Ahmedova Erkinoy
422-guruh
4- VARIANT
1. BMI strukturasini shakllantiring va yozilish sababini izohlang.
Bitiruv malakaviy ish quyidagj strukturada bo`lishi kerak:
-Kirish, bunda o`rganilayotgan (tadqiq etilayotgan) muammoning dolzarbligi va mohiyati ochib berilishi lozim;
- BMI mavzusi bo`yicha adabiyotiar tahlili (tavsiloti), bunda ishda qaralayotgan munozorali savollarga turli fikrlarnihg mavjudligi yoritilishi va muallifning bu savollarga munosabati shakllantirilishi lozim, muailifning shu savollar bo`yicha fikri asoslanishi lozim;'
- Tadqiqot ob'ekti va predmetining xarakteristikasi;
- Tadqiqot metodlari xarakteristikasi (modellar, statistik hisob-kitoblar);
- Tadqiqot bajarilishi bosqichlarining yoritilishi;
- Tadqiqot natijalari xarakteristikasi va ularning interpretatsiyasi;
- xulosa, bunda bajarilgan ish bo`yicha konkret natijalar va ularni amalga oshirish bo`yicha takliflar aks etishi kerak.
Malakaviy ishining yozilish sababi ta'lim bo`yicha nazariy va amaliy bilimlarni mustahkamlash va kengaytirish, olingan bilimlarni muayyan ilmiy, texnikaviy, ishlab chiqarish, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy vazifalarni hal etishda qo`llash;
Ijodiy ishlash, ishlab chiqilayotgan masalaning (muammoning) qo`yilish jarayonidan boshlab, uni to`la nihoyasiga yetkazish bo`yicha qaror qabul qilishda bo`lgan mas'uliyatni his etishga o`rgatish;
Zamonaviy ishlab chiqarish, iqtisodiyot, texnika va madaniyatning, axborot texnologiyalarining rivojlanishi sharoitida talabalarni mustaqil ishlashga tayyorgarligini ta'minlash;
Bajarilgan ishning natijalari sifatida tadqiqotda olingan bilimlarni sistemalashtirish, tahlil qilish, yangi natijalar va qonuniyatiarni shakllantirish tajribasini egallash;
Talabalarning kasbiy faoliyatga tayyorgarlik darajasini aniqlashdan iborat.
2. Berilgan matndagi xatolarni aniqlab, to`g`ri variantini yozing.
Nutqqa, ayniqsa u muhim bo‘lsa, bir necha hafta oldin tayyorgarlik ko‘rishni boshlash kerak. Bu mavzuni ichiga kirishga yordam beradi, natijada uni yodlashga hojat qolmaydi. Nutqni mashq qilishdan oldin plan tuziladi. Nutqni, darhaqiqat, mashq (repetitsiya) qilish zarur. Nutqni bo‘laklab emas, “butun”icha mashq qilish kerak. So‘zlashni boshlagan bo‘lsangiz nimadir yoddan chiqqan bo‘lsa ham, nimanidir o‘zgartirmoqchi bo‘lsangiz ham to‘xtamang. Esdan chiqqan o‘rinlarni “esimdan ko‘tarilay debdi” deya qulay joyda kiritib ketish mumkin. Auditoriya buni yaxshi qabul qiladi.
Nutqni, darhaqiqat, mashq (repetitsiya) qilish zarur. Uni mashq qilishdan oldin plan tuziladi. Bu mavzuni ichiga kirishga yordam beradi, natijada yodlashga hojat qolmaydi. Nutqqa, ayniqsa u muhim bo‘lsa, bir necha hafta oldin tayyorgarlik ko‘rishni boshlash kerak. Bo‘laklab emas, “butun”icha mashq qilish kerak. So‘zlashni boshlagan bo‘lsangiz nimadir yoddan chiqqan bo‘lsa ham, nimanidir o‘zgartirmoqchi bo‘lsangiz ham to‘xtamang. Auditoriya buni yaxshi qabul qiladi. Esdan chiqqan o‘rinlarni “esimdan ko‘tarilay debdi” deya qulay joyda kiritib ketish mumkin.
Ushbu matnda gaplar ketma-ketligida chalkashliklar bo`lib, nutq so`zi juda ko`p marta takrorlangan.
3. Quyida berilgan gaplarda yo‘l qo‘yilgan xatolarni izohlang.
Juda ham ingichka hislar bilan o‘ralgan bunday sodda - nafis misralarni o‘qib yuqorida aytilgan fikrlarni qayta takrorlagim keladi.
“Ingichka his” – Ingichka so`zi hisga nisbatan qo`llanishi noto`g`ri hisoblanadi. Uning o`rnida “ajoyib”, “nafis” so`zlarini qo`llash mumkin.
“Hislar bilan o`ralgan” – o`rnida “hislar bilan to`la\hislarga to`la” ishlatilsa uslubiy jihatdan yanada ma`noli bo`ladi.
Ichimlikni me'yoridan ko‘p iste'mol qilish salomatlik uchun ham, yaxshi mehnat faoliyati ko‘rsatish uchun ham o‘ta zararlidir.
“Ichimlik” – qanday ichimlikligi noma`lum tarzda ishlatilgan. Alkagol ichimliklar bo`lsa zararli so`zi o`rinli qo`llanilgan. Ichimlik suvi ma`nosida bo`lsa “zararli” so`zi o`rnida “foydali: deyilishi kerak.
4. Bildirgi namunasini yozing.
Toshkent davlat pedagogika
isntituti rektöri, X.Yusupovga
Boshqaruv fakülteti
dеkаni dоts. M.Sultonovdаn
BILDIRGI
Tаlаbаlаr uyining аhvоli haqida sizning ko‘rsаtmаngizgа binоаn iqtisоdiy mаsаlаlаr bo‘yichа rеktоr o‘rinbоsаri N.Rаhimоv bilаn birgаlikdа shu yil 5-7-yanvаr kunlаri Boshqaruv fаkultеti tаlаbаlаri yashаydigаn 3-tаlаbаlаr uyini tеkshirib chiqdik. Bаrchа xоnаlаr, umumаn оlgаndа, tаlаb dаrаjаsidа. Lеkin qish kunlаri bo‘lsа-dа, isitish tаrmоqlаrining yaxshi ishlаmаyotgаnligini аlоhidа tа’kidlаymаn. Birinchi qаvаtdа dеrаzа оynаlаrini o‘rnаtish, buzilgаn eshiklаrni sоzlаsh zаrur dеb hisоblаymаn.
Mаzkur kаmchiliklаrni tuzаtishdа yordаm bеrishingizni so‘rаymаn
Boshqaruv fаkultеtining dеkаni: (imzо) dоts.M. Sultonov
5. Quyidagi she'riy parchada qo‘llangan tasviriy vositalarni aniqlang.
Yoz-u qish dalada «javlon uramiz» −
Sening so‘zing bilan aytganda…
Dalada chang yutish «javlon urish»mas,
Bizlar ishlayapmiz.
Bu − mehnat, xolos.
Ushbu she`riy parchada ishlash-mehnat qilish “javlon urish”, “chang yutish” kabi tasviriy vositalar orqali ko`rsatib berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |