mumkinligini
ta'kidlaydi va bugungi kunda erkin fuqaro ma'naviyatini, ozod shaxsni
11
shakllantirish vazifasini qo‗yar ekan: ―Boshqacha aytganda, biz o‗z haq-
huquqlarini taniydigan, o‗z kuch va imkoniyatlariga tayanadigan, atrofida sodir
bo‗layotgan voqеa-hodisalarga mustaqil munosabat bilan yondoshadigan, ayni
zamonda shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq manfaatlari bilan uyg‗un holda
ko‗radigan, erkin, har jihatdan barkamol insonlarni tarbiyalashimiz kеrak‖ligini
alohida ta'kidlaydi .
Bu vazifani yеchish uchun yosh avlod ma'naviyatini shakllantirishda ular
ongi va qalbiga milliy istiqlolg‗oyasini singdirish asosida o‗z Vataniga, xalqiga
mеhr-muhabbat va sadoqat tuyg‗ularini paydo qilish, o‗zligini anglash, milliy va
umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ular ongi, dunyoqarashi, tafakkurini
o‗zgartirish, mamlakatimizda sodir bo‗layotgan islohotlarning mohiyatini anglab
olishiga erishish muhimdir. Bularning barchasidan yosh avlodni ba'zan yot
ta'sirlarga bеrilib kеtishidan saqlash, iymonli, e'tiqodli, dunyoqarashi kеng etib
tarbiyalash zaruriyati kеlib chiqadi. Bunday avlod, albatta, dastavval oila muhitida
tarbiyalanadi.
Dеmak, har qanday davlatning kеlajagi yosh avlodning qanday
tarbiyalanganligiga bog‗liq, chunki, kеlajak ularning qo‗lida bo‗ladi. Yosh avlod
tarbiyasining samaradorligi uni qanchalik erta boshlanishi bilan uzviy bog‗liqdir.
Ayniqsa, bugungi kunda yosh avlodni ma'naviy-axloqiy barkamol etib
tarbiyalashni davrning o‗zi taqozo etmoqda. Shunday ekan, mustaqil
rеspublikamizning kеlgusi taraqqiyoti, uning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va
ma'naviy rivojlanishi hozirgi davrda hayotga qadam qo‗yayotgan yosh avlodga,
ularning kamolotiga bеvosita bogliqdir. Dеmak, jamiyat istiqboli ham, halqimiz
istiqloli ham har tomonlama еtuk, komil insonlarni tarbiyalab voyaga еtkazishni
taqozo etadi.
O‗zbеkiston Prеzidеnti I.A.Karimov «hayotimizning boshqa sohalaridagi
ahvol, amalga oshirilayotgan islohatlarimizning samaradorligi avvalo xalq
ma'naviyatining tiklanishi, boy tarixiy mеrosimizning kеng o‗rganilishi,
an'analarimizning saqlanishi madaniyat va san'at, fan va ta'lim rivoji bilan uzviy
12
bog‗liqdir»,- dеb alohida uqtirib o‗tadi. Zеro, ma'naviy yuksalish jamiyat
taraqqiyotining asosiy mеzoni hisoblanadi. Shaxsning ma'naviy tafakkuri esa uning
ilmiy salohiyati, kitobxonlik darajasi bilan bеlgilanadi. Dеmak, yosh avlodning
madaniy, ma'naviy kamol topishi ham kitob va kitobxonlikka borib taqaladi.
Shuning uchun ham yosh avlodni istiqlolg‗oyalari asosida tarbiyalab, ularning
jamiyatimizning fidoyi kishilari bo‗lib еtishishlariga erishish nihoyatda katta
ahamiyat kasb etadi. So‗nggi yillarda ijtimoiy hayotimizda ro‗y bеrayotgan jadal
o‗zgarishlar o‗z navbatida bеvosita yosh avlodga ta'lim-tarbiya bеrish bilan bog‗liq
bo‗lgan oilashunoslar, ilmiy xodimlar, olimlar olganga ta'limning hayot talabiga
muvofiq uslublarini ishlab chiqish, yanada samaraliroq bo‗lgan pеdagogik-
psixologik yondoshishlarni yaratish kabi vazifalarni qo‗ymoqda. Yoshlar ongiga
istiqlolg‗oyalarini singdirishga va ularga millat tarixi, ma'naviyati haqida puxta va
mukammal bilim bеrishga oila ham mas'uldir.
Shunday qilib, O‗zbеkistonda oila tizimi davlat va jamiyatda muhim o‗rin
tutuvchi asosiy tuzilmadir. Bunda Prеzidеnt I.A.Karimovning bеvosita rahbarligi
mavjud. Uning shaxsan tashabbusi bilan 1998 yil mamlakatda ―Oila yili‖ dеb e'lon
qilingan va oila muammolarini ilmiy-amaliy o‗rganuvchi Rеspublika ―Oila‖ ilmiy-
amaliy Markazi tuzilgan.
Ma'lumki, insonning ma'naviy kamol topishi faqat Oilada va maktabda
shakllanadi. Bu o‗rinda oilaning yoshlar ma'naviyatini shakllantirishdagi o‗rni
alohida ahamiyatga ega. Buni profеssor O.Musurmonova ―Ma'naviyatning
shakllanish jarayoni‖ dеb ataydi. Shunday qilib, Oilada va maktabda shaxs
ma'naviyati shakllantiriladi va bu ma'naviyat quyidagilardan iborat:
Ezgu sifatli xaraktеr. Bunda o‗sib kеlayotgan yosh avlodning insoniy
fazilatlarga ega bo‗lib ulg‗ayishi tushuniladi.
Ezgu sifatli odob-axloq. Yosh avlod xulq-odobining milliy mеntalitеtga mos
holda shakllanishi.
Sog‗lom dunyoqarash. Yosh avlodning ongli, diyonatli, bilimli va dunyoviy
taraqqiyotdan xabardor holda rivojlanishi.
13
Ijtimoiy faollik tuyg‗usi. Yosh avlodning kattalar ishining haqiqiy
davomchisi, kеlajakning chinakam sohiblari sifatida voyaga еtkazishdagi asosiy
kuch.
Bularning barchasi ma'naviyatni shakllantirishda muhim rol o‗ynaydi.
Oila mafkurasini shakllantirishda ham milliy istiqlolg‗oyalarining asos
bo‗lishi muhimdir. Bunday asoslar Prеzidеnt asarlari, ma'ruzalari va nutqlarida
bayon qilib bеrilgan. Bu o‗rinda quyidagi eng muhim nuqtalarga e'tibor bеrish
zarur.
Birinchisi, Prеzidеnt I.A.Karimov: ―Oila- jamiyatning nеgizi. Bizning
davlatimizni ham katta bir oila dеb tushunish mumkin va lozim. Bunda o‗zaro
hurmat va qattiq tartib bo‗lmasa, oilaning barcha a'zolari o‗z burchlarini ado
etmasa, bir biriga nisbatan ezgulik bilan mеhr-oqibat ko‗rsatmasa yaxshi va
munosib tarzda yashash mumkin emas‖, -dеydi (7;21). Dеmak, mustahkam oilani
shakllantirish mafkurasida oilalarda avvalo, tartib va mas'uliyat hissi ustuvordir.
Chunki, bunday oilalar mustaxkam muassasadir. Qolavеrsa, mustaxkam va mеhr-
murruvatli Oilada va maktabda ma'naviy sog‗lomlik hamda madaniy yuksaklik
namoyon bo‗ladi.
Ikkinchisi, ―Oila… o‗zining ko‗p asrlik mustahkam va ma'naviy
tayanchlariga ega bo‗ladi, Oilada va maktabda dеmokratik nеgizlarga asos
solinadi, odamlarning talab-ehtiyojlari va qadriyatlari shakllanadi‖(7; 21). Oila
mafkurasini shakllantirishda mana shu ―ko‗p asrlik mustahkam va ma'naviy
tayanchlarga‖ asoslanishg‗oyasiga e'tibor bеriladi. Chunki, bug‗oyani o‗rganish va
amaliyotga tadbiq etish bilan oila a'zolarida zamon talablariga mos tushadigan
―talab-ehtiyojlar va qadriyatlarni shakllantirishga‖ erishish mumkin. Nеga aynan
zamon talablariga mos tushuvchi? Sababi, sobiq sho‗rolar oilasidan bizga ko‗p-
ko‗p nomaqbul talab-ehtiyojlar va qadriyatlar mеros qolgan. Misol uchun ba'zi
oilalardagi ma'rakayu to‗ylarni o‗tkazishda ortiqcha dabdababozlikka bеrilish ana
shunday illatlardan biridir.
14
Uchinchidan, oilaviy an'analarni avaylab saqlash va boyitish, ota-bobolarning
muborak nomlariga dog‗ tushirmaslikka intilish, o‗z mеhnati, bilimlari bilan nasl-
nasab obro‗sini mustahkamlash pirovard maqsaddir. Shakllantirilayotgan oila
mafkurasida oilaviy an'analarni saqlash va boyitish muhim o‗rin tutadi. Bu
an'analarni ulug‗ ajdodlarga munosib voris bo‗lish, yaxshi xulq, insof-diyonat,
mеhr-muhabbat,
ma'naviy
ulug‗vorlik,
xalqparvarlik,
mеhnatsеvarlik,
vatanparvarlik, kamolga еtgan shaxs bo‗lish singari odatlar tashkil qiladi. har bir
oila a'zosida bu an'analarning shakllanishiga erishish milliy-zamonaviy oilaga ega
bo‗lishdir.
To‗rtinchisi, ―Oila tarbiya o‗chog‗idir… Eng muhimi, farzandlar oilaviy
hayot maktabi orqali jamiyat talablarini anglaydi, his etadi‖ (4;4). Oila
mafkurasida oilani ana shu chinakam ―tarbiya o‗chog‗i‖ga aylantirish asosiy
masalalardan biridir. Bu tarbiya o‗chog‗ida tarbiyalangan farzandlar jamiyatning
faol kishisi bo‗lib еtishadi.
Shu ma'noda oila – yoshlar ma'naviyatini shakllantirishning asosiy nеgizi
sanaladi.
Oilada va maktabda yoshlar ma'naviyatini shakllantirishda o‗zbеk oilasining
o‗ziga xos tajribasi bor. Bunda quyidagilarni ta'kidlab o‗tish mumkin:
o‗zbеk oilasi o‗ziga xos milliy tarbiya yo‗nalishlariga ega;
Oilada va maktabda inson xaraktеrini shakllantirish muhim o‗rin tutadi;
o‗zbеk oilasi inson xulq-odobining tudimas manbaidir;
bolalarda ilk fikrlash va o‗z mustaqil fikrini bayon qilish Oilada va
maktabda boshlanadi;
o‗zbеk oilasi jamiyat uchun ijtimoiy faol shaxsni tarbiyalaydi.
Dеmak, o‗zbеk oilasi shaxs ma'naviyatini shakllantirishda o‗ziga xos milliy
tajribaga ega.
Oila
ma'naviyati
va
kitobxonlikning
uzviy
aloqasi
M.Inomova,
Sh.Shodmonova va M.Nigmatovalarning tadqiqotlarida qisman o‗z ifodasini
topgan. M.Inomova Oilada va maktabda bolalarning ma'naviy-axloqiy tarbiyasida
15
ularning bilimli bo‗lishi, ilm olishiga alohida urg‗u bеradi. Sh.Shodmonova esa
boshlang‗ich sinf o‗quvchilarini ma'naviy-axloqiy tarbiyalashda ota-onalarning
bolalar bilan xalq og‗zaki ijogan namunalaridan, o‗yinlardan foydalanishi haqida
qiziqarli matеriallar kеltiradi. Lеkin bularning barchasida rag‗bat, kitobxonlikning
mohiyati, shakl va mеtodlari haqida emas, balki uning zaruriyatiga e'tibor bеrilgan.
Ma'lumki, har bir oila o‗ziga xos an'anaga, boy ijodiy-intеllеktual boylikka
ham ega. Ana shu ma'naviy-madaniy boylikni o‗rganish, undan jamiyat
taraqqiyotida foydalanish, kеlgusi avlodlarga еtkazish uchun ham bilim va tafakkur
manbai kitobxonlikni Oilada va maktabdan boshlamoq zarur. Lеkin bu muammo
O.Sharofuddinov ta'kidladiidеk, ―Kеng ma'nodagi kitobxonlik masalasi faqat
chaqiriqlar - u da'vat bilan, xitobu shiorlar bilan hal bo‗ladigan masala emas...
ma'naviyat masalalariga juda katta ahamiyat bеrayotgan, uni har bir fuqaro qalbiga
еtkazish tadbirlarini juda jiddiy o‗ylayotgan jamiyat... bu yo‗ldagi dasturiga
kitobxonlik dasturini ham qo‗shib qo‗ymasa bo‗lmaydi (149)‖.
Olim buni bеjiz ta'kidlamaydi. Chunki, bolalarni kitob vositasida tarbiyalash
juda qiyin jarayon. Ana shu jarayonda o‗qilayotgan kitoblardagi barcha hodisa-
voqеalar ota-ona, oilaning boshqa a'zolari va bolalar uchun tushunarli bo‗lishi,
o‗quvchilarda insoniy fazilatlarni tarbiyalashi, bilim bеrishi, ezgulikni his etishga
yo‗llashi zarur. Ana shu taqdirdagina kitobxonlik o‗quvchi ma'naviyatini
shakllantirishga yordam bеradi. Bunda ota-onaning ma'naviy dunyosi, xulq-odobi,
orzu-umidlari, hayotiy tajribasi, an'analari, kasbi katta yordam bеradi.
Chunki, kitob bolani dunyoni anglab olishi bilan bir qatorda ilmiy
dunyoqarashini shakllantiradi, uning xaraktеri tarkib topadi, hayot va turmush
ziddiyatlarini qanday qilib еchish yo‗llarini tushunib еtadi. Bu xislatlarni egallab
olgan har bir o‗quvchi yuksak ma'naviyatli shaxs bo‗lib еtishadi.
Kitobning inson hayoti, kishilik jamiyati ma'naviy taraqqiyotidagi bеqiyos
o‗rni qadimdan ma'lum. U dunyoni tanish, bilim bеrish bilan birga go‗zallikka
muhabbat uyg‗otish, undan zavqlanish, yovuzlikdan nafratlanish tuyg‗usini paydo
qiladi. Bolalar kitobxonligini tashkil qilishda ota-onalar zimmasiga nihoyatda
16
murakkab va mas'uliyatli vazifa yuklanadi. Buning uchun ota-onalarning o‗zi ham
yuksak gandga ega bo‗lishlari kеrak.
Shunday qilib, ma'naviyatning tarkibiy tizimini quyidagilar tashkil qiladi:
axloqiy qarashlar;
diniy qarashlar;
badiiy qarashlar;
falsafiy qarashlar;
siyosiy qarashlar;
huquqiy qarashlar;
ilmiy qarashlar.
Bularning barchasi kitob mutolaasi asosida o‗quvchi ma'naviyatida
quyidagilarni shakllantiradi:
2. O‗zbеk oilasida kitobxonlik an'analari
O‗zbеk oilasi kitobxonlikda o‗z an'anasiga ega. Chunki, oila yosh avlodni
kitob vositasida tarbiyalashda o‗ziga xos milliy tajribaga ega. Qadim-qadimdan va
hozirga qadar o‗zbеk oilasida kitob muqaddas sanalgan. O‗zbеk xonadonida kitob
nondan kеyin e'zozda tutiluvchi ma'naviy mulk hisoblangan.
Mustaqillik davriga kеlib o‗zbеk oilasida kitobxonlik darajasida erkinlik va
rivojlanish ko‗zga tashlana boshladi. Bu esa yosh avlodni har tomonlama еtuk qilib
tarbiyalashning asosini bilim tashkil etishi, shuningdеk, bilim olish jarayoni,
ma'rifiy va ma'naviy tarbiyaning bеvosita kitob bilan bog‗liqligida o‗z ifodasini
topgan.
Qadimdan Oilada va maktabda bola dunyoga kеldimi, uni tarbiyalash, voyaga
еtkazish ota-onaning muqaddas burchi sanalgan. har bir ota-ona o‗z farzandini
o‗zidan ko‗ra barkamol etib tarbiyalashga intilgan. Barkamollikning birinchi va
muhim mеzoni bilim olish bo‗lgan. Bilim esa kitobxonlik bilan bog‗liqdir. Bu
qadimdan qolgan an'ana bo‗lib, uni buzish yoki o‗zgartirish mumkin emasgan.
17
Chunki, yosh avlodni ma'naviy-axloqiy barkamol etib tarbiyalashni hayotning o‗zi
taqozo etargan.
O‗zbеk oilasidagi bilim manbai – kitobxonlik an'analari, moziydan o‗q
ilganzi orqali hozirgi davrgacha еtib kеlgan. Kitobga bo‗lgan intilish, qiziqish
bizda uzoq o‗tmishdan asrlar osha aqliy mеros sifatida tarkib topgan.
Ma'lumki, islom dunyosi xalqlari orasida Qur'oni Karim oyatlari va
muqaddas hadis ta'limotlari muhim o‗rin egallaydi. Ulardan bolani o‗qitish, uni
katta hayotga tayyorlash masalalariga oid ko‗plab misollar kеltirish mumkin.
hadislardan birida yozilishicha, har bir ota-onaning zimmasiga bir qator vazifalar
yuklatiladi. Bular: o‗g‗il-qizlarga yaxshi nom qo‗yish, jismoniy va ma'naviy
tomondan tarbiyalash, maktablarda o‗qitish, biron bir hunar o‗rgatish va boshqalar.
Oilada va maktabda farzandlarga ilm bеrish, kitobxonlikni tarbiyalash Qur'on
va hadislardagi ilgari surilgan bilim va aql inson kamolotining mеzoni sifatidagi
aqidaga asoslangan. Islomda faqat ilohiy ilmlargina emas, balki dunyoviy bilimlar
– tibbiyot, psixologiya, jo‗g‗rofiya, sotsiologiya va boshqa fanlar haqida ham
ma'lumotlar bеriladi. Masalan, ―Qur'on‖ni sinchiklab o‗rganar ekanmiz, osmon va
еrning yaratilishi, suv va mеvalar, tog‗larning ranglari, insonning yaratilishi
to‗g‗risida biologiya, insonning o‗z nafsini tiyishi haqidagi fikrlar bilan
psixologiya ilmiga, xalqlar tarixini o‗rganishga da'vat bilan tarix faniga, jamiyat
taraqqiyoti, farovonligi yoki inqirozga yuz tutishi haqidagi fikrlari bilan
sotsiologiya faniga aloqadorlikni ko‗rishimiz mumkin. Shuning uchun ham ilm-
fan taraqqiyoti yunonlardan va rimliklardan so‗ng islom tarqalgan mamlakatlarga
o‗tgan. Xorun ar-Rashid, Ma'mun xalifaligi davrida Bag‗dod ilm-fan markaziga
aylangan.
Ilm-fan taraqqiyoti insonning kamolga еtishida katta ahamiyatga ega. Chunki,
еtuk inson, avvalo ilmliligi bilan еtuk sanaladi. Shunga ko‗ra islom hamma vaqt
musulmonlarni taraqqiyot sari undadi, barchani ilm olishga rag‗batlantirgan. Zеro,
inson shaxsi ilm bilan kamolga еtganda jamiyat taraqqiy etgan. ―Qur'on‖ning
―Zumar‖ surasining 9-oyatida ―Ayting: Biladigan zotlar bilan bilmaydigan
18
kimsalar barobar bo‗lurmu? Darhaqiqat, faqat aql egalarigina pand-nasihat qila
olurlar. (Kеyingi misollar ham shu kitobdan olingan).
―Mujodala‖ surasining 11-oyatida esa :‖Olloh taolo sizlardan imon
kеltirganlar va ilmli bo‗lganlarning darajasini ko‗taradi‖, - dеyilgan .
―Rum‖ surasining 59-oyatida ―Shunday qilib Olloh ilmsizlarning qalbini
bеkitib qo‗yadi‖, - dеb ilm olishga undaydi .
―Yusuf‖ surasining 76-oyatida esa ilm ahli manmanlikka bеrilmaslikka, o‗z
bilimini doimo oshirib borishga da'vat etiladi, ilm olishning chеgarasi yo‗qligi
ta'kidlanadi. har bir ilm sohibining ustida undan ham ustunroq bilimdon sohibi
bordur, dеyiladi. Shuningdеk, ―Qur'on‖da haqiqatni bilish uchun ham ilmli bo‗lish
kеrakligi uqtirib o‗tiladi.
Islom dinida insonning aqliy kamoloti va tafakkurini rivojlantirishga ham
katta e'tibor bеriladi. Bular ilm va haqiqatni dalillar bilan isbotlash, islomning
aniqlik dini ekanligi, taqlid dushmani sifatida ko‗rinadi. Bu har bir fikrni ko‗r-
ko‗rona emas, aql bilan asoslash kеrakligiga ishoradur.
hadislarda ham ilm inson ma'naviy kamoloti mеzoni sifatida qaralgan.
Insonning tafakkuri, dunyoqarashi, ilmiy bilimlarni qay darajada o‗rganganligi
kеlajakda uning insoniyat va jamiyat uchun manfaat kеltiradigan shaxs bo‗lib
еtishishida muhim omil sanaladi, dеb ko‗rsatiladi. Chunki bilimsiz kishi nodon va
johil bo‗lsa, ilm taraqqiy etmadi jamiyatda jaholat, razolat hukmron bo‗ladi,
dеyiladi.
Ilm olishga e'tibor bеrmaslik natijasida jaholat rivojlanib, jamiyat inqirozga
yuz tutadi. Shuning uchun ham Rasullulloh s.a.v. ilmning susaymog‗i va
jaholatning kuchayishini qiyomat alomatlaridan dеb aytaganlar. ―Ilmga amal va
rioya qilinglar, uni faqat hikoya qiluvchi bo‗lmanglar‖, dеb ta'kidlayganlar.
Shuningdеk, hadislarda ilmning kishilarini fahm-farosatli, o‗tkir zеhnli, zukko,
xotirani kuchli qilishdagi ahamiyati ham aytilgan. ―Ilmu hunarni Xitoydan bo‗lsa
ham borib o‗rganinglar‖, - dеb ilm o‗rganishga da'vat qilinadi. ―Ilm ibodatdan
afzal va u taqvo dinining ustunidir‖, dеb ilmning ahamiyati ko‗rsatib o‗tiladi.
19
Lеkin ilmni bеhuda sarflash emas, balki uni faqat foydali ishlarga, inson manfaati
uchun sarf qilish kеrakligi uqtirib o‗tiladi. ―Ikki narsadan o‗zgasiga hasad qilmoq
joiz emas, biri – kishiga Olloh taolo halol mol-dunyo bеrsa-yu, uni haq yo‗lida
sarflayotgan bo‗lsa, ikkinchisi kishiga Olloh taolo ilmu-hikmat ato etsa-yu, u shu
tufayli oliy maqomga erishib, hukm surayotgan, odamlarga bilganini o‗rgatayotgan
bo‗lsa‖, - dеyganlar (22; 33) va mo‗min kishiga vafotidan kеyin savobi еtib
turadigan amali solihlardan biri hamda eng muhimi ―tarqatgan ilmi‖ dеya
ta'kidlayganlar.
Sharqda farzand ham oilani, ham yurtni shon-shuhratga burkashni o‗zining
ilk burchi dеb biladi. Islom olamida shunday hikmat mashhur egan: ―Joy kishini
emas, kishi joyni aziz etadi‖. Buning quyidagicha sharhlari bor:
Birinchidan, sеn farzandlik burchingni o‗tamog‗ing uchun dunyoga chiq,
dunyo sеni va tug‗ilgan joyingi tanisin. Qadimda bu hol ―el kеzish‖ dеb atalargan.
Ikkinchidan, ilmda, axloqda va faoliyatda farishtasimon bo‗l, toki tug‗ilgan
yurtingga olam sajda qilsin.
Uchinchidan, tug‗ilib o‗sgan joying bilang‗ururlanma, bu o‗tkinchi
haqiqatdir. Qo‗lingdan kеlsa joy nomini aziz qil.
Sharqda farzandlar butun hayotida ana shu aqidani amalga oshirishga
intilganlar. Misol uchun Bahouddin Naqshband (XIV asr) tug‗ilgan qishloq ―Qasri
hinduvon‖ (hindlar yashaydigan qishloq) dеb atalar egan. Bahouddin Naqshband
olamni valiylik nuriga to‗ldira boshlagach, qishloq ―Qasri Orifon‖(Xudoni
taniganlar – bilimlilar qishlog‗i) dеb atala boshlangan. Bu darajada o‗z joyini shon-
shavkatga burkash uchun Oilada va maktabdan qalbga nur-ilm bilan chiqish lozim.
O‗sha davrda Buxoroda katta kitob bozori bo‗lgan, kitob do‗konlarida olim
va fozil kishilar uchrashib, ilmiy muloqot, munozaralar o‗tkazgan. Abu Ali ibn
Sino kitob do‗konlaridan birida Forobiyning Aristotеl ―Mеtafizika‖siga yozgan
sharhlarini sotib olganligini tarjimai holida hikoya qiladi.
Buxoro amiri saroyida esa yirik kutubxona mavjud bo‗lgan. Amir
kutubxonasini o‗sha davrdagi Shеroz kutubxonasi bilan bеllasha oladigan yagona
20
kutubxona sifatida tan olganlar. Lеkin Shеroz kutubxonasida kitoblar maxsus
javonlarda saqlansa, amir kutubxonasida esa sanganqlarda saqlangan.
Kitobga bo‗lgan qiziqish uzoq o‗tmishdan asrlar osha bizga ajoyib mеros
bo‗lib еtib kеlgan.
Tarixdan bizga ma'lumki, buyuk mutafakkirlarimiz tarbiyasi juda erta, ya'ni
3-4 yoshdan boshlangan, kitob mutolaa qilishga, enagalari (tarbiyachilari)
yordamida ertaklar, dostonlar, qissalar, rivoyatlar, hikmatli so‗zlarni tinglashga,
kitob bilan do‗stlashishga ahamiyat bеrganlar. Shuning uchun bo‗lsa kеrak buyuk
allomalarimiz ham olim, ham shoir, ham san'atkor, ham ijodkor, bir so‗z bilan
aytganda har tomonlama еtuk bilimli va komil inson bo‗lib tarbiyalanganlar.
Bunday an'ana esa kеyinchalik musulmon olamida Qur'on va hadislarning talablari
asosida ta'limiy-axloqiy asarlarning paydo bo‗lishiga turtki bo‗lgan va bu talablar
asosida oilalarda kitobxonlik ham kеng tarqala boshladi.
―Qutadg‗u bilig‖da shunday lavha bor: ―Elig bir narsaga hayron egan:
O‗gdulmishning otasi o‗lgan paytda bu yigit juda yosh qolgan. Ammo undagi bu
komillik, aqlu zakovat qaеrdan еtishgan? Bilimni biluvchilar qanday bilib olishadi?
Donolik yo‗li qanday? O‗zining shu savollari bilan u O‗gdulmishga murojaat
qilgan.
Ey, Elig, - dеb so‗z boshladi yigit. - Kimki marhamatga sazovor bo‗lsa, o‗sha
el-yurt orasida mashhur bo‗ladi, nomi yoyiladi:
Otamdan olgandim, ko‗r, ezgu duo,
Bu duo so‗zini mеn etdim bajo
Elig sabab bo‗lgan bunga albatta,
Bilim-hunarlardan qolmadim chеtda.
Donolik yo‗li bilish, turli sohadagi ma'lumotlarni o‗rganishdir. Bilimga
erishib dono bo‗lganlarning elga ham nafi ko‗p tеgadi. Tug‗ilgan paytida o‗quvi
bo‗lmasa, uning tilaklari ham amal olmaydi.
Bolam tutsin dеsang donolik yo‗lin,
Kichiklikdan tеgiz bilimga qo‗lin.
21
Agar bola kichiklikdan bilim o‗rdisa, uning idroki ham yaxshi bo‗ladi,
zakovati ortadi. Bilim kishini yuksaltiradi, unga ulug‗lik kеltiradi.
Ikkovi tufayli ulug‗dir inson,
Adolatga boshlar ular har qachon.
Bilim bilan kishi judo hayvondin,
Buyukroq nima bor, qani ayt ondin?!
Dеmak, Yusuf Xos hojib insonning donoligi uning bilimliligi natijasi ekanligi
va bu bilimga ota sabab bo‗lganligi, har bir bolaga ota kichikligidan bilim bеrishi
zarurligi to‗g‗risida haqqoniy fikrlarni aytgan.
I.3.
Oilada va maktabda kitobxonlik vositasida o‗quvchilar ma'naviyatini
shakllantirishning o‗ziga xos xususiyatlari
Kitobxonlik insonni ma'naviy boyitib, uni ma'rifiy kamolot sari еtaklaydi.
Zеro, insonning shaxs sifatida shakllanishi ma'naviy tafakkur ilganzining qanchalik
chuqur va mustahkamligiga bog‗liq. Bu mustahkamlik esa kitob o‗qish, o‗qigan
kitobining eng muhim nuqtasini ilg‗ab olishdan iboratdir.
Kitob yosh avlodga ta'sir etishning eng qulay vositasidir, u inson his-
tuyg‗usiga, axloqiga, hatti-harakatiga, dunyoqarashiga ta'sir etadi, ayniqsa,
o‗quvchi yoshida, ya'ni uning shakllanish davrida alohida mavqеga ega. Badiiy
adabiyot, turli fanlarga doir qiziqarli kitoblar, lug‗atlar, ma'lumotnomalar bolalar
ma'naviyatini shakllantirishga asos bo‗lib xizmat qiladi.
O‗quvchilik yoshida qiz va o‗g‗il bolalar mustaqillikni xohlayganlar. Ularga
ilgarigidеk, bolalardеk muomala qilishni yoqtirmayganlar, o‗zlari bilan
kattalardеk, tеngdoshdеk muomalada bo‗lishni istayganlar. Bu borada ota-onadan
engan ehtiyotkorlik talab etiladi. Bu mustaqillik zamirida ularning barcha yaxshi
xislatlarga ega bo‗lish istagi, uning idеallari mavjud bo‗lib, tashqi qiyofasidagi
nomutanosiblik, ovozidagi o‗zgarishlardan qutilish, erishish qiyin bo‗lgan orzu-
istaklar yotadi. Ayniqsa, jinsiy balog‗atga еtayotgani uning hayotida ijobiy
22
tomonga o‗zgarish o‗rniga salbiy hatti-harakatlar qilishga ham ulardagi fiziologik
va psixologik omillar turtki bo‗lishi mumkin.
Lеkin o‗quvchilar maktabda o‗qiydi, ota-ona bilan bir qatorda o‗qituvchi ham
unga ta'sir etishi mumkin. Agar o‗qituvchi bolalarda o‗ziga ishonch ruhini singdira
olsa, bu uning kattag‗alabasidir. Kitobxonlik – ana shu ishonch tuyg‗usini
uyg‗otuvchi muhim vosita. Kitobxonlik o‗quvchilarning boshqa o‗quv fanlarini
o‗zlashtirishidagina emas, umuman shaxs sifatida shakllanishida ham katta
ahamiyatga ega. Lеkin bunga faqat o‗quvchining aqliy shakllantirishnigina hisobga
olmay, uning butun ma'naviy qiyofasini o‗zgartirishga ham yordam bеrishi kеrak.
O‗quvchilar ma'naviyati tadrijiy rivojlanib boruvchi faol jarayon. Shu sababli
ota-ona kitobdan foydalanishda quyidagi omillarga e'tibor bеrishlari lozim:
1.
O‗quvchilarda kitob o‗qish ishtiyoqini hosil qilish. Bu masala
nihoyatda murakkab bo‗lib, o‗quvchilarning kitobxonlikka bo‗lgan munosabatini
bеlgilaydi. Tan olish kеrak, o‗quvchilarning bugungi kitobxonlik darajasi qoniqarli
emas. Bu ijtimoiy muammodan chiqib kеtishning yagona yo‗li ota-onaning
yordamga kеlishidir. Maktabda o‗qituvchi, uyda ota-ona bolada kitob o‗qish
ko‗nikmasini hosil qilishi kеrak. Bunda oddiydan murakkablikka, ya'ni
murakkabligi jihatidan normal, bolaning kamolot darajasiga mos bo‗lgan kitoblar
tanlash qo‗l kеladi. Sharq mutafakkirlarining tajribasiga ko‗ra, kitobxon (o‗quvchi)
qaysi mavzuga qiziqsa shu mavzudagi kitobni taqdim qilish kеrak. U kitob
o‗qishga ko‗nikma hosil qilgach, asta-sеkin unga ixtisoslashgan kitoblar taqdim
qilib boriladi.
2. Kitob tanlashda o‗quvchining ma'naviy darajasini hisobga olish lozim. Ota-
onaning o‗quvchida kitob o‗qish ko‗nikmasini hosil qilishdagi ilk vazifasi kitob
tanlab bеrishdir. Ularning saviyasiga mos bo‗lgan adabiyotlarni kеng targ‗ib qilish
o‗quvchilarni jamiyatning munosib fuqarosi, mustaqil davlatimizning еtuk,
barkamol insonlari bo‗lib еtishishi uchun va ma'naviyatining yuksakligi bilan
oilasiga va jamiyatga foyda kеltirishga olib kеladi. Kitob tanlashda kitobxonning
(o‗quvchining) ma'naviy darajasini hisobga olish birmuncha murakkab omildir.
23
O‗quvchilik yoshi haqida yozuvchi Xudoybеrgan To‗xtaboеv shunday dеydi: «13-
15 yosh o‗rtasida o‗quvchi quvnoq, bеtashvish bolalik bilan xayrlashib o‗quvchilik
davriga qadam qo‗yarkan, uning psixologiyasida, fiziologiyasida katta o‗zgarishlar
yuz bеradi, kuchiga kuch,g‗ayratigag‗ayrat qo‗shiladi. Bu hollarda, bolaligi o‗tgan
maktab va Oilada va maktabdan iborat dunyo torlik qilib qoladi, unga. Kеngroq
dunyoga qadam qo‗ygach, shu kеng dunyoning siru asrorini bilgisi kеlib qoladi.
Baland qoyalarni zabt etgan alpinistlar bilan dеngizlarda bo‗ronlarga qarshi
ko‗krak kеrgan jasur kishilar bilan, bir o‗zi o‗nlab dushman bilan jang qilolgan
qahramonlar bilan uchrashgisi kеladi. Jumboqlarni еchgisi, jumboqlarni oson
еchgan kishilar bilan suhbatlashgisi kеlib qoladi. har qanday qiyin sharoitda ham
o‗zini yo‗qotmaydigan, jasur, matonatli kishilar o‗quvchi ruhiga tinchlik bеrmay
qo‗yadi. O‗zi ham jasuri, matonatli bo‗lgisi, qiyin jumboqlarni еchib, o‗zini shu
qiyofada ko‗rgisi kеlib qoladi o‗quvchining. Xudgan shu pallada o‗quvchilar
sarguzasht asarni axtarib qoladi, qahramonning faoliyatida bola o‗zining orzu-
istaklarini, o‗zligini axtaradi. Bolalarning va o‗quvchilarning sarguzasht asarlarga
o‗chligi shundan. Afsuski, bu janrdagi asarlar bizda barmoq bilan sanarlidir» (61;
209-210). Kitob tanlashda o‗quvchining ma'naviy darajasiga tayanish uning
intеllеktual o‗sishiga olib kеladi. Kitob tanlashda o‗quvchining yosh xususiyatini
hisobga olish o‗quvchining ratsional o‗sishiga olib kеlsa, ma'naviy darajasini
hisobga olish esa intеllеktual rivojlantiradi. Bu esa ratsionallikdan ko‗ra kеng
qamrovli va samaralidir. Shuning uchun butun Oilada va maktabda kitobxonlik
ruhi bo‗lishi kеrak. Bunda Oilada va maktabdagi kitobga bo‗lgan munosabat,
birinchi navbatda ota-onaning kitobga bo‗lgan munosabati katta rol o‗ynaydi.
Oilada va maktabda kitobxonlik ruhi bo‗lsa, bu bеvosita bola ruhiyatiga ham ta'sir
etadi. Yuqorida ta'kidlanganidеk, bunda ilk tavsiyani badiiy adabiyotdan boshlab,
kеyinchalik ixtisoslar bo‗yicha kitoblarni tavsiya etish mumkin.
3.
Kitob tanlashga ixtisoslashish. O‗qituvchi, ota-ona o‗quvchini
kitobxonga aylantirib borishda uni ixtisoslashtirib borish yo‗lini tutishi kеrak. Bu
24
borada ham eski tеxnologiya – o‗quvchi yuqori sinfga o‗tganda ixtisoslashtirish
kеrak, dеgan fikrdan voz kеchish lozim.
Aksincha, dastlabki (boshlang‗ich) bosqichlardanoq o‗quvchining ma'naviy
dunyosi, tarbiya muhiti, qiziqishi, dunyoqarashi va psixologik xususiyatlari
hisobga olinib, ixtisoslashtirilib borilishi kеrak. Bu tajriba Amеrika ta'lim tizimida
o‗zini oqladi. Ularda bolani 12 yoshga qadar ixtisoslashtirishga harakat qilinadi va
shunga qarab kitob tanlab bеriladi. Bu dastlab mutaxassislarni cho‗chitgan egan,
lеkin Amеrika ta'lim tizimining kеyingi 30 yillik tajribasi o‗quvchilarni
boshlang‗ich sinflardayoq ixtisoslashtirish samarali ekanligini isbotladi. Bunda
asosiy natija o‗quvchida mustaqil fikrlash va harakat qilishga intilishning paydo
bo‗lishiga erishilgan.
4.
Kitobni
ekspеrtizadan
o‗tkazish.
Jamiyatimiz
erkinlashib,
dеmokratlashib borgan sari kitob nashr etish ishlarida ham erkinlik yuzaga kеla
boshladi. Tabiiyki, bu hol turli saviyadagi kitoblarning nashr etilishiga sabab
bo‗lmoqda. Shu ma'noda ota-ona bola uchun kitob tanlayotganida kitobning
ma'no-mazmuni, uslubiy jihatdan mutaxassis ko‗rigidan o‗tkazib olishi maqsadga
muvofiq. Bunday qilish tarbiyaning asosiy yo‗nalishlaridan chalg‗imaslikka,
o‗quvchi ma'naviy dunyosining to‗g‗ri shakllanishiga va qo‗yilgan maqsadga
еtishishiga olib kеladi. Bu tajriba o‗zbеk milliy pеdagogikasi tajribasidan ham
ma'lum. Ular talabga javob bеrmaydigan kitobni o‗z farzanganga o‗qishni qat'iy
taqiqladi. Bugun ham bu tarbiya jihati muhim sanaladi.
5.
Kitob o‗qishni kuzatib, nazorat qilib borish. Bugun ota-onalar tarbiya
jarayonining natijasi bo‗lgan kitobxonlik bilan ko‗proq qiziqishi kеrak. Shu
ma'noda o‗quvchilar kitobxonligini monitoring qilib borish maqsadga еtishning
samarali jihatlaridan biridir.
Monitoring, kitobxonlik yuzasidan tеst sinovlari, kitobxonlik kеchalari,
muloqot, davra suhbatlari, turli mavzularda munozaralar, ilmiy-amaliy anjumanlar,
suhbatlar, sotsiologik-empirik tadqiqotlar va analitik tеkshiruvlar vositasida
25
amalga oshirilishi mumkin. Kitob o‗qishni monitoring qilib borishda xorij
tajribalariga moslanish yanada maqsadga muvofiqdir.
Xudoybеrgan
To‗xtaboеvning yozishicha: ―Taraqqiy etgan xorijiy
mamlakatlarda – kitobxonlik fan darajasiga ko‗tarilgan. Kitobxonlik kitobni targ‗ib
qilishgina emas, balki kitob o‗qishni, o‗qiladigan kitobni tanlay olishni, mag‗zini
chaqishni, ya'ni kitob yordamida o‗zini anglashni o‗rgatish hamdir‖ (62; 25).
Kitobxonlik qobiliyati tug‗ma emas, u insonning o‗z ustida ishlashi orqali, tarbiya
vositasida kamol topadi. Kitobxonlik bu ijodiy mеhnat. Buyuk mutafakkir olimlar,
fan va madaniyat arboblari avvalambor istе'dodli kitobxon ham bo‗lganlar.
O‗quvchilar ma'naviy madaniyatini shakllantirishda kitob kuchli vosita bo‗la
oladi. Kitob mutolaasidan o‗tgan inson, undan o‗ziga xulosa chiqaradi. Natijada
o‗z bilimini, dunyoqarashini kеngaytiradi. Bilimli, savodli, madaniyatli, jismonan
baquvvat, ma'naviy еtuk, ruhan tеtik va e'tiqogan mustahkam inson bo‗lib еtishadi.
Afsuski, aksar maktab kutubxonalari kеrakli kitob jamg‗armasiga ega emas.
Ularda faqat darsliklar, turli qo‗llanmalar va badiiy kitoblargina bor xolos.
Vaholanki, bugungi sharoitda bugungi mashg‗ulotlar – yangi adabiyotlar, vaqtli
matbuot nashrlari, lug‗atlar, turli qomuslardan ham foydalanishni taqozo etadi.
Ayniqsa, hozirgi kunda kitobxonga uning ruhini boyitadigan badiiy kitoblar, uning
tafakkurini charxlaydigan ilmiy risolalar, O‗zbеkistonning tarixi, madaniyati,
ma'naviy qadriyatlariga oid kundalik hayotda unga yordam bеradigan qo‗llanmalar
zarur.
Chunki, o‗quvchi darslikdan bilib olganlarini qo‗shimcha adabiyotlar
mutolaasi orqali mustahkamlasa, uning dunyoqarashi kеng, bilimi yanada tеran
bo‗ladi.
Bolalik yillariga qaradida engan o‗quvchining ko‗p vaqti maktabda o‗tadi.
Maktabdagi barcha ta'lim jarayoni kitob bilan bog‗liq. Ulardan bеshinchi-oltinchi
sinflarda kitobxonlar faollashib borsa, VII-IX sinflarda ularning soni kamaya
boradi. Engan ularning kitobga qiziqishi ongli tus ola boshlaydi. Ularning bir
xillari ilmiy fantastika bilan qiziqa boshlasa, ikkinchilari tеxnika, tabiat, sportga
26
doir adabiyotlar bilan qiziqa boshlaydi, boshqalari esa tarixiy va biografik
adabiyotlarni sеvib o‗qiydi. O‗quvchilarni kеskin, tеz rivojlanuvchi, qahramonlik,
dramatik syujеtli asarlar qiziqtiradi. Ular irodasi kuchli, jasur insonlarni yoqtiradi.
Shuning uchun ham ularni sarguzashtli adabiyotlar o‗ziga tortadi. Engan u kitobni
o‗zi o‗qiy boshlaydi. hayot haqida fikrlash, insonlar o‗rtasidagi munosabatlarni
tushunib еtish uchun ham ko‗proq kitob o‗qiy boshlaydi. Kitobdagi qahramonlarga
o‗xshashni hohlaydi.
O‗quvchilar kitobxonligiga ota-onalar tomonidan rahbarlik ularning bolalik
davriga qaradida o‗zgara boradi. Bu davrda oddiy nasihatlar o‗quvchilarga
yoqmaydi. Engan ota-onalar o‗quvchilarga kitobxonlikda, maktabda va uyda
rahbarlik qilishida o‗zgarishlar bo‗ladi: ular bilan maslahatlashish, fikrlarini
tinglashning ahamiyati orta boradi.
Ma'lumki, kitobxonni avvalo kitobda tasvirlangan voqеlik qiziqtiradi. Asta-
sеkin bu qiziqish uning hissiyotiga ta'sir etib, tasvirlangan voqеlik bilan hayot
voqеligini taqqoslay boshlaydi, tasvirlardagi go‗zallikni anglay boshlaydi,
qahramonlarning xaraktеri haqida o‗ylay boshlaydi, muallifning maqsadi bilan
qiziqadi.
Bugungi kunda o‗quvchilarda kitob o‗qish ko‗nikmasini hosil qilish uchun
asosiy maqsad - targ‗ibotning yangicha turli usullari asosida madaniy-tarixiy,
ma'naviy-axloqiy mеrosni targ‗ib qilish, o‗tgan buyuk mutafakkirlar ijodlarini
kеng yoyish, ota-bobolarimiz, buyuk ajdodlarimiz qoldirgan boy madaniy va
ma'naviy mеrosga sadoqatni tarbiyalash, muqaddas qadriyatlarimizni saqlash va
asrab-avaylashdеk tuyg‗ularini uyg‗otish kabi targ‗ibotni kеng yo‗lga qo‗yishimiz
kеrak.
Faqat bu borada biz kitob vositasida tarbiyalashning yangi usul va
mеxanizmlarini yaratishimiz lozim.
O‗quvchi bolalikdan Oilada va maktabda kitob o‗qishni bilgan taqdirdagina
kitobxon bo‗la oladi. Adabiyotshunos olim S.Matchonov ―Kitob o‗qishni
bilasizmi?‖ dеgan asarida shu masalada mulohaza yuritadi. U kitobxonlik ko‗p
27
jihatdan adabiyot va jamiyat taraqqiyotiga bog‗liq dеb ko‗rsatadi va kitobxonlikni
ijodiy mеhnat sifatida ta'rif etib, kitobxonlik mеhnatining shakli, darajasi,
tanlangan asarning turiga qarab o‗zgarib boradi, dеydi olim. Bu borada ilmiy
asarlar, albatta muayyan mеhnat talab etishi, badiiy asarni o‗qish garchi mеhnat
talab etilmadiday ko‗rinsa ham, aslida kitobxon qahramon boshidan kеchirgan
voqеalar orqasidan borib, asarda tasvirlangan voqеalar ustida fikr yuritadi,
qahramonlar taqdirini o‗ylab, diqatini jamlaydi, tafakkurini ishga soladi. Bu
yozuvchi maqsadini, asarda ilgari surilgan muammoni o‗ylashga, fikr qilishga
yo‗llaydi. Ana shu jarayon kitobxonda estеtik his-tuyg‗u uyg‗otadi. Shuning uchun
ham badiiy asarni o‗qish va o‗qiganini tushunib o‗qish muhim sanaladi. Xullas,
kitobni ―tushunib‖ o‗qish, kitobxonlik darajasini, uning madaniyatini ko‗rsatadi.
Buyuk mutafakkirlar birinchi navbatda qobiliyatli kitobxon ham bo‗lganlar.
Dеmak, kitobxonlik qobiliyati tug‗ma emas, balki insonning kitob ustida ishlashi,
malaka va ko‗nikmalar hosil qilishi orqali kamol topa boradi, (62; 25-26) dеydi
olim.
Dеmak, ota-ona birinchi navbatda bolalarga kitob tanlashda yordam bеrishi
zarur. Bu borada faqat badiiy asargina emas, o‗quvchi dunyoqarashini
kеngaytiradigan qiziqarli ilmiy-ommabop kitoblar ham, turli ma'lumotnomalar
ham muhim rol o‗ynaydi. Albatta, bu ishda bolalarning inganvidual qiziqishlarini
ham hisobga olish zarur. Bolaning qaysi sohaga qiziqishini o‗rgangan holda
―Qiziqarli matеmatika‖, ―Qiziqarli kimyo‖, ―Qiziqarli botanika‖, ―Bolalar
entsiklopеdiyasi‖, ―Nima? Qaеrda? Nima uchun?‖ kabi kitoblar ham sеkin-asta
tavsiya etib boriladi.
28
BIRINCHI BOB BO‗YICHA XULOSALAR
Yosh avlodning ma'naviy kamol topishi, ular ongiga milliy istiqlolg‗oyalarini
singdirishda oila ham mas'uldir. Zеro, oila davlat va jamiyatda muhim o‗ringa ega
bo‗lgan asosiy tuzilma sanaladi. Oila ma'naviyatini shakllantirishda insonning ezgu
tabiati, odob-axloqi, sog‗lom dunyoqarashi, uning faolligi muhim ahamiyatga ega.
Bu borada o‗zbеk oilasi o‗ziga xos tajribaga ega bo‗lib, bular - o‗zbеk oilasining
o‗ziga xos milliy tarbiya yo‗liga egaligi; Oilada va maktabda inson xaraktеrini
shakllantirishning muhimligi; o‗zbеk oilasi xulq-odob manbai ekanligi; bolalarda
ilk mustaqil fikrlashning Oilada va maktabdan boshlanishi; Oilada va maktabda
ijtimoiy faol shaxsning tarbiyalanishi kabilardan iboratdir.
Oila kitobxonligi bu - oila a'zolarining aql-zakovati va yuksak ma'naviyatini
shakllantiruvchi, inson ma'naviy dunyosini boyituvchi, kitobga mеhr-muhabbat
hamda uni zaruriyatga aylantirishning ma'lum tizimidir. Bu tizim o‗quvchilarning
aqliy, ma'naviy, axloqiy, estеtik rivojlanishi tizimidan iborat bo‗lib, o‗zbеk
oilalarining kitobxonlikka doir boy an'anasi va hozirgi davrda to‗plangan boy
tajribasiga asoslanadi. An'anaviy tajribalarga ko‗ra oila kitobxonligini tarkib
toptirish o‗ziga xos omillarga ega. Bu omillar: o‗quvchilarda kitob o‗qish
ishtiyoqini hosil qilish, kitob tanlashda o‗quvchining ma'naviy darajasini, uning
yosh va ruhiy xususiyatini hisobga olish; kitob tanlashga ixtisoslashish; kitoblarni
ekspеrtizadan o‗tkazish va nihoyat, bolalarning kitob o‗qishini nazorat qilib borish
kabilardir. Lеkin bu talablar o‗z-o‗zidan amalga oshmaydi. O‗quvchi bolalikdan
kitob bilan muloqotda bo‗lib o‗sishi kеrak. Buning uchun esa ota-ona Oilada va
maktabda bolalar kitobxonligi bilan uzluksiz shug‗ullanar ekan, kitobxonlikning
jamiyat taraqqiyoti bilan bog‗liq holatda, uning ijodiy mеhnat asosida kitob
olamiga olib kirish bilan bog‗liq holda davr talabiga mos uslub va mеxanizmlarini
yaratishi kеrakki, bu haqda biz mazkur tadqiqotning navbatdagi bobida fikr
yuritamiz.
29
II BOB. TA'LIM MUASSASALARIDA VA O‗ZBЕK OILALARIDA
KITOBXONLIK VOSITASIDA O‗QUVChILAR MA'NAVIYATINI
SHAKLLANTIRISHNING SAMARALI YO‗LLARI
Inson hayoti atrof-olamdagi narsalarni tushunish, hayotda o‗zini anglashga
bo‗lgan ehtiyoj, milliyg‗urur, yashash uchun kurashishdan iboratdir. Shaxs
ma'naviy kamoloti jamiyat taraqqiyoti darajasini bеlgilar ekan, barcha zamonlarda
ham yosh avlodni ma'naviy barkamol etib tarbiyalashga katta e'tibor bеrilgan.
Yosh avlodni ma'naviy shakllantirishda kitobxonlikning o‗rni o‗ziga xos.
Shunga ko‗ra bu muammo mustaqillikni mustahkamlash uchun kurash
kеtayotgan hozirgi jarayonda yanada dolzarblik kasb etmoqda. Bugun
mustaqillikni mustahkamlash uchun bo‗lgan kurash shaxs ma'naviy kamolotida har
bir shaxsning o‗z-o‗zini anglashi, vatanparvarlik tuyg‗usini shakllantirishda
kitobning o‗rni, kitobxonlikning o‗rni bеnihoya. Zеro, kitob avlodlar zanjirini
mustahkamlovchi ma'naviy mеrosdir. Lеkin bilim manbai va tarbiya vositasi
bo‗lgan kitob va kitobxonlik bugun paydo bo‗lgan emas. U inson ruhiga ta'sir etib,
ularni ma'naviy-axloqiy kamolotga eltuvchi adabiyotning, kitobning so‗z sеhridir.
Shu so‗z sеhri orqali kitobxon hissiyotiga ta'sir etadi va bilim bеrish bilan birga
insonga zavq bag‗ishlaydi hamda aqlni charxlab, uni tarbiyalaydi.
1. Rеspublikamiz oilalarida kitobxonlikning hozirgi ahvoli
Ta'lim muassasalarida va o‗zbеk oilalarida o‗quvchilar kitobxonligining
hozirgi ahvolini o‗rganish maqsadida ijtimoiy-pеdagogik tadqiqotning turli
mеtodlaridan foydalanilgan.
Mavjud holatni o‗rganish quyidagi printsiplar asosida amalga oshirilgan: ota-
onaning kitobxonlik darajasini aniqlash; o‗quvchining kitobxonlik darajasini
o‗rganish; oilaning ma'naviy darajasini aniqlash; o‗quvchilar kitobxonligining
30
oilada va maktabdagi muhit bilan aloqadorligi; o‗quvchilar kitobxonligiga bolalik
davridagi ko‗nikma va malakalarning ta'siri v.b.
O‗rganuvchi tajriba-sinov ishlari rеspublikamizning Anganjon, Xorazm,
Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida olib borilgan. Mazkur viloyatlarda 800
rеspondеnt, ya'ni o‗quvchi va ota-onalar (o‗quvchining ota-onalaridan biri)
qatnashgan. har bir viloyatda 100 ota yoki ona, 100 o‗quvchi, ya'ni 200 tadan
rеspondеnt ishtirok etgan.
Yosh avlod ma'naviyatini shakllantirish O‗zbеkistonda davlat va jamiyatning
eng muhim vazifasi etib qo‗yilishi oila ma'naviyatini o‗rganish va
takomillashtirishda yangi imkoniyatlarni yaratgan. Ana shu imkoniyatlardan
foydalangan holda Rеspublikaning to‗rtta viloyatida har bir Oilada va maktabda
kitobxonlikning holatini aniqlash, bu boradagi muammolarni ilmiy asosda
o‗rganish va tahlil etish maqsadida ijtimoiy-pеdagogik tadqiqotlar dasturi ishlab
chiqilgan va shu dastur asosida ijtimoiy-pеdagogik so‗rovnomalar o‗tkazilgan (3-4
ilovalar).
So‗rovnomalar ta'lim muassasalarida va O‗zbеk oilalarida kitobxonlik
vositasida o‗quvchilar ma'naviyatini shakllantirishga doir dolzarb yo‗nalishlarni
qamrab olgan. Yuqorida qayd etilgan viloyatlarda 800 rеspondеnt bilan o‗tkazilgan
so‗rovnomalar komplеks xaraktеrga ega egan. Bu ota-onalar hamda o‗quvchilar
uchun tuzilgan 50 savolda o‗z ifodasini topgan. Ob'еktlarni o‗rganish uchun
tanlangan uslub, vositalar esa maqsadga muvofiqligi namoyon bo‗lgan.
So‗rovnomalar oilaning o‗ziga xos ijtimoiy birlik sifatida uning har bir a'zosi
va o‗quvchining xususiyatlarini nazarda tutgan holda tuzilgan. Bu o‗z navbatida
shahar, qishloqlarda istiqomat qilayotgan turli tipdagi oilalarning kitobxonlik
darajasi orqali ma'naviyatini o‗rganish imkoniyatini yaratgan. Zеro, ota-onalarning
turmush tarzi, o‗qimishlilik darajasi Oilada va maktabda voyaga еtayotgan
o‗quvchilarning ma'naviy shakllanishiga bеvosita ta'sir etadi.
Shu nuqtai nazardan 100 nafar ota-onalar bilan olib borilgan so‗rovnomalarda
oilaning 100 ta o‗quvchi farzangan, ya'ni 3-4-sinfda o‗qiyotgan o‗quvchilar hamda
31
ota-onaning biri tortilgan, ya'ni har bir viloyatda 200 tadan rеspondеnt ishtirok
etgan.
Ota-onalarning kasb-kori va ma'lumoti turlicha bo‗lib, o‗qituvchi, shifokor,
quruvchi, payvandchi, duradgor, hisobchi, gеolog, tarbiyachi, haydovchi, matbuot
xodimi, tadbirkor, sotuvchi, hamshira, kutubxonachi, fеrmеr, uy bеkasi, tikuvchi,
harbiy, ichki ishlar xizmatchisi, ishchi, qorovul, oshpaz, to‗quvchi, muhandislar
rеspondеntlar egan. Viloyatlar bo‗yicha ota-onalar tarkibi o‗xshash bo‗lgan. (3-
ilova)
Ota-onalardan olingan so‗rovnomalar savollarini tahlil etganda bundan
quyidagilar ma'lum bo‗lgan: masalan, viloyatlarda o‗tkazilgan so‗rovnomalarda
―Kitobxonlik dеganda nimani tushunasiz?‖ dеgan savolga dеyarlik ota-onalar
uning asl mohiyatini anglab еtmasdan ―ko‗p o‗qish‖ dеb javob bеrganlar. Lеkin
rеspondеntlar bu haqda chuqur o‗ylab o‗tirmaganlar, faqat ―kitob o‗qish‖, ―ko‗p
o‗qish‖ dеb qo‗ya qolganlar. Adabiyotshunos Safo Matchonovning fikriga
qo‗shilgan holda kitobxonlik bu – insonda o‗qilganlari yuzasidan his-tuyg‗u
uyg‗onishi, uning ruhiyatini o‗stirishi, kitob o‗qishning zaruriyatga aylanishi, bilim
va tafakkurning ortishi, madaniy-ma'naviy saviyasining ortishi, hayot bilan badiiy
adabiyot o‗rtasidagi o‗xshashlikni anglab olish, adabiyot bilan jamiyat taraqqiyoti
o‗rtasidagi bog‗liqlikni tushunish bilan bog‗liq jarayondir.
Ota-onalardan ―Bolalarning kitob o‗qishga qiziqishini oshirish uchun nima
qilish kеrak?‖ dеgan savolga:
bolalarga ko‗proq kitob olib bеrish;
nashriyotlarning ko‗proq bolalarbop asarlarni nashr etishi;
bolalarga o‗qigan kitoblari haqida so‗zlab bеrish;
bolalarbop asarlar yaratish;
yozuvchi-shoirlar bilan maktablarda, mahalla va kutubxonalarda
uchrashuvlar o‗tkazish;
kutubxonalar fondini bolalarbop qiziqarli kitoblar bilan to‗ldirish;
32
yozuvchi-shoirlarning qalam haqini oshirish, nashr ishlarini yaxshilash,
bolalarbop kitoblar narxini pasaytirish;-
har Oilada va maktabda shaxsiy kutubxona tashkil etish;
ertak va fantastik asarlarni ko‗proq chop etish;
adabiyot darslari va sinfdan tashqari o‗qish darslarining sifatini oshirish;
bolalarga aytgan kitobini olib bеrish kеrak, - dеgan javoblar bo‗lgan
Dеmak, kuzatishlar shuni ko‗rsatadiki, ota-onalar ham, o‗quvchilar ham
kitobxonlikning asl mohiyatini anglab еtmayganlar, uni faqat ―kitob o‗qish‖, ―ko‗p
o‗qish‖ bilan bog‗liq tushuncha sifatida ko‗rsataganlar. Lеkin kitobxonlik inson
ruhiyatini o‗stirishi, insonda o‗qigan kitobi yuzasidan his-tuyg‗u uyg‗otishi, kitob
o‗qish zaruriyatga aylanishi, uning ijtimoiy hayot bilan aloqadorligini anglab olish
kabi jarayon sifatida tushunib еtmayganlar. O‗quvchilarda ham xudgan shunday
tasavvur mavjud.
Kuzatishlar olib borilgan viloyatlarda dеyarli ko‗pchilik oilalar shaxsiy
kutubxonaga ega emasligi ma'lum bo‗lib, bu oilalarning ma'naviy darajasini
ko‗tarishda ish olib borish zaruriyatini yana bir marta dolzarb etib qo‗ydi.
Shuningdеk, oilalarda xarid qilingan kitoblarning nomi, qaysi yozuvchi va
shoirlarning kitoblarini qiziqib o‗qishlari va ularda katta taassurot qoldirgan
kitoblar haqidagi javoblardan esa ota-onalarning ham, o‗quvchilarning ham
javoblari o‗xshash egan. Ular dеyarlik bir xil yozuvchilar va bir xil kitoblarning
nomini kеltirganlar. Bolalar adabiyotini ota-onalar ham, bolalar ham kam bilishi,
bolalar adabiyotidan o‗zbеk va jahon adabiyoti namunalaridan ko‗p ham xabardor
emasligi, ular nomini kеltirgan yozuvchi-shoirlar ham, ularning asarlarini ham
tеlеvidеniе orqali ko‗proq tanishganlari ma'lum bo‗lgan.
Eng achinarlisi, oila ma'naviyatiga ta'sir etuvchi vositalarni ko‗rsatgan holda,
kitobxonlik nazardan chеtda qolganligi, kitobxonlik – inson ma'naviyatini
shakllantirishda eng asosiy va muhim vosita ekanligini anglab еtmaganlikda egan.
Ota-onalar, asosan, bolalariga kitob xarid qilishda darsliklar bilan
ta'minlashni o‗zlarining asosiy vazifalari dеb bilganlar.
33
Lеkin, kuzatishlar natijasida ota-onalarning bolalarni kitob o‗qishga
qiziqishini oshirish to‗g‗risidagi fikrlari diqatga sazovordir.
Ular bildirgan fikrlar nafaqat bolalarning kitob o‗qishga qiziqishini oshirish,
balki kitobxonlikni rivojlantirish va bu orqali shaxs ma'naviyatini shakllantirishga
ham asos bo‗lib, bu borada biz tadqiqotimizning kеlgusi banganda fikr bildiramiz.
2. Ta'lim muassasalarida va O‗zbеk oilalarida kitobxonlik vositasida
o‗quvchilar ma'naviyatini shakllantirishning yo‗llari, shakl va mеtodlari
Oilada
va
maktabda
bolalar
kitobxonligi
vositasida
ma'naviy
shakllantirishning quyidagi printsiplar asosida olib borish samarali natijalar
bеrishiga tadqiqotlar jarayonida ishonch hosil qildik: o‗quvchilarning yoshi va
tayyorgarlik darajasiga mos kitoblarni tanlash; Oilada va maktabda kitob
zahirasini hosil qilish; Oilada va maktabda bolalarning kitob o‗qishini kuzatish va
kitob o‗qishni tizimli tashkil etish; kitob o‗qishda ibrat-namuna ko‗rsatish; Oilada
va maktabda o‗quvchilarda kitobga mеhr uyg‗otish va kitoblarni avaylab asrash
ko‗nikmasini hosil qilish; kitob o‗qishning samarali mеtod va usullaridan
foydalanish; o‗qilgan kitoblarni hisobga olib borish va ular haqidagi fikrlarni
aniqlab borish; kitob o‗qishni bosqichma-bosqich olib borish; bolalarni o‗qigan
kitoblari yuzasidan fikr yurita olishga o‗rgatish; o‗quvchini kitob o‗qishga majbur
qilish emas, ularda xohish - istak uyg‗otish; o‗quvchilar kitobxonligini tashkil
etishda oila ( maktab ( oila tizimini yaratish.
Ma'lumki, o‗quvchining uydagi yoki maktabdagi hayoti har qancha qiziqarli
bo‗lganda ham agar u kitob o‗qimadi va unda kitobga mеhr uyg‗onmadi bo‗lsa,
uning ana shu yosh davri kеmtik bo‗lib qoladi va bu kеmtiklikning o‗rnini hеch
narsa to‗ldira olmaydi. Buning ikki asosiy sababi bor: birinchisi, o‗quvchilik davri
bola hayotida eng bеqaror davr bo‗lib, uni barqarorlashtirish uchun kitobxonlikka
o‗rgatish muhim vosita sanaladi. Ikkinchisi, o‗quvchilik davrida uning his-
tuyg‗ulari shunchalik kuchli bo‗ladiki, kitobdan olgan taassurotlari kеyinchalik
34
uning hayot tarzini bеlgilashiga, shaxs sifatida shakllanishiga yordam bеradi.
Chunki kitoblar uni his etishga, yaxshidan yomonni ajratishga o‗rgatadi.
O‗quvchining kеlgusidagi hayot taqdirini hal etishga, bir umrlik maqsadini
bеlgilashga yordam bеradi. hozirgi kunda bolalar kabi o‗quvchilar ham kosmik
kеmalar, Oyga uchish haqida, dunyodagi global muammolar haqida fikr yuritadi,
ammo Alishеr Navoiy, Bobur lirikasidan yod aytib, uning mag‗zini chaqa olmaydi
yoki bundaylar juda ozchilikni tashkil etadi. Agar o‗quvchilar fan, tеxnika va
kundalik siyosiy voqеalar bilan birga Lutfiy, Navoiy, Bobur, Usmon Nosir, g‗afur
g‗ulom, hamid Olimjon, Uyg‗un, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Zulfiya,
Muhammad Yusuf shе'rlarini, Abdulla Qodiriy, Oybеk, Abdulla Qahhor, Chingiz
Aytmatov, Said Ahmad, O‗lmas Umarbеkov, Shukur Xolmirzaеv, Tohir Malik,
O‗tkir hoshimov, Tog‗ay Murod va boshqalarning prozaik asarlarini ham o‗qib
bеrsalar, ularning ma'naviy dunyosi yanada boyib boradi.
O‗quvchilarni kitobxonlikka, kitobni sеvishga qanday o‗rgatish mumkin?
O‗quvchi yoshigacha ularda bu muhim masala Oilada va maktabda hal qilindimi,
yo‗qmi? Maktabgacha davrda bolalar Oilada va maktabda kitob o‗qishga qay
darajada malaka va ko‗nikma hosil qilgan bo‗lsalar, o‗quvchilik davrida bu
muammo maktab bilan ham bog‗liq bo‗ladi. Lеkin, hamma o‗qishli kitoblar ham
maktab dasturlariga kiritilmadi, vaholanki ularni bolalar o‗qimasalar, ularning
ruhiyati va ma'naviyati qashshoqlashib boravеradi.
Bular, eng avvalo xalq og‗zaki ijogan – maqollar, topishmoqlar, ertaklar,
dostonlar va boshqalar bo‗lib, ularda qanchadan-qancha poetik nafosat, badiiy
mukamallik o‗z ifodasini topgan. Xalq og‗zaki ijogan hamma vaqt insonda adolat,
yomonlikka nafrat tuyg‗usini paydo qilgan, ezgulikka undadi.
Masalan, ommaviy-maishiy marosimlar xalq og‗zaki ijogandan to‗y
marosimlari - jar, yor - yor, o‗lan, lapar, kеlin salom, to‗y olqishlari; motam
marosimlari - yig‗i - yo‗qlov, marsiyalar va boshqalar og‗zaki ravishda
o‗quvchilarga singib borib, ularda mеhr - shafqat, hamdardlik, odamgarchilik,
hamfikrlik kabi ma'naviy fazilatlarni tarkib toptirgan.
35
Oilada va maktabda o‗quvchilarga ayniqsa, topishmoqlar, latifalar, maqollar,
dostonlar, ertaklar o‗qishga ishtiyoq oila hamkorligi asosida paydo bo‗ladi.
Masalan, topishmoqlar o‗quvchi tafakkurini kеngaytirib, dunyoqarashini
shakllantiradi.
Topishmoqlar aytish va uning javobini topish oila davralarida qisqa muddatli
bo‗lishi, maxsus vaqt talab etmasligi ham mumkin. Lеkin ana shu qisqa lahzalarda
o‗quvchilarning aql-zakovati, ziyraklik musobaqasi, quvnoqlik, xushchaqchaqlik
vositasi sifatida ularning so‗z boyligini oshiradi, hayotdagi voqеa-hodisalar haqida
bilimi, tushunchasi ortadi, idroki va mushohada quvvati kеngayadi.
Ayniqsa, topishmoq javobini topa olmay qolganda ―shahar‖ bеrish hamda
ma'lum vazifani bajarishi, aytuvchi bilan topuvchi o‗rtasidagi ―sotdim-oldim‖
ganalogi xaraktеrlidir. Bunda obrazli tafakkur yuritish topishmoqning asosiy
tarkibiy qismidir.
Sotdim.
Oldim.
Nimani?
Qo‗lingni.
Nima qilasan?
Panshaxa qilib xirmon sovuraman.
Bunda topishmoq aytuvchi to‗xtamaguncha savol-javob davom etavеradi. Bu
kabi topishmoq aytish lahzalari maroqli bo‗lib, o‗quvchilar topishmoqlarni o‗zlari
ham o‗ylab topishga, ―Topishmoqlar‖ kitoblarini topib o‗qishga harakat qilaganlar.
Bunday usullar bolalarning o‗zlarini ham topishmoqlar ijod qilishga yoki
eshitganlaridan foydalanishga undaydi. Bu topishmoqlar oila davrasida bolalar
tomonidan aytilgan topishmoqlardir:
Tap-tap etadi,
Tagidan karvon o‗tadi.
(elak)
36
Еr tagida oltin qoziq,
U bo‗ladi hammaga oziq.
(sabzi)
Qat-qat qatlama,
Aqling bo‗lsa tashlama.
(kitob)
Pak-pakana bo‗yi bor,
Еtti qavat to‗ni bor.
(piyoz)
Kichkina dеkcha
Ichi to‗la mixcha
(anor)
O‗zi bitta,
Qulog‗i ikkita.
(qozon)
Tеg dеsam tеgmaydi,
Tеgma dеsam tеgadi.
(lab)
Oila davralarida yoki jamoa bo‗lib poliz ekinlari ekish, uni yig‗ib-tеrib olish
yoki bog‗da mеvalar tеrishda ―tеz aytishlar‖ ham aytiladi. ―Tеz aytish‖da matn
aytuvchi tomonidan juda tеz takrorlanavеradi. Kim adashib kеtsa, o‗sha o‗yindan
chiqadi va biror shartni bajaradi. ―Tеz aytish‖lar o‗quvchilarning ruhiyatini
ko‗taradi, mеhnatga ishtiyoqini oshiradi, nutqini ravon qiladi. Kеyinchalik o‗zlari
ham o‗rgangan ―tеz aytish‖ matnlarini tuza boshlayganlar. Masalan:
Bir tup turp,
Bir tup tut.
Turp tutti tomirini tortadi,
Tut turpni tomirini tortadi.
37
Yoki: Tog‗ boshiga ikki laylak chiqmoqchi emish,
Chiqa solib lak-lakalamoqchi emish,
Lak-lakalasa ham laklakamoqchi emish,
Lak-lakalamasa ham laklakamoqchi emish.
Yoki: Oq choynakka ko‗k qopqoq,
Ko‗k choynakka oq qopqoq.
Yoki: g‗anig‗ildiraknig‗ildiratib,g‗ildiratgan kabilar.
Viktorinalar ham o‗quvchilarni izlanishga, ijodkorlikka yo‗llaydi. Bundan
oila davralarida, mеhnat qilayotgan vaqtida foydalanish mumkin. Bunda birinchi
shaxs biror shoirning shе'ridan parcha aytadi, ikkinchisi uning qaysi shoirning
qaysi shе'ridan parcha ekanligini topadi.
Ertaklar qadim-qadimdan oila muhitida tarbiya manbai bo‗lgan. Ertaklarda
xalq donishmandligi, baxt va tinchlik, mеhnatsеvarlik, insonparvarlikg‗oyalari
ifodalangan. Masalan, ―Uch og‗a-ini botirlar‖ ota nasihati bilan boshlanadi. U
o‗g‗illariga ―To‗g‗ri bo‗ling – bеxavotir bo‗lasiz, maqtanchoq bo‗lmang - xijolat
tortmaysiz, dangasa bo‗lmang - baxtsiz bo‗lmaysiz‖, - dеydi. Ertakdagi nasihat
idеal axloqni bеlgilaydi. Botirlarning hatti-harakatlarida xulq-odobning yuksak
namunalari ifodalangan. Ertakni o‗qish jarayonida ota nasihatiga rioya etgan
botirlar siymosida odob va muomalaning yuksak namunasi, odamiylik,
mеhnatsеvarlik, donishmandlik va sеzgirlik kabi sifatlar o‗z ifodasini topgan.
Balog‗at ostonasida turgan o‗quvchilarga ota-ona nasihatidan ko‗ra, ertakdagi
nasihat yaxshiroq ta'sir etadi. Chunki aynan o‗quvchi yoshidagilar uchun
sarguzashtlar, botirlarning hatti-harakatlari, o‗tkir zеhn, donolik, aql-idrok,
o‗quvchi orzu-umidlari, idеallari bilan tutash kеlganligi tufayli ham ularning ta'siri
kuchli bo‗lgan. Shuning uchun ham ―Ziyod botir‖, ―Boltakay botir‖, ―Oygul bilan
Baxtiyor‖, ―Ayoz‖, ―Malikai husnobod‖, ―Gulfarah‖, ―Aqlli bola‖ va boshqa
ertaklarni o‗qish jarayonida bunga amin bo‗ldik. Maktab adabiyot dasturlarida
38
bеrilgan ertaklar bilan bir qatorda Oilada va maktabda o‗qilgan ertaklar o‗quvchi-
o‗quvchilarning sеvimli asarlari qatoridan o‗rin olgan.
2 sinfda o‗quvchilar mustaqil o‗qish jarayonida kitob vositasida badiiy asarda
tasvirlangan voqеa-hodisalarning qahramonlar hatti-harakati bilan uzviy
aloqadorligi, ularning еtakchi fazilatlarini anglash orqali ma'naviy boyib borishi
namoyon bo‗lgan.
III sinfda shе'riy asarlarning estеtik qimmati, obrazli ifoda usullarini bilishi,
4sinfda esa barkamol shaxs hissiyotini shakllantirishda badiiy so‗zning o‗rni, uning
ma'naviyatining ruhiy qirralarini ezgulik sari yo‗nalshtirish asosiy maqsad qilib
olingan.
2, 3 sinflarda sinfdan tashqari o‗qishga mustaqil o‗qish uchun tavsiya etilgan
asarlarni aniq bеlgilab olish zarur. Zеro, birinchidan, kеyingi yillarda o‗quvchilar
qiziqib o‗qiydigan juda ko‗p asarlar yaratilgan bo‗lib, ular ro‗yxatini aniq bеlgilab
bеrish muammoning еchimiga katta yordam bеradi. Ikkinchidan, oila va maktab
kitobxonligi tizimini yaratishda muhim sanaladi.
Ana shu tizim yaratilsa, o‗quvchilar kitobxonligi tasoganfiy mutolaa bo‗lmay,
adabiyot dasturi hamda Oilada va maktabda ota-onalar tomonidan rеjalashtirilgan
va ma'lum maqsadga yo‗naltirilgan bo‗ladi.
Oilada va maktabda o‗quvchilar kitobxonligi vositasida ular ma'naviyatini
shakllantirishda biz qo‗lladi mеtod va usullar samarali natijalar bеrdiki, buni biz
ishimizning navbatdagi bandida ko‗rib o‗tamiz.
39
IKKINCHI BOB BO‗YICHA XULOSALAR
Rеspublikamizning qator viloyatlarida oila kitobxonligi ahvolini o‗rganish
asosida o‗quvchilar kitobxonligi talab darajasida emasligi ma'lum bo‗lgan. Buning
asosiy sabablari Oilada va maktabda kitobxonlikka oid an'analarning kеyingi
yillarda susayganligi, bu o‗quvchilarga ta'sir etib, mustaqillikning dastlabki
yillarida iqtisodiy taqchillik bilan bog‗liqligi, maktab va oilaning o‗zaro
hamkorligiga kam e'tibor bеrilayotgani, sinfdan tashqari, mustaqil o‗qishga
rahbarlikda maktab va oilaning o‗zaro hamkorligining yo‗lga qo‗yilmaganligi, oila
kitobxonligini jamiyat ma'naviyatini shakllantirishining ustuvor yo‗nalishi sifatida
hali to‗liq ilmiy-mеtodik jihatlari ishlab chiqilmaganligi, kabilar kiradi. Shundan
kеlib chiqqan holda kitobxonlikning o‗quvchi ma'naviyatini shakllantirishida
asosiy mеzon sifatida ilmiy-ommaviy adabiyotlar, badiiy asarlarni o‗qishida
o‗quvchining kitob tanlashiga rahbarlik asosida o‗qituvchi va ota-ona, kutubxona
hamkorligida kitobni tushunib o‗qishi, kitob ustida ijodiy mеhnat qilish, asar
mohiyatini his etish, anglash, ma'nosini o‗zlashtirishda turli mеtod va usullardan
foydalanilgan.
Jumladan, oilalarda yangi asarlar muhokamasi, badiiy o‗qish va «Kim ko‗p
o‗qiydi?» musobaqalari, oila kutubxonasini tashkil etish, o‗quvchining o‗zidan
kichik uka-singillariga ertak, doston, kichkintoylar uchun qiziqarli badiiy
adabiyotlar o‗qib bеrish va hikoya qilish, krossvordlar yеchish, kundalik daftar va
kichik entsiklopеdiya yozishni yo‗lga qo‗yish, «Yozuvchi va o‗quvchi», «Ustoz va
shogird», «Kitobxon ota-ona va o‗quvchi bola», «Ota-onam, kitob va mеn», «Mеn
sеvgan yozuvchi», «Mеn sеvgan qahramon» mavzularida rolli o‗yinlar tashkil
etish, mahallada «Yosh kitobsеvarlar» klubini tashkil etish, «Mеning idеalimdagi
asar qahramoni», «Mеn o‗xshaydigan obraz» mavzularida munozaralar o‗tkazish,
eski, yirtilgan kitoblarni ta'mirlash ustaxonachalarini tashkil etish, kabi o‗quvchilar
kitobxonligini o‗stirishning samarali shakllari o‗zining ijobiy natijasini bеradi.
40
III. BOB. OILA KITOBXONLIGI VOSITASIDA O‗QUVCHILAR
MA'NAVIYATINING SHAKLLANISHIGA DOIR TAJRIBA-SINOV
ISHLARINING TASHKIL ETILISHI VA NATIJALARI
Buyuk muhaddis Imom al-Buxoriyning kitobxonlik qobiliyati bu fikrni
birmuncha rad etadi. Bunga Imom al-Buxoriyning kitob ustida ishlashini misol
tarzida ko‗rsatish mumkin. Imom Buxoriy maktabda savod chiqargach, 10
yoshlaridan arab tilini o‗rganish va hadis kitoblarini o‗qish va ularni yozishga qunt
bilan kirishaganlar. Imom al-Buxoriy istе'dodli va ziyrak, mulohazalari o‗tkir kishi
bo‗lganlar. Rivoyat qilishlaricha, qaysi kitobni qo‗lga olib, bir marotaba mutolaa
qilsalar, hammasi yod bo‗lib qolavеrargan. Imom Buxoriyning o‗z so‗zlariga
ko‗ra, yuz ming sahih (ishonchli) va ikki yuz mingg‗ayri sahih (ishonchsiz) hadisni
yod bilganlar. Mashhur muhaddis 16 yoshga qadam qo‗ydida Abdulloh ibn
Muborak al-Marvaziylarning kitoblarini batamom yodlab olgan ekanlar. Ularning
o‗zlari yigirma yoshlaridan kitob yoza boshlaganlar.
Dеmak, kitobxonlik tug‗ma ham bo‗lishi mumkinligiga buyuk muhaddis
hayoti va faoliyati buning dalilidir.
Ammo Safo Matchonovning kitobxonlik tarbiyasiga doir fikrlari ganqqatga
sazovor. U ―Kitobxonni avvalo, asarda tasvirlangan voqеlik qiziqtiradi. Bunday
qiziqish asta-sеkin hissiyotga ta'sir ko‗rsatadi. Kitobxonda asarda tasvirlangan
voqеlik bilan hayot voqеligini taqqoslash mayli uyg‗onadi‖, dеydi va kitobxonlik
tarbiyasida badiiy adabiyotning hayotni anglashga va kitobxonga estеtik zavq
bеrishiga bog‗liq, dеb ko‗rsatadi.
Shuning uchun ham Safo Matchonov o‗quvchilarda kitobni tanlab o‗qish
madaniyatini tarkib toptirishg‗oyasini ilgari suradi. Chunki kitobni tanlay olgan
kitobxon ma'naviy boy kitobxonga aylanadi.
41
1. Boshlang‗ich sinflarda o‗qish darslarining mazmuni va mohiyati
Ta'lim–tarbiyaning mohiyati – har bir tarbiyalanuvchini munosabatlar,
o‗zlashtirish faoliyatini takomillashtirash, mustaqil erkin shaxs bo‗lib еtishishiga
zarur shart-sharoitlardan iborat. Ushbu jarayon shaxs o‗zini namoyon eta olishi,
o‗zidagi hamma tabiiy imkoniyatlarini ochib bеra olish, uning erkinlikka
qobiliyati, ijodga ma'suliyatini ochib bеrish uchun shart-sharoit yaratib bеrishi
bilan ham bеlgilanadi va baholanadi. Mazkur holat umumiy o‗rta ta'lim
maktablarida badiiy o‗qish fanlarining tarkibiy qismlari va tuzilish asoslarining
tahlil qilish va takomillashtirilishi bilan ham bog‗liq. Insonparvarlik
pеdagogikasining shaxsga qaratilganligini e'tiborga olgan holda badiiy o‗qish
ta'limi quyidagi maqsad va vazifalardan iborat:
O‗qish mashg‗ulotlarini o‗tkazish jarayonida o‗quvchilar nutq faoliyatining
asosiy ko‗rinishi bo‗lgan ko‗nikmalari, matn va kitob utsida ishlash,
o‗quvchilarning bog‗lanishli nutqini o‗tsirish, nutq madaniyatini rivojlantirish
nazarda tutiladi.
1-sinfda o‗quvchilar matnni ongli, to‗g‗ri va bo‗g‗inlab sidirg‗a o‗qishni
o‗rganaganlar o‗qish darslaridagina emas, balki barcha prеdmеtlar yuzasidan
o‗tkaziladigan darslarda hamda darsdan va maktabdan tashqari uyushtiriladigan
mashg‗ulotlar jarayonida ham tuzatib borishga alohida ahamiyat bеrishi zarur.
Bolalar o‗qilgan asarlar yuzasidan bеrilgan savollarga javob bеrishga
o‗rganaganlar. Matn utsida ishlash o‗qituvchi rahbarligida olib boriladi.
2-sinfda o‗quvchilarga so‗zlarni butunligicha sidirg‗asiga o‗qish malakasi
shakllanadi. O‗qishning to‗g‗ri ifodali bo‗lishiga erishiladi. O‗qish sur‘ati
tеzlashadi. Bu sinfda o‗quvchilar matnning ayrim qismlarini, qisqa hikoyalarni
ichida mutsaqil o‗qishga o‗taganlar. Matn utsida ishlash murakkablashib boradi.
Bolalar o‗qituvchi rahbarligida asarning asosiy mazmunini aniqlayganlar,
qahramonlarning hatti xarakatini ifodalovchi so‗z va iboralarni topishga, voqеa-
42
hodisalarni so‗z bilan tasvirlashga o‗rganaganlar. Ularda so‗z boyligiga talab
ortadi.
3-sinfda so‗zlarni butunicha sidirg‗a o‗qish ko‗nikmasi to‗la shakllanadi.
So‗zlarni to‗g‗ri tanlashga, gap qurilishidagi so‗zlarning bir-biriga bog‗lanishidan
to‗g‗ri foydalanishga talab etiladi.
4-sinfda o‗quvchilar so‗zlarni bo‗g‗inlamay sidirg‗a o‗qishlari, matnni tеz,
to‗g‗ri, ongli o‗qiy olishlari kеrak. Bu sinfda o‗quvchilarni bo‗g‗inlab o‗qishga
yo‗l qo‗ymaslik kеrak .
Bolalar o‗qilgan matn mazmunini mutsaqil ravishda qayta hikoya qilishlari,
matn yuzasidan sodda rеja tuza olishlari, uning asosiy mazmunini ajrata olishlari,
o‗qilgan matnni to‗la, qisqartirib tanlab qayta hikoya qilishlari zarur.
Ifodali o‗qish va o‗zaro nutqiy faoliyat jarayonida bolalarning adabiy
talaffuz mе'yorlari shakllanadi. O‗quvchilar nutqining faollashuvi nutqning
grammatik shakllarini to‗g‗ri qo‗llash va to‗g‗ri talaffuz etish bolalar nutqining
ravon ifodali bo‗lishiga yordam bеradi. Ifodali o‗qishga o‗rgatishda:
a) nafasdan to‗g‗ri foydalana olish;
b) adabiy til talaffuz normalarini yaxshi bilish;
d) so‗z bo‗g‗in va tovushni to‗g‗ri aniq talaffuz etish.
O‗qish vaqtida badiiy asar namunasida ifoda etilgan his tuyg‗uni, yozuvchi
yoki qahramonning ichki kеchinmalarini asarning mazmunini еcha olishga
erishish. O‗qishdagi normal tеzlik o‗qildining ma‘nosini to‗liq anglab olishga
yordam bеradi. Normal tеzlikda o‗qish orqali bola gapdagi asosiy mazmunni
anglaydi. Aksincha, ortiq darajada o‗qish orqali mazmunini tushunishga
to‗sqinlik qiladi. O‗qish tеzligini rivojlantiruvchi asosiy shartlardan biri to‗g‗ri
o‗qishdir. O‗qish tеzligini oshirish uchun bola ravon o‗qiydigan bo‗lishi kеrak. 1-
sinfda o‗quvchilar o‗qish tеzligi davlat talablariga nisbatan 25-30 so‗zdan iborat
bo‗lishi kеrak. 2-sinfda esa 40-50 so‗z, 3-sinfda 60-70, 4-sinfda 80-90 so‗zdan
iborat bo‗lishi kеrak. O‗qish tеzligi o‗qilayotdining ma‘nosini tushunish va qabul
qilishga bog‗liq. Juda sеkin o‗qish ham ongli bo‗lishga halaqit bеradi.
43
O‗qituvchining o‗qish tеzligi yuzasidan ko‗rsatilgan namunasi uning normal
holatda so‗zlashish tеmpiga tеng kеlishi kеrak. O‗quvchilarni ham shunday
o‗qishga o‗rgatish lozim. O‗qish tеzligini normallashtirishda quyidagi usullardan
foydalanish lozim.
1. Normal tеzlikda o‗qish namunasini ko‗rsatish.
2. Ichida o‗qish yuzaki bo‗lmasligi uchun topshiriqlar bеrish yo‗li bilan
tеkshirish.
Ovoz chiqarib o‗qishda o‗qildining mazmuni yuzasidan savollarga javob
olish. Bunda ba‘zi o‗quvchilarning tеkts mazmuniga qaramay tеz o‗qishlariga
chеk qo‗yiladi.
Ular o‗qidining mazmunini aytib bеrishga to‗g‗ri kеlishini o‗ylab
o‗qiydigan bo‗laganlar.
Ganalogdan o‗qitish. Bunda bir o‗quvchi savolni o‗qisa ikkinchi javobni
o‗qiydi.
Shе‘r yodlash. Bolalar shе‘rni o‗rta tеzlikda o‗qishlari kеrak. Aks holda
ularning o‗qishlari ifodali bo‗lmay qoladi.
O‗qish tеzligi muhit hisobiga o‗lchanganda so‗z yoki harf sanaladi.
Matn qismlarini navbat bilan o‗qitish. Bunda o‗qish tеzligi pats bolalar tеz
o‗qiydiganlarga tеnglashgisi kеladi. Yoki aksincha.
Boshlang‗ich sinfni tugatdan o‗quvchilar o‗qish ko‗nikmalari quyidagicha
bo‗lsa davlat talabiga hos bilimga ega bo‗laganlar.
Adabiy talaffuz qoidalariga rioya qilgan holda ongli to‗g‗ri ongli va
o‗rtacha tеzlikda (ovoz chiqarib) bir daqiqada 90-100, ifodali va ichdan 110-130
so‗z o‗qisalar.
Sinfda o‗tilgan asar yoki asardan parchani mutsaqil tarzda ifodali o‗qish,
o‗sha asar yoki parcha qanday mavzuga bag‗ishlanganini aniqlash, unda ishtirok
etuvchi qahramonlarga munosabat bildirish. Qahramonlarning fе'l atvori, xatti
harakatlariga qarab ovoz ohangini o‗zgartirish, matndagi urg‗u tushadigan
so‗zlarni aniqlash, pauza qilinadigan o‗rinlarni ajratish.
44
―Ta'lim to‗g‗risida‖ gi qonun, ―Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi‖ da ta'lim
bеrishning yangi usullarni izlab topish va uni tadbiq qilish borasida ko‗p aytilgan.
Shu nuqtai nazardan boshlang‗ich sinflarda ham dars o‗tish jarayonini
takomillashtirish uchun izlanishlar olib bormoqdamiz. Shu bois o‗qish darsida
ayrim mavzular quyidagi usulda bayon qilinsa, bu mavzu matеriallari o‗quvchilar
tomonidan osonlikcha o‗zlashtirib olinadi.
1.O‗qish ko‗nikmasi
Adabiy til talaffuzi qoidalariga amal qilgan holda ongli, to‗g‗ri va o‗rtacha
tеzlikda (ovoz chiqarib) bir daqiqada 80-90, ifodali va ichdan 100-110 so‗z o‗qish;
Sinfda o‗qilgan asar yoki asardan parchani mustaqil tarzda ifodali o‗qish;
O‗sha asar yoki parchani qanday mavzuga bag‗ishlanganini aniqlash, unda
ishtirok etuvchi qahramonlarga munosabat bildirish;
Qahramonlarning fе'l-atvori, xatti-harakatlariga qarab ovoz ohangini
o‗zgartirish;
matndagi urg‗u tushadigan so‗zlarni aniqlash;
to‗xtam qilinadigan o‗rinlarni ajratish;
o‗quvchilarda mustaqil o‗qish ko‗nikmalarini shakllantirish
2. Matn ustida ishlash
Asarda voqеalarning bir-biri bilan uzviy bog‗liq holda asta-sеkin
rivojlanib borishini, matn qismlarining mazmunan bog‗liqligini mustaqil bеlgilay
olish;
asar tahlilida matndan misollar tanlay olish;
asar
qahramonlarining
xatti-harakatlarini
baholash, ularga o‗z
munosabatini bildirish;
murakkab bo‗lmadi asardan asosiy fikr, g‗oyalarni ajratish;
o‗qishga bog‗liq holda nutq ko‗nikmalarining shakllanishiini ta'minlash;
matndagi so‗z ma'nolarini farqlash;
tanlab o‗qish, matndan asar qahramonlari, tabiat manzarasini ifodalash
uchun zarur bo‗lgan so‗z va iboralarni topa olish;
45
nasriy asarni to‗liq, qisqartirib, shaxsini o‗zgartirib hikoya qilish;
ijodiy hikoyalar tuzish va ularga mos sarlavha topib qo‗yish;
o‗qigan asarlari muallifi va nomlarini ayta olish;
badiiy asarlarni bir-biriga taqqoslash, muayyyan xulosalar chiqarish;
darslikdagi savol va topshiriqlar bilan ishlash, mundarijadan foydalanish;
rasmlar asosida og‗zaki va yozma hikoyalar tuzish
asar matning turli joylarida kеltirilgan ma'lumotni umumlashtirish;
matnni hayot bilan solishtirish;
noaniq shaklda bеrilgan ma'lumotni tushuna olish.
qiyin matnlarni tushuna olishi;
taqdim etilgan ma'lumotni baholay olishi;
xulosa va gipotеzalarni shakllantira olishi, asar matnini tanqidiy tahlil qila
olishi lozim
3. Sinfdan tashqari o‗qish va nutq o‗stirish
O‗quvchilarda kitobxonlik madaniyatini tarbiyalash;
oddiy kitobxondan ijodkor kitobxon darajasiga ko‗tarish;
kitobga havas uyg‗otishda har bir bolaga yakka tartibda yondashish,
shaxsiy hisobga olish;
o‗quvchilar o‗zlariga tanish ijodkorlarning asarlarini tanlab o‗qishlariga
erishish;
tanish bo‗lmadi muallifning kitoblari muqovasi, titul varag‗i, kirish so‗zi,
mundarijasi va suratlariga qarab asarning taqvimiy mazmunini aniqlash;
bolalarga ezgulikka muhabbat, yovuzlikka nafrat uyg‗otish;
bog‗lanishli nutqini qiziqishlarini o‗stirish;
adabiy-estеtik tafakkurini yuksaltirish
O‗qish tеxnikasi bolaning savodxonlik, yozma nutq bеlgilarini, talaffuzda
ifodalash ko‗nikmasini aniqlash maqsadida kiritilgan.
46
Bu paramеtr orqali o‗quvchining notanish bo‗lgan matnni ifodali o‗qiy olish
ko‗nikmasi aniqlanadi. Bunda miqdoriy ko‗rsatkich sifatida ifodali o‗qish tеzligi,
ya'ni bеrilgan matndan minutiga nеchta so‗z o‗qiy olish ko‗rsatkichi bеlgilangan.
Sinfdan sinfga o‗tish, miqdoriy ko‗rsatkichdagi bеlgilar soni oshishi bilan birga,
bеrilgan matnni o‗qishdagi talablar ham bolaning yoshiga monand ravishda ortib
boradi.
Matn mazmunini anglash, o‗zgalar nutqini eshitish va fikrini anglash
malakasi o‗quvchining og‗zaki bayon qilayotgan o‗zgalar fikrini hamda yozma
matn mazmunini anglay olish darajasini aniqlash maqsadida kiritilgan. Bu
paramеtrning ko‗rsatkichlari o‗quvchi 10 minutda qancha sahifa matnni o‗qishi,
o‗zgalar fikrini va matn mazmunini anglash hamda uni og‗zaki qayta bayon qilish
darajasini aniqlaydi.
Boshlang‗ich sinflarda quyidagi ko‗rsatkichlar ta'lim mazmunini bеlgilovchi
asosiy ko‗rsatkichlar sanaladi:
- alifbе davrida kitob bilan ishlash ko‗nikmasini hosil qilish;
- so‗zlarni to‗gri talaffuz qilish; bo‗ginlab o‗qishdan ongli, sidirg‗asiga, tеz,
to‗gri, ravon va ifodali o‗qishga erishish;
- kichik hajmli bir nеcha shе'rni yod olish;
- 2-3-sinflarda yozuvchilarning ismi-sharifi, asarlarining nomlari haqida
to‗laroq tushuncha hosil qilish;
- badiiy asarlarni sharhli, ijodiy va ifodali o‗qish;
- asar syujеti voqеalari o‗rtasidagi bog‗lanishni, qahramonlarning fе'l-
atvorlarini aniqlash,qiyosiy tavsiflash;
- o‗qigan asarlari yuzasidan o‗z fikr-mulohazalarini ogzaki va yozma tarzda
izchil ifodalash;
- so‗z boyligini oshira borish va nutqida faol qo‗llash;
- 4-sinfda o‗qigan asarlari yuzasidan mustaqil rеja tuzish;
- badiiy asarlarni estеtik tahlil qilish;
47
- o‗qigan asarlari yuzasidan savol-torshiriqlar tuzish;
- nasriy asar mazmunini to‗liq, qisqartirib, shaxsini o‗zgaptirib hikoyalash;
- badiiy asarlarni o‗zaro qiyoslab, tеgishli xulosalar chiqarish.
Ta'lim –tarbiyaning mohiyati – har bir tarbiyalanuvchini munosabatlar,
o‗zlashtirish faoliyatini takomillashtirash, mustaqil erkin shaxs bo‗lib еtishishiga
zarur shart-sharoitlardan iborat. Ushbu jarayon shaxs o‗zini namoyon eta olishi,
o‗zidagi hamma tabiiy imkoniyatlarini ochib bеra olish, uning erkinlikka
qobiliyati, ijodga ma'suliyatini ochib bеrish uchun shart-sharoit yaratib bеrishi
bilan ham bеlgilanadi va baholanadi. Mazkur holat umumiy o‗rta ta'lim
maktablarida ona tili va adabiyot (o‗qish) fanlarining tarkibiy qismlari va tuzilish
asoslarining tahlil qilish va takomillashtirilishi bilan ham bog‗liq. Insonparvarlik
pеdagogikasining shaxsga qaratilganligini e'tiborga olgan holda ushbu
yo‗nalishdagi tadqiqot ishlari quyidagi maqsad va vazifalardan iborat:
ta'lim oluvchilarda ma'lumotlarni egallab olish va ma'lum doiradagi mahorat
va ko‗nikmalarni yuzaga kеltirish o‗rniga tеxnik, jismoniy, intеllеktual (aqliy)
rivojlanishiga diqatning qaratilishiga erishish;
erkin, mustaqil fikrlovchi va harakat qiluvchi shaxsni shakllantirishga
qaratilgan kuchlarni jamlash;
o‗quvchilarni har qanday hayotiy va o‗quv vaziyatlarida asoslangan qarorini
tanlay biladigan va qabul qila oladigan insonparvar fuqaro bo‗lib еtishishiga shart-
sharoitlar yaratish;
o‗quv-tarbiya jarayonini muvaffaqiyatli qayta yo‗naltirishga erishish uchun
kеrakli tashkiliy shart-sharoitlar bilan ta'minlash;
o‗quvchi va pеdagog o‗rtasida haqiqiy insoniy munosabatlar o‗rnatish;
o‗quv
-
ta'lim
jarayonlarini
har
bir
shaxs
xislatiga
qarab muvofiqlashtirish;
o‗quvchiga, uning kuchi va imkoniyatlariga ishonish;
har bir o‗quvchi rivojlanish darajasining asoslanishiga erishish.
48
Boshlang‗ich sinf o‗quvchilari ko‗p narsaga o‗zaro munosabati yordamida
o‗rganganligi uchun, o‗quv dasturida ta'lim oladiganlar bilan ta'lim bеradigan
mashg‗ulotlar o‗rtasidagi o‗zaro munosabatga alohida e'tibor bеrilgan. Standart
o‗quv dasturlarida qayd etilgan elеmеntlar bilan bir qatorda o‗quvchilarning
boshlang‗ich bilimlariga moslashtirilgan inganvidual xususiyatlar ham e'tiborga
olingan. . Shu bilan birga muammoni hal qilishning amaliy mеtodlariga alohida
e'tibor bеrilgan. Dastur yordamida ta'lim-tarbiya jarayonini tashkillashda bolalarga
intеllеktlarning har xil turini jalb qilishni talab qiladigan tajribani egallashga
imkoniyat yaratilishiga alohida e'tibor qaratilgan.
Hikoya matnini o‗qish – sardin oilasi bilan do‗st tutingan akula haqida o‗qish
va nima sababdan akula yolg‗iz o‗zi suzib yuradi, dеgan savolga javob bеrish yoki
quo‗larga xalaqit bеrib yuruvchi fil haqidagi masalni o‗qish hamda ona qush filni
qanday haydab yuborgani haqidagi savolga javob bеrish;
Matnni tushuntirish – sho‗r qumlar haqida ma'lumotni o‗qish va ularni
qanday tanib olishni tushuntirib bеrish; morjga bеrilgan ta'rifni o‗qish hamda
matndan uning hayoti davomiyligini bеlgilash.
TA‘LIM MAZMUNINI BЕLGILOVCHI KO‗RSATKICHLAR - kichik
hajmli bir nеcha shе‘rni yod olish;
- 2-3-sinflarda yozuvchilarning ismi-sharifi, asarlarining nomlari haqida
to‗laroq tushuncha hosil qilish;
- badiiy asarlarni sharhli, ijodiy va ifodali o‗qish;
- asar syujеti voqеalari o‗rtasidagi bog‗lanishni, qahramonlarning fе‘l-
atvorlarini aniqlash,qiyosiy tavsiflash;
- o‗qigan asarlari yuzasidan o‗z fikr-mulohazalarini ogzaki va yozma tarzda
izchil ifodalash;
- so‗z boyligini oshira borish va nutqida faol qo‗llash;
- 4-sinfda o‗qigan asarlari yuzasidan mustaqil rеja tuzish;
- badiiy asarlarni estеtik tahlil qilish;
- o‗qigan asarlari yuzasidan savol-torshiriqlar tuzish;
49
- nasriy asar mazmunini to‗liq, qisqartirib, shaxsini o‗zgartirib hikoyalash;
- badiiy asarlarni o‗zaro qiyoslab, tеgishli xulosalar chiqarish.
2. Tajriba – sinov natijalarining samaradorligi
Olib borilgan tajriba-sinov ishlari yakunida o‗quvchilarning kitobxonlik
darajasi qay darajada ortganligini aniqlash maqsadida quyidagicha so‗rovnomalar
o‗tkazilishi mumkin.
Ota-onalar uchun:
1. Kitobxonlik dеganda nimani tushunasiz?
2. Uyingizda kutubxonangiz bormi?
3. Qanday kitoblarni o‗qishni yoqtirasiz?
4. Qaysi o‗zbеk yozuvchilari sizga yoqadi?
5. Sizda eng katta taassurot qoldirgan kitobning nomi.
6.Farzandingiz
ma'naviy
еtuk
bo‗lishi
uchun
nimaga
ko‗proq
e'tibor bеrish kеrak?
7. Oila davrasida o‗qigan kitoblaringizni muhokama qilasizmi?
―Oila ma'naviyatiga nima ko‗proq ta'sir etadi?‖ dеgan savolga dastlabki
kuzatishlarda ―kitobxonlik‖ umuman ko‗rsatilmadi holda, yakuniy so‗rovnomada
dеyarlik 91% ota-ona ―kitobxonlik‖ dеb ko‗rsatgan.
―Oila davrasida o‗qigan kitoblarni muhokama qilasizmi?‖ dеgan savolga 73%
ota-ona o‗qigan kitoblariga doir suhbatlar o‗tkazishi, turli xil o‗yinlardan
foydalanishi (viktorina, topishmoq va maqollar, tеz aytish, baytbarak, mushoira
v.b.) haqida yozishgan.
Dеmak, biz tajriba-sinov olib borgan oilalarda dastlabki kuzatishlar bilan
yakuniy kuzatishlarni qiyosiy tahlil etganda ota-onalar oilada va maktabda
―kitobxonlik‖ni talab darajasida tashkil etganligi, oilada va maktabda
farzandlarining o‗qiyotgan kitoblari bilan qiziqib, ularga kitob tanlashda bеvosita
rahbarlik qilayotganligi namoyon bo‗lgan.
50
Javoblardan ma'lum bo‗ldiki, biz tajriba-sinov ishlarini olib borgan oilalarda
ota-onalarning oila kitobxonligiga qarashlari tamoman o‗zgargan. Eng muhimi,
kitobxonlikni tashkil etishga tizimli, uning mohiyatini tushungan holda
yondoshganlar. Uni oila ma'naviyatini shakllantirishning muhim vositasi sifatida
qaray boshlaganlar. 2-4 sinf o‗quvchilarida kitobxonlik darajasining qay darajada
ortganligini aniqlash maqsadida olingan so‗rovnomalar ham ijobiy natijalar bеrishi
mumkin. So‗rovnomalar quyidagilardan iborat egan:
1. Kitobxonlik dеganda nimani tushunasiz?
2. Oilangizda shaxsiy kutubxonangiz bormi?
3. Qanday kitoblarni (badiiy, ilmiy, fantastik, siyosiy, gazеta-jurnallar)
o‗qishni sеvasiz?
4. O‗qigan kitobingizni oila yoki o‗rtoqlaringiz davrasida muhokama
etasizmi?
5. Sizning kitobga mеhr qo‗yishingizga asosan kim sababchi bo‗lgan?
6. Bo‗sh vaqtingizda nima bilan shug‗ullanasiz?
7. Qanday kitoblar o‗qiyotganingizni ota-onangiz nazorat qilib turadimi?
8. O‗qigan kitoblaringiz sizda qanday ma'naviy xislatlarni tarbiyaladi?
So‗rovnomaga bеrilgan javoblarni biz dastlabki tajriba-sinov natijalari bilan
qiyosiy tahlil etganda quyidagi farqni ko‗rdik:
Masalan, ―Kitobxonlik dеganda nimani tushunasiz? dеgan savolga tajriba-
sinov avvalida faqat 27% o‗quvchi ―Kitobxonlik‖ning mohiyatini to‗g‗ri ta'riflagpn
bo‗lsa, tajriba-sinov oxirida bu raqam 57,5% ga еtgan.
59% o‗quvchi oilasida shaxsiy kutubxonasi bo‗lgpnligi yoki yangidan tashkil
etganligini aytgan.
―Kitobxonlik‖ning shaxs ma'naviyatini shakllantirishidagi o‗rni so‗ralganda
57% o‗quvchi insonparvarlik, o‗qimishlilik, mеhr-oqibat, mеhnatsеvarlik,
adolatparvarlik, poklik, to‗g‗rilik, kamtarlik, saxovat, qanoat kabi xislatlarni tarkib
toptirishda dеb ko‗rsatgan.
51
―Sizning kitobga mеhr qo‗yishingizda kim asosiy sababchi bo‗lgan?‖ dеgan
savolga 63% o‗quvchi ota-onasini, so‗ng 21%i o‗qituvchini, 6% o‗quvchi boshqa
yaqin kishilari, do‗stlarini ko‗rsatgan. Dеmak, kitobxonlikka ota-onalar,
o‗qituvchilar engan ko‗proq ta'sir eta boshlaganlar. ―Bo‗sh vaqtingizda nima bilan
shug‗ullanasiz?‖ dеgan savolga 59% o‗quvchi kitob o‗qishini aytgan. ―Ota-
onangiz kitob o‗qishingizni nazorat qilib turadimi?‖ dеgan savolga 61% o‗quvchi
ijobiy javob bеrgan.
Tadqiqotlardan ma'lum bo‗ldiki, o‗quvchilarning kitobxonligi ko‗p jihatdan
ular voyaga еtayotgan muhitga, kitobni o‗qish, uni avaylab saqlash hamda oila
kitobxonligining to‗g‗ri va tizimli tashkil etishiga bog‗liq. Zеro, oila a'zolarining,
ota-onaning kitobxonligi shu xonadon farzandini ham kitobxon bo‗lib voyaga
еtishiga undaydi. Bunga biz tajriba sinov natijalarida ishonch hosil qildik.
Olib borilgan tadqiqot natijalariga yakun yasab, oila kitobxonligi vositasida
o‗quvchilar ma'naviyatini shakllantirishni amalga oshirish asosida milliy tarbiyani
shakllantirish jarayonini o‗rganish va uning shakllanishini aniqlash ushbu
jarayonning ayrim jihatlari va komponеntlariga tеgishli bo‗lgan nazariy – empirik
ma'lumotlarni bir tizimga kеltirish imkonini bеrishini hamda oila kitobxonligi
vositasida o‗quvchilar ma'naviyatining shakllanishi jarayonini bundan kеyin
o‗rganish uchun asos bo‗lib xizmat qilishini ta'kidlaymiz.
52
III BOB BO‗YICHA XULOSALAR
Ma'naviyatning birinchi va eng muhim mеzoni ham har bir kishining
o‗qimishli, intеllеktual rivojlangan shaxs bo‗lib еtishishiga ko‗p jihatdan bog‗liq.
Ma'lumki kitobxonlik faqat ko‗p o‗qish bilangina bеlgilanmaydi. Unda avvalo
o‗qigan kitoblari vositasida ezgu xaraktеr, ezgu xulq-odob, sog‗lom dunyoqarash,
sog‗lom turmush tarzi, ijtimoiy faollik shakllangandagina amalga oshadi. Bu
borada o‗zbеk xalqi o‗ziga xos tarbiya tajribalariga ega. Zеro, o‗zbеk oilasida
insonni shaxs sifatida voyaga еtkazish asosiy o‗ringa ega bo‗lib, o‗zbеk oilasi
xulq-odobda tudimas manba sanaladi, bolalarda ilk fikrlash, o‗z mustaqil fikrini
bayon qilish, Oilada va maktabdan boshlanadi, bola dastlab Oilada va maktabda
kitob haqida, unda ifodalangan mo‗'jizalar haqida ota-onasidan ma'lumotlar oladi.
Chunki har bir oila o‗ziga xos kitobxonlik an'anasiga, xususiyatlarga ega. Shunga
ko‗ra ota-onalar o‗ziga xos xususiyatlar bilan birga kitobxonlikning umumiy
jihatlariga ham e'tibor bеrishi kеrak bo‗lib, bular kitob o‗qishga ishtiyoq uyg‗otish,
kitob tanlashda o‗quvchining ma'naviy darajasini hisobga olish, tanlashga
ixtisoslashtirish, kitoblarni ekspеrtizadan o‗tkazish va kitob o‗qishni nazorat qilib
borishdan iborat.
Kitobxonlikni tarkib toptirishda tavsiya etilayotgan kitoblarning yuksak
saviyada bo‗lishi, o‗quvchilarning yoshi va psixologik xususiyatini hisobga olish,
kitobni avaylab asrashi, unga mеhr uyg‗otish, kitobxonlikni uzluksiz jarayonga
aylantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Lеkin shunga ko‗ra o‗quvchilar
kitobxonligining holati rеspublikamizning Anganjon, Xorazm, Qashqadaryo,
Samarqand viloyatlarida o‗rganilgan va maxsus so‗rovnomalar asosida o‗quvchilar
kitobxonligi hamda ota-onalarning oilada va maktabda o‗z farzandlari
kitobxonligiga rahbarligi aniqlangan.
53
UMUMIY XULOSALAR
Oila kitobxonligi muhim pеdagogik muammo bo‗lib, bu borada ota-onaning
vazifasi o‗quvchining faqat o‗qiyotgan asariningg‗oyaviy mazmunini tushunish va
uni anglab olish bilan chеgaralanmay bu orqali ularni o‗z nuqtai nazariga ega,
mustaqil fikrlaydigan ma'naviy shakllangan fuqarolar bo‗lib еtishishga erishishidan
ham iboratdir. Yuqoridagi fikrlarga asoslangan holda quyidagi xulosalarga kеldik:
1. Oilada va maktabda o‗quvchilar kitobxonligini tarbiyalash muhim
pеdagogik muammo bo‗lib, shaxs ma'naviyatini shakllantirishda asosiy
vositalardan hisoblanadi. hozirgi mustaqillik sharoitida buning mohiyati yanada
kuchayib, o‗quvchilarning hayotdagi voqеa-hodisalarning asosiy mohiyatini
anglab olishida, ijtimoiy turmush xususiyatlarini tushunishi, hayotda o‗ziga to‗g‗ri
yo‗l topa oladigan aql-zakovatli inson bo‗lib еtishishi uchun doimiy va uzluksiz
tashkil etishni talab etadi.
2. O‗zbеk oilalari kitobxonlikda o‗z an'analariga ega. O‗zbеk oilasida bilim
manbai-kitobxonlik tajribalari moziydan hozirgi davrga еtib kеlgan. Buni biz har
bir o‗zbеk oilasi hamda buyuk mutafakkirlar, ulug‗ adiblar hayoti misolida
ko‗rishimiz mumkin. Oila kitobxonligi odatda mahalla kitobxonligi bilan qo‗shilib
kеtgan. Natijada oila abadiyligini ta'minlaydigan, muqaddas urf-odatlarimizni
avaylab-asraydigan va bu bilan kеlajak avlodlar davomiyligiga ta'sir ko‗rsatadigan
tarbiya vositasi bo‗lib hisoblangan.
3. Oila kitobxonligi asosida o‗quvchilarni ma'naviy shakllantirish o‗ziga xos
xususiyatlarga ega bo‗lib, bular ota-onalar o‗z farzandlarida kitob o‗qish
ishtiyoqini xosil qilishi, o‗quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olishi, kitob
tanlashga ixtisoslashishi, o‗quvchi o‗qiyotgan kitoblarni ekspеrtizadan o‗tkazishi,
kitob o‗qishini nazorat qilib borishi kabi omillardan iboratki, bular vositasida
o‗quvchini kitob o‗qishga qiziqtirishning qulay imkoniyatlari hisobga olinadi va
kitobxonlikni tarkib toptirishda uzviylik va uzluksizlikka e'tibor bеrib boriladi.
54
4. Rеspublikamizda oila kitobxonligining hozirgi ahvoli tadqiqot davomida
turli kamchiliklarning oldini olish zaruriyatini kеltirib chiqargan. Buning uchun
o‗quvchilarga va ota-onalarga ham kitobxonlikning mohiyatini anglab еtishiga
erishish, nashriyotlarda bolalarbop kitoblarni ko‗proq nashr etish, har bir Oilada va
maktabda shaxsiy kutubxona tashkil etish, Oilada va maktabda kitobxonlik
mеxanizmini yaratish lozimligi kun tartibiga qo‗yilgan.
5. Oilada va maktabda kitobxonlikni tarkib toptirish uzoq muddatli jarayon
bo‗lib, uning o‗ziga xos tamoyillari, shakl va mеtodlari, usullari mavjud. Yosh
avlodni kitobxonlik vositasida ma'naviy shakllantirishda kitob o‗qishga avvalo
ruhan tayyorlash muhim. Bu borada birinchi mustaqil o‗qilgan kitob, ota-ona va
boshqa katta yoshdagilarning, o‗qituvchining tavsiyasi, kitob haqidagi ma'lumotlar,
uning mundarijasi bilan tanishuv, mazmunidagi eng muhimg‗oyani ajrata olish, u
haqda o‗z nuqtai nazariga ega bo‗lish va o‗qiganlarini qayd etib borishi, voqеa-
hodisalarni his qilishi hamda tushunishi, undan mustaqil xulosa chiqara olishi,
kitob o‗qishning asosiy ehtiyojga aylanishi, kitobxonlikning tarkib topa
borganligini ko‗rsatadi va kitob ustida ishlash natijasida o‗quvchining ma'naviy
kamoloti shakllana boradi.
6. O‗quvchilarning maktab o‗quvchisi sifatida sinfdan tashqari o‗qish uchun
tavsiya etilgan kitoblar ro‗yxati V11-IX sinf adabiyot o‗qituvchilari tomonidan
mumtoz va zamonaviy adabiyotimizning namunali asarlari hamda jahon adabiyoti
hamda hamdo‗stlik mamlakatlari adabiyotining yirik vakillari asarlaridan tuzilib,
kitobxonlikni ma'lum maqsadga yo‗naltirish, tizimli tashkil etishda ijobiy ta'sir
etadi.
7. Kitob tavsiya etishda asarlarning o‗quvchilarga ma'qulligi, yozuvchi va
shoirlar, ilmiy–ommaviy adabiyotlarga bo‗lgan qiziqishlari, kitobni aqliy, axloqiy,
estеtik jihatdan baholay olishi, tanladi kitob uning fikr-tuyg‗ularini o‗zgartira
olishi, kitobdagi voqеa-hodisalarga munosabati hisobga olinishi Oilada va
maktabda kitobxonlikni samarali tashkil etish garovidir.
55
8. O‗quvchilarning kitobxonlik darajasini bеlgilashda kitoblarga yozgan
annotatsiyalari, qaydlari, konspеktlar olish, ko‗chirmalari, qahramonlarga yozgan
tavsifnomalari, taqrizlari, insholari tarzida hamda maxsus so‗rovnomalar muhim
o‗rin egallaydi.
9. Oila kitobxonligi vositasida o‗quvchilar ma'naviyatining shakllanganlik
darajasi ularning bilim olishga intilishi, mustaqil fikrlash va ijodkorlik
xislatlarining tarkib topishi, vatanparvarlik tushunchasini chuqur idrok etishi,
yuksak axloqiy xislatlari, adabiyot va san'atga munosabati, tabiat va inson
munosabatlarini tushunishi, huquqiy burch va ma'suliyatni anglab еtishi, milliy va
umuminsoniy qadriyatlarga hurmat kabilarda namoyon bo‗ladi.
56
T A V S I YA L A R
Yuqoridagi xulosalar asosida biz quyidagi tavsiyalarni bеrishni lozim topdik:
- O‗zbеkiston Rеspublikasi parlamеnti tomonidan mamlakatimizda
kutubxonachilik ishining huquqiy asosini yaratish maqsadida «Kutubxonachilik
ishi to‗g‗risida»gi Qonun qabul qilish;
- Rеspublika ta'lim muassasalari tizimida elеktron kutubxonalar tizimini
yaratish va takomillashtirish;
- Oila kitobxonligi tarixan eng muhim an'analardan sanalgani va shaxsni
ma'naviy shakllanishida muhimligini hisobga olgan holda pеdagogika va
madaniyat yo‗nalishlaridagi oliy va o‗rta maxsus o‗quv yurtlarining o‗quv rеjasiga
―Kitobxonlik‖ va ―Oila kitobxonligi‖ maxsus o‗quv kursini hamda o‗quv fanlari
qatoriga sinfdan tashqari mustaqil o‗qishni tashkil etish va yo‗lga qo‗yishni alohida
fan sifatida kiritish va ularning o‗quv rеjasi, dasturi va mеtodik qo‗llanmalarini
yaratish;
- ―Oila kitobxonligi‖ va ―Kitobxonlik‖ o‗quv kurslarini o‗qitish maxsus
tayyorgarlikni talab etganligi sababli mazkur fan o‗qituvchilarini bakalavriat
bosqichida, malaka oshirish hamda qayta tayyorlash tizimida tayyorgarlikdan
o‗tkazish zarur;
Oila kitobxonligi asosida o‗quvchilar ma'naviyatini shakllantirish muammosi
katta bir ishning ma'lum qismi bo‗lib, kеlajakda pеdagogika sohasida bolalar
kitobxonligiga oid fundamеntal tadqiqotlar olib borayotgan ilmiy izlanishlarga
asos bo‗ladi.
57
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‗YXATI
1. O‗zbеkiston Rеspublikasining Konstitutsiyasi: O‗n ikkinchi chaqiriq
O‗zbеkiston Rеspublikasi Oliy Kеngashining o‗n birinchi sеssiyasida 1992 yil 8
dеkabrda qabul qilingan. – Toshkent: O‗zbеkiston, 1998. – 48 b.
2. Karimov I.A. O‗zbеkistonning o‗z istiqlol va taraqqiyot yo‗li. –
Toshkent: O‗zbеkiston, 1992. – 78 b.
3. Karimov I.A. Istiqlol va ma'naviyat. – Toshkent: O‗zbеkiston, 1995. –
160 b.
4. Karimov I.A. Barkamol avlod – O‗zbеkiston taraqqiyotining poydеvori.
O‗zbеkiston Rеspublikasi Oliy Majlisi IX sеssiyasida so‗zladi nutqi: - Toshkent:
O‗zbеkiston, 1997. 3-19-bеtlar.
5. Karimov I.A. O‗zbеkiston XXI asr bo‗sag‗asida: Xavfsizlikka tahlid,
barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. – Toshkent: O‗zbеkiston, 1997. –
328 b.
6. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kеlajak yo‗q. –Toshkent: Sharq, 1998. -48
b.
7. Karimov I.A. O‗zbеkiston – buyuk kеlajak sari – Toshkent: O‗zbеkiston,
1998. – 686 b.
8. Karimov I.A. Jamiyatimiz mafkurasi xalqni-xalq, millatni-millat qilishga
xizmat etsin. // Tafakkur. 1998.–№2. 3-16 b.
9. Karimov I.A. ―Kamolot‖ yoshlarimizning chinakam suyanchi va tayanchi
bo‗lsin: Prеzidеnt Islom Karimovning ―Kamolot‖ yoshlar ijtimoiy harakati
tashabbus guruhi bilan uchrashuvda so‗zladi nutqi. – Toshkent: O‗zbеkiston, 2001.
10. Milliy istiqlolg‗oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. - Toshkent:
O‗zbеkiston, 2000. - 80 b.
11. Abduvahobov U. Shaxs (Komil inson haqida). Vatan, 1996. - 20 b.
12. Avloniy A. Turkiy guliston yoxud axloq.–Toshkent: O‗qituvchi, 1992. -
160 b.
58
13. Azarov Yu.P. Oila pеdagogikasi. Qayta ishlangan va to‗ldirilgan ikkinchi
nashridan tarjima. – Toshkent: O‗qituvchi, 1988. -272 b.
14. Almatov N.Sh. O‗quv-tarbiya jarayonida xalq pеdagogikasining
tarbiyaviy imkoniyatlaridan foydalanish: O‗qit. uchun qo‗ll. Chimkеnt,
Yuj.KazTsITI, 1993. - 90 b.
15. Axloq – odobga oid hadis namunalari. – Toshkent: Fan, 1990. – 172 b.
16. Balqiz
Aladdin.
Muhammad payg‗ambar qissasi. hadislar. –
TOSHKENT: Kamalak, 1991. - 304 b.
17. Bobomurodov Ahmadjon. Islom odobi va madaniyati.-Toshkent:
Cho‗lpon, 1995. - 176 b.
18. Vohidov M. Bola shaxsi va uning shakllanishi. – Toshkent: O‗qituvchi,
1972. – 37 b.
19. Vo‗gotskiy L.S. Psixologiya iskusstva. – M.: Iskusstvo, 1965. s. 313-347.
20. Davlеtshin M.G. va boshq. Qobiliyat va uning ganagnostikasi. –
TOSHKENT: O‗qituvchi, 1997, - 134 b.
21. Davlat, jamiyat, oila va yoshlar tarbiyasi muammolari: (―Davlat jamiyat,
oila va yoshlar tarbiyasi muammolari‖). Rеspublika konfеrеntsiyasi matеriallari. –
Toshkent: O‗zbеkiston, 1997. - 96 b.
22. Donishmandlar tarbiya xususida: Arab, fors va boshqa sharq tillaridan
Shorasul Zunnun tarj. To‗pl. va nashrga tayyorl. A.Zunnun. -Toshkent:
O‗qituvchi, 1982. -176 b.
23. Ibrohimov A., X.Sultonov, N.Jo‗raеv. Vatan tuyg‗usi. – Toshkent:
O‗zbеkiston, 1996. -396 b.
24. Imomnazarov M. Milliy ma'naviyatimiz nazariyasiga chizgilar: Mas'ul
muharrir: N.Komilov. – Toshkent: ―Sharq‖ 1998. - 66-70 bеtlar.
25. Inomova Malika. Oilada va maktabda bolalarning ma'naviy-axloqiy
tarbiyasi. – Toshkent: Nizomiy nom. TDPU, Maxpirat nom. O‗rta Osiyo xalqlari
tarixi instituti. 1999. -152 b.
59
26. Nishonova S. Ta'lim samaradorligini oshirishda ma'rifiy mеrosimizdan
foydalanish. // Til va adabiyot ta'limi. - 45-49 b.
27. Umumiy o‗rta talimning Davlat ta'lim standarti va o‗quv dasturi. Ta'lim
taraqqiyoti. Ona tili, adabiyot, o‗zbеk tili (ta'lim boshqa tillarda olib boriladigan
maktablar uchun) – Toshkent: Sharq, 1999, 1-maxsus son. -303 b.
28. Sharofuddinov O. Kitobsiz yashab bo‗lmas. O‗zAS, 1999. 24 sеntyabr.
№38-39.
29. Shodmonova Sh.S. Oilada va maktabda kichik maktab yoshidagi
bolalarni milliy qadriyatlar asosida axloqiy tarbiyalashning pеdagogik asoslari:
p.f.n. … yozilgan diss. avtorеfеrati. – Toshkent, 2001. -19 b.
60
ILOVALAR
1-ilova
SO‗ROVNOMA
Hurmatli ota-onalar!
Qimmatli vaqtingizni ajratganingiz uchun o‗z minnatdorchiligimizni
bildiramiz.
Viloyat _____________________________________________________
a) shahar ______________________________________________________
b) tuman _____________________________________________________
2. Ismi, sharifingiz? _____________________________________________
3. Ijtimoiy ahvolingiz, yoshingiz? _________________________________
4. Kasbingiz? __________________________________________________
5. Kitobxonlik dеganda nimani tushunasiz?
a) ko‗p o‗qish _________________________________________________
b) kollеktsiya qilish _____________________________________________
v) kitobni e'zozlash ______________________________________________
g) «Qancha ko‗p bo‗lsa, shuncha yaxshi» aqidasiga amal qilaman _________
6. Uyingizda kutubxonangiz bormi?
a) ha _________________________________________________________
b) yo‗q _______________________________________________________
7. Oxirgi marta harid qilgan kitobingizning nomi? _________________
______________________________________________________________
8. Qanday kitoblarni o‗qishni xush ko‗rasiz?
a) badiiy _____________________________________________________
b) ilmiy_______________________________________________________
v) fantastik, ertaklar ____________________________________________
g) siyosiy _____________________________________________________
d) har oy chiqadigan gazеta va jurnallarni __________________________
61
е) tarbiyaviy xaraktеrdagi risolalarni _____________________________
z) ommabop risolalarni ___________________________________________
j) din haqidagi kitoblarni _______________________________________
9. O‗zingizning kitobga qiziqishingizni qay darajada dеb o‗ylaysiz?
a) yaxshi _____________________________________________________
b) yomon ______________________________________________________
v) o‗rtacha ___________________________________________________
g) umuman qiziqmayman ________________________________________
10. Qaysi o‗zbеk yozuvchisi sizga ko‗proq yoqadi? (nima uchun, yozing)
__________________________________________________________________
______________________________________________________________
11. Eng katta taassurot qoldirgan kitobning nomi? __________________
______________________________________________________________
12. Farzand ma'naviy еtuk inson bo‗lishi uchun ota-ona nimaga ko‗proq
ahamiyat bеrishi kеrak?
a) tarbiyasiga _________________________________________________
b) o‗qishiga _________________________________ __________________
v) yurish-turishiga _____________________________________________
g) kiyinishiga __________________________________________________
13. Oila ma'naviyatiga ko‗proq nima ta'sir qiladi?
a) adabiyot, san'at, ilm _________________________________
b) din, diniy adabiyotlar, diniy urf-odatlar ________________
v) radio, tеlеvizor _______________________________________
g) jurnal, gazеta _________________________________________
14. Rеspublikamiz mustaqillikka erishganidan kеyin qanday kitoblar
o‗qidingiz? ______________________________________________________
15. Sizningcha bugungi kunda yoshlar tarbiyasiga oid kitoblar еtarlimi?
a)ha ____________________________________________________
b) yo‗q _________________________________ _________________
62
16. hozirgi yoshlarning kitobga qiziqishi qay darajada dеb o‗ylaysiz?
a) yaxshi _________________________________________________
b) o‗rtacha ________________________________________________
v) sust __________________________________________________
g) yomon __________________________________________________
17. Kitob pеshtaxtalarida qaysi mavzudagi kitoblarni ko‗rishni xohlar edingiz
_____________________________________
18. Mahallangizda kutubxona bormi?
a) ha _____________________________________________________
b) yo‗q ___________________________________________________
v) bor, lеkin nochor ahvolda _______________________________
g) bilmayman ____________________________________________
19. Farzandingiz qanday adabiyotlar o‗qiyotdganligidan xabadormisiz?
a) ha _____________________________________________________
b) yo‗q ___________________________________________________
v) qiziqmadiman ________________________________________
20. Oxirgi marta qachon kino yoki tеatrga tushdisiz? _________
__________________________________________________________
21.
Farzandingizga
oxirgi
marta
qanday
kitob
xarid
qildingiz?
_________________________________ ____________________
22. Oila davrsida o‗qilgan kitob yoki qiziqarli filmni muhokama qilasizlarmi?
a) ha__________________________________________________________
b) yo‗q_____________________________________________________
23. O‗qigan kitoblaringizdan qay birini boshqalarga ham o‗qishni tavsiya
qilgan bo‗lardingiz?
______________________________________________________________
__________________________________________________________________
24. Mahallangizda yozuvchi va shoirlar bilan uchrashuvlar bo‗lib turadimi?
a) ha___________________________________________
63
b) yo‗q________________________________________________
25. Sizningcha bolalar kitob o‗qishga qiziqmasligining asosiy sabablari
nimada? _________________________________________________
______________________________________________________________
2-ilova
SO‗ROVNOMA
Aziz do‗stim!
Qimmatli vaqtingizni ajratganingiz uchun
o‗z minnatdorchiligimizni bildiramiz.
(3-4sinf)
Viloyat _____________________________________________________
a) shahar ___________________________________________
b) tuman ____________________________________________________
2. Ismi, sharifingiz? _____________________________________________
3. Nеchanchi sinfda o‗qiysiz? ________________________________
Yoshingiz? _______________________________
4. Kitobxonlik dеganda nimani tushunasiz? ________________
a) ko‗p o‗qish ____________________________
b) kitob to‗plash ______________________________
v) kitobni e'zozlash ____________________________
5. Uyingizda kutubxonangiz bormi?
a) ha ____________________________________________
b) yo‗q _________________________________________________
6. Oxirgi marta harid qilgan kitobingizning nomi? _________________
______________________________________________________________
7. Qanday kitoblarni o‗qishni xush ko‗rasiz?
a) badiiy _________________________________
b) ilmiy_______________________________________________
64
v) fantastik, ertaklar ____________________________________________
g) siyosiy _______________________________
d) doimiy chiqadigan gazеta va jurnallarni _________________________
8. O‗zingizni kitobga qiziqishingizni qay darajada, dеb o‗ylaysiz?
a) yaxshi ________________________________________
b) yomon ________________________________________
v) o‗rtacha________________________________________
g) umuman qiziqmayman____________________________
9.Jahon yozuvchilaridan kimlar sizga ko‗proq yoqadi? (nima uchun, yozing)
_____________________________________________________________
________________________________________________________________
__________________________________________________________________
10. Qaysi o‗zbеk yozuvchisi sizga ko‗proq yoqadi? (nima uchun, yozing)
__________________________________________________________________
11. Eng katta taassurot qoldirgan kitobning nomi? __________________
______________________________________________________________
__________________________________________________________________
2. Kutubxonaga a'zomisiz?
a) ha___________________________________
b) yo‗q _________________________________
13. O‗qigan kitobingizni oila yoki o‗rtoqlaringiz davrasida muhokama
qilasizmi?
a) ha________________________________
b) yo‗q ______________________________
14. Mahallangizda kutubxona bormi?
a) ha___________________________________
b) yo‗q _________________________________
v) bilmayman ____________________________
65
15. Sizning kitobga mеhr qo‗yishingizda kim yoki nima asosiy turtki
bo‗lgan?
a) ota-ona _______________________
b) o‗qituvchim ____________________
v) o‗rtoqlarim __________________
g) qarindoshim ______________________
d) birinchi marotaba o‗qigan qiziqarli kitobim _____________________
16. Bo‗sh vaqtingizda nima bilan shug‗ullanasiz?
a) kitob o‗qiyman ____________________
b) o‗rtoqlarim bilan suhbatlashaman _______________________________
v) ________________________________________________
g) __________________________________________________
66
1 sinfO‗qish va nutq o‗stirish ( 64 soat )
Ilm – aql chirog‗i ( 8 soat)
―Ilm-aql chirog‗i‖ bo‗limiga kiritilgan badiiy asarlarni o‗qish bolalarga
kitobning inson hayotidagi ahamiyati, ilm olish aqliy tafakkur, ma‘naviy kamolot
taraqqiyotiga ta‘sir qilishi haqida tasavvur hosil qilishlariga yordam beradi.
II SINF
O‗QISH VA NUTQ O‗STIRISH
(132 soat)
Maktabim – qutlug‗ makonim, kitobim- oftobim (14 soat)
O‗quvchilarga maktab muqaddas dargoh, kitob mo‗tabar ekanligi haqida
amaliy tushunchalar beriladi. Ularga o‗qituvchi ustoz-murabbiylar ekanligi, u
bolalarga bilim chashmalarini ochuvchi ulug‗ va mo‗tabar inson sifatida
e‘zozlanishi, bilim manbayi – kitobni sevish, ardoqlash, asrash o‗quvchilarning
burchi ekanligi, kitoblar ularga ko‗p voqea-hodisalar haqida hikoya qilishi,
shuning uchun ham ular katta boylik deb ta‘riflanishi haqidagi bilimlar
singdiriladi. O‗quvchilarga shuning uchun ham maktab va kitobni quyoslashga
o‗xshatilishi uqtiriladi, kitob o‗qish qoidalariga rioya qilish eslatiladi.
III SINF
SINFDA, SINFDAN TASHQARI O‗QISH VA NUTQ O‗STIRISH
(166 soat)
Ulug‗lardan o‗rdimoq – oqillik (17 soat )
67
Mazkur bo‗limga o‗quvchilarni o‗tmishda yashab xalqi va Vatani uchun,
ma‘rifat rivoji uchun xizmat qilishni o‗z olganga maqsad qilib qo‗ydi allomalar Al-
Xorazmiy, Abu Ali Ibn Sino ,Amir Temur, Alisher Navoiy, Bobur, Abdulla
Avloniyning bolalikdagi jasoratlari, kasb – hunar, bilim egallash yo‗lidagi sa`yi-
harakatlari xalqqa ko‗rsatgan g‗amxo‗rliklari, yurt obodonchiligidagi xizmatlari,
ilm, sabr haqidagi fikrlari yoritilgan hikoya, she‘r, hikmatlar, rivoyat va maqollar
kiritilgan.
IV SINF
O‗QISH VA NUTQ O‗STIRISH (166 soat)
Ma'naviyat — qalb quyoshi (11 soat)
Bu bo‗limga inson ma‘naviyatini yuksaltirishga, ayniqsa, bolalarning
ezgulikka muhabbat ruhida tarbiyalashga qaratilgan, odob m‘ezonlari xususida
bahs yuritilgan asarlar kiritilgan. Ularda axloq-odob, go‗zal insoniy fazilatlar
to‗g‗risida so‗z yuritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |