Kurs ishini obekti: Amir Temurning pand nasixatlarida axloqiy
tarbiya soxasida ilgari surilgan ta`limiy-tarbiyaviy g`oyalardan foydalanib,
boshlang`ich sinf o`quvchilariga ta`lim-tarbiya jarayonini tashkil etish.
Kurs ishining predmeti: Amir Temurning pand nasixatlaridan
axloqiy tarbiyada foydalanib ta`lim-tarbiya berish mazmuni.
Kurs ishining maqsadi: kichik yoshdagi maktab o`quvchilariga
ta`lim-tarbiya berishda Temur tuzuklaridan foydalanish imkoniyatlarini aniqlash,
undan foydalanishning shakil va usullarini ishlab chiqish.
Kurs ishining vazifalari:
l. Amir Temurning xayotiy va ijodiy faoliyatini yoritish.
2. Amir Temurning tuzuklarida ilgari surilgan, ta`limiy-tarbiyaviy g`oyalarni
yoritish.
3. Tarbiyaviy tadbirlar jarayonida tuzuklardan foydalanish shakllarini
asoslash.
4. Amir Temur tuzuklarida foydalanishda o`qituvchining ijodiy maxoratini
yoritish.
Kurs ishining amaliy axamiyati, shundan iboratki, unda ilgari
surilgan g`oyalardan amaliyotchi o`qituvchilar ta`lim-tarbiya jarayonida keng
foydalanishlari mumkin.
Kurs ishi: kirish, III Bob, 6 fasl, xulosa va foydalanilgan
adabiyotlar ro`yxatidan iborat.
I BOB AMIR TEMUR PANT NASIXATLARIDA MA`NAVIY AXLOQIY
TARBIYA MASALALARINI ILGARI SURILISHI PEDAGOGIK MUAMMO
SIFATIDA
l.l. Ma`naviyat. ma`naviy barkamollik inson tarbiyasining
maqsad va vazifalari.
Ma`naviyat avlod-ajdodlarimiz, ota-bobolarimizdan bizlarga qolgan eng
katta, bebaho boylik, bitmas-tuganmas xazinalar konidir. Xalqimizning
ma`naviy poydevori juda qadimiy va mustahkamdir.
Bugungi kunda ma`naviyat masalasi ijtimoiy hayotimizning asosiy masalalaridan biriga aylanib qoldi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq bu masalaga katta va uzluksiz e`tibor berib kelinmoqda.
Erksevar xalqimiz mustaqillik tufayli o’z eri, o’z tili, o’z diniga ega bo’ldi;
milliy g`ururi, izzat obro’si tiklanib, endilikda qadriyatlarimiz, ma`naviy
merosimizdan baxramand bo’lmokdamiz. Mustaqillik va ma`naviyat bir–biriga
g`oyat bog`liq tushunchalardir. Ma`naviyati buyuk xalqni qul qilish, abadiy istibdod zulmi ostida saqlash mumkin emas. Bunday ma`naviyatning kamol topishi, qalblarga singishi uchun Mustaqillikni mustahkamlash ham lozim bo’ladi. Qudratli kelajagi buyuk davlat, buyuk ijtimoiy–iqtisodiy islohotlar qudratli ma`naviyat zamirida vujudga keladi. Har bir alohida shaxsning va butun millatning ma`naviy kamoloti orqali demokratik huquqiy davlat barpo etiladi. Davlatimiz rahbari shu bois ham ma`naviyat va ma`rifatga doimo katta e`tibor berib kelmoqda. SHu oqilona siyosat tufayli xalqimiz o’zligani tanib, o’z shajarasini idrok etmoqda, tarix oldidagi vazifasini anglab olmoqda
Inson ma`naviyatini yuksaltirmasdan turib, xalqimiz hayoti va turmushi
yuksalishida, hamda mamlakatimiz taraqqiyotida muvaffaqiyatlarga erishish qiyin.
Islohatlarning birinchi bosqichida milliy ma`naviyatni yuksaltirish yo’lida
ko’zlangan maqsad to’la amalga oshirildi va ikkinchi bosqichda amalga oshirilishi
lozim bo’lgan vazifalarga zamin hozirlandi. Ma`naviy, mafkuraviy parokandalik
davriga barham berildi. Ijtimoiy hodisalar bilan birga milliy ma`naviyatimiz yuksala bordi.Xalqning ma`naviyati va madaniyati, unish xaqiqiy tarixi va o’ziga xosligi qayta tiklanayotganligi jamiyatimizni yangilanish va taraqqiy ettirish yo’lidan muvaffaqiyatli olg`a siljishida hal qiluvchi, ta`bir joiz bo’lsa, belgilovchi ahamiyatga egadir. Haqiqatan faqat ma`naviy erkin va ozod xalq teran va komil tafakkur tufayli har sohada katta yutuqlarga erishishi mumkin. Boshqacha aytganda, faqat ma`naviy sog`lom, kuchli jamiyatgina islohatlarga tayyor bo’lishi mumkin.
Ma`naviy tarbiya sohasida ko’zbo’yamachilikka yo’l qo’yish nihoyatda xatarli. Ma`naviyat jamiyat hayotining shunday bir nozik, ahamiyatli sohasiki, bu borada xo’jako’rsinga ish qilish iqtisodiy va siyosiy sohalarda kugilmagan turli inqirozlarni keltirib chiqarishi mumkin. Ayniqsa, bu sohada o’zi bo’larchilik va lo’ttibozlikka yo’l qo’yib bo’lmaydi. Kishilarda, xususan yoshlarda yangi ma`naviyatning shakllanishi ancha murakkab va mashaqqatli jarayon xisoblanadi. Buni amalga oshirish uchun keng ko’lamli madaniy, tarixiy, ma`rifiy, tarbiyaviy ishlarii amalga oshirish kerak bo’ladi. Eski tuzum sharoitida tarkib topgan ma`naviy inqirozga barham berish, yangicha tafakkurga ega bo’lgan insonni shakllantirish murakkab, muayyan davrni talab qiluvchi, asta–sekin amalga oshadigan jarayon bo’lganligi sababli tarixning burilish davrlarida jamiyat hayotida ma`na–viy bo’shliq holatlari ham yuzaga kelishi tabiiydir.
Bu bo’shliq jamiyat uchun iqtisodiy, siyosiy inqirozga nisbatan ancha xatarliroq kechadi. Bunga keyingi vaqglarda yuz bergan mudhish
voqealar yaqqol misol bo’la oladi. SHu sababli tarixiy burilish davrlarida ob`ektiv
tarzda yuzaga keladigan bunday holatlarni chuqur anglab, ularga to’g`ri
munosabatda bo’lish lozim. Mamlakatimiz rahbariyati buni to’g`ri anglab, bunday
holatlarning qalqib yuzaga chiqishining oldini faqat odamlarimiz, avvalambor
yoshlarimizning iymon–e`tiqodini mustahkamlash, irodasini baquvvat qilish, ularni
o’z mistaqil fikriga ega bo’lgan barkamol insonlar etib tarbiyalash orqaligina olish
mumkinligini, mustaqillik tafakkuri, ma`naviyatini shakllantirish, maqsad, vazifa,
vositalari yo’llarini izlab topish, hayotga joriy etish orqali hal etish mumkinligini
ta`kidlab kelmoqda. Zotan, yosh mustaqil mamlakatimizning kelajagi uchun
ma`naviyati yuksak, barkamol insonlar zarur.
Sharqona odob–axloq va umumbashariy g`oyalarni ongiga singdirib olgan
kishi yuksak ma`naviyatli, ya`ni ma`naviy barkamol, komil inson hisoblanadi.
Ma`naviy barkamollik insonning dunyoqarashi, e`tiqodi, ruhiyati, xulq–atvor
normalari, axloq–odobi bilan bevosita aloqadorligi bilan ajralib turadi. Ma`naviy
barkamol kishilar xalq taqdiri va farovonligi, vatan taqdiri va uning ravnaqini
o’ylaydilar. Ular muteliqda, qaramlikda yashashni istamaydilar.
Sog`lom deganda, biz faqatgina jisman baquvvat farzandlarimizni emas, balki
ma`naviy boy avlodni, aqliy rivojlangan, axloqiy pok, ma`rifatli farzandlarni,
avlodni tushunmog`imiz kerak. Bunday kishilar o’zlarida xalqimizning eng ardoqli
fazilatlari – iymon va insof, mehr–oqibat, shafqat va rahmdillik, uyat va andisha, or– nomus, o’zaro hurmat, yuksak Vatanparvarlik, eliga va xalqiga sadoqat kabi
qadriyatlarni va g`oyalarni mujassamlashtirgan bo’lishlari lozim.
Erkin fuqaro, ozod shaxs, barkamol inson haqida gap ketganda
quyidagi to’rt jihatga e`tiborni qaratish kerak, ya`ni har bir fuqaro:
– o’z haq–huququni taniydigan bo’lsin, buning uchun kurashsin;
– o’z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan bo’lsin, imkoniyatlarini ishga
solib, samarasini ko’rsin;
– atrofda sodir bo’layotgan voqea–hodisalarga mustaqil munosabat bildira
olsin;
– shaxsiy manfaatini mamlakat va xalq manfaati bilan uyg`un holda ko’rib,
faoliyat yuritsin.
Bular barkamol inson fazilatlari haqidagi aniq va to’liq ta`rifdir. Ma`naviy
barkamol inson shon–shuhrat, mansab, moddiy boylik ketidan quvmaydi, moddiy
qiyinchiliklarga duch kelganda qaddi bukilmaydi, ba`zan uyushtirilgan tuhmatu–
fitnalar uning ruxini tushira olmaydi. Demak, har qanday shum taqdir va qismat
pokiza, mard, ma`naviy barkamol inson ma`naviyatini buza olmaydi, balki
mustahkamlaydi, chiniqgiradi. Yuksak darajadagi ma`naviyatga ega inson –
fidoyilik, jasorat, mardlik, o’z xalqini sevish, Vatanni qadrlash, ajdodlaridan
faxrlanish kabi olijanob fazilatlari bilan ajralib turadi. Insonning insonligi, birinchi
navbatda uning ma`naviy–axloqiy jihatdan barkamolligi, pokligi bilan belgilanadi.
Ma`naviy–axloqiy barkamollikning asosiy qirralariga yuqorida aytilganlardan kelib chiqib, quyidagilarni kiritish mumkin: ota–onasi, farzandlari, qarindoshlari, xullas butun oila a`zolari, qo’ni–qo’shnilari, mahalla–ko’yi, qishloqdoshlari va butun mamlakat xalq farovonligi haqida qayg`urish; tevarak–atrofdagi insonlar unga kerak bo’lganligi singari, o’zi ham ularga kerakli bo’lishga intilishi; odob–axloqi, fe`l– atvorini yoqimli qilishni insoniy burch deb hisoblash; ota–bobolardan, ajdodlardan yodgor bo’lib qolgan madaniy merosni qadrlash; milliy qadriyatlarni e`zozlash va ularga sodiq bo’lib qolish; vatanparvarlik, xalqparvarlik, insonparvarlik tuyg`ularining barqaror bo’lishi; o’zaro muomala–munosabatda o’rnak bo’lishga moyillik, birovning og`irini engil qilishni odat qilish; umumxalq ma`qullagan va hukumat tomonidan qonuniy qabul qilingan Konstitutsiyani hurmat qilish va unga sadoqat namunalarini amalda ko’rsatish; Vatanni himoya qilish, boshqacha aytganda, harbiy–vatanparvarlik tuyg`ulari bilan yashash; diyonat va adolat, mexr– shafqat va ezgulikni himoya qilish; va`daga vafoli bo’lish va boshqalar kiradi.
Ma`naviy barkamol inson fazilatlarining asosiy qirralari izohi kelgusi
ma`ruzalarimizda bayon qilinishini nazarda tutib, ushbu ma`ruza doirasida ular
haqida to’xtashni lozim topmadik.
Ma`naviy–ma`rifiy barkamollikning qirralari va mezonlari qatoriga mustaqillik tafakkuri va milliy iftixor ham kiradi. Mustaqillik tafakkurini har bir kishida, ayniqsa Siz kabi talabalarda shakllantirish nihoyatda zarur. Toki, mustaqillik tafakkuri va milliy iftixor, g`urur bo’lmas ekan, fidokorlik, vatanparvarlik, millatparvarlik kabi xissiyotlar jo’sh urmaydi.
Ma`naviy–ma`rifiy barkamollikning qirralaridan biri milliy iftixordir. Milliy
g`urur bu milliy iftixordir. Milliy g`urur o’z xalqining bir necha ming yillar
davomida yaratib kelgan barcha moddiy va ma`naviy boyliklari, tarixiy merosi, urf– odaglari, an`analari, odob–axloqi, turmush tarzi, yuksak ma`naviyati, barcha tarixiy yutuqlari va saboklariga cheksiz hurmat va e`zoz bilan munosabatda bo’lish, avaylab–asrashdir.
O’z xalqining tarixini, milliy qadriyatlarini, tilini, istiqbol manfaatlarini
bilmagan, qadrlamagan, milliy mansubligini unutgan, o’z millatining istiqboli uchun qayg`urmaydigan, qurashmaydigan kishilarda milliy g`urur ham, millat bilan faxrlanish ham, millatparvarlik ham bo’lmaydi. Bunday kishilarni ma`naviy
barkamol inson deya olmaymiz.
SHunday qilib, yuqorida ma`naviy barkamol inson, uning mohiyati va asosiy
qirralarining ba`zi jihatlari ustidagina fikr yuritdik. Uning qolgan ba`zi qirralari
navbatdagi savol va ma`ruzalar bayonida yoritib boriladi.
Komil, barkamol insonni tarbiyalash, voyaga etkazish haqida musulmon
SHarqi axloqi tarixida inson hayoti uchun dasturulamal, qo’llanma vazifasini
o’tagan ko’p pandnomalar, xalq kitoblari mavjud bo’lgan. SHulardan ba`zilarini
sanab o’tamiz. CHunonchi, Kaykovusning «Qobusnoma», Sa`diyning «Guliston»,
«Bo’ston», Amir Temurning «Temur tuzuklari», Abdurahmon Jomiyning
«Bahoriston», Alisher Navoiyning «Mahbubul–qulub», Xusayn Voiz Koshifiyning
«Axloqi muhsiniy» va boshqalarni ko’rsatishimiz mumkin. Bu asarlarning
ko’pchiligida odil shoh va adolat, halollik, soflik, poklik, to’g`rilik, rostgo’ylik,
insonparvarlik, ma`rifatli bo’lish kabi insonning sharqona fazilatlari berilgan.
YUqoridagilarni hozirgi mustaqil hayotimiz, turmush tarzimiz, kishilarning,
ayniqsa, yoshlarning intilishlari bilan boglab komil inson chizgilariga quyidagi xislat va fazilatlar kirishini umumiy tarzda bayon etishimiz mumkin:
Komil insonning umumiy xislatlari:
Komil insonning axloqiy fazilatlari:
Ishbilarmonlik xislatlari:
Zukkolik, idroklilik fazilatlari:
Sobitlik xislatlari:
Extiroslilik xislatlari
Mustaqillik ruhida yangicha fikrlaydigan fozil, komil inson, eng avvalo,
fuqarolik burchini a`lo darajada his etaditgan shaxs bo’lishi darkor. Sodda qilib
aytganda, har qaysi komil inson, har birimiz: «SHu davlat, shu jamiyat menga nima berdi?» deb emas, balki: «Men o’zim Vatanimga, elu yurtimga nima berdim?» deb o’ylashimiz va har dam shu aqida bilan yashashimiz kerak.
l.2. AMIR TEMUR SHAXSI, TEMURIYLAR DAVRI IBRAT MAKTABI
SIFATIDA.
Davrga ta'sir etgan omillar yurtimiz tarixidagi zarhal harflar bilan bitilgan
ulkan xazinadir. Mamlakatimizning dunyoga mashhur bo'lishida, insonlar
tarbiyasida bu davr o'z rolini bajarmoqda va mustaqilligimizni mustahkamlashda,
xalqimizning milliy g'ururini shakllantirishda xizmat qilmoqda.
Har bir davrning moddiy va ma'naviy taraqqiyotga ta'sir etuvchi o'z omillari
bo'ladi. Temuriylar davri ma'naviyatining yuksalishiga ta'sir etgan omillar- IX-XII
asrlarda Markaziy Osiyoda ro'y bergan o'zgarishlar, buyuk Uyg'onish davri (Sharq
Renessansi) kashfiyotlari, ilm-fan sohasidagi katta o'zgarishlar, buyuk allomalar
Ibn Sino, Forobiy, Farg'oniy, Beruniy, Buxoriy, Bahouddin Naqshband va
boshqalarning asarlari, keyingi asrlardagi voqealardir .
Mutaxassis olimlarning fikrlariga qaraganda, mashhur shayx Bahouddin
Naqshband tariqati Amir Temur davri mafkurasi asosini tashkil etgan va u yuksak
e'tibor topganligi tasodifiy emas eqi. «Diling Allohda, qo'ling - mehnatda bo'lsin»,-
degan buyuk hikmat Amir Temur dunyoqarashiga mos edi.
Uzoq cho'zilgan vayronagarchilik, mislsiz urushlar bu o'lkada yagona va
qudratli davlat barpo etilishini hamda mamlakatda tinchlik va osoyishtalik
o'rnatilishini tarixiy zaruratga aylantirgan edi.
Avvalo, shuni aytish joizki, Chig'atoy avlodidan bo'lgan Tarmashirinxon
(l326-l334) o'ldirilgandan keyin Movarounnahrda beqarorlik kuchaydi. Lekin
chig'atoiylarning birontasining ham kuchayib borayotgan feodal tarqoqlikka
barham berishga kuchi yetmadi. Chig'atoy ulusi l0 ga yaqin mustaqil bekliklarga
bo'linib ketdi. Masalan, Kesh viloyatida Hoji Barlos o'zini hokim deb e'lon qildi.
Xo'jand va unga qarashli yerlarda amir Boyazid Jaloir mustaqillik e'lon qildi. Birbirlari bilan talonchilik urushlari boshlanib ketdi.
Mo'g'uliston xoni Tug'luq Temurxon (l336—l405) bu parokandalikdan
foydalanib, l360-yil fevralida sanoqsiz lashkar bilan Movarounnahrga bostirib
kirdi. Sayram mo'g'ulga qarshilik ko'rsatmay taslim bo'ldi. Sirdaryoning o'ng va
so'l tomonlari ham shu zaylda egallandi.
O'zini hokim, xon deb atagan boshliqlar ham qochib keta boshladi yoki
mo'g'ul qo'shinlariga qo'shildi. Lekin xalqqa qiyin bo'ldi. Mo'g'ullar l369-yilgacha
Movarounnahrda xo'jayinlik qilishdi. Urushlar, to'qnashuvlar hammaning tinkasini
quritdi. Vatan ozodligi va mustaqilligi yo'lida jonini tikkan yolg'iz Amir Temur
bo'ldi. U markazlashgan mustaqil davlatga asos soldi. Har qanday daylat o'z
faoliyatida ma'lum ijtimoiy guruhning maqsad ya manfaatlarini himoya qiladi.
Masalan, quldorlik daylati qul egalarining, feodal davlati yirik yer-suv hamda mulk
egalarining manfaatini himoya qiladi va hokazo. Temuriylar davlati ham
mulkdorlar hukmron bo'lgan daylat edi.
Amir Temur ko'p yillar dayom etgan feodal tarqoqlik va urushlar oqibatida
vayron bo'lgan xalq xo'jaligini tiklash, shaharlarni qayta qurish ya mamlakatni
obod qilishda zo'r tashabbus va jonbozlik ko'rsatdi. Masalan, Samarqand va
Banokat shaharlari l2l8-l2l9-yillarda mo'g'ullar tarafidan tamoman vayron
etilgan edi. Buxoro, Nasaf (Qarshi) va boshqa shaharlar ham nochor ahvolga tushib
qolgan edi. Shaharlarni tiklamasdan, obod qilmasdan turib mamlakatda
hunarmandchilik va savdo-sotiqni rivojlantirib bo'lmas edi.
Amir Temur hokimiyat tepasiga kelishi bilanoq shaharlarni tiklash va
obodonlashtirish ishiga astoydil kirishdi. Masalan, l37l -l372-yillarda poytaxt
Samarqandning buzilib ketgan hisori (qal'a) va uzunligi 70 chaqirim atrofida
bo'lgan devorini tiklatdi. O'shanda Shahriston (tashqi shahar) ya uning 6 darvozasi
(Shayxzoda, Ohanin, Feruza, So'zangaron, Korizgoh, Chorsu), 4 qavatli ikki ulkan
saroy - Ko'ksaroy va Bo'stonsaroy bunyod etildi, shahar ko'chalari ya bozorlari
obod qilindi.
Shohi Zindada O'ljoy Turkon og'o, Tug'luq Tegin, Qutlug' Turkon og'o,
Shirinbeka maqbaralari, xonaqoh va Chortoq qurildi. Temurning rag'bati bilan
Samarqand Chorsusida Tim va shaharning u boshidan bu boshigacha kesib o'tgan
shoh ko'cha, Ruhobod maqbaralari ham qurildi.
Sohibqiron Amir Temur o'z hayoti dayomida ko'plab shaharlar, masjid-u
madrasalar, maqbaralar, xonaqohlar, qal'a-qasrlar, bog'-rog'lar, sug'orish
inshootlari, rayon yo'llar, ko'priklar barpo ettirdi. Ularning, ba'zilarini o'g'illari,
nabiralari, saroy malikalari, islom rahnamolari nomi bilan atashga da'vat etdi.
Biroq barpo etilgan inshootlarning birontasiga ham Amir Temur nomi berilmadi.
Bunga uning o'zi xohish bildirmadi.
Amir Temur davrida Samarqand yangicha usulda qayta qurildi. Mo'g'ullar
hukmronligi davrida, ya'ni keyingi l40 yil davomida biron-bir katta bino
qurilmagan edi.
Amir Temur dunyo madaniyatiga, ma'naviyatiga beqiyos hissa qo'shgan
buyuk shaxsdir. Amir Temur qurdirgan Bibixonim masjidi (l404), Oqsaroy qasri
(l380-l404), Dorus-saodat maqbarasi (l380) oliy imoratlardir.
Amir Temur davrida bog' yaratish ishlari beqiyos rivojlandi. Bog'lar
xalqning urf-odatlari va mavjud sharoitdan kelib chiqib yaratilgan. Tadqiqotchi
O'.Alimov ta'kidlashicha, Sohibqiron Samarqand atrofida l2 ta bog'-saroy barpo
ettirgan. Bular Bog'i Naqshijahon, Bog'i Behisht, Bog'i Shohrux, Bog'i Dilkusho,
Bog'i Shamol, Bog'i Davlatobod, Bog'i Bo'ldi, Bog'i Maydon, Bog'i Baland, Bog'i
Chinor, Bog'i Jahonnamo, Bog'i Navbog'laridir. Bulardan tashqari mamlakatning
boshqa joylarida ham ko'plab bog'lar yaratilgan.
Amir Temur jismonan baquvvatligi va yuksak ma'naviyati bilan
odamlardan ajralib turadigan, har qanday odamning ruhiga ta'sir o'tkazadigan
hamda o'ziga bo'ysundiradigan buyuk shaxs edi. Angliyalik tadqiqotchi Xilda
Xukxemning fikricha, Amir Temur O'rta Osiyo o'tmish taraqqiyotida to'plangan
siyosiy, iqtisodiy va madaniy merosni o'zida mujassamlantirgan va bu madaniy
merosning davomchisi bo'lgan shaxsdir.
Amir Temurning avlodlaridan ko'pchiligi shunday obodonchilik ishlarini
davom ettirdilar. Mirzo Ulug'bek qurdirgan madrasalar, Husayn Boyqaro davrida
Alisher Navoiy boshchiligidagi obodonchilik ishlari, Boburiylar davridagi noyob
qurilishlar bunga misol bo'la oladi.
Amir Temur o'z ulkan saltanatini Boshqaruvini ulus-ulus qilib idora qilgan.
Movarounnahrdan boshqa barcha o'lka va mamlakatlarni u 4 ulusga bo'lib, o'g'il,
nabiralariga taqsimlab bergan. Ulus hokimlari mustaqil hukmdorga o 'xshardi.
Ularning o'z devonlari, xazinasi va qo'shini bo'lgan. Lekin ular ulusning
muhim ishlarini otasi va markaziy hukumat bilan kengashib qilishardi. Ayni
mahalda Amir Temur ularning yonida o'zining ishonchli odamlarini tutardi.
Ulus hokimlari xirojning bir qismini markaziy davlat xazinasiga jo'natib
turishlari shart edi va zarur bo'lib qolsa, otasi yoniga qo'shin bilan borib, xizmat
qilishga majbur edi.
Amir Temur markaziy davlat tizimini ixcham va ishchan qilib tuzdi, bunda
songa emas, sifatga e'tibor berdi.
Davlat siyosatini belgilashda va uni amalda hayotga tatbiq etishda
naqshbandiya tariqati g'oyalarini ifodalovchi «rosti-rusti» qoidasi asos qilib olindi.
Sohibqiron bu g'oyani takomillashtirib, «Kuch- adolatdadir» degan mashhur
hamda shu davrgacha davlatlar tajribasida ommaviy qo'llanilmagan qoidani kashf
etdi. Davlat ishiga iymonli, diyonatli kishilami o'tqazdi. Davlatni boshqarishni 4
omilga bog'liq deb bildi: l. Saltanat. 2. Xazina. 3. Qo'shin (sipoh masalasida). 4.
Raiyat (qora xalq). Saltanatni yuritishda vazirlar masalasiga e'tibor qaratildi. Vazir
4 sifatga ega bo'lishi shart bo’gan. Bular: l) asllik va toza nasllik; 2) aql- u
farosatlilik; 3) raiyat va sipoh ahvolidan boxabarlik; 4) sabr-toqatlilik va
tinchliksevarlik. Amir Temur tuzgan markaziy davlat tizimini bor-yo'g'i 7 vazir
boshqargan: l) mamlakat va raiyat vaziri (vaziri a'zam -Bosh vazir); 2) sipoh vaziri
(sipohning ta'minoti va uning umumiy ahvoli); 3) moliya ishlari vaziri (egasiz davlatga qarashli yer-suv va mulk; 4) saltanat ishlarini yurituvchi vazir (kirim l6
chiqim masalasida); 5) adliya ishlari vaziri bo'lib qozilar devonga rahbarlik qilgan;
6) devoni mushrifga rahbarlik (voqea-hodisalardan xabardorlik); 7) xorijiy
mamlakatlar bilan bo'ladigan munosabatlarga mutasaddilik. Amir Temur saltanatni
boshqarishda kengash, mashvarat va maslahatga alohida e'tibor bergan. Kengash bu yaqin, ishonchli odamlar bilan muhim davlat ishlari yuzasidan qilinadigan
maslahat, yig'ilish. Mashvarat esa mashoyix, ulamo, fuzalo, vuzaro va boshqa
arkoni davlatni to'plab qilinadigan yig'ilish. «Garchi ishning qanday yakunlanishi
taqdir pardasi ortida yashirin bo'lsa-da, - deydi u, -aqli raso va hushyor kishilardan
kengash-u tadbir istab, fikrlarini bilmoq lozim». «Davlat ishlarining 9 ulushini, -
deydi u, - kengash, tadbir va mashvarat bilan, qolgan bir ulushini qilich bilan hal
qildim».
Amir Temur el-yurtni o'z tasarrufiga olish va itoatda tutish uchun l2 tuzuk
tuzdi:
l) Podshohlar bir so'zlik bo'lishi va aytgan so'ziga amal qilishi, belgilangan har bir
ishini bilib qilishi lozim.
2) Har bir ishda adolatpesha bo'lishi, atrofida ham shunday kishilarni tutishi zarur .
3) Ne ishniki qilar bo'lsa, o'zi hukm chiqarsin.
4) Biror ishga azmu qaror qilar ekan, qarorida qattiq tursin.
5) Oning amr-u farmoni hamma uchun vojib bo'lsin.
6) Podshohlik ishlarini biron boshqa kimsaga ishonib berib qo'ymasin.
7) Ne ish qilmoqchi bo'lsa, boshqalar bilan kengashsin, lekin maslahatning
foydalisini olsin.
8) Saltanat, raiyat va Sipoh ishlarida yaxshi-yomon gaplar eshitsa, haqiqat qilib,
shoshmasdan, mulohaza bilan hukm chiqarsin.
9) Sipoh va raiyat oldida o'zini haybatli va jiddiy tutsinki, hech kim bo 'yin tovlash
va gap qaytarishga jur'at etolmasin.
l0) Raiyat, xazina, lashkar va saltanat podshohning hukmi ostidadir, u buni doimo
esda tutmog'i lozim.
ll) Saltanatni idora qilishda boshqani o'ziga sherik qilmaslik kerak.
l2) Ahli kengashdan ogoh va hushyor bo'lmog'i olzim, chunki ko 'pincha ayb
axtaradilar va uni tashqariga tashiydilar .
Amir Temur tuzgan bu davlat barcha ijtimoiy tabaqalarga suyangan va
qonun asosida boshqariladigan yangi bir davlat edi. «Saltanatim binosini, -deb
yozadi Amir Temur, - dini islom, to'ra va tuzuk (qonun-qoida) asosida
mustahkamladim. Saltanatimni boshqarishda uchragan har qanday ishni tuzukka
binoan qildim».
Temurdan keyingi uning izdoshlari ham boshqaruv san'atiga amal qilib,
uni takomillashtirishdi. Ayniqsa, Mirzo Ulug'bek davrida bu narsa yaqqol
ko'rindi.
Movarounnahrning qadimiy iqtisodiy, madaniy shuhratini tiklash yillarida
uning ma'naviy salohiyati yanada kamol topdi va ijtimoiy hayotda to'laligicha
namoyon bo'ldi. Shuning uchun ham mamlakat ijtimoiy hayotining barcha
tomonlari, davlat idora tizimi, iqtisodiy, moliyaviy, dehqonchilik,
hunarmandchilik, savdo, madaniyat, fan, me'morchilik, harbiy masalalar, xalqaro
aloqalar, islom dini, shariat va boshqa sohalar maqsadga muvofiq rivojlandi.
Amir Temur davlatni boshqarishda, uning ichki va tashqi siyosatini belgilashda,
xalq ommasi, mansabdor shaxslar, olim-u fuzalolar, islom rahnamolariga
munosabatda Allohga, iymonga, tafakkurga, kitobga va eng so'nggi chora
sifatidagina qilichga asoslanib ish yuritdi, hukm chiqardi. Demak, Amir Temur
buyuk davlat arbobi va yuksak ma'naviyatga ega bo'lgan dono hukmdor bo'lib,
ham siyosiy, ham ma'naviy jihatdan juda katta tarixiy ahamiyatga egadir. Zero:
l. Amir Temur XIV asrdayoq mamlakat va mintaqalararo munosabatlarni
chuqurlashtirib, yagona iqtisodiy makonga birlashtirishga harakat qildi.
Integratsiyani ishlab chiqib, Buyuk Ipak yo'li o'tgan .mamlakatlar o'rtasida
madaniyatlar muloqotini boshlab berdi.
2. Amir Temur davlat tizimi va boshqaruvni tashkil etishda o'ziga xos maktab
yaratdi, adolatli jamiyat qaror toptirishda qonun ustuvorligiga rioya qildi.
3. Amir Temur davlatchilik tamoyillarini rivojlantirdi, uni aql -idrok salohiyatiga
tayanib, taktik va strategik asosda shakllantirdi; l8
4. Amir Temur saltanati ma 'naviyat va oliy darajadagi
madaniyatga yo'g'rilgan saltanat edi.«Temur tuzuklari».
Amir Temur ma'naviyat masalalari tomomdan XIV-XV asrlarda yozilgan
bo'lib, dastlab turk tilida chop etilgan. l783-yilda ingliz tilida nashr qilingan.
Birinchi marta o'zbek tiliga l967-yilda forschadan tarjima qilingan.
«Temur tuzuklari»da Amir Temur, Movarounnahrning l342-l405-yillar
orasidagi ijtimoiy-siyosiy ahvoli, qo'shni mamlakatlar va xalqlar bilan bo'lgan
o'zaro munosabatlar haqida hikoya qilinadi. «Temur tuzuklari»da Amir Temurning
asosiy doktrinasi -jamiyatga, ijtimoiy-siyosiy hayotga qarashi, birlashgan qudratli
feodal davlatning siyosiy va axloqiy tamoyillari Jfodalangan. «Temur tuzuklari»
podshohlarning turish-turmushi va odob-axloq me'yorlarini belgilovchi risoladir.
Asar 2 qismdan iborat.
Birinchi qismda jahon tarixida mashhur fotih, sarkarda va iste'dodli davlat
arbobi sifatida nom qoldirgan Amir Temurning 7 yoshidan to vafotiga qadar
kechgan hayoti va ijtimoiy-siyosiy faoliyati, aniqrog'i, uning Movarounnahrda
Markaziy hokimiyatni qo'lga kiritish, feodal tarqoqlikka barham berish va
markazlashgan davlat tuzish, qo'shni yurt va mamlakatlarni, masalan, Eron hamda
Afg'onistonni o'z tasarrufiga kiritish, oltin O'rda hukmdori To'xtamishxon (l376-
l395), butun Yevropaga qo'rquv va dahshat solgan Turkiya sultoni Boyazid
Yildirim (l389-l402) ga qarshi va, nihoyat, buyuk jahongirning Ozarboyjon,
Gruziya va Hindistonga qilgan harbiy yurishlari ixcham tarzda bayon etilgan.
Ikkinchi qism jahongirning nomidan aytilgan va uning toj-u taxt vorislariga
atalgan o'ziga xos vasiyat va pand-nasihatlaridan iborat. Unda davlatni idora
qilishda kimlargtayanish, boshliqlarni saylash, sipohiylarning maoshi,
mamlakatlarni boshqarish tartibi, davlat arboblari va boshliqlarning burch va
vazifalari, amirlar, vazirlar va boshqa mansabdorlarning toj-u taxt oldidagi alohida
xizmatlarini taqdirlash tartibi va boshqalar xususida gap boradi.
Amir Temur davlatni boshqarishda o'zidan avval o'tgan hukmdorlardan farq
qilib, davlat va mamlakatni boshqarishda l yoki 2 tabaqaga emas, balki aholining l
barcha tabaqalariga suyandi. «Temur tuzuklari»da aytilishicha, davlat asosini l2
ijtimoiy toifa tashkil qiladi:
l) sayyidlar (payg'ambar avlodlari), ulamo, mashoyix, fozil kishilar;
2)ishbilarmon, donishmand kishilar;
3) xudojo'y, darvesh, qalandarlar;
4) no'yonlaramirlar, ya'ni harbiy kishilar, mingboshilar;
5) sipoh va raiyat;
6) maxsus ishonchli kishilar;
7) vazirlar va sarkotiblar;
8) hakimlar va tabiblar, munajjimlar vamuhandislar;
9) tafsir va hadis olimlari;
l0) ahli hunar va san'atchilar, hunarmand, kosiblar;
ll) so'fiylar;
l2) tojir (savdogar) va sayyohlar xorij bilan savdo-sotiq.
Uning taqdirini 3 narsa: podshoh, xazina va askar hal qiladi. Qo'shin, asosan, o'n,
yuz, ming va tumanga bo'lingan, o'n kishilik harbiy bo'linma tepasida turgan
bosviq- o'nboshi, shuningdek... yuzboshi, mingboshi, tuman boshlig'i, no'yon deb
atalgan. Asarda ularning haqhuquqlari, oylik maoshi ham aniq ko'rsatilgan.
Masalan, oddiy sipoh mingan otining bahosi baravarida, bahodirlar 2-l4 ot
baravarida va h.k. maosh olishgan.
«Temur tuzuklari»da qilich chopishda o'zini ko'rsatgan bahodirlar l -marta
o'nboshi, 2-marta o'zini ko'rsatsa - yuzboshi, 3-marta esa mingboshi etib
tayinlansinlar, deyilgan. Jang va xizmatda o'zini ko'rsatgan amirlar
rag'batlantirilgan. Qaysi bir amir qo'shin bilan mamlakatni olsa, 3 narsa- imtiyoz
bilan siylangan. Unga: l) tug', nog'ora va bahodirlik martabasi;- 2) davlat
kengashlariga bemalol kirish huquqi; 3) biron sarhadning noibligi berilgan. Temur
tuzgan qo'shin o'zining strategik va taktik mahorati bilan o'sha davrning eng
mukammal va kuchli armiyalaridan hisoblangan. «Temur tuzuklari»da o'sha
qo'shinning tuzilishi, qurollanishi, harbiy san' ati haqida muhim ma'lumotlar
keltirilgan. Qo'shinning harbiy tayyorgarlik darajasi Temuriy shahzodalardan
Husayn Boyqaro va Bobur davrida yanada takomillashdi. Boburning buyuk
yurishlari bobokalonining taktikasini yaxshi o'zlashtirib, uni davrga moslab
rivojlantirganiga yaxshi misoldir .
Amir Temur davlatida asasiy qanun vazifalarini bajargan musulmon huquqi
islam ta'limatiga asaslangan. Imam Buxariy, Termiziy, Bahauddin Naqshband,
Ahmad Yassaviy, Burhaniddin Marg'inaniylarning asarlarida Qur'an ta'rifi bilan 20
birga musulmon huquqi sharhi berilgan. Shariat - keng va mukamma ishlangan
huquq qomusi, unda turmushning turli-tuman sahalari: diniy- oilaviy, xalqaro,
fuqarolik, jinoiy, axloqiy normalar ifodalangan.
Shariatda huquq ilmi yaxshi ishlangan bo'lib, u asasan: I) diniy qoidalarni,
mohiyatni o'rganuvchi va 2) tarkibiy huquq ilmining turli sohalariga tegishli
bo'lgan qoidalarni o'rganuvchi ikki qismdan iborat. Unda davlat va huquqning
paydo bo'lishi va mohiyati ilohiy kuchga bog'langan holda o'rganiladi. Davlat va
qonunlarni yaratuvchi Alloh bo'lsa, uning yerdagi vakili davlat boshlig'i - shohdir.
Bu qoidaga, asosan, avval ilohiy qonunlarning mavjudligi va undan kelib
chiqadigan, inson tomonidan qabu qilingan qonunlar to'g'risidagi g'oyalar
o'rganiladi.
Amir Temur shaharlarda ilm-fan, madaniyatni rivojlantirish uchun ko'plab
ilmiy muassasalar qurishga amr qilgan. Madrasalarda diniy fanlar bilan baravar
matematika, me'morchilik, astronomiya, adabiyot, tarix, musiqa kabi fanlarning
o'qitilishiga alohida e'tibor berilgan. «Temur tuzuklari»da aytilishicha,
musulmonlarga diniy madrasalarda ta'lim berish, shariat aqidalari va islom dini
ilmlari: tafsir, hadis, fiqhdan dars berish uchun sohibqiron tomonidan har bir
shaharga olimlar va mudarrislar tayin qilingan. Talabalarga o'z davrining yirik
allomalari dars berganlar. Madrasa mudarrislariga ko'p maosh to'langan, ular
farovon hayot kechirganlar. «Temur tuzuklari»da «Sayyidlar, ulamoyu mashoyix,
oqilu donolar, tarixchilarni e'tiborli kishilar hisoblab, hurmatlarini joyiga qo'ydim.
Ular bilan qimmatli fikrlashdim»,- deb yozadi.
Garchi Turon zaminida olimlar, muhandislar, ustalar yetarli bo'lsa-da,
Amir Temur Hindiston, Iroq va Erondan ham olim-u fuzalolarni Samarqandga olib
kelgan. Amir Temur qaysi mamlakatni egallasa, uning noyob o'ljasi shu
o'lkaning rassomlari, mohir ustalari hisoblangan. U o'sha yerlik olimu
ulamolarga mehribonlik ko'rsatgan. Albatta, bu tadbirlar juda yaxshi natijalarga
olib kelgan. Xilda Xukxemning e'tirof etishicha, «Temur dunyoga kelgan yurtda
falsafa, tibbiyot, matematika, astronomiya, geografiya, tarix, adabiyot sohalarida
0lamshumul asarlar yaratildi. Bu asarlar keyinchalik Yevropa Uyg'onish 2l
davriga turtki bo'ldi va Yevropa ,fanining uzoq asrlar davomidagi taraqqiyotiga
asos bo'lib xizmat qildi. O'n beshinchi asrni Temuriylar Renessansi davri deb
atash mumkin». Temur davridagi ilm-fanga g'amxo'rlik Ulug'bek davriga kelib
o'z mevasini berdi va Samarqandni dunyoga mashhur qildi. O'n yettinchi asrga
kelib Angliya qirolligining birinchi astronomi Ulug'bekning «Zijijadidi
Ko'ragoniy» asaridan foydalangan.
Temuriylar davri ma'naviyatining buyuk namoyandasi, shubhasiz, Alisher
Navoiydir. Navoiy maktabi noyob hodisa bo'lib, hozirgacha dunyoni l0l q0ldirib
kelmoqda. Albatta, buyuk insonlar komillik cho'qqisiga osonlikcha erishganlari
yo'q. Ular turli qiyin bosqichlardan o'tganlar. O'tmishda ma'naviy kamolotga
intilgan shogirdlar (muridlar) o'zlarini tamomila ustoz (murshid) ixtiyoriga
topshirganlar. Shogird faqatgina ixlos va sadoqat ila komil ustoz tarbiyasida
yetuklikka erishishi, ilm cho'qqilarini zabt etishi, qabihlik va razolatga yetaklovchi
shayton vasvasalaridan saqlanishi mumkinligi haqida «Turkiston mulkining
shayxul mashoyixi» (Alisher Navoiy) bo'lgan Ahmad Yassaviy quyidagi hikmatni
bejiz ijod qilmagan:
Piri mug'on xizmatida yugurib yurdim,
Xizmat qilib, ko 'zim yummay hozir turdim.
Madad qildi, Azozilni kovlab surdim,
Andin so'ngra qanot qoqib uchdim mano.
Talabalikning dastlabki davrida ustoz talabada mavjud g'ururni sindirishga
harakat qilgan. Shogirddagi mag'rurlik illatini bartaraf etmoq maqsadida ustoz
eng past, kishilar xazar qiladigan ishlarni bajarishni ham shogirdlariga buyurgan.
Jumladan, ulug' mutafakkir Jaloliddin Rumiy ustozlari ila masjid va madrasa
hojatxonalarini poklashgan. Abu Rayhon Beruniy kutubxonadagi kitoblardan
foydalanmoq uchun masjid hovlisini har kuni supurib-sidirgan. So'fi Olloyor
tavbasining ijobati uchun kishilarning tahoratiga xizmat qilgan. Bu xil allomalar
ustozlar tomonidan buyurilgan ishni bajarmasliklari mumkin emas edi. Aynan shu
xil riyozatlar chekilgani tufayli g'ururi singan, xudbinlik urug'i qurigan va
oqibatda nafsiy illatlardan forig' bo'lib, komillikka intiluvchi inson qolgan. Yuzaki
qaraganda, murshid shogirdiga jabr qilgandek tuyuladi. Lekin bu «jabr» muridni
tarbiyalash va chiniqtirish uchun juda zarur ekan. Shu sabab «Ota mehridan -ustoz
jabri afzal» , degan purma'no maqol yaratilgan. Bunga monand Amir Temur: «Piri
komil shayx Bahouddin Naqshbandiyning: «Kam yegin, kam uxla, kam gapir» ,
degan pand- u nasihatlariga amal qildim. Arkoni davlatga, barcha mulozimlarga
ham aytar so'zim shu bo'ldi: «kam yenglar -ocharchilik ko'rmaysizlar, boybadavlat yashaysizlar, kam uxlanglar -mukammallikka erishasizlar, kam
gapiringlar dono bo'lasizlar.
Amir Temur XIV asrda buyuk Temuriylar davlatiga asos soldi. l,5 mln. kv.
km. hududda- O'rta Osiyo, Qozog'iston, Shimoliy Kaspiy, Shimolda Ural, G'arbda
Sibir, Kustanay soyliklari, Sharqda Markaziy Qozog'iston va Tyanshan janubiy
etaklari, Pomir tog'liklari, Kopetdog' oldi hududlarida o'z imperiyasini tuzdi. 27 ta
podshohlikni egalladi
Amir Temur Xitoy chegaralaridan boshlab to Sharqiy Rum va Misr
yerlarigacha bo'lgan hududlarni islom bayrog'i ostida yagona davlatga birlashtirdi.
Sohibqiron tomonidan barpo etilgan markazlashgan mustahkam davlat qariyb l,5
asr o'z kuchini ko'rsatdi. Bu esa uning adolat va shariat asosida qurilgani,
ustozlari, pirlari Tayobodiy, Sayyid Mir Kulol, Sayyid Barakalar o'gitlariga amal
qilgani bilan izohlanadi.
Temuriylar mamlakatni 3 asrga yaqin boshqardilar. Amir Temurning tarixiy
xizmati shundaki, uning harakatlari tufayli Osiyo va Yevropa davlatlari tarixda
birinchi marta yagona jug'rofiy-siyosiy makonda ekanliklarini his etdi. Umuman,
Amir Temurning jahon madaniyati siyosiy va ma'naviy hayotida tutgan o'rni va
tarixiy ahamiyati quyidagilardan iborat:
Birinchidan, Amir Temur XIV asrdayoq mamlakatlararo va mintaqalararo
munosabatlarni chuqurlashtirish asosida insoniyat taraqqiyotini jadallashtirish
zaruriyat ekanligini ko'rsatib berdi
Ikkinchidan, u mamlakatning kuchayib ketgan feodal tarqoqligiga barham
berib, el-yurtni o'z tug'i ostiga birlashtirdi, markazlashgan yirik feodal davlatga
asos soldi. Bu bilan ziroatchilik, hunarmandchilik, savdo-sotiq va madaniyat
rivojiga mustahkam zamin yaratdi
Uchinchidan, Amir Temur davlat tizimi va boshqaruvini tashkil etishda
o'ziga xos maktab yaratdi. Hammaning qonun oldida tengligi va qonun
ustuvorligini ta'min etishi uning buyuk xizmatidir .
To'rtinchidan, Amir Temur bir qator xalqlar va yurtlarga mustamlakachilik
zulmidan ozod bo'lishda yordam berdi. Masalan, o'sha davrning eng qudratli
podshohlaridan hisoblangan Boyazid Yildirimni tor-mor qilib (l402), Bolqon
yarim orolidagi xalqlar va mamlakatlarni turklarning istibdodidan qutqardi.
Beshinchidan, Turkiston zaminini ziroatchilik, hunarmandchilik, ilm-fan va
madaniyat rivojlangan ilg'or mamlakatga aylantirdi. O'z umrining ko'p qismini
Amir Temur hayotini o'rganishga bag'ishlagan pokistonlik tadqiqotchi Ahmad
Doniy: «Hozirgi zamon tarixi Amir Temurning buyuk shaxsiga yetarli e'tibor
bermadi. U Osiyoda turk islom yuksalishiga asos soldi. Tarix uning ilmi amali
bilan tenglashadigan boshqa bir muqobil hodisani bilmaydi»,- deb yozadi.
Amir Temur shaharlarda ilm-fan, madaniyatni rivojlantirish uchun ko'plab
ilmiy muassasalar qurishga amr qilgan. Madrasalarda diniy fanlar bilan baravar
matematika, me'morchilik, astronomiya, adabiyot, tarix, musiqa kabi fanlarning
o'qitilishiga alohida e'tibor berilgan. «Temur tuzuklari»da aytilishicha,
musulmonlarga diniy madrasalarda ta'lim berish, shariat aqidalari va islom dini
ilmlari: tafsir, hadis, fiqhdan dars berish uchun sohibqiron tomonidan har bir
shaharga olimlar va mudarrislar tayin qilingan. Talabalarga o'z davrining yirik
allomalari dars berganlar. Madrasa mudarrislariga ko'p maosh to'langan, ular
farovon hayot kechirganlar. «Temur tuzuklari»da «Sayyidlar, ulamoyu mashoyix,
oqilu donolar, tarixchilarni e'tiborli kishilar hisoblab, hurmatlarini joyiga qo'ydim.
Ular bilan qimmatli fikrlashdim»,- deb yozadi.
Yangi zamonning boshqa ko‘pgina tarixchilari kabi Gibbon, SHlosser, Veber
ham (manbalardagi ma’lumotlarga ergashib) Amir Temur zamonidagi harbiy
yurishlar shiddatli bo‘lganini qayd etdilar.
XIX asrning birinchi yarmida Peterburgda xizmat qilgan fransuz sharqshunosi
M.SHarmua Amir Temurning l39l yildagi To‘xtamishga qarshi yurishini batafsil
yorituvchi katta asar tayyorlab, nashr qildi. SHarmua o‘sha paytda Nizomiddin
SHomiyning Fransiyada hali ma’lum bo‘lmagan kitobidan tashqari, shu masalaga
oid bir qancha manbalarga tayandi. SHarmua bu asarlarni fransuz tiliga tarjima
qildi. SHarmuaning kitobi l39l yilgi yurish tarixini o‘rganish uchun hozir ham o‘z
ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q.
Ko‘pgina rus tarixchi olimlari, shu jumladan T.M.Granovskiy (l8l3—l855)
ham Amir Temur shaxsiga qiziqdilar.
Granovskiy «jahon tarixining buyuk arboblari»dan biri bo‘lgan Amir Temur
«Horib-charchash nimaligini bilmaydigan faoliyat sohibi» ekanini to‘g‘ri ta’kidlab
o‘tdi, biroq ayni vaqtda Amir Temurning «muayyan va aniq idrok etilgan siyosiy
maqsadi bo‘lmagan edi», degan noto‘g‘ri fikrga bordi, bu fikr Sohibqiron tarjimai
holining haqiqiy voqealariga mos kelmas edi.
Taniqli rus tarixchisi S.M.Solovev (l820 — l879) ham Amir Temur shaxsiga
e’tibor bilan qaradi. Uning ta’kidlashicha, Amir Temurning harbiy qo‘shinlari o‘jar
va betayin To‘xtamishga qarshi kurashda «Rossiya hududlariga kirib, Eletsni
ishg‘ol qildi». Solovev XIV asr o‘rtalarida tarix sahnasida paydo bo‘lgan Amir
Temur «l37l yilda Kaspiy dengizidan Manjuriyagacha bo‘lgan erlarni qo‘lga
olganligi»dan iborat unutilmas voqeani ta’kidlab o‘tadi. Uning tan olishicha, Amir
Temur tomonidan tor-mor etilgan Oltin O‘rda uzoq vaqtgacha Moskva knyazligiga
xavf sola olmadi.
M.I.Ivaninning o‘z zamonasi uchun juda mufassal, lekin endilikda eskirib
qolgan asarini ham tilga olish joiz. U Amir Temur sarkaryalik san’ati asoslarini
manbalar va qo‘llanmalar asosida mufassal bayon etishni maqsad qilib olgan edi.
Akademik V.V.Bartold2 ilmiy merosida Amir Temur va o‘sha zamon haqidagi
ma’lumotlar juda ko‘p. Bu ma’lumotlar uyg‘unlikda kattagina bilim xazinasini
tashkil etadi.
Amir Temur haqidagi adabiyotda uning shaxsiga xos qiziquvchanlik, olimlarga,
adabiyot va san’at arboblariga homiylik, shatranj o‘yiniga qiziqish, tashqi va ichki
siyosat masalalaridan xabardorlik kabi fazilatlar tez-tez ta’kidlab o‘tiladi.
Sohibqironning bu muhim jihatlari V.V.Bartold tomonidan lo‘nda, aniq va ifodali
tarzda aks ettirilgan.
«Temur, — deb yozgan edi V. V. Bartold, —- o‘z ona (turkiy) tilidan tashqari
fors tilida ham so‘zlashar, olimlar bilan suhbatlashishni, ayniqsa tarixiy asarlarni
o‘qitib tinglashni yaxshi ko‘rar edi; o‘zining tarix sohasidagi bilimlari bilan musulmon tarixchilarining eng buyugi bo‘lmish Ibn Xaldunni hayratga soldi; Amir
Temur o‘z jangchilarining ruhini ko‘tarish uchun tarixdagi shavkatli va afsonaviy
qaxramonlar haqidagi rivoyatlardan foydalanardi... Temur harbiy kuchlar tashkil
etilishining barcha ikir-chikirlarini shaxsan surishtirib turar, dushmanlarning kuchi
va ular o‘lkasining ahvoli haqida batafsil ma’lumot olar edi. Amir Temur- ning
shaxsan ishtirokida bunyod etilgan imoratlar noyob badiiy did bilan bino qilingani
sezilib turibdi...»
Olimning yana bir xulosasi dikkatga molikdir: Amir Temur musulmon
ruxoniylariga nisbatan «avvalo siyosiy mulohaza bilan ish tutar edi. Amir Temur
dindorlarga sirtdan izzat-ikrom ko‘rsatar, diniy mol-mulkni boshqarishga
aralashmas... o‘z fuqarolari din aqidalariga rioya etishlari haqida g‘amxo‘rlik qilar
edi... Ammo xarbiy kurilish va aholining turmushi faqat qonunlar bilan belgilanar
edi».
Amir Temur davlatda tartib bo‘lishi g‘oyalarini ilgari surganligini,
Movarounnahr aholisining farog‘ati uchun shunday bo‘lishi zarur ekanini va birbiriga dushman bo‘lgan mayda hukmdorlar mavjudligi sharoitida bunga erishib
bo‘lmaydi, deb hisoblaganini ham Bartold ta’kidlab o‘tadi.
Amir Temur «serg‘ayrat quruvchi» bo‘lga- nini Bartold bir necha bor ta’kidlab
o‘tdi. U go‘zal bog‘lar bilan kurshalgan muhtasham binolar bunyod etdi, shahar va
qishloqlarni qayta tikladi, ariq va zo- vurlar qazdirdi va ularni tuzattirdi; rasmiy
tarixdagi (SHarafuddin Ali YAzdiy asaridagi) iboraga ko‘ra, u biron-bir ekin ekish
mumkin bo‘lgan erlarning bo‘sh yotishiga yo‘l qo‘ymas edi. Matnning ruhiga
qaraganda, bu o‘rinda Bartold ayni Movarounnahr erlarini nazarda tutgan bo‘lsa
kerak. Ammo boshqa bir o‘rinda Bartold «Temur o‘zi tug‘ilib o‘sgan
Movarounnahrdagina emas, Xurosonda ham, Mug‘on dashti va Kobul havzasi kabi
olis joylar- da ham ulkan sug‘orish inshootlari qurdirganini» ta’kidlab o‘tadi
(SHarafuddin Ali YAzdiy va G‘iyosiddin Alining asarlarida ham shu fikr
uchraydi.
Amir Temur barpo etgan saltanat uning vorislari davrida unchalik uzoq davom
etmaganligi xususida fikr yuritilganda V.V.Bartoldning sezgirlik bilan qilgan
kuzatuvi diqqatga sazovordir. V.V.Bartold SHarq turmushi faqat sulolalar
tarzigagina bog‘liq, degan fikrni eskirib qolgan va noto‘g‘ri deb hisoblaydi va
«SHarqda ham, G‘arbda ham vayrongarchiliklarga ancha murakkab bahonalar
sabab bo‘lganligi allaqachon aniqlangan», degan fikrni bildiradi.
Turkistondagi davlatchilik tarixi yuzasidan V.V.Bartold tuzgan va shu
vaqtgacha e’lon qilinmay qolgan matnning Amir Temurga bag‘ishlangan uchinchi
qismi alohida ahamiyatga molikdir. Unda l370 yilgi qurultoy, Temurning olib
borgan urushlari va ularning ahamiyati; mamlakat iqtisodiy salohiyati, madaniyati
va san’atining rivojlanishi, savdo-sotiq, aloqa yo‘llari va sug‘orish inshootlari
xaqidagi g‘amxo‘rlik, mamlakatni idora qilish sohasida Amir Temur tomonidan
rivojlantirilgan boshqaruv usullari; davlat hokimiyati tuzilmasida aks ettirilgan
ijtimoiy shart-sharoitlar; ruxoniylar va savdogarlarning roli (dehqon qatlamlari)
kabi masalalar qamrab olingan.
A.YU.Yakubovskiyning Amir Temurga bag‘ishlangan asari birinchi marta
l946 yilda bosilib chiqdi2. U Sohibqiron- ning dovyuraklik, saxiylik, odamlarning
yaxshi xislatlarini sezish, o‘ziga kerakli yordamchilar tanlay olish, rahbarlik qila
olish kabi fazilatlarini alohida uqtirib o‘tadi. U Movarounnahrning barcha
hukmdorlari orasida birinchi va yakkayu yagona hokim bo‘lib olgach, ayrim
joylarda itoatsiz va jangari hokimlarga qarshi kurashni kuchaytirdi, «ko‘pgina
shaharlarning aholisi va dehqonlar, shunggngdek, musulmon ruhoniylarning
namoyandalari uning bu ishini bajonu dil qo‘llab-quvvatladilar».
Yakubovskiyning ta’kidlashicha, Amir Temur «katta miqyosda hukmdor
sifatida savdo-sotiqning foydali ekanini yaxshi tushunar», «dunyo karvon savdosi yo‘llarida xukmronlik qilishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan edi». U Oltin
O‘rdani uzil- kesil tor-mor etganida, shu niyatni ko‘zlagan edi.
Zo‘r tashkilotchilik iste’dodiga va bu- kilmas irodaga ega bo‘lgan Amir Temur
«tom ma’noda o‘z davrining farzandi edi». Amir Temur bepoyon feodal saltanatni
bar- po etish bilan birga uni mayda er-mulklarga (suyurg‘ol tizimi) parchalab
tashladi. Faqat Movarounnahrgina (Farg‘onadan tashqari) bulinmadi, bu erda
ma’muriy birliklar (tumanlar) saqlanib qoldi.
Amir Temurning harbiy iste’dodi «ikki sohada: qo‘shin tashkilotchisi va
sarkarda sifatida namoyon bo‘ldi».
Siyosatchi sifatida Amir Temur ayniqsa amaliy foyda keltirishi mumkin
bo‘lgan bilimlarni qadrlar edi. Hukmdorning musulmon ruhoniylari bilan do‘stona
munosabati uning mashhur bo‘lishiga ko‘maklashdi.
A.YU.YAkubovskiyning pirovard xulosasi shundan iboratki, Markaziy Osiyoda
Amir Temur faoliyati «ko‘pgina ijobiy jihatlarga ega edi. U feodal
boshboshdoqliklarni va feodal parokandalikni tugatingga intildi, katta qurilish
ishlari olib bordi».
A.YU. YAkubovskiyning Amir Temur shaxsi va faoliyati xususidagi fikrlari,
V.V.Bartoldning qarashlari kabi, zamonamizdagi, shu jumladan, g‘arbdagi «Temur
tarixnavisligi»ga kattagina ta’sir o‘tkazdi.
Biroq A.YU.YAkubovskiy tomonidan Amir Temurning Movarounnahrdan
xorijga yurishlari «bosqinchilik maqsadini ko‘zlar edi» deb baxolanishi uning XIV
asr oxiri va XV asr boshidagi YAqin va O‘rta SHarqning nihoyatda murakkab
xalqaro siyosiy vaziyati haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘lmaganligidan dalolat
beradil.
Taniqli sharqshunos A.E.Snesarevning (l865 — l937) Amir Temur haqidagi
fikr- lari ham tarixnavislik nuqtai nazaridan ahamiyatga molikdir. U evropalik
ko‘pgina tadqiqotchilarning g‘arbdagi buyuk va mashhur sarkardalar
(makedoniyalik Alek- sandr, Gannibal, Sezar va boshqalar)ni osiyolik
lashkarboshilarga qarama-qarshi qo‘yish yo‘lidagi bachkana urinishlariga qarshi
qat’iy norozilik bildirgan edi.
A.E.Snesarev Amir Temurning sarkardalik, tashkilotchilik faoliyatini
o‘rganishga g‘oyat qiziqib qaragan yirik harbiy arbob ham edi. U Evropa
tarixnavisligi namoyandalarining «Osiyoning haqli ravishda shuhrat qozongan
harbiy yo‘lboshchilarini kamsitib», Amir Temur kabi atoqli sarkardalarni
«mamlakatni shafqatsizlarcha vayron etgan», «qonxo‘r», «telbanamo» kimsalar
qatoriga qo‘shishlarini g‘arazgo‘ylik, g‘ayri ilmiy tarzda biryoqlama yondashish
deb, qattiq qoraladil.
U «mana shu buyuk zotlarga xolisona yondashish yo‘lidagi urinishlarni»
tabrikladi, «Evropada hatto ilmiylikni da’vo qiluvchi matbuotning bu masaladagi
nafra-tomuz ruhi»ga yo‘l qo‘ymaslikka, «tarixiy haqiqat» tamoyillariga amal
qilishga chaqirdi. Amir Temur haqida «tuhmatsiz va tahqirsiz» xolisona atroflicha
fikr yuritmoq kerak.
I.P.Petrushevskiyning fikri ham e’tiborga sazovor. Uning fikricha, Amir
Temurning xarbiy yurishlariga «Evropa — Osiyo karvon yo‘llari ustidan to‘la
nazorat qilishni ko‘zlovchi muayyan iqtisodiy reja» asos qilib olingan edi. Eronni,
Kavkazorti va Kichik Osiyoni egallab olish harakati ham shu rejaga kiritilgan edi,
chunki karvon yo‘llari asosan shu mamlakat- lar orqali o‘tar edi .
N.I.Konradning Amir Temurda Iskandar (makedoniyalik Aleksandr) va Kushon
shohi Kanishkaning ruhi namoyon bo‘ldi, degan fikri yangilik edi. «ha,
yanglishganim yo‘q, — deb yozdi N.I.Konrad, — ayni Iskandar va Kanishkaning
ruhi — antik davrda eski dunyoning markaziy zonasida aniq shakllangan va o‘rta
asrlarda zo‘r be- rib gurkirab yashnagan chinakam jahonshu- mul g‘oya Amir
Temur qiyofasida yaqqol ifodalandi. Buyuk Amir Temurning o‘zi tu- shundimi
yoki tushunmadimi, aytish qiyin, biroq mazkur buyuk g‘oya tug‘ilgan erda voyaga
etgan Amir Temurda va uning g‘oyalarida bu ruhning ta’siri sezilmay qolmadi».
O‘tgan asrning 60-yillari oxirida I.M.Mo‘minovning O‘rta Osiyo tarixida
Amir Temurning roli va o‘rni haqidagi risolasi nashr etilishi jamoatchilikning bu mavzuga qiziqishini yanada avj oldirib yubordil. Ayni paytda ushbu asar shafqatsiz tanqidga uchradi. I.M.Mo‘minovning tadqiqotchilik ruhi bilan sug‘orilgan risolasi, umuman olganda, ilmiy-ommabop tarzda yozilgan edi, uning matni asosan Amir Temur va uning zamonini o‘rganishga oid ma’lum manbalar doirasidan chiqmasdi.
SHu bilan birga muallif Amir Temurning Markaziy Osiyo tarixida mayda feodal tuzilmalar o‘rnida markazlashgan davlat barpo etishdagi xizmatlarini haqqoniy yoritishga intilgan edi.Unda Amir Temurning Markaziy Osiyoda katta davlat barpo etgan siyosiy arbob, binokorlikni rivojlantirgan va madaniyatni qadrlagan inson sifatidagi xizmatlari o‘z ifodasini topgan.
Asarning ayni shu jihati tanqidchilarning e’tiborini tortdi. I.M.Mo‘minov
risolasi «zararli» asarlar jumlasiga kirib qoldi.
P.N.Fedoseev, A.N.YAkovlev va boshqa mansabdor shaxslarning
I.M.Mo‘minov risolasiga qarshi shu ruhdagi maqolalari gazeta va jurnallar
saxifalarida paydo bo‘ldi. «Istoriya SSSR» jurnalida tarixchi
M.A.Abduraimovning risola xususidagi qoralovchi maqolasi e’lon qilindi.
Moskvalik tarixchilar bu voqea yuzasidan Amir Temur haqida kattagina maqola
e’lon qildilar. Bu maqola Kavkazorti, Eron va Rossiyadagi feodalizm muammolari bo‘yicha mutaxassis A.P.Novoselsev nomi bilan chop etildi. «Voprosm istorii»
jurnalining tahririyati bu maqolani «Temurni ideallashtirishga qarshi» rukni ostida
e’lon qilish orqali uning yo‘nalishi ni oldindan oshkora belgilab qo‘ygan edi.
Bu maqolada Amir Temurga iste’dodli sarkarda, mohir tashkilotchi va diplomat
sifatida munosib baho berish bilan birga muallif Bartold, ayniqsa, YAkubovskiy
bilan bahslashib, ular madaniyat tarixiga va madaniy aloqalarga katta ahamiyat
berganlar va shu tarika Temur shaxsini ideal- lashtirishga yo‘l qo‘yganlar,
Yakubovskiy esa, «Temur — yaxshi tadbirkor hukmdor edi» degan haddan
tashqari yuqori baho bergan, deb hisoblaydi. Maqolada I.M.Mo‘minov
Yakubovskiyga ergashib, «Temurni ideallashtirishni nihoyasiga etkazdi», degan
xulosa chiqarildi.
I.M.Mo‘minov risolasini keskin qoralaganlar orasida tarixchi M.G‘.Vahobov
ham bor edi. Uning so‘zlariga karaganda, u «Temur haqidagi kitobcha bosilib
chiqishi bilanoq l969 yil martida uni «Marksizmga zid va zararli» asar deb atagan.
Mening vazifam marksizm-leninizm nazariyasining sofligi uchun kurashdan,
Temur shaxsini ideallashtirishni fosh qilishdan» iborat bo‘ldi, — deb yozdi u,—
Temur shaxsini ideallashtirish esa «yoshlarning ongini zaharlaydi» va «ommani
kommunistik ruxda tarbiyalashga katta ziyon etkazadi».
Tarixchilarning l973 yil martida Moskvada chaqirilgan butunittifoq kengashi
I.M.Mo‘minovning Amir Temur haqidagi risolasi bilan bog‘liq bo‘lgan
mashmashaning yakunlovchi bosqichi bo‘ldi. Kabul qilingan karorda shunday
deyilgan edi: «Boshqa asarlarda Leninning tarixiy jarayon konsepsiyasini yangicha
talqin etishga urinishlar va o‘tmishni ideallashtirish, ayrim voqealarga va Temur
kabi shaxslarga baho berishda sinfiy pozitsiyalardan chekinishga yo‘l qo‘yilganligi
qoralansin»
So‘nggi yillarda e’lon qilingan asarlardan «Tamerlan» nomli kitobni ko‘rsatib
o‘tish lozim. Unda Amir Temur haqidagi manba va asarlar bayon etilgan, uning
haqidagi turli ma’lumotlar o‘ziga xos jamlab berilgan. SHunday asarga ehtiyoj
borligi shak-shubxasiz. Biroq, kitobga yaqindan nazar tashlanganda, uning
shoshma- shosharlik va hafsalasizlik bilan tayyor- langanligi ma’lum bo‘ladi. Bu
kabi qator kitoblarda eng muhim manbalardan misol keltirilmaydi, materiallar
bayonida shajara tamoyiliga rioya etilmaydi, manba matnlarini e’lon qilgan
tarjimonlarning nomlari tilga olinmaydi. Matnlar o‘zboshimchalik bilan va hech
bir izoxsiz qisqartirilishiga va hatto, ularga o‘zgartirishlar kiritilishiga yo‘lqo‘yiladi, matnlar sharhlanmaydi, ilmiy apparat butkul tushirib qoldiriladi va
hokazo.
Amir Temurning yana bir fazilati shundan iboratki, u hayotligidayoq o‘z davlati
bilan G‘arb o‘rtasida aloqa o‘rnatgan. O‘sha paytda bu istisnoli bir hodisa edi,
chunki na undan oldin, na undan keyin hech kim G‘arbiy Evropa bilan bunday
bevosita aloqalarni o‘rnatmagan. Ingliz sayyohi Antoni Jenkinson l558 yilda
Buxoroga kelgan, biroq uning maqsadi Rossiya bo‘lib, so‘ng Rossiya hukumati
unga bundan 30 yil muqaddam Ivan IV tomonidan qabul qilingan Buxoro va
Xorazm elchiligiga javoban, Movarounnahrga borishni qo‘shimcha ravishda
topshirgandi. Ayni mahalda Lyudovik XIV ning olisdagi ushbu hukmdorga
yo‘llamoqchi bo‘lgan, biroq jo‘natilmay qolib ketgan «O‘zbek qiroliga ikki
maktubi» ham ma’lum.
Furnoning fikricha, Kastiliya va Fransiya bilan elchilar ayirboshlanganligi, Karl
VI bilan yozishmalar olib borilganligi, Sultoniya shaxri ruhoniylari boshlig‘i
arxiepiskop Janning Parijda bo‘lishi, shuningdek Rui Gonsales de Klavixoning
sayoxati davlatlararo munosabatlarda yangi bosqich bo‘ldi va undan arxiepiskop
Janning «Esdalik- lar»i hamda Klavixoning yo‘l xotiralari singari ko‘plab yozma
yodgorliklar qoldil.
SHuningdek, ko‘plab evropaliklarning bevosita shohidligi asosida bitilgan.
Amir Temurga taalluqli bo‘lgan asarlarning yuzaga kelishini Amir Temur davlati
Kastiliya va Fransiyaning o‘zaro manfaatdorligi bilan izoxlash mumkin. Bu asarlar
marshal Busikoning (l366—l42l) xotiralari, Smirna yaqinida Sohibqirondan
mag‘lub bo‘lgan Quddusi shariflik Avliyo Ioann ordeni a’zolarining guvohliklari,
Sulton Boyazid I tomonidan l396 yilda Nikopol yaqinidagi jangda asir olingan va
Amir Temur tomonidan l402 yilda Anqaradagi jangda zafar qozonilgach, ozodetilgan evropalik askarlarning hikoyalaridir. Ular orasida I. SHildbergerning
(l380—l440) hikoyasi mashhur bo‘lib, uning kitobining birinchi nashri l460 yilda
Augsburgda chop etilgan. Bu kitob XV asrda to‘rt marta, XVI asrda olti mar- ta
qayta nashr qilingan. XIX asrda nemis, rus va ingliz tillarida ikki martadan nashr
qilingan.
Furno Markaziy Osiyo orqali G‘arb tomon turli davrlarda va turli shaxslar
tomonidan amalga oshirilgan yurishlar, ko‘pincha asossiz ravishda hamda
Markaziy Osiyo xududi va uning ortidagi hududlarni bilmaslik oqibatida, Amir
Temur nomi bilan bog‘lab kelinganini taassuf bilan ta’kidlaydi.
Mishel Monten, XVI asrdagi boshqa mualliflar singari, o‘zining «Tajribalar»
kitobida Amir Temur haqida eslab o‘tadi. Bu kitob l57l yildan l592 yilgacha
bo‘lgan davr ichida, ya’ni Sohibqiron vafotidan so‘ng l70 yid o‘tgach, Fransiyada
Markaziy Osiyo to‘g‘risida hech narsa ma’lum bo‘lmagan vaqtda yozilgandi.
Montenga qadar Jan Boden (l530 — l596) o‘z tadqiqotlarida Boyazidni asir
olgan Amir Temur haqida maqtab yozgandi. Gilom Postel (l520—l58l) ham
Usmonli turklar saltanati to‘g‘risidagi asarida «Buyuk turk — Boyazidni asir olgan
Temurlang»ga ko‘pgina sahifalarni bag‘ishlagan.
«Tajribalar» nashrlarining birida yozilishicha, Amir Temurning evropalik
tadqiqotchilari, shu jumladan Monten Sohibqiron haqida ma’lumotlarni
vizantiyalik tarixchi Laonik Kalkondilning «YUnon imperiyasining tanazzuli va
Turklar saltanatining qaror topish tarixi» asaridan olgan. XV asrning ikkinchi
yarmida yozilgan bu asar l583 yilda fransuz tiliga tarjima qilingan. Asar o‘n
jilddan iborat. l4 bobdan tashkil topgan bir jild boshdan-oyoq Amir Temurga
bag‘ishlangan, unda Sohibqironning ismi Temur, Tamerlan, Tamburlan sifatida
keltiriladiki, boshqa mualliflarning asarlaridan ular shundan foydalangani
ko‘rinadi.
XV asrdan boshlab G‘arbiy evropalik olimlar va siyosiy-diniy arboblarning
SHarqqa bag‘ishlangan kitoblarida Amir Temur tarixi oldingi o‘ringa chiqadi.
Masalan, Italiyada katta tarixiy va she’riy asarni meros qilib qoldirgan papa Piy
I (papalik yillari l458—l464) Amir Temurga butun bir bobni bag‘ishlagan, bir
necha sahifada- Skifiya, Sug‘diyona va Baqtriyani tavsiflagan.
Paolo Djiovio (l483 — l552), Petro Perondinoning (vafoti l553) asarlarida
ham Amir Temur bosh qahramon sifatida namoyon bo‘ladi. Lekin Amir Temur
haqidagi eng dastlabki tadqiqot Florensiya kansleri va tarixshunosi Pogjio
Brachchi oliniga (l380—l459) taalluqli bo‘lib, so‘ng Prato, Piy II (l405 — l464),
Kambini, Batista Fregazo (l454 — l504) asarlarida davom ettirilgandi.
Fransuz tilida Amir Temur haqida ma’lumotlar Teodoro Spandujinonning
«Buyuk Turk shajarasi» asarida yuzaga keladi. Bu asar l5l9 yilda Parijda chop
etilgan. SHveysariyalik islohotchi Pero Vire Amir Temur obrazini l56l yilda
nashr qilingan asarlaridan birida kiritgan. Sohibqiron obrazini, shuningdek,
Orteliyning asarida va Uyg‘onish davri boshqa asarlarida ham uchratish mumkinl.
Binobarin, Amir Temur XV —XVI asrlarda Evropada siyosiy doiralarda
(katolik cherkovi va o‘sha davrdagi eng qudratli mustabidlar orasida) mashhur
bo‘lgan, u haqsa Piy II, l5l3 yilda papa Lev X va papa Klement VII saroyiga
kelgan Djo- vio, l575 yilda ispan qiroli Filipp II ning xaritakashi bo‘lgan geograf
Orteliy, Karlning muarrixi Pedro Meksiyalar yozishgan2.
Bu asarlarda Amir Temur ayni vaqtda voqealar va davrlardan tashqari turuvchi
ham mifik, ham real shaxs sifatida talqin qilingan.
Furno Amir Temur mavzui G‘arbiy Evropada Klavixo va Jenkinsonlarning
safarnomalari e’lon qilinmasidan, shuningdek Ibn Arabshoh, SHarafuddin Ali
Yazdiy singari tarixchilarning asarlari tarjima qilinmasidan oldin tarixiy va adabiy
mavzu sifatida mavjud bo‘lgan, degan xulosaga keladi. Bu davrni u l500 — l580
yillar deb belgilaydi
II BOB A.TEMUR TUZUKLARIDAGI O`GITLARDAN MA`NAVIY
AXLOQIY TARBIYA JARAYONIDA FOYDALANISH .
2.l. AMIR TEMURNING PANT-NASIXATLARIDAGI MA`NAVIYAXLOQIY TARBIYANING MAZMUNI.
Amir Temurning otasi Tarag`ay o’ziga to’q, badavlat kishi edi.
Temurning onasi Tegina Begim Buxorolik taniqli olim Ubaydulloxning g`izi
bo’lgan. Temur shaxsi masalasi uzoq yillar davomida man qilinganligi
natijasida nafaqat Temur tarixi, balki butun O’rta Osiyoning XIV-XV
asrlaridagi tarixi, madaniyati, maorifi masalalari deyarli o’rganilmay qoldi.
«Amir Temur nomi tariximiz soxifalaridan qora bo’yoq bilan o’chirilib,
unitishga maxkum etildi. Maqsad, xalqimizning yuragidan milliy ong, milliy
g`urur tuyg`usini uyg`otish, uni qaramlikka, tobelikka ko’ndirish edi. Lekin
O’zbek xalki o’z ajdodlarini, o’z baxodirlarini unutmadi, xamisha yuragida
qalb to’rida saqladi».
Mashxur muxarrixlar o’z asarlarida Amir Temur ismiga Ko’rag`on,
Soxibg`iron, Qutbiddin, Abulmansur kabi unvonlar g`o’shib, uni ezozlab,
ulug`lab rivoyat va xotiralar bitganlar. («Ko’ragon» so’zi-xon kuyovi manosini
bildiradi, «Soxibg`iron», «YUlduz burjlarining baxtli kelishi (g`iron)da tug`ilgan
farzand» demakdir. kutbiddin - zamona peshvosi, yo’l ko’rsatuvchi avliyo,
«Abulmansur» unvoni esa - zafarmand, g`alaba qozonuvchi degan lug`aviy
manolarni bildiradi).
Temur bilim olishni yetti yoshdan boshlaydi. U bolalik va o’smirlik
yillari xakqida shunday deydi, «Men 9 yoshga to’lganimda namoz o’qiy
boshladim va madrasadagi barcha o’quvchilardan ustun bo’lib oldim. l3
yoshimda bolalar bilan o’ynashga orlandim va vaktimni o’z tenglarim xamda
o’spirinlar bilan o’tkazardim», deydi. U yana «Yetti yoshimdan yetmish
yoshimgacha va umr bo’yi men kambag`allarga exson qilar edim. Bir marta
kiygan kiyimimni ikkinchi qayta kiymas edim va uni yo’qsillarga xadiya
qilardim. Men g`udratga erishganimda bolalikdagi yoru do’stlarimning
xammasini katta mansablarga ko’tardim. Xar kuni qo’y so’yib va xar bir quy
tanasini ettiga bo’lib kambag`allarga ulashdim. Payg`ambar avlodlariga,
olimlar va keksalarga nisbatan buyuk xurmat xamda extirom bilan
munosabatda bo’ldim, ularga nafag`a tayinladim, bu mamlakatning badavlat
kishilari og`a-inimdek, yetim-yesir va kambag`allar esa bolalarimdek bo’lib
qoldi. Xammaga yaxshilik qildim. Xar bir shaxarda masjidlar, madrasalar
qurishni daryolar ustiga ko’priklar qurishga buyurdim. Musulmonlarga diniy
masalalardan talim berib, shariat aqidalari va islom dini ilmlari: Tafsir xadis,
fikxdan dars bersinlar deb, xar bir shaxarga olimlar va mudarrislar tayin
qildim». Bundan ko’rinadiki, Amir Temur odob-axloq, iymon etiqod, talim tarbiya saxasida mukammal bilimga ega bo’lgan buyuk siymolardandir.
Soxibqiron Amir Temurning ibratli, xayotiy pand nasixatlarining
kuchliligi, teranligi, tasiri, umuminsoniy qadriyatlari asosiga qurilganligi bilan
aloxida axamiyat kasb etadi, Bu o’gitlar xalqlarning bir maqsad sari
birlashtirgan, jipslashtirgan, sexrli tarbiyaviy kuchga ega bo’lgan durdona pedagogikadir. Bu pedagogika buyuk Soxibqironning davlatni boshg`arish va uni
idora qilish, g`olibona xarbiy yurishlar qilish, mamlakatda osoyishtalik
o’rnatish, fan va madaniyatni rivojlantirish, xalqlar o’rtasida do’stlik, mexrshavqat, odamiylik va axloq -odobni tarbiyalash kabi muammolarni xal
qilishga bag`ishlangandir.
Amir Temur zamonasida o’gil bolalar uchun diniy bilim beradigan
maktablar ko’p bo’lib, masjidlarda va xususiy uylarda o’qimishli kishilar, domlaimomlar tomonidan ochilgan.
Maktablarda arab alifbosida savod chiqarilgan «Xaftiyak» kitobi
o’qitilgan. «Xaftiyak»da ko’proq diniy marasimlarda o’qiladigan so’zlar
berilgan. Uni o’rganishga 2-3 yil vaqt ketgan. «Xaftiyak»dan so’ng «CHor
kitob», So’fiy Ollayorning xikmatlari o’qitilgan. Maktab muayyan uquv
dasturiga ega bo’lmagan. O’quvchilar yakka tartibda o’qitilgan. Maktabga
qabul qilishning aniq vaqti xam bo’lmagan.
Temur va temuriylar davrida Movaraunnaxrda ibtidoiy diniy maktablardan
tashqari, shaxzodalar, xonzodalar, bekzodalar va yirik amaldorlarning 26
bolalari uchun saroylar va xonadonlarda aloxida savod maktablari xam tashkil
etilgan. Bunday maktablar podsho xonadoni uchun maxsus qissaxon deyilar
edi.
SHaxzodalar va malikalar Temurning boy kutubxonasida mutalla
qilishgan. U kutubxonalarda barcha fanlarga oid kitoblar bo’lgan.
Amir Temur davrida madrasalar oliy o’quv yurti vazifasini o’tagan.
Ular diniy va keyinchalik dunyoviy bilimlar o’chog`i bo’lgan. Ko’plab
madrasalar qurilgan.
Tarixchi SHarofiddin Ali YAzdiyning «Zafarnoma» asarida yozilishicha
Amir Temurning o’ziga xos xususiyatlaridan biri davlat va mamlakat
fukarosining g`amxo’ri bo’lganligidir. Uning qoidasi «Rosti-durusti» edi.
Amir Temur o’qit nasixatlarida axloqqa oid gaplar juda ko’pdir.
l. Adolat va adolatsizlik xaqida: «Xar mamlakatda adolat eshigini
ochdim, zulmu-sitam yo’lini to’sdim. qaysi mamlakatni zabt etgan yoki
qo’shib olgan bo’lsam, o’sha erni obro’-etiborini, kishilarini aziz tutdim,
sayidlari, ulomalari, fuqaro va mashoyixiga tazim bajo keltirdim va
xurmatladim, ularga vazifalar berib, maoshlarini belgiladim. O’sha
viloyatlarning ulug`lari og`a-inilarimdek, ayollari va bolalarini bo’lsa o’z
farzandlarimdek ko’rdim», -deydi.
SHuningdek u ish va so’z birligini xush ko’rar edi.
Amir Temur do’stga sodiq edi. U Imom Baroka vafot etganda yig`lab ko’z
yoshi to’kkan. «SHiddatli kishilarni do’st tut, chunki tangri taolo jasur kishilarni
ardog`laydi», deb yana do’st-dushmandan kimki menga iltijo qilib kelgudak
bo’lsa, do’stlarga shunday munosabatda bo’ldimki do’stligi yanada ortdi,
dushmanlarga shunday muomilada bo’ldimki ularning dushmanligi do’stlikka
aylandi.
Amir Temurning o’zi To’xtamishxon uning panoxiga sig`inib
kelganda unga yaxshilik va muruvvat ko’rsatgan. Amir Temur «Xech kimga
qazab bilan qattiq muomala qilmadim», deb yozadi o’z «Tuzuklari»da. U 27
shirin aytib g`animni imonga kiritgan. «Bir kalima shirin so’z qilichni qiniga
kiritgar», deb ta`kidlardi Soxibqiron.
SHunday qilib XIV asrning ikkinchi yarmida XVII asrgacha bo’lgan davr
Movorounnaxrda iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy yuksalish davri bo’ldi.
Markazlashgan davlatning asoschisi Amir Temur o’z imperiyasini tuzib, uning
iqtisodiy va madaniy qudratini yuksaklikka ko’tardi. Uni Ovro’pa
«Amir Temur nomi tariximiz soxifalaridan qora bo’yoq bilan o’chirilib,
unitishga maxkum etildi. Maqsad, xalqimizning yuragidan milliy ong, milliy
g`urur tuyg`usini yo’qotish, uni qaramlikka, tobelikka ko’ndirish edi. Lekin
O’zbek xalqi o’z ajdodlarini, o’z baxodirlarini unutmadi, xamisha yuragida
qalb to’rida saqladi».
Mashxur muxarrixlar o’z asarlarida Amir Temur ismiga Ko’rag`on,
Soxibqiron, qutbiddin, Abulmansur kabi unvonlar qo’shib, uni ezozlab,
ulug`lab rivoyat va xotiralar bitganlar. («Ko’ragon» so’zi-xon kuyovi manosini
bildiradi, «Soxibqiron», «Yulduz burjlarining baxtli kelishi (g`iron)da tug`ilgan
farzand» demakdir. qutbiddin - zamona peshvosi, yo’l ko’rsatuvchi avliyo,
«Abulmansur» unvoni esa - zafarmand, g`alaba qozonuvchi degan lug`oviy
manolarni bildiradi).
Temur bilim olishni etti yoshdan boshlaydi. U bolalik va o’smirlik
yillari xaqida shunday deydi, «Men 9 yoshga to’lganimda namoz o’qiy
boshladim va madrasadagi barcha o’quvchilardan ustun bo’lib oldim. l3
yoshimda bolalar bilan o’ynashga orlandim va vaqtimni o’z tenglarim xamda
o’spirinlar bilan o’tkazardim», deydi. U yana Yetti yoshimdan etmish
yoshimgacha va umr bo’yi men kambag`allarga exson qilar edim. Bir marta
kiygan kiyimimni ikkinchi qayta kiymas edim va uni yo’qsillarga xadiya
qilardim. Men qudratga erishganimda bolalikdagi yoru do’stlarimning
xammasini katta mansablarga ko’tardim. Xar kuni qo’y so’yib va xar bir quy
tanasini ettiga bo’lib kambag`allarga ulashdim. Payg`ambar avlodlariga,
olimlar va keksalarga nisbatan buyuk xurmat xamda extirom bilan
munosabatda bo’ldim, ularga nafaqa tayinladim, bu mamlakatning badavlat
kishilari og`a-inimdek, yetim-yesir va kambag`allar esa bolalarimdek bo’lib
qoldi. Xammaga yaxshilik qildim. Xar bir shaharda masjidlar, madrasalar
qurishni daryolar ustiga ko’priklar qurishga buyurdim. Musulmonlarga diniy
masalalardan talim berib, shariat aqidalari va islom dini ilmlari: Tafsir xadis,
fikxdan dars bersinlar deb, xar bir shaxarga olimlar va mudarrislar tayin
qildim». Bundan ko’rinadiki, Amir Temur odo-axloq, iymon etiqod, talimtarbiya saxasida mukammal bilimga ega bo’lgan buyuk siymolardandir.
U o’zi yozgan va Temur xaqida yozilgan «Tuzuki Temuriy» (Temur
tuzuklari), «Malfizoti Temuriy» («Temuriyning aytganlari») va «Voqioti
Temuriy» («Temurning boshidan kechirganlari») kabi asarlarda talim-tarbiya
xaqida fikr yuritadi.
Amir Temur quyidagi sifatlarga amal qilgan:
l-sifat: «Men sifatlarimning eng avvali deb beg`arazlikni tushundim.
Xammaga xam bir xil jiddiy va odil qaradim.. boyni kambag`allardan ustun
qo’ymadim.
2-sifat: «Men xar doim islomga qatiy rioya qildim va Allox Taoloning
amri bilan shug`ullangan shaxslarga xurmat bilan qarardim».
3-sifat: «Men kambag`allarga ko’p xayri-exson qldim...»
4-sifat: «Xaloyig`qa raxm qildim, barchaga naf etkazdim. Bunda
birovga noxaq ozor etkazdim va mendan yordam so’rab kelganlarni
ko’kragidan itarmadim».
5-sifat: «Islomga taaluqli ishlarni men xar doim kundalik itoatni ado
etib bo’lganimdan keyingina kundalik ishlarga qo’l urdim».
6-sifat. «Barcha so’zlarimda doimo xaqiqatgo’ylikka amal qildim va
u dunyo xaqidagi eshitganlarimdagi xaqitni yolg`ondan ajrata bildim».
7-sifat: «Men xar kimgaki, va` da bersam, unga vafo qildim».
8-sifat: «Doimo o’zimni Alloxning erdagi mulkining posboni deb bildim
va parvardigorning izmisiz uni sarf etmadim».
9-sifat: «Men xar doim tangrining amrini va uning payg`ambar xadislarini
to’la ado etishga intildim». 29
l0-sifat: «Men xar doim insof bayrog`ini baland ko’tardim va iymon
tarqatishni o’z buyukligimning qudratli zamini deb bildim».
ll -sifat. «Men doim saidlarga extirom bilan qarardim, ulamo va
shayxlarni ezozlardim».
SHunday qilib, soxibqiron Amir Temurning ibratli, xayotiy pand
nasixatlarining kuchliligi, teranligi, tasiri, umuminsoniy qadriyatlari asosiga
qurilganligi bilan aloxida axamiyat kasb etadi, Bu o’ gitlar xalqlarning bir
maqsad sari birlashtirgan, jipslashtirgan, sexrli tarbiyaviy kuchga ega bo’lgan
durdona - pedagogikadir. Bu pedagogika buyuk Soxibqironning davlatni
boshqarish va uni idora qilish, g`olibona xarbiy yurishlar qilish, mamlakatda
osoyishtalik o’rnatish, fan va madaniyatni rivojlantirish, xalqlar o’rtasida
do’stlik, mexr-shavqat, odamiylik va axloq-odobni tarbiyalash kabi
muammolarni xal qilishga bag`ishlangandir.
Amir Temur zamonasida o’g`il bolalar uchun diniy bilim beradigan
maktablar ko’p bo’lib, masjidlarda va xususiy uylarda o’qimishli kishilar, domlaimomlar tomonidan ochilgan.
Maktablarda arab alifbosida savod chig`arilgan «Xaftiyak» kitobi
o’qitilgan. «Xaftiyak»da ko’proq diniy marasimlarda o’qiladigan so’zlar
berilgan. Uni o’rganixga 2-3 yil vaqt ketgan. «Xaftiyak»dan so’ng «CHor
kitob», So’fiy Ollayorning xikmatlari o’ qitilgan. Maktab muayyan o’quv
dasturiga ega bo’lmagan. O’quvchilar yakka tartibda o’qitilgan. Maktabga
qabul qilishning aniq vaqti xam bo’lmagan.
Temur va temuriylar davrida Movaraunnaxrda ibtidoiy diniy maktablardan
tashqari, shaxzodalar, xonzodalar, bekzodalar va yirik amaldorlarning
bolalari uchun saroylar va xonadonlarda aloxida savod maktablari xam tashkil
etilgan. Bunday maktablar podsho xonadoni uchun maxsus qissaxon deyilar
edi.
SHaxzodalar va malikalar Temurning boy kutubxonasida mutalla
qilishgan. U kutubxonalarda barcha fanlarga oid kitoblar bo’lgan.
Amir Temur davrida madrasalar oliy o’quv yurti vazifasini o’tagan.
Ular diniy va keyinchalik dunyoviy bilimlar o’choqi bo’lgan. Ko’plab
madrasalar qurilgan.
Tarixchi SHarofiddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma» asarida yozilishicha
Amir Temurning o’ziga xos xususiyatlaridan biri davlat va mamlakat
fugqarosining g`amxo’ri bo’lganligidir. Uning qoidasi «Rosti-durusti» edi.
Amir Temur va uning davri tarixiga oid asosiy manbalar sharhidan so‘ng ilmiy
adabiyotga murojaat etmoq kerak. Bu mavzudagi ilmiy adabiyot yil sayin
ko‘payib, jahon tarix adabiyotining muhim bir tarmog‘ini hosil qildi.
SHunday bo‘lishi tabiiy edi, chunki Amir Temur hayotlik davrida nechog‘liq
mashxur bo‘lgan bo‘lsa, vafotidan keyin SHarqda ham, G‘arbda ham yanada
shuxrat qozondi. Uning buyuk, betakror va yorqin shaxsi, qudratli irodasi va keng
qamrovli, tobora ilgarilab boruvchi harakatlari o‘z dovrug‘i ta’sirini tobora
kuchaytirib, bir qator mamlakatlar va davlatlardagi million-million xalq
ommasining ongi va shuuriga o‘rnashib qoldi.
Amir Temurning davlat arbobi, tashkilotchi va bunyodkor, siyosatchi va
diplomat sifatidagi ko‘p qirrali tarjimai holini uning ichki va tashqi siyosati
doirasiga kirgan xalqlar taqdiri bilan chambarchas bog‘liq holda o‘rganishga
dunyo olimlarining qiziqishi ortib borayotganligi boisi ham mana shunda.
Jumladan, mashhur ingliz tarixchisi, qudratli Rim saltanatining tanazzulga
uchrab, barbod bo‘lishiga bag‘ishlangan salmoqli asar muallifi Edvard Gibbon
(l737 — l794) G‘arbiy Evropa va SHarqning o‘rta asr tarixini tasvirlaganda Amir
Temur shaxsiga ham e’tibor berdi. «...Amir Temur dunyoni zabt etib, unga
hukmron bo‘lish maqsadini ko‘zlagan edi...
Avlodlar xotirasida hurmat qozonish uning olijanob qalbining ikkinchi istagi
edi... Uning vasiyatlari (chamasi, «Temur tuzuklari» nazarda tutilayotgan bo‘lsa
kerak) Evropaga notanishligicha qoldi». Gibbon «Temurning oddiy bekdan Osiyo
hukmdorigacha ko‘tarilishi»ga lol qolgan edi.
Heydelberg tarixchilar maktabining namoyandasi bo‘lmish, Fridrix
SHlosserning (l776—l86l) salmoqli «YAlpi tarix»ida ham Amir Temur nomi
uchraydi. SHlosserning xalqchillik va ma’naviy ma’rifatparvarlik ruhidagi asari
dunyodagi ko‘pgina ilg‘or jamoat arboblarining e’tiborini o‘ziga tortdi.
SHlosserning so‘zlariga qaraganda, Amir Temur — «omadli jangchi,
dunyoning yangi hukmdori, taktik va strategik bilimlarni uyg‘unlashtirgan zot».
Ayni vaqtda SHlosser Amir Temur qiyofasini tasvirlashdagi dabdabozlikni rad
etdi va saroy solnomachilari xushomadgo‘yligini kayd qildi. SHu bilan birga
SHlosser Amir Temurning safarlardan Buxoro va Samarqandga kaytib kelganida
«o‘zining yangi davlatiga tuzuk va qonunlar hadya etganini» ta’kidladil.
Mashhur «Umumiy tarix» muallifi Georg Veber ta’kidlashicha, «buyuk
sarkarda, hukmdor va qonunshunos iste’dodiga ega bo‘lgan Amir Temur turli
bilimlarga qiziqqan, olimlar va san’atkorlarga homiylik qilgan».
SHu nuqtai nazardan Veber: Amir Temur «inson sifatida ham, hukmdor sifatida ham Boyazid (Usmoniylar saltanatining sultoni)dan yuqori turar edi», degan xulosaga keldi. Boyazid faqat tillolar haqida o‘ylab va davlatni idora qilish ishini mensimay, uni och- ko‘z, maishatparast va shuhratparast qozilar qo‘liga berib qo‘ygan edi, deya xulosa chiqardi.
Xoja Tojiddin as-Salmoniy Amir Temurning so‘nggi kunlari va SHohruh
tarixini yozishni mo‘ljallagan edi. Lekin muddaosiga etolmadi. Faqat 5-6 yillik
tarixini yozib ulgurdi, xolos. Xullas, «Tarixnoma»da l404 yilning kuzida
Konigilda bo‘lgan tantana va to‘yu tomoshalar, Amir Temurning Xitoyga
yurishining boshlanishi, uning vafoti, Xalil Sultonning markaziy hokimiyatni tortib
olishi (l405 yil mart oyining o‘rtalarida) va l409 yil mart oyi oxirlarida uning
Xudoydod boshliq bir guruh amirlar tarafidan asir olinishi tarixidan so‘z yuritiladi.
«Tarixnoma»ning uchta nusxasi bizning davrimizgacha etib kelgan. Ulardan
biri qusurli va Angliyaning Britaniya muzeyida, qolgan ikkitasi Turkiyada
Sulaymon Fotih va Lola Ismoil afandi kutubxonasida saqlanmoqda. So‘nggi nusxa
to‘laroq bo‘lib, foydalanishga qulay. Asarni nemis tiliga Gans Robert Remer va rus
tiliga 3.M. Buniyotov tarjima qilganl.
Amir Temur tarixi eronlik tarixchi olim Mo‘‘iniddin Natanziyning
sharqshunoslar orasida «Muntaxab ut-tavorixi Mo‘‘iniy» («Mo‘‘iniyning saylanma
tarixi») nomi bilan mashhur bo‘lgan asarida ham qisqa tarzda bayon etilgan. Asar
l4l3 yili SHerozda Temuriy Iskandar Mirzo saroyida yozilgan.
«Muntaxab ut-tavorixi Mo‘‘iniy»ning ikkita tahriri mavjud: biri yuqorida
nomi zikr etilgan Iskandar Mirzoga bag‘ishlangan, ikkinchisi SHohruhga takdim
etilgan nusxa, Iskandar Mirzo SHohruh tomonidan tor-mor qilinganidan keyin
(l4l4 yil 20 iyul) tahrirdan chiqarilgan. Unda Iskandar Mirzo haqidagi hikoyatlar
birmuncha qisqartirilgan, uning sha’niga aytilgan hamdu sanolar olib tashlangan.
Asarda eng qadimgi davrlardan to Amir Temur vafotigacha (l405 yil l8
fevral) bir qator o‘lkalarda yuz bergan muhim tarixiy voqealar qisqacha bayon
qilingan. Ko‘p hollarda muallif har bir sulola tarixiga alohida bob bag‘ishlagan.
Asarning so‘nggi qismlari Markaziy Osiyo tarixini o‘rganishda muhim ahamiyatga
ega. Asarda Amir Temur yashagan va hukmronlik qilgan davrda yuz bergan tarixiy
voqealar birmuncha mufassal bayon qilingan. Ushbu davr tarixini muallif asosan
o‘zi to‘plagan materiallar asosida yozgan.
«Muntaxab ut-tavorix»ning manba sifatidagi qimmatli jihatlaridan yana biri
shuki, Amir Temurning harbiy dahosi va lashkarining jangovarligi haqida boshqa
manbalarda uchramaydigan ba’zi muhim ma’lumotlar bayon qilingan. Natanziy
keltirgan turkiy tildagi o‘sha davrga oid bir qancha harbiy atamalar hatto
Nizomiddin SHomiy va SHarafuddin Ali YAzdiy «Zafarnoma»larida ham
uchramaydi. Bu hol Natanziy asarining originalligi, muharrir o‘z davriga oid
harbiy atamalarni sinchiklab o‘rganganini tasdiqlaydi.
«Muntaxab ut-tavorixi Mo‘‘iniy»ning nusxalari Buyuk Britaniya, Fransiya,
Rossiya va Eron kutubxonalarida saqlanadi. Uning ba’zi nusxalarining ruscha
tarjimasi «Oltin O‘rda tarixiga oid materiallar» to‘plamida nashr etilgan. Asarning
to‘la fransuzcha tarjimasini Jak Oben nashr qilgan.
Amir Temur tarixiga oid asar yozganlar orasida Kamoliddin Abdurazzoq ibn
Mavlon Jaloliddin Ishoq as-Samarqandiyning nomi alohida ajralib turadi. U l4l3
yilda SHohruh saroyiga yaqin bo‘lgan imom oilasida tug‘ilgan. Abdurazzoq
Samarqandiy SHohruhning diplomatiya sohasidagi topshiriqlarini bajargan.
SHohruh vafotidan keyin boshqa temuriyzodalar huzurida xizmat qilgan, l463
yildan boshlab Hirot madrasalaridan birida shayx bo‘lgan va shu erda taxminan
l483 yilda vafot etgan. G‘oyat mashxur bo‘lgan «Matlai sa’dayn va majmai
bahrayn» («Ikki saodatli yulduzning chiqish va ikki dengizning qo‘shilish joyi»)
asari Abdurazzoq Samarqandiy qalamiga mansubdir. Bu asar XIV-XV asrlarga oid
voqealarni o‘z ichiga oladil. Muallif qo‘lyozmani l470 yilda yozib tugatdi,
keyinchalik unga ba’zi o‘zgarish va qo‘shimchalar kiritdi.
Abdurazzoq Samarqandiyning bu kitobida Amir Temur va Temuriyzodalar
tarixi batafsil bayon qilingan, mazkur kitob SHarq va G‘arbda ko‘p martalab nashr
etilishining sababi ham shunda.
Amir Temur zamondoshlaridan biri Ibn Arabshoh (SHihobiddin Ahmad ibn
Muhammad ibn Abdulloh ibn Ibrohim (l389-l450) asari Amir Temur haqidagi
manbalar qatoridan alohida o‘rin oladi. Ibn Arabshoh Damashqda tug‘ilib o‘sgan.
Bu shahar Amir Temur qo‘l ostiga o‘tganida u l2 yoshda edi. U aka-ukalari hamda
onasi bilan birga Samarqandga olib ketiladi, bu erda l40l yildan l408 yilgacha
yashaydi. Ibn Arabshox shu erda ta’lim oladi, sharq tillaridan bir nechtasini
o‘rganadi, harholda Amir Temurning o‘z saroyiga bo‘lmasada, Temuriylardan
birining saroyiga yaqinroq turganligi seziladi. l408 yildan keyin SHarq
mamlakatlari bo‘ylab ko‘p sayohat qilgach, ona shahri Damashqqa qaytadi,
so‘ngra Qohirada yashaydi va shu erda vafot topadi.
2.2. AMIR TEMUR TUZUKLARIDAN FOYDALANISHDA O`QITUVCHI
MAXORATI MASALALARI.
Hozirgi zamon pedagogika fani oldida turgan muhim muammolardan
biri-o’qituvchi va uning pedagogik maxorati muammosi hisoblanadi. Chunki,
o’qituvchida barcha pedagogik g’oyalar mujassamlangan bo’lishi, uning faoliyati
orqali bu g’oyalar amalga oshishi va hayotga tatbiq etilishi muximdir.
O’qituvchining ko’p qirrali va murakkab faoliyati zamirida yosh avlodni odobli,
axloqli qilib tarbiyalash, ularni bilimlar bilan qurollantirish kabi muhim vazifalar
yotadi. Bularni amalga oshirish esa o’qituvchining xilma-xil faoliyatiga bog’liq:
bolalarni o’qitish, maktabdan va sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil eta
bilish va o’tkazish, ota-onalar o’rtasida pedagogik targ’ibot ishlarini olib boorish
va hokazo. Bularning hammasi o’qituvchidan chuqur bilimga ega bo’lishni, o’z
sohasini, bolalarni sevishni talab etadi.
O’zbekiston Respublikasi oliy ta'lim konsepsiyasida mutaxassis
vazifalari quyidagicha belgilangan: …"mutaxassis o’z faoliyati, sohasidan qat'iy
nazar, ijodiy jamoalarda ishlay olish qobiliyatiga, menejment va marketing
sohalarida tayyorgarlikka ega bo’lishi, yangi texnologiyalarni joriy etishning
xo’jalik, ijtimoiy va madaniy jihatlarini aniq tasavvur qila olishi kerak". Hozirgi
zamon o’qituvchisining asosiy fazilatlaridan biri – o’z kasbiga sadoqatliligi,
g’oyaviy e'tiqodliligi, o’z kasbini sevishi o’qituvchini boshqa kasb egalaridan
ajratib turadi. Chunki maktabda ta'lim-tarbiya ishining yuqori saviyada olib 3l
borilishi faqat o’qituvchiga, uning kasbiy tayyorgarligiga bog’liq. O’qituvchi
shaxsiga qo’yiladigan muhim talablardan biri shuki, u o’zi o’qitayotgan
predmetlarni chuqur bilishi, uning metodikasini o’zlashtirib olgan bo’lishi zarur.
Predmetni va uning nazariyasini chuqur bilishi, uni qiziqarli qilib o’quvchilarga
yetkaza olishi bolalarning shu predmetga bo’lgan qiziqishini oshiradi,
o’qituvchining obro’sini oshiradi. O’quvchilar o`qituvchining o’z bilimlarini
bolalarga yetkaza olishi imkoniyatlarini qadrlabgina qolmay, balki uning
fidoyiligini ham taqdirlashadi.
O’qituvchi kasbiga xos bo’lgan muhim talablardan biri – bolalarni
sevish, ularning hayoti bilan qiziqish, har bir shaxsni hurmat qilishdan iboratdir.
Bolani sevgan, butun kuch va bilimini bolalarning kelajagi, ularni Vatanga sodiq
fuqaro qilib tarbiyalashga safarbar qila oladigan insongina haqiqiy o’qituvchi bo’la
oladi. Bolaga befarq, uning kelajagi bilan qiziqmaydigan, o’qituvchilik kasbiga
loqayd inson haqiqiy o’qituvchi bo’la olmaydi. "Boshlang’ich ta'lim
konsepsiyasi"da boshlang’ich sinf o’qituvchisining qiyofasi quyidagicha
ta'riflanadi: "…eng muhimi, bolalarda o’qish, o’rganishga chinakam havas,
ishtiyoq uyg’otuvchi, e'tiqod hosil qiluvchi ustoz sifatida alohida o’rin tutadi". Bu
konsepsiyada boshlang’ich sinf o’qituvchisiga qo’yiladigan quyidagi talablar ham
keltiriladi: "…O’zbekiston – kelajagi buyuk davlat ekaniga ishonadigan milliy
iftixor tuyg’usiga ega bo’lishi;
- bolalarni xalq pedagogikasi durdonalari hamda milliy qadriyatlarimiz
asosida tarbiya qila olishi;
- nutqi ravon, xalq tili boyligi, ifoda usuli va tasvir vositalarini, adabiy til
uslubi va me'yorini to’la egallagan bo’lishi" zarur.
O’qituvchilik kasbiga xos bo’lgan bunday fazilatlarni undagi pedagogik
odob shakllantiradi. Pedagogik odob o’qituvchining yuksak kasbiy fazilatidir. U
o’qituvchining sabotli bo’lish, o’z hissiyotini idora qila olishi, bolalarga pedagogik
ta'sir o’tkazish vosita va me'yorlarini belgilashi va aniqlashiga yordam beradigan
fazilat hisoblanadi. Yuksak pedagogik odobga ega bo’lgan o’qituvchigina sinfda
mo'tadil psixologik iqlim o’rnata oladi, bolalar qalbiga tez yo’l topa oladi. 32
Biz o`qituvchi pedagoglarga konsepsiyada qo`yligan talablardan biri:
“Bolalarni xalq pedagogikasi durdonalari hamda milliy qadriyatlari-miz asosida
tarbiya qila olishi” degan talabiga asolangan xolda buyuk mutafakkir olimimiz a
Amir Temurning «Tuzukot»asarida ilgari surilgan qoylardan foydalanishda
o`qituvchi yuqorida qayd etilgan kasb malakalarga ega bo`lishini takidlagan holda
o`qituvchi asardagi g`oyalarni o`quvchilar ongiga singdirishda quydagilarga etibor
qaratish lozimligini takidlaymiz. Masalan: sindan tashqari o`qish darslari orqali
amalgam oshirish.
Kichik maktab yoshdagi qiziquvchanligi va taqlidchanligi bilan ajralib
turadi. Ular bu yoshda ko`p narsalarni bilishga, ularda ilgari surilgan g`oyalarga
amal qilishga harakat qiladilar. Shuning uchun sindan tashqari o`qishga tafsiya
etiladigan badiiy asarlar, baquvvat bo`lishi lozim.
Dunyoda necha millat, necha xalq bo`lsa, hammasining o`ziga xos turmush
tarzi, o`tmish hayoti va kelajagi bilan chambarchas bog`liq an'analari, qadriyatlari
mavjuddir. O`zbek xalqining ham urf-odatlari, turmush tarzi, oilaviy marosimlari,
ta'lim-tarbiya, madaniyat an'analari, qadriyatlari moziyning uzoq-uzoq asrlariga
borib taqaladi. Barg ildizdan quvvat oladi deganlaridek, hozirgi va kelajak avlod
kishilarining ularni chuqur bilishi ma'naviyatining mag`zi to`qligi omildir. Bu –
hamisha, hamma avlod tomonida e'tirof etilgan haqiqatdir.
Ulug‘ jahongirning hayoti va ijtimoiy-siyosiy faoliyatini o‘rganishda uning
qalamiga mansub «Temur tuzuklari» deb atalgan asarning qimmati benihoya
kattadir. «Temur tuzuklari» o‘ziga xos tarixiy asar bo‘lib, unda Amir Temurning
tarjimai holi va uning og‘ir, xavf-xatarlarga to‘liq faoliyatida yuz bergan voqealar,
yirik davlat arbobi va mohir sarkarda sifatida shuhrat topgan bu shaxsning davlat
va armiya tuzilishi hamda ularni boshqarish xususidagi fikr-mulohaza va qarashlari
o‘z ifodasini topgan.
Asar dastlab eski o‘zbek tilida yozilgan bo‘lib, sharqshunoslar N.D.MikluxoMaklay, CH. Ryo, X. Ete, CH.A.Stori va boshqa mutaxassis olimlarning so‘zlariga qaraganda, uning bir nusxasi XVII asrgacha YAman hukmdori Ja’far podshoning kutubxonasida saqlangan. Lekin afsuski, asarning asl nusxasi bizning zamonamizgacha etib kelmagan. SHunday bo‘lsada, bir narsa haqiqat. «Temur tuzuklari» dastavval eski o‘zbek tilida yozilgan.
«Temur tuzuklari» XV-XIX asrlarda nafaqat oliynasab kishilar, balki butun
jahon ilm ahli o‘rtasida shuhrat topdi. Asarning qo‘lyozma shaklida xam,
toshbosma tarzida ham jahonning deyarli barcha kutubxonalarida borligi, shuningdek ko‘p tillarga — ingliz, fransuz, rus, urdu va hozirgi o‘zbek tillariga
uzluksiz tarjima qilib turilishi bunga isbot-dalildir. «Temur tuzuklari»dan nusxa
ko‘chirib tarqatish uzluksiz davom etib kelayotgani asarning hammaga manzur
bo‘lganligidan dalolat berib turibdi.
«Temur tuzuklari»ning nashrlari ham anchagina. Masalan, uning forscha
matni, tadqiqot va izohlar bilan l783 yilda Angliyada mayor Devi tarafidan chop
etildi. l785 va l89l yillari mayor Devi nashri fotomexanika yo‘li bilan
Hindistonda, so‘ngra l963 yilda Eronda chop etildi.
«Tuzuki Temuriy»ning bir kancha tillarga qilingan tarjimasi ham bor. Masalan,
asarning inglizcha tarjimasi (faqat «Malfuzot» qismi) Amir Temurning tarjimai
holi (uning 4l yoshigacha bayon etilgan) l830 yili Angliyada mayor K.Styuart
tarafidan, fransuzcha tarjimasi (faqat «Tuzukot» qismi) Langle tarafidan amalga
oshirilib, l787 yili Parijda chop etilgan. «Tuzuki Temuriy»niig Subhon Baxshi
(Dexli, l855) va Muhammad Fazlul-haqq (Bombay, l908) taraflaridan amalga
oshirilgan urducha tarjimalari ham mavjud.
«Tuzuki Temuriy» to‘liq ravishda Xorazm (Xiva)da Muhammad YUsuf arRojiy tarafidan l856 - 57 yillari va Pahlavon Niyoz Devon tomonidan l858 yili
o‘zbekchaga tarjima qilingan. Ularning birinchisi «Tuzuki Temuriy», ikkinchisi
«Malfuzot» nomi bilan ma’lum. Har ikkala nusxa shu kunlarda Sankt-Peterburg
shahrida M.E. Saltikov-SHchedrin nomidagi xalq kutubxonasida saqlanmoqda.
Asarning eski o‘zbek tiliga tarjimasining yana bir nusxasi xam bor, lekin u
to‘lik emas. Soxibqironning 39 yoshigacha bo‘lgan davri voqealarini o‘z ichiga
olgan, xolos. Tarjima Qo‘qon xoni Muhammad Alixon (l82l /22 — l858/59)ning
topshirig‘i bilan Xo‘jand qozisi Nabijon Maxdum tarafidan amalga oshirilgan.
Keyingi yillarda «Temur tuzuklari»ning hozirgi o‘zbek tiliga qilingan to‘la
tarjimalari paydo bo‘ldi. Bu olijanob ish birinchi marta fors va arab tillari
bilimdoni marhum Alixon to‘ra Sog‘uniy tarafidan bajarildil. SHundan keyin uning tuzatilgan to‘la nashri sharqshunos Habibullo Karomatov tarafidan
hozirlandi va kitob holiga keltirib nashr etildil.
Asarning rus tiliga qilingan tarjimalari ham mavjud. Bulardan biri N.P.
Ostroumov rahbarligida amalga oshirilgan nashrdir. Lekin mazkur nashrning jiddiy
kamchiliklari bor. Tarjima forscha originaldan emas, balki L.Langlening
fransuzcha nashridan qilingan.
l968 yili I.M.Mo‘minov qisqa so‘z boshi bilan N.A. Ostroumov nashrini faksimils tarzida qayta chop ettirdi. Mazkur asarning N.S. Likoshin hamda V.A. Panov amalga oshirgan yana ikkita nashri ham bor. Lekin har ikkala nashr ham asarning Nabijon Mahdumning to‘la bo‘lmagan, fakat uning bir qismi — «Malfuzot»dan iborat nusxasiga asoslangan.
Endi «Temur tuzuklari» asarining muallifi va uning original yoki original
emasligi haqida. Bu masala ko‘pdan beri bahs-munozaralarga sabab bo‘lmoqda.
Masalan, ingliz sharqshunosi E.G.Braun bilan rus sharqshunos olimi V.V. Bartold
«Temur tuzuklari» Amir Temur tarafidan yozilganligini inkor qilibgina qolmay,
balki asarning originalligiga ham shubha bildirganlar. Lekin asarni sinchiklab
o‘rganilganda va uni Amir Temurning xayoti va ijtimoiy-siyosiy faoliyatiga
bag‘ishlangan mashhur asarlarga, xususan Nizomiddin SHomiy va SHarafuddin
Ali YAzdiylarning «Zafarnoma» asarlariga solishtirilganda, bu da’voning asossiz
ekanligi ma’lum bo‘ldi.
«Temur tuzuklari» va uning jahon kutubxonalarida saqlanayotgan nusxalari
haqida batafsil ma’lumot keltirgan ingliz sharqshunos olimi CH.A. Storining
mufassal katalogida «Temur tuzuklari» Amir Temur tarafidan yozilganligi
ishonarli isbotlangan.
Asarning matni va inglizcha tarjimasini chop etgan mayor Devi va Uaytlar
asarga yozgan so‘z boshida «Temur tuzuklari» Temurning o‘z qo‘li bilan yoki
uning nazorati ostida yozilgan deb aytadilar. Mazkur so‘zboshida yana mana bularni o‘qiymiz: «Temurning o‘zi yozgan tarixi faqat o‘z avlodi uchun yozilgan.
U qanday qilib hokimiyatni qo‘lga kiritgani, siyosiy va harbiy faoliyati haqidagi
sirlar, uning boshqarish san’ati kabilarni o‘zi izohlab bergan».
SHamsiddin Somiyning o‘ta qimmatli qomusiy asarida ham «Temur tuzuklari» Amir Temur qalamiga mansubligi aniq aytilgan. Bu asarda xususan bunday deyiladi: «Temur «Tuzukot» nomli qonunlar majmuasini yozgan va unda o‘z tarjimai holini bayon etgan. CHig‘atoy tilida bitilgan bu asar fors va Evropa
tillariga tarjima qilingan».
Mualliflik xususida gapirganda shuni ham aytish kerakki, Amir Temur aslida
ma’lumotli kishi bo‘lgan. Ibn Xaldun, Hofizi Abru, Ibn Arabshoh, SHarafuddin
Ali YAzdiy singari zamondoshlarining guvohlik berishicha, Sohibqiron keng
ma’lumotli kishi bo‘lib, tarix, fiqh (musulmon qonunshunosligi)ni va falsafani
yaxshi bilgan. Ibn Xaldun yozadi: «Aslida u (Amir Temur — mux.) o‘ta aqlli,
bilimdon, farosatli, ko‘p bahslashadigan... kishi edi». «Temur, — deb yozadi Ibn
Arabshoh, — olimlarga mehribon bo‘lib, sayyi- di shariflarni o‘ziga yaqin tutardi.
Ulamo va fuzaloga to‘la izzat ko‘rsatib, ularni har qanday kimsadan tamom
muqaddam ko‘rardi... Ular bilan mazmunli bahs ham yuritar ediki, bahsida insofu
hishmat bo‘lardi».
Hofizi Abru asarida quyidagilarni o‘qiymiz: «Temur turk va eroniylarning
tarixini chuqur bilgan va amaliy jihat- dan foyda keltiradigan har qanday ilmni:
tibbiyot, ilmi nujum (astronomiya) va riyo- ziyot (matematika)ni qadrlar edi.
Ammo me’morlikka alohida e’tibor bergan... Eng murakkab qurilish ishlarini
yaxshi tu- shunar va bu ish xususida ko‘p foydali maslahatlar berar edi...».
Ilm-fanning qadriga etgan, uning rivojiga sharoit yaratgan, shu bilan birga
o‘zi ilmli bo‘lgan shunday odamning biron muhim asar yoza olishiga shubxa
bo‘lishi mumkin emas.
U yoki bu asarning originalligini tanqidiy tahlil, ya’ni o‘sha asarni o‘ziga
o‘xshash asarlarga solishtirish yo‘li bilan aniqlash mumkin. Agar «Temur
tuzuklari»ni Nizomiddin SHomiy va SHarafuddin Ali YAzdiyning nomi yuqorida
qayd etilgan asariga yoki Amir Temur haqidagi boshqa asarlarga solishtirib
ko‘rsak, aytarli darajada xato-kamchilik topmaymiz. Amir Temur xam, farzandlari
ham bo‘lib o‘tgan tarixni, xususan, sulolalar tarixini yozishga alohida e’tibor
berganlar.
Biz yuqorida at-Turbatiyning forsiy tarjimasini SHoh Jahon o‘zi sinchiklab
tekshirib chiqqanligi, uning topshirig‘i bilan Muxammad Ashraf Buxoriy tarjimani
boshqa mo‘‘tabar asarlarga solishtirib chiqib, tuzatganini aytgan edik. Bu — Amir
Temurdan qolgan odat. Masalan, Amir Temur o‘z tarixini ishonchli manbalarga
suyanib yozishlarini talab qilgan va uni ortiqcha ta’rifu tavsiflardan xoli qilishni
buyurgan.
SHarafuddin Ali YAzdiy yozadi: «Baxshi va kotiblar mulku millat va arkoni
dav- lat ahvolida nimaiki bo‘lsa, barchasini aniqlab, to‘la-to‘kis yozib borardilar.
Har qanday vokea, o‘zgartirish kiritmay, oshirmay, kamaytirmay, ya’ni aslida
qanday kechgan bo‘lsa, o‘shanday ko‘rsatib berilsin, deb buyurilgan» .
Undan tashqari, yozilgan har bir asar musavvada (koralama — muh.)ligida
Soxibqironning o‘ziga va uning saroyidagi olimlarga bir necha bor o‘qib berilardi.
Xammaning tasdig‘idan o‘tgandan keyingina asar ko‘chirish uchun maxsus
kotiblarning qo‘liga topshirilardi. «Temur tuzuklari» ham shunday tekshirishlardan
o‘tgan, albatta.
YAna bir fakt. «Temur tuzuklari» jaxonga mashhur asar. Uning qo‘lyozma
nusxalari dunyoning deyarli barcha mamlakatlari (Hindiston, Eron, Angliya,
Daniya, Fransiya, Germaniya, Armaniston, O‘zbekiston va h.k.)ning
kutubxonalarida mavjud. Matni ko‘p marta toshbosma usulida chop etilgan. Ingliz,
fransuz, fors, rus va o‘zbek tillariga tarjima qilingan
«Temur tuzuklari» Sohibqironning tarjimai holi, hayoti, davlati va qo‘shinining tashkil topishini o‘rganish uchun muhim manba bo‘lib qolaveradi.
Amir Temurning «Tuzuklar» muallifi ekanligiga shubhani V.V. Bartold l9l8
yilda chop ettirgan «Ulug‘bek va uning davri» asarida bildirgan edi. U, Amir
Temurning rasmiy istoriografiyasi (tarixnavisligy)da Sohibqironning l360
yilgacha bo‘lgan hayotida ro‘y bergan voqealar xususida hech nima deyilmasligi
va «Qazag‘onning hukmronligi to‘g‘risida xikoyalarda Amir Temur ham, otasi
Tarag‘ay ham tilga olinmasligi» to‘g‘risidagi o‘z so‘zlarini sharh- lar ekan,
jumladan, shunday yozadi: «Amir Temurning mavhum tarjimai xoli, ma’lumki,
Amir Temurni ana o‘sha hikoyalarning hammasiga kiritadi, shuning o‘ziyoq
mazkur asar qalbakiligining eng yaxshi isbotlaridan biridir. Agar Amir Temur
chindan ham Qazag‘on janglarida qatnashganida rasmiy tarix bu haqda yozgan
bo‘lur edi».
Lekin V.V.Bartold Amir Temur tarjimai holining «qalbakiligi» to‘g‘risidagi o‘z
fikrini isbotlash uchun, yuqorida aytganlaridan bo‘lak biron-bir dalil keltirmaydi.
U, shuningdek, SHarafuddin Ali YAzdiy Amir Temur uchun tuzilgan turkiy
she’rlar solnomasi muallifi to‘g‘risida keltirgan ma’lumotlarni ham asoslamay
shubha ostiga oladi. O‘sha muallif, ko‘p voqealar, ayniqsa, faoliyatining ilk
davridagi voqealar, hodisalar Amir Temurning o‘z xoxishiga ko‘ra solnomaga
kiritilmagan, chunki ularga kitobxonlar ishonmasdi, haqiqatdan uzoq bo‘lib
tuyulardi, deb yozadi.
Amir Temurning yoshligida bo‘lib o‘tgan voqea-hodisalarni qanday
muloxazalar asosida solnomaga kiritishga rozilik bermaganligi to‘g‘risida biz hozir
turli faraz va gumonlarga borishimiz mumkin. Lekin biz barcha e’tirof etgan
SHarafuddin Ali YAzdiydek tarixchining aytganlariga ishonmasligimiz mumkin
emas.
Bundan tashqari, Bartold, Amir Temur Qazag‘onga — Markaziy Osiyoning
Ikkidaryo oralig‘i va Afg‘onistonning shimoliy yarmini o‘z ichiga olgan shunday
yirik davlat hukmdoriga qanday qilib bunchalik yaqin bo‘lib qolganligi, l355 yilda hukmdor unga o‘z nevarasini turmushga berganligi to‘g‘risida mutlaqo o‘ylab
ko‘rmaydi. Agar Amir Temur Qazag‘on hayotligida Movarounnahrning yirik
harbiy-siyosiy arbobi bo‘lmagan bo‘lsa, nega endi u l360 yil yanvarida xon
qarorgoxiga ulus o‘sha qismining hukmdori sifatida bir o‘zi keldi?
Bartold bu savollarni o‘ziga ongli ravishda, jo‘rttaga bermaydi, chunki agar
ularga javob bersa, Amir Temurning l355—l360 yillarda Movarounnaxrning eng
buyuk arboblaridan bo‘lganligini, «Tuzuklar»ning tarjimai xol qismida berilgan
o‘sha davrlarga oid voqealarning qalbaki emas, balki haqiqiyligini, to‘g‘riligini
o‘z-o‘zidan e’tirof etgan bo‘lardil.
Ana shundan keyin l920 yilda ingliz sharqshunosi E.G.Braun V.V.Bartoldni
ro‘kach qilib, «Tuzuklar»ni qalbaki deb ataydi, lekin, afsuski, u ham xech bir dalil isbot keltirmaydi. Keyinchalik V.SHBartold o‘zining l928 yilda chop etilgan «Mir Alisher va siyosiy hayot» nomli asarida yana shu masalaga qaytib, Temur «Tuzuklar»i qalbaki bo‘lib, XVII asrda Hindistonda bitilgan va ular XV asrdagi Eron uchun mutlaq xos emas», deb yozadi. Mazkur asarida V.V.Bartold Fransiya sharqshunosi L.Buveni va rus sharqshunosi M.Nikitskiyni ular Temur «Tuzuklar»ini tarixiy manbalar ro‘yxatiga kiritganlari uchun tanqid qiladi. Bartold bu erda ham o‘z
fikrini isbotlamaydi.
Orada ancha vaqt o‘tganidan keyin ingliz sharqshunosi CH.A.Stori V.V.Bartold va E.G.Braunning yuqorida tilga olingan ikki asarini dastak qilib, «Tuzuklar»ga ham, «Tarjimai hol»ga ham qalbaki asarlar sifatida qaralyapti», degan. SHunday qilib, ko‘rinib turibdiki, ikki ingliz sharqshunosining Amir Temurning «Tuzuklar» muallifi ekanligiga shubha bilan qarashi V.V.Bartoldning asossiz fikrlariga asoslangan. Holbuki, Evropa olimlarining asosiy ko‘pchi- ligi Amir Temur «Tuzuklar» muallifi ekaniga mutlaqo shubha qilmaydi.
V.V. Bartoldning Markaziy Osiyo xalqlarining o‘rta asr tarixini o‘rganish,
tadqid etishdagi katta xizmatlarini e’tirof qilgan xolda, shuni ham ta’kidlash
kerakki, uning ayrim cheklangan fikr-mulohazalari o‘z davridagi hukmron
siyosatga hamohang aytilganligi shubhasizdir.
Bartold fikrlari yana shuning uchun ham shubha tug‘diradiki, u SHox Jahonda
nega «Tuzuklar»ni o‘zidan ikki yarim asr avval yashagan bobosi yozgan deb
uqtirishga ehtiyoj tug‘ilganini isbotlashga urinib ham ko‘rmaydi. SHoh Jahonni
bo‘nday deyishga nima majbur qilgan, bundan u nima manfaat ko‘rdi? SHoh Jahon
aslida Hindistondan bu qadar uzoqda bo‘lgan tarixiy voqeani zamon va makon
o‘lchovida qanday qilib tiklay olgan? Mo‘‘tabar manbashu- nos hisoblanmish
Bartold «Tuzuklar»ni manbashunoslik nuqtai nazaridan tahlil qilishga ehtiyoj
ko‘rmay, siyosiylashtirilgan fikr bildirishi achinarli holdir.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining SHarqshunoslik
institutida saqlanayotgan «Tuzuklar»ning sakkiz qo‘lyozmasi (38, l503,l989,
7783, 9386, 37l7, 2730,820l) tahlili shuni ko‘rsatdiki, matn forscha bo‘lishiga
qaramay, unda XVII asrga emas, balki XV asrning birinchi yarmiga xos turkiy
so‘zlar ko‘plab uchraydi. Bundan tashqari, harbiy tarixchilar (jumladan,
M.M.Ivaninning) tadqiqotlari «Tuzuklar» Amir Temur davri uchun xosligini
ko‘rsatdil.
Amir Temurning «Tuzuklar» muallifi ekanligi va asarning muhimligini e’tirof
etadigan olimlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Bular orasida «Temur tuzuklari»ning
inglizcha tarjimonlari va noshirlari Devi va Uaytlar, mashhur turk qomusiy olimi
SHamsuddin Somiy, qo‘lyozmalarning yirik tadqikotchisi N.D. MikluxoMaklaylar ham bor.
SHamsuddin Somiy yozadiki:«Temur «Tuzukot» nomli qonunlar majmuasini
yozgan va unda o‘z tarjimai holini bayon etgan... CHig‘atoy tilida bitilgan bu asar
fors va Evropa tillariga tarjima qilingan». Mashhur vengr sharqshunos olimi G.
Vamberining mana bu so‘zlari diqqatga sazovordir: «(Uning saroyida) turkiy til hamma vaqt rasmiy maqomni egallab keldi. Temurning o‘zi sof va jaydari turkiy
shevada yozar edi. «Tuzuklar» fikrimizning dalilidir».
«Temur tuzuklari»ni o‘sha zamonlarda yozilgan boshqa tarixiy asarlar bilan,
xususan Nizomiddin SHomiy va SHarafuddin Ali YAzdiyning «Zafarnoma»si
bilan solishtirib o‘rganib chiqarilgan xulosa shuki, u Amir Temurning bevosita
ishtirokida yozilgan asl va noyob asardir.
III BOB BOSHLANG`ICH SINF O’QUVCHILARINING TA`LIM-
TARBIYASIDA TEMUR TUZUKLARIDAN FOYDALANISHGA OID
TAJRIBA-SINOV ISHLARI.
3.l. Tarbiyaviy tadbirlar jarayonida A.Temurning pant-nasixatlaridan
foydalanishning shakl va usullari.
Men “Boshlang`ich sinf o`quychilarini ma`naviy tarbiyasida Amir Temur
o`gitlaridan foydalanish” mavzusida malakaviy bitiruv ishini yozar ekanman
tajriba sinov ishlarini o’zim faoliyat yuritayotgan maktabda “Amir Temur –
faxrimiz g`ururimiz”, “Sarkarda-Amir Temur ” mavzularida tarbiyaviy
tadbirlarni tashkil etdim. Quyida ana shu tadbirlarni keltiraman.
Do'stlaringiz bilan baham: |