MAVZU: Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini umuminsoniy qadriYAtlar asosida tarbiyalashNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI
K I R I SH
I bob. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini umuminsoniy qadriYAtlar asosida tarbiyalashning ILMIY-NAZARIY ASOSLARI
Umuminsoniy qadriyatlarning mohiyati va jamiyatdagi o‘rni
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashning prinsiplari va usullari
II bob. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini umuminsoniy qadriYAtlar asosida tarbiyalashning PEDAGOGIK SHART – SHAROITLARI
2.1. O‘quvchilarini umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashning mohiyati
2.2. O‘quvchilarning umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash ishining tajriba- sinov natijalari
XULOSA VA TAVSIYALAR
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyin mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat qurish va jahon hamjamiyati tomonidan rivojlangan davlat sifatida o‘rin olish vazifasi qo‘yildi. Albatta yurtimizda jahon talablariga mos keladigan, har tomonlama rivojlangan, o‘z kasbini puxta egallagan, vatanparvar fidoyi insonlarni tarbiyalab etishtirishda ta’lim muassasalarida o‘qitishni yanada yuksak bosqichga ko‘tarish, uning tarbiya bilan uyg‘unligini ta’minlash katta ahamiyatga ega.
Barkamol insonni tarbiyalashda umumbashariy qadriyatlarimiz, ma’naviyat sohasida belgilangan maqsadlarni amalga oshirish uchun o‘tgan davr ichida mamlakatmiz rahbariyati tomonidan juda katta ishlar amalga oshirildi va oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH. M. Mirziyoev tomonidan 2019 yil 19 mart kuni ilgari surilgan YOshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5ta muhim tashabbusni talabalar orasida keng joriy etish shular jumlasidandir.
Ta’lim muassasalarida o‘quvchilarini umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash masalasiga e’tibor berilayotgan bo‘lsada, bu borada o‘z echimini kutayotgan muammolar talaygina. Tadqiqot ishlari, ilmiy izlanishlarda ko‘proq ta’limiy muammolar, yangicha o‘qitish texnologiyalari mavzulari ustida bahs yuritilmoqda. Aslida, o‘quvchilarini umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash birinchi masala darajasiga olib chiqish, maqsadga muvofiqdir. CHunki jamiyat ravnaqi uchun faqat nazariy bilimlarga ega bo‘lgan, mexanik mashina singari vazifalarini bajaruvchi kasb egalari emas, balki, eng avvalo chuqur his-tuyg‘uli, yuksak ma’naviy- axloqiy fazilatlarga ega shaxslar zarur.
O‘zbek xalqi tarixan o‘quvchilarini umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash sohasida o‘ziga xos dorulfunun yaratgan. Bu borada xalq pedagogikasi boy tajribaga ega. Bugungi kundagi o‘quvchilarini umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash maqsad va vazifalarini hal etishda uning o‘rni beqiyosdir.
Keyingi yillarda o‘quvchilarini umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash an’analariga oid muammolar yuzasidan ko‘plab tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Pedagog olimlarimiz tomonidan yaratilgan bir necha risola, qo‘llanma, ilmiy-tadqiqot ishlari bunga yaqqol misol bo‘la oladi. R.H.Jo‘raev, P.Holmatov, SH.SHaripov, B.Raximov, U.Nishonaliev, N.Saidaxmedov, O‘.Tolipov, S.Nishonova, R.Safarovalarning tadqqot ishlari shular jumlasidandir. O‘quvchilarini umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashning usul va vositalari muammosiga bag‘shlangan tadqiqot ishlari ko‘plab uchrasada, ammo ular asosan katta yoshdagi o‘quvchi va talabalar o‘rtasida ushbu muammoning echimini topishga qaratilgan. Lekin, kichik yoshdagi o‘quvchilarni o‘quvchilarini umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashda qo‘llaniladigan usul va vositalar haqida yaxlit bir tadqiqot ishi qilingan deb bo‘lmaydi.
Ayniqsa, keyingi yillarda o‘quvchilarini umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashga nisbatan ta’limga e’tibor kuchayib bormoqda. Muammoning dolzarbligi, nazariy-pedagogik va amaliy holatidan kelib chiqib, biz bitiruv ishimizning mavzusini “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashning pedagogik shart-sharoitlari” deb oldik.
Do'stlaringiz bilan baham: |