Pedagogika instituti rivojlanish biologiyasi



Download 23,67 Mb.
bet41/70
Sana31.12.2021
Hajmi23,67 Mb.
#258570
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   70
Bog'liq
1-KURS MAJMUA

Sekretsiya. Barcha hujayralar moddalar almashinuvi natijasida hosil bo`ladigan metabolizm mahsulotlarini hujayra atrof-muhitiga chiqaradi. Ayrim hollarda bu mahsulotlar boshqa hujayralarning faoliyati uchun mutlaqo zarur. Organizmning boshqa hujayralari uchun zarur moddalar (sekret) ishlab chiqarishi - sekretsiya ixtisoslashgan moddalar almashinuvining natijasidir. Faqat sekret ishlab chiqarishga ixtisoslashgan hujayralar bez hujayralari deyiladi. Sekret hosil bo`lishida plastinkali kompleksning faoliyati katta ahamiyatga ega. Sekretsiya organizmning tashqi muhit bilan aloqasi natijasida paydo bo`lgan va asosan epiletiy to`qima bilan bog`liq.

Hujayralarning qarishi va hayot faoliyatining so`nishi. Organizm hujayralari ochiq, o`z-o`zini idora qiluvchi sistemadir. O`z-o`zini idora qilish qobiliyati hujayraning o`ziga taalluqli bo`lishi bilan birga, organizmning nerv va endokrin regulyatsiya mexanizmlariga ham bo`ysunadi. Moddalar almashinuvi natijasida hujayralarning o`zini-o`zi idora qilish qobiliyati asta-sekin so`nib, ularning hayot faoliyati buziladi va qariydi. Yuqorida qarab chiqilgan paranekroz hodisasi ma`lum sharoitlarda nekrobiozga o`tishi mumkin. Nekrobioz hujayraning asta-sekin o`lishidir. Katta kuchga ega zararli ta`sirotlar nekrozga (hujayraning o`lishi va yemirilishiga) sabab bo`ladi. Nekroz sitoplazma va o`zakda xarakterli o`zgarishlar yuz berishi bilan boradi. Sitoplazmatik to`r va plastinkali kompleks sisternalari yemiriladi. Glikogen va sitoplazmaning bazofilligi yo`qoladi, oqsil sintezi to`xtaydi. O`zak bujmayib kichiklashadi, bir tekis va kuchli bo`yaluvchi (giperxrom) massaga aylanishi (kariopiknoz), ayrim-ayrim qismlarga parchalanib ketishi (karioreksis) va hatto to`lig`icha erib ketishi (kariolizis) mumkin.

Tirik organizmlarning hujayraviy tuzilishga ega bo`lmagan shakllari. Hayvon organizmi to`qimalarida hujayralardan tashqari simplast, sinsitiy va anchagina miqdorda hujayralararo moddalar ham uchraydi. Ayrim hollarda kattagina hajmga ega bo`lgan protoplazma hujayralarga bo`linmagan bo`lib, ko`plab o`zaklar va sitoplazmaga xos organellalar saqlaydi. Bunday tuzilmalar simplast (sin-birgalikda, plastos-hosil bo`lgan, tashkillashgan) deb ataladi. Simplastning yorqin misoli ko`ndalang-targ`il muskul tolasi bo`lib, uning tuzilishi bilan keyinroq (III bobda) batafsil tanishamiz. Qo`shni hujayralar o`simtalari vositasida bir-biriga juda tig`iz tegib turishi va ular orasida yorug`lik mikroskopi ko`rsata oladigan yoriqlar bo`lmagan hollarda sinsitiy (sin-birgalikda, kytos-hujayra) hosil bo`ladi. Elektron mikroskop bunday hollarda qo`shni hujayralarning o`zaro tegib turadigan qismlari orasida plazmolemmadan iborat chegara borligini ko`rsatadi. Sinsitiy odatda to`rsimon ko`rinishga ega (masalan, biriktiruvchi to`rsimon to`qima).

Ayrim to`qimalar ko`p miqdorda hujayraro moddalar hosil qiladi. Bu moddalar organellalarga ega emas, ularda moddalar almashinuvi sekin boradi. Hujayraaro moddalar hujayralar bilan yaqindan bog`langan va ularning hosilalari hisoblanadi. Ularni metaplazmatik tuzilmalar ham deb ataydilar. Kollagen, elastik va retikulin tolalar hamda amorf modda metaplazmatik tuzilmalar bo`lib, ularning tuzilishi biriktiruvchi tolador to`qimalar o`rganilayotganda qaraladi. Tirik moddaning hujayra tuzilishiga ega bo`lmagan shakllari hujayralardan yoki ularning hosilalaridan ikkilamchi yo`l bilan hosil bo`ladi.





Download 23,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish