I bob. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini umuminsoniy qadriYAtlar asosida tarbiyalashning ILMIY-NAZARIY ASOSLARI
1.2. Umuminsoniy qadriyatlarning mohiyati va jamiyatdagi o‘rni
Komil inson shaxsini tarbiyalash ishi esa eng murakkab qiyin jarayondir . Bu jarayonni amalga oshirishda ular ongiga milliy va ma’naviy qadriyatlarni singdirish maqsadga muvofikdir. Demak, yosh avlod qachonki o‘z tarixini, madaniyatini, milliy qadriyatini, tilini, dinini va urf-odatlarini mukammal bilgandagina mustaqillikning tub mohiyatini yanayam chuqurrok anglaydi .
Milliy istiqlol mafkurasi ham ana shu milliy qadriyatlarga asoslanib yaratilishi bejiz emas , albatta. Bu borada Prezidentimiz SH. Mirziyoevning har bir fuqaro ajdodlarimizning bebaho merosi , milliy qadriyat va an’analarimizga munosib bo‘lishga erishish, yuksak fazilatli va komil insonlarni tarbiyalash, ularni yaratuvchanlik ishlarida da’vat kilish, shu muqaddas zamin uchun fidoiylikni hayot mezoniga aylantirish zarurligini ta’kidlab kelmoqda. .
Bugungi kunda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashadan asosiy maqsadi - yosh avlodni har tomonlama etuk, jamiyatimiz taraqqiyoti uchun zarur bo‘lgan barkamol insonlar etib shakllantirishdir. Barkamol inson o‘zida ma’naviy va jismoniy etuklikni mujassam etadi. YOshlarimizni qadriyatlar asosida tarbiyalash uchun birinchi galda sharq mutafakkirlarining meroslari dasturi amal bo‘lib xizmat qiladi. Al- Farobiy, A.YAssaviy, B.Naqshbandiy, Al-Buxoriy, Beruniy, Ibn Sino, al-Xorazmiy, al-Farg‘oniy, Firdavsiy, A.Temur, A. Navoiy va Bobur singari jahonga taniqli bir necha aql egalarining ijtimoiy-siyosiy, falsafiy qarashlariga tayanib ish ko‘rilsa o‘quvchilarning qiziqish va qobiliyatlari ta’sirchanligi yanada mukammallik kasb etadi.
O‘rta asrlar uyg‘onish davri , bunyodkorlari bo‘lmish allomalar bizning ajdodlarimiz ekanligidan faxrlanamiz. Bu borada Ibn Sinoning ma’naviy merosida qator muammolar tizimida axlok-odob masalalari e’tiborli salohiyatga egadir. Uning «Burch haqida risola» , «Axloq haqida risola» , «Insof haqida risola» kabi asarlarida axlok-odobning g‘oyat muhim qirralari bayon etilgan .
Jahonda XII asrdan boshlab hanuzgacha algebra fani asoschisi sifatida Al-Xorazmiy nomi ulug‘lanadi. Hozirgi paytda kosmik kemalar, havo transporti, hisoblash texnikasi, ishlab chikarishning texnologik jarayonlar algoritmi qoidasi asosida ishlaydi .
Abu Nasr Farobiy inson akliy va ijodiy faoliyatining takomillashuvida musiqiy oxanglarning fizikaviy holatiga asos soldi .
U Musikaning matematik nazariyasini yaratdi. Bunday yaratuvchanlik milliy va ma’naviy qadriyatlarimiz sifatida ulug‘lanar ekan , ularni o‘rganish , o‘zlashtirish yosh avlodning muxim burchi bo‘lmog‘i kerak .
Mustaqillik milliy ma’naviyatimizning zaminini tashkil qiluvchi «qadriyatlar», «milliy istiqlol», «milliy iftixor», «milliy g‘urur», «milliy ong» kabi tushunchalarning ijtimoiy siyosiy va kundalik hayotimizdagi asosiy ahamiyati va o‘rnini qayta tiklab berdi. Bu bizning ma’naviy hayotimizda qo‘lga kiritgan katta yutuqlarimizdandir.
Xo‘sh, qadriyatlar o‘zi nima? Ularning mohiyati, asosiy jihatlari nimadan iborat? Eng avvalo, shuni qayd qilish kerakki, qadriyatlar juda sermazmun va ko‘p qirrali tushunchadir. SHuning uchun ham adabiyotlarda mazkur tushunchaning mohiyatini ifodalashda turlicha yondashuvlarni uchratishimiz mumkin. Masalan, «Falsafiy ensiklopediya»ning beshinchi jildida qadriyatlar quyidagicha tavsiflangan: «Qadriyat falsafiy va sotsiologik tushuncha. U, birinchidan, biror ob’ektning ijobiy yoki salbiy qimmatini, ikkinchidan, ijtimoiy ongning normativ, belgilovchi—bag‘ishlovchi jihati (sub’ektiv qadriyatlar yoki ong qadriyatlari)ni ifoda etadi. SHunga ko‘ra ob’ektiv (ashyoviy) va sub’ektiv (ong) qadriyatlari bir biridan farqlanadi»
Ong qadriyatlariga normativ tasavvurlar (yaxshilik va yomonlik adolat, go‘zallik va xunuklik haqidagi, tarixning ma’nosi va insonning vazifasi haqidagi tasavvurlar, ideallar, harakat me’yorlari va tamooyillari tarzida ifodalangan ijtimoiy ko‘rsatmalar va baholar, talab va ta’qiqlar, maqsad va loyihalar kiradi.
Qadriyatlarni mazmuni va harakteriga ko‘ra progressiv va reaksion tiplarga ajratish mumkin. Bu esa, mazkur kategoriyani o‘ta sig‘imdor qilish bilan birga uni izohlashni mushkullashtiradi. Turli chalkashliklar keltirib chiqaradi.
SHu jihatdan taniqli faylasuf olim V.P.Tugarinovning fikri e’tiborga loyiqdir: «Qadriyatlar muayyan jamiyat yoki sinfga mansub kishilar turmushi va madaniyatining haqiqiy yoki ideal ne’matlari bo‘lgan tabiat va jamiyat hodisalarining mohiyati (yoki hodisaning bir jihati)dir. Bu ne’matlarning qadriyatlar deyilishiga sabab kishilar ularni qadrlaydilar, chunki bu qadriyatlar ularning shahsiy va ijtimoiy turmushini boyitadi. SHuning uchun ham kishilar o‘z tasavvurlaridagi qadriyatlarni ximoya qiladilar va o‘zlari uchun maqsad yoki ideal bo‘lgan qadriyatlarni amalga oshirishga intiladilar.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashda, qadriyatlar ichida eng birinchi va eng umumiysi hayotning o‘zidir, chunki hayotdan mahrum bo‘lish qolgan barcha qadriyatlardan foydalanishni yo‘qqa chiqaradi. Qadriyatlarning boshqa turlari, aslini olganda, hayot ne’matlarining mohiyatidir, madaniy qadriyatlardir».
V.P.Tugarinov «qadriyat» va «baho» tushunchalarini bir biridan farqlash zarurligini uqtiradi. U yoki bu hodisani qadriyatlarga mansub hisoblash, ya’ni uni qadriyatlarga qo‘shish yoki qo‘shmaslik ana shu munosabatga, ijobiy yoki salbiy bahoga bog‘liq. YOsh avlodni o‘quvchilarning qiziqish va qobiliyatlarini shakllantirish – bizning burchimizdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |