1.3 Oilada, maktabgacha ta`lim muassasalarida va umumiy o’rta ta`lim
muassasalarida huquqiy ta’lim-tarbiya.
Oilada huquqiy tarbiya tarbiyaning asosiy tarkibiy qismidir. Inson turmushi,
oila a’zolarining va ijtimoiy hayotning ishonchli, barqaror, mustahkam bo’lishi
huquqiy ta’lim–tarbiya bilan uzviy bog’liq. Oilada maqsadli huquqiy tarbiyani
tashkil qilmay, inson turmushini, oila a’zolarining hozirgi va kelajak hayotini
davom ettirish qiyin. Bu borada Mirzo Ulug’bekning olti asr avval inson hayotida huquqiy tarbiyaning ijtimoiy, amaliy ahamiyati haqida «Ilm ila o’z haq–huquqi sari intilish bandasi uchun farzdir va bu hayot ekanmi ani ado etmog’i kerak», -deb bildirgan fikri diqqatga sazavor va har bir ota–onaga alohida ijtimoiy mas’uliyat, burch va vazifa yuklaydi. Haqiqatan ham inson o’z murod, maqsadiga erishish uchun faqat bilimli bo’lishning o’zi yetarli emasligini hozirgi oila va ijtimoiy turmush ko’rsatib turibdi. Shuning uchun hozir insonlar, xususan bolalar bilimli bo’lish bilan birga o’z haq–huquqini himoya qilish bo’yicha aqliy jihatdan rivojlangan bo’lishi shart. Ammo o’zbek oilalarida bolani huquqiy tarbiyalashda muammolar mavjud. Ba’zi ota-onalarning befarqligini ta’kidlash joiz. Bunday holga chek qo’yish oila va ijtimoiy hayotning obyektiv ehtiyoji, talabi bo’lib qolmoqda. Demak oilada Bolani huquqiy jihatdan tarbiyalamay, komil insonni shakllantirish mumkin emas. Oilada bolani huquqiy tarbiyalash va hayotga tayyorlashni amalga
oshirgandan keyin oilalar huquqiy jihatdan mustahkam, iqtisodiy tomondan
barqaror rivojlanish yo’liga o’tadi va oila a’zolari to’q, faravon hayot kechirishi
ta’minlanadi. Oilada bola huquqiy tarbiyasini ro’yobga chiqarmay huquqiy
demokratik jamiyat, davlat qurishni tasavvur etish qiyin. Xullas demokratiyani
oiladan boshlash kerak. Adolat va haqiqat g’oyasi ijtimoiy hayotning barcha sohalarini qamrab olmog’i darkor. Adolat va haqiqat g’oyasi qonunchilik faoliyatimizning zamini, bosh yo’nalishi bo’lmog’i shart. Oilada bolani
huquqiy tarbiyalashni amalga oshirish o’ta dolzarb pedagogik ijtimoiy muammo
bo’lib qolmoqda va ijtimoiy ahamiyatga ega.
O’zbekiston Respublikasi Oila kodeksi “Ota–onalarning bolalarga ta’lim–
tarbiya berishga oid huquq va majburiyatlari”da “Ota–onalar o’z bolalarini
tarbiyalash huquqiga ega va tarbiyalashi shart. Ota–ona o’z bolalarining tarbiyasi va kamoloti uchun javobgardir” , -deb huquqiy jihatdan asoslangan va ota–
onalarga ijtimoiy mas’uliyat yuklaydi.
Konstitusiyaning oila bobidagi moddalar, O’zbekiston Respublikasining
«Bola huquqlarining kafolatlari qonuni»dagi talablar oilada bolani huquqiy
tarbiyalashga pedagogik asos, negiz, poydevor bo’ladi. Oilada bolani huquqiy
tarbiyalash mas’uliyati ota-onalarga yuklatiladi. Buning uchun ota–onalar oilada
huquqiy tarbiyaning maqsad, vazifasi haqida atroflicha ilmiy ma’lumotga ega
bo’lishi darkor. Bakalavrlar mazkur ijtimoiy vazifani ro’yobga chiqarish uchun ota–ona oilada farzandlarining istiqbolli, uzoq kelajagini aniq tasavvur etishlari lozim.
Ya’ni ular bolaning hozirgi va kelajakda ijtmoiy hayotning barcha yo’nalishlarida
huquqlarini bilishi, uni o’z shaxsiy hayotida qo’llay olishi nimaga yoki bilmasligi
qanday oqibatlarga olib kelishi hamda bola kamolotida qanday o’rin tutishligini
bilishlari, anglashlari shart. Agar ota-onalar bu masalaga e’tiborsiz bo’lsalar bola
hayotida ko’plab muammolar sodir bo’ladi. Bola o’z haq–huquqini bilmaydi, uni
himoya qila olmaydi, birovlarga tobe bo’lib oxir oqibat u jabr ko’radi va hokazo.
Bundan birinchi galda bola, oila va jamiyat katta moddiy va ma’naviy zarar
ko’radi. Bolaning kelgusida shunday ahvolga tushmasligi uchun ijtimoiy mas’ul
bo’lgan ota–onalar bola huquq tarbiyasini to’g’ri tashkil qilishlari lozim.
Agar ota–onalar oilada bola huquq tarbiyasini hozir aniq, ravshan ilmiy
jihatdan tasavvur eta olmasalar, bola huquq tarbiyasi noaniq, taxminiy maqsadsiz
olib boriladi va natijalari ham shunga yarasha kechadi. Har bir ota–ona o’z
farzandlarining kamolotini ko’rishni, hayotda o’z o’rnini, mavqyeni topishini,
baxt–saodatli bo’lishini hamda keksayganda ular oldida, piru–badavlat, izzat–
hurmatli, ardoqli ota–ona bo’lishni xohlaydi va shunga harakat qiladi.
Ota–onalarning asosiy vazifasi yuqorida ta’kidlangan huquqiy asoslarga
tayanib o’z farzandlari tarbiyasining tarkibiga huquqni singdirish orqali hayotda ular uchun zarur bo’lgan huquqiy ko’nikma, malakalarni tarkib topdirishga
erishishdan iborat.
Bola huquqlarining kafolatlari moddalari mohiyatini ota-onalar uqtirish,
tushuntirish, hikoya, suhbat, bahs, namuna, o’z–o’zini tarbiyalash, rag’batlantirish,
jazolash metodlaridan o’rinli foydalanib, bola ongini shakllantirish eng to’g’ri
yo’ldir. Keyin bola ongga asoslanib mashqlantirish metodi yordamida huquqiy
ko’nikma, odatlar tarkib toptiriladi. Masalan, ota yoki ona oila sharoitida o’g’li yo
qizining jamoat transportida: avtobus, tramvay, trolleybusda tartib qoidalarga rioya
qilib, o’z haq–huquqini huquqiy jihatdan tushuntirib, o’zini boshqara olishi hamda
bular buzilsa, o’zini himoya qilish ko’nikmalarini birgalikda mashq qildiradi. Yoki
bolaga ota–onasi, oila a’zolari oldidagi huquqiy burchi, vazifasi nimalardan tashkil
topishini anglatib borishi yoki bozorda iste’molchi sifatida o’z haq–huquqi
yuzasidan muomala, munosabatini, xulq–atvorini qanday boshqarish bo’yicha ota–
ona bilan birgalikda ishtirok etishi amaliy ahamiyatga ega. Shunday mashqdan
keyin bola oilada, bozorda yoki jamoat joylarida qanday xatti–harakatni, xulq–
atvorni huquqiy tomondan to’g’ri yo noto’g’riligini, mumkin, yo mumkin
emasligini, ma’qul, yo noma’qulligini asta–sekin anglab yeta boradi. Bolada
bosqichma–bosqich huquqiy ko’nikma, shaxsiy tajriba tarkib topib, ortib oila va
ijtimoiy turmushga tayyorlanib boradi. Shuning uchun ham ota–onalar
farzandlarining huquq tarbiyasi bo’yicha aqliy jihatdan rivojlanishiga alohida
e’tibor qaratishlari ham oilaga, ham jamiyatga birdek naf keltiradi.
Bizningcha oilada ota–onalar asosan farzandlarni huquqiy tarbiyalashda va
hayotga tayyorlashda o’z oila tarbiyaviy faoliyatida uch yo’nalishda ibrat–namuna
bo’lishlari darkor:
Birinchidan, ota–onalarning bolaga huquqiy tarbiya bo’yicha bilimi,
ma’lumoti, ongi ya’ni fikrlashi jihatidan ustun bo’lishi. Ikkinchidan, huquq
bo’yicha aqliy ma’lumotini, ongini oila va ijtimoiy hayotda tadbiq qilish bilan
bog’liq bo’lgan huquqiy ko’nikma, malakalarni o’zlarida tarkib topdirmog’i ya’ni
ularni mustaqil bajara olishlari juda muhim. Uchinchidan, huquq bo’yicha aqliy ma’lumotni ya’ni fikrini, hosil qilgan huquqiy ko’nikma, malakalarni o’z shaxsiy,
oilaviy va ijtimoiy hayotida va ayniqsa mehnat jamoasida qo’llay olishi juda
muhim.
Agar ota–onalar oila sharoitida yuqoridagi huquqiy sifatlarni o’zlarida tarkib
toptirsa, bolaning huquq tarbiyasi talab darajasida shakllanadi. Ammo bu sohada
o’zbek oilalarida muammolar mavjud. Mazkur muammolarni hal qilishda
pedagogika va psixologiya mutaxassislari va ayniqsa oilada ota–onalar o’ta ziyrak,
faol hamda tadbirli bo’lishlari maqsadga muvofiq. Buning uchun ota–onalar o’z
bolalarining fe’l–atvorini, huquqiy tarbiyalanganlik darajasini, bu boradagi hozirgi
zamon talablarini va oila shart–sharoitini, oilaning tarbiyaviy imkoniyatlaridan
foydalanishlari lozim.
O’zbekiston oilalarida bolani huquqiy tarbiyalash va tayyorlashda ota–
onalarning tarbiyachilik faoliyatini tashkil qilishni yanada yaxshilash bo’yicha
Respublikada quyidagi tadbirlarga asosiy e’tiborni qaratishlari maqsadga muvofiq.
Bular: Ommaviy axborot vositalarida oilada bolani huquqiy tarbiyalash
bo’yicha radio eshittirishlarini, oynai jahon ko’rsatuvlarini, internet axborotlarini
ota–onalarga moslashtirib tashkil qilishni doimo, uzluksiz yo’lga qo’yish. Gazeta,
jurnal sahifalarida bola huquq tarbiyasi haqida pedagogik huquqiy maqolalarni,
uslubiy tavsiyalarni, ommabop pedagogik adabiyotlarni ya’ni: «oila», «oilada
bolaning huquq tarbiyasi», «Konstitusiyani o’rganamiz» kabi yangi pedagogik
yo’nalishdagi maqolalarni chop etishga erishish;
Oilada bola tarbiyasi bo’yicha mahalla, tuman, viloyat va respublika
miqiyosida ilmiy–nazariy konferensiyalar uyushtirish va undagi ma’ruzalarni chop
etishni yo’lga qo’yish va ota-onalarga yetkazib berish;
Ilg’or ota–onalarning huquqiy tajribasini o’rganish va yoyishni radio, oynai
jahon eshittirish, ko’rsatuvlarida hamda ularning hayotini ifodalovchi video
kassetalarni ishlab chiqarishga erishish orqali sotishni tashkil qilish va h.k.
Yuqoridagi tashkiliy tarbiviy tadbirlarning va yangi pedagogik
maqolalarning chop etilishiga erishish oilada ota–onalarning huquqiy tarbiyachilik faoliyatlari samaradorligini oshirishga, takomillashtirishga zamin hozirlaydi.
Shunday qilib, oilada bolani huquqiy tarbiyalash va hayotga tayyorlash komil
insonni shakllantirishning, oilani barqarorlashtirishning, mustahkamlashning,
shuningdek, mamlakatda huquqiy demokratik davlat qurishning tarkibiy qismi
bo’lmog’i lozim. Chunki oilada bolani huquqiy tarbiyalamay,xuquqiy jamiyatni
qurish mushkul.
Oila tarbiya uchog`i ekani O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ham
o`z ifodasini topgan. Chunonchi, Konstitutsiyaning 64-moddasida «Ota-onalar o`z
farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar» deb
yozilgan. Oilada ota onalar o`z farzandlarini inson qilib tarbiyalashlari, ular
to`g`risida g`amxo’rlik qilishlari shart. Ana shu sababdan Konstitutsiyamizning
63-moddasida: «Oila jamiyatning asosiy bo’g`inidir, hamda jamiyat va davlat
muhofazasida bo`lish huquqiga ega» deb tasdiqlangan4.
Maktabgacha ta`lim turida huquqiy ta`lim-tarbiya uch bosqichda olib boriladi:
1) o`rta yosh (3-4 yosh);
2) katta yosh (4-5 yosh);
3) maktabga tayyorlov davri (6-7 yosh).
Maktabgacha ta`lim yoshdagi bolalarga ilk huquqiy ta`lim tarbiya berishda
bolalarning yosh xususiyatlari hisobga olinadi.Huquqiy qoidalarni bayon qilib
berishda o`yin usullaridan foydalanish tavsiya qilinadi.Bolalarga ilk huquqiy
tushunchalarni berish orqali ularning shu davrdagi yoshiga mos qonun-qoidalarga
rioya qilish maqsadi qo`yiladi va mashg`ulotlar tufayli ijobiy natijalarga
erishiladi.Huquqiy ta`lim mashg`ulot tarzida bolalarga tevarak atrof, tabiat bilan
tanishish, badiiy adabiyot, odobnoma mashg`ulotlarini mujassamlashtirib, har bir
yo`nalishni bir-biriga moslab, uzviy ravishda olib boriladi.
Umumiy o`rta ta`limda huquqiy ta`lim-tarbiya
Umumiy o`rta ta`limda huquqiy ta`lim-tarbiya uch bosqichda olib boriladi;
1. boshlang`ich ta`limda (1-4 sinf);
2. umumiy o`rta ta`lim (5-7 sinf);
3. umumiy o`rta ta`lim (8-9 sinf).
Boshlang`ich ta`limda bolaning yosh xususiyati e`tiborga olingan holda huquqiy
ta`lim-tarbiya fanlar tarkibida olib boriladi.Xar bir sinfda o`qituvchi «Ona tili», «Atrofimizdagi olam», «Odobnoma», «O`qish»,
«Tabiatshunoslik» darslarida o`tiladigan mavzular bilan bog`lab huquqiy
tushunchalar berib boradi. Masalan, «Ona tili» darsida «O`quvchi kun tartibi»
mavzusida qoida tushunchasi, o`quvchilar qoidasi tushuntiriladi. Huquqiy nuqtai
nazardan qoida nima sababdan o`rnatiladi, unga bo`ysunish majburiyat, burchligi
o`rgatiladi. Bola ilk huquqiy terminlarning ma`nosini anglay boshlaydi. Beshinchi
sinfdan boshlab yettinchi sinfgacha har bir sinfda,
bolaning qabul qilish layoqati, yoshi, fanlarning murakkablanib borishi hisobga
olingan holda, huquqiy bilim ham chuqurroq o`rgatiladi. Masalan, bu sinflardagi
o`quvchilar: huquq tushunchasini; inson va fuqarolarning huquqiy holati asoslarini;
mustaqillik, davlat ramzlari tushunchasini; mulk huquqi, fuqarolik huquqiy
munosabatlar asoslarini; inson huquqi, bola huquqi; qonun va o`smir;
huquqbuzarlik tushunchalarini va boshqa huquqiy bilimlarni o`rganadi
8-9 sinflarda maxsus «Huquqshunoslik» darsi o`tiladi.Unda huquqshunoslikdan
O`zbekiston davlati va huhuhi bilan bog`liq bilim olinib, 9- sinfda O`zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi o`rganiladi.
Huquqiy ta`lim- tarbiyada shaxs xususiyatlarini hisobga olish lozim. Shaxs
xususiyatlari xilma xil bo`lib huquqiy tarbiyalashda ulardan hech birini e’tiborsiz
qoldirib bo`lmaydi. Masalan shaxsning tabiiy xususiyatlaridan yoshi va jinsini olib
ko`raylik. Yosh o`zgaruvchan jins doimiy bo`lgani bilan shaxsning rivojlanishi
ko`p jihatdan shu ikki xususiyat bilan belgilanadi va ular o`zaro chambarchas
bog`liqdir. Yoshga bog`liq holda tabiiy o`zgarish vujudga keladi va shaxsning
huquqiy ta`lim- tarbiya elementlariga bo`lgan ehtiyoji ham o`zgaradi.
Maktab jamoasida o`quvchilarni huquqiy tarbiyalashda yosh xususiyati alohida
o`rin tutadi. Quyi sinflarda bolalar ketma-ket takrorlanuvchi qisqa ishlarni tez
o`zlashtiradilar. Ular bu yoshda itoatkor bo`ladilar oila hayotida maktabda
ko’chada uchrab turadigan qoidalarni oson o`rganadilar. Masalan kattalar bilan
muomala odobi oziq-ovqat asbob uskunalarni tejash nonni e’zozlash va hakozo.
Quyi sinflarda axloqiy-huquqiy tarbiya samarali bo`lsa o`quvchilar yuqori
sinflarga o`tganda ularga murakkabroq huquqiy normalarni o`rgatish osonroq
kechadi.
Maktablarda o`smirlarning huquqiy tarbiyasiga alohida e’tibor bermoq
kerak.Bu yoshda bolalar o`zlarini kattalardek xis qiladilar kattalarga taqlid qila
boshlaydilar lekin ularda bolalik xususiyati hali ancha saqlanib turadi. Ularga
ko`proq tartibga aloqador qonun-qoidalarni mulkka nisbatan tejamkorlikni
o`rgatish maqsadga muvofiq bo`lar edi. Yuqori sinf o`quvchilari yoshlar ayrim huquqiy munosabatlar bo`yicha muomala qobiliyatiga ega bo`la boradilar. Ular bilan yakka tarzda ish olib borish ularga qonunlarni mustaqil o`rganishni hayotda qo’lay bilishni o`rgatish bunda ayniqsa fuqarolik mehnat oila tabiatni muhofaza qilish qonunlariga ko`proq e’tibor berish tavsiya etiladi. Yoshlar jamoat tartibini saqlashda ishtirok etishga o`rgatilishlari zarur. Sinfdagi tarbiyaviy soat (sinf rahbari soati) – bu ma'naviy tarbiya darsidir. U anjuman, ma’ruza, axborot, suhbat, munozara shaklida o`tkazilishi mumkin. Bizning nazarimizda, suhbat (barcha sinflar o`quvchilari uchun) maktab o`quvchilarining huquqiy ta'limida eng samarali usuldir.
Amaldagi uslubiy tavsilar va to`plangan tajribaga amal qilgan holda
o`quvchilarning I-IV, V-IX, X-XI sinflardagi huquqiy ta'lim jarayonining asosiy
qoidalarini bayon qilamiz.
Boshlang`ich sinflarning o`quvchilari “O`rta umumiy ta'lim maktabi
nizomi”, voyaga yetmaganlarning jamoat joylaridagi xulq-atvor qoidalari, “Ko`cha
harakati qoidalari”ni o`rganishda huquq haqidagi ilk tasavvurlarga ega bo`ladilar.
O`quvchilar “O`rta umumiy ta'lim maktabi nizomi” bilan tanishishda o`zlarining
“tirishqoqlik bilan o`qishi, o`zini namunali tutishi, maktab ijtimoiy turmushida va
ijtimoiy foydali mehnatda faol qatnashishi, o`quvchilar uchun qoidalarga amal
qilishi” shartligini anglab oladilar.
Boshlang`ich sinflarning o`quvchilari uchun suhbatlar, odatda, “Sening
huquqlaring va majburiyatlaring” mavzuida boshlanadi.
O`quvchilar uchun qoidalar, quyidagi axloqiy-huquqiy mavzularda suhbatlar
o`tkazish imkoniyatini beradi. I-V sinflar uchun: “Xalq boyligini ehtiyot qiling,
buyumlarni avaylang, tabiatni muhofaza eting, tozalikka rioya qiling”, “O`zingni
namunali tut” va h.k. Maktablarda bunday mavzularni o`rganish yuzasidan katta tajriba to`plangan. Masalan birinchi sinf o`qituvchisi yomon qiliqlarni oldini olish
maqsadida shunday suhbatlarni o`tkazadi: “Jamoat joylarida o`zingni yaxshi tut”,
“Yaxshi va yomon ishlar”, “Ishonchni yo`qotish oson, uni qozonish qiyin”,
“Haqiqatga tik qarashga o`rgan” va h.k. birinchi sinf o`quvchilari shunday
kinolentalarni tomosha qiladilar va muhokamadan o`tkazadilar: “Qahramonning
ukasi” va boshqalar. Bu sinfda bolalar gazetalari va jurnallaridagi hikoyalarni
muntazam o`qib boradilar va o`quvchilarning o`zlari u yoki boshqa ijobiy yoki
salbiy qilmishga baho beradilar.
Huquqiy ta'lim natijalari o`quvchilar ijtimoiy faolligining oshishi, ularni
o`tmish sarqitlariga, loqaydlikka, xudbinlik, milliy ma'naviyat me'yorlarini buzishlarga qarshi kurashga jalb etish bilan bog`liqdir. Boshqa fanlarga doir
darslar kabi huquq darsi ham har xil mashqllarda – dars-suhbat, dars-ma’ruza,
dars-seminar, takrorlash-umumlashtirish darslari tarzida o`tkazilishi mumkin6. I
BOB BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA XUQUQIY
TUSHUNCHALARNI SHAKLLANTIRISHNING MAZMUNI, SHAKL VA
METODLARI.
2.1 Kichik yoshdagi o’quvchilarda dars jarayonida xuquqiy tushunchalarni
shakllantirishning pedagogik jixatlari.
Barcha ta’lim turlari uchun bolalar va o’quvchilarning yosh hususiyatlarini
hisobga olgan holda, huquqiy ong va madaniyatni shakllantirishga qaratilgan.
Konstitusiyani o’rganish bo’yicha dasturlar, darsliklar, adabiyotlar va metodik
tavsiyalar yaratish kun tartibiga qo’yiladi. Yuqoridagi vazifalardan kelib chiqib
umumiy o’rta ta’limning boshlang’ich sinflarida 10 soatdan «Konstitusiya
alifbosi» va 5-7 sinflarda «Konstitusiya olamiga sayohat»dan darslar
joriy etildi. Boshlang’ich sinflardan ona tili, atrof olamni muhofaza qilish va o’qish
singari darslarini o’rganish tarkibida o’rganiladigan bo’ldi. Bunda ko’zda
tutiladigan asosiy maqsad kichik o’quvchilarda huquqiy tasavvur, tushuncha va ilk
ko’nikmalarni tarkib toptirishdir. Xalqimizda dunyo xalqlari tarixidan ma’lumki,
har bir millat va elatdan faqat erkinliklarini qo’lga kiritgandan so’nggina ravnaq
topganlar. Tarixda «Turon, Turkiston va Movaraunnuxr» nomi bilan mashhur
bo’lgan Markaziy Osiyo, ayniqsa O’zbekiston hududida ming yillar davomida
yuksak madaniyat gullab yashnadi, qudratli davlatlar mavjud bo’ldi. Ular insoniyat
tarixida sezilarli iz qoldirdi hozirgi O’zbekiston hududida avval juda katta qudratga ega bo’lgan davlat mavjud edi. Albatta bunday qudrat o’sha davlatning huquq sohasida o’ta rivojlanganligini isbotlab turibdi.Chunki adolat va huquq hukmron bo’lmagan davlat kuchli va qudratli davlat bo’la olmaydi. Buning haqiqiyligini Amir Temurning tuzuklari ham isbotlab turibdi.
O’z zamonasida Mirzo Ulug’bek ham kishilarning huquqiy ongi yuksak
bo’lishi haqidagi quyidagi fikri «Ilm ila o’z haq-huquqi sari intilish bandasi uchun
farzdir va u hayot ekan, oni ado etmog’i zarur»,-degan fikri ham isbotlab turibdi Insonning kamol topishida ilm bilan birga o’z haq-huquqini bilishi hamma
zamonlarda asosiy hal etuvchi omil bo’lib kelgan va bundan keyin ham shunday
bo’lib qoladi. Hozirgi davrda ana shu maqsadni umumiy o’rta ta’limning quyi
bosqichi boshlang’ich sinf o’quvchilari zimmasiga yuklatildi. Buning uchun
o’qutuvchilar huquqshunoslik fanini va O’zbekiston Konstitusiyasini nazariy-ilmiy
asosda bilishi va o’z o’quvchilariga o’rgata olishi juda muhim. O’qituvchi
o’quvchilar ongida quyidagi tushunchani singdirishga erishmog’i darkor.
Qonunchilik-bu ijtimoiy hayotning alohida tartibi bo’lib, uning asosiy mohiyati
qonunning mutloq hukmronlik qilishidadir.
Yoshlarni huquqiy ijtimoiylashtirishimizda O’zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 13-iyundagi «Yoshlarni huquqiy ta’limini
takomillashtirishning kompleks dasturi» to’g’risidagi qarorining qabul qilinganligi
bu asosida maktablar uchun «Huquqiy ta’lim» to’g’risida nizom ishlab chiqilgani
ham ayni muddao bo’lib, yoshlikdan boshlab berilishi lozim. Bolalar maktabgacha
tarbiya muassasalaridayoq xulq-atvor qoidalaridan xabardor bo’lishi, ma’naviy va
ba’zi huquqiy me’yorlar to’g’risida boshlang’ich tushunchalar olishi, kelgusi o’quv
yili davomida bu bilimlar kengaytirilishi va chuqurlashtirilishi aniq ifodalangan
huquqiy hususiyat kasb etishi zarur.
Huquqiy ta’lim va huquqiy tarbiya muassasalarida, umumta’lim
maktablarida olib borilishini nazarda tutuvchi me’yoriy va o’quv uslubiy
mezonlarini ishlab chiqish, tasdiqlash hamda yangi o’quv fanlarini joriy qilish
demakdir. Huquqiy madaniyat asoslari haqida gap yuritmoqchi bo’lsak,
respublikamizda iqtisodiyot, siyosat, davlat qurulishi, huquqiy tizim va jamiyatni
ma’naviy o’rganish sohasida keng ko’lamli islohatlar o’tkazilmoqda.
O’tkazilayotgan islohatlarning qonuniy zamini yaratildi. Ijtimoiy-siyosiy
hayotning huquqiy asoslari mustahkamlanmoqda va takomillashmoqda. Shu
munosabat bilan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 29-
avgustdagi qarori bilan tasdiqlangan «Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish
milliy dasturi» matbuotda e’lon qilindi. Huquqiy madaniyat-umumiy
madaniyatning ajralmas tarkibiy qismidir. Insonlar ongida shunday ishonch qaror
topishi kerakki, huquqiy bilimlarga ega bo’lgan va bilimli deb hisoblanadi. Milliy
dasturning maqsadi aholining barcha qatlamlari huquqiy savodxonlikka
erishishlari, yuksak darajadagi huquqiy ongga ega bo’lishlari hamda huquqiy
bilimlarni kundalik hayotda qo’llay olishlari uchun huquqiy madaniyatni
shakllantirishning keng qamrovli muntazam tizimini yaratishdan iboratdir.
Huquqiy madaniyatni yuksaltirish Milliy dasturi qanday vazifalarni ko’zda
tutadi; Huquqiy ta’lim va tarbiya tizimini takomillashtirish;
Barcha davlat organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolarning qonunga
hamda huquqi hurmat munosabatda bo’lishga erishish;
Aholining huquqiy savodxonligini oshirish;
Fuqarolarning ijtimoiy huquqiy faolligini oshirish singari ustivor
yo’nalishlarga erishishdan iboratdir. Mazkur milliy dastur fuqarolarning huquqiy
ta’limi va huquqiy tarbiyasi yuridik organlar, bolalar muassasalari, boshlang’ich
ta’lim, barcha turdagi maktab va oliy ta’lim qatlamlariga daxldor bo’lib, uni
joylarda, ishlab, o’rganib chiqish va amaliyotga tadbiq etish davrimizning dolzarb
vazifasidir. Xalqimizning huquqiy madaniyatini yuksaltirish davlat siyosati
darajasida ko’tarilishi lozim. Bu Prezidentimizning hayotiy kuzatishlari asosida
kelib chiqqan xulosasi, dardi va talabidir.
-Inson huquqlari eng avvalo, huquqiy madaniyat, huquqiy bilim, huquqiy
ongga kelib taqaladi,-deya ta’kidlaydi prezidentimiz Islom Karimov.
Prezidentimizning huquq to’g’risidagi ma’ruzalariga odamlarimiz ongida
eskicha psixologiyani o’zgartirib, ularda yangicha huquqiy ongni shakllantirish,
huquqiy madaniyatni yuksaltirish bugungi hayotimizning talabidir. Ana
shundagina mamlakatimizga huquqiy demokratik jamiyat barpo etish mumkin
bo’ladi. Yoshlarning qonunlarga moslashib borishi, huquqning o’zi nima? Huquqiy
burch nima? Tushuntirish, yaxshini yomondan, halolni haromdan, pokni-nopokdan
ajrata bilishga yordam berish zarur. O’z navbatida huquqiy bilimga ega bo’lgan
inson huquqiy madaniyati shakllana boshlaydi. Huquqiy ta’lim maktabda
maktabda uzluksiz olib boriladi.
Demak biz maktab o’quvchilarida huquqiy ongni shakllantirishga poydevor
yaratishimiz kerak. Boshlang’ich maktabda esa shu vazifani ilk tushunchalarini
tarkib toptirishga harakat qilishimiz lozim. Kishi qancha keng qamrovli huquqiy
bilimga ega bo’lgan sayin shu darajada madaniyatli bo’la boradi. Bu borada
O’zbekiston Respublikasi milliy dasturida: «Ta’limning barcha darajalarida ta’lim
oluvchilarning huquqiy ta’lim hamda tarbiyasini takomillashtirish»,-zarurligi
alohida ta’kidlangan. Shuning uchun huquqiy ta’lim-tarbiyaning maqsadi har bir
o’quvchiga amaliy faoliyatida zarur bo’ladigan huquqiy bilimlarni belgilangan
davlat standartlaridan kam bo’lmagan hajmda olish imkoniyatlarini berishdan
iboratdir. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida huquqiy tushunchalarni skakllantirishda
ularga o’qitiladigan o’qish, odobnoma, onatili,Konstitutsiya alifbosi kabi
fanlarning ahamiyati katta.“Konstitutsiya alifbosi” kursining asosiy vazifasi
o’quvchilarda huquqiy madaniyatni shakllantirishdan iborat. Bunda eng avvalo
o’quvchilar diqqatini “huquq” so’zining ma’nosini, inson huquqlarining
mohiyatini, bolalar huquqlarini, odamlar bilan munosabatda huquqiy madaniyat
me’yorlariga mos munosabatda bo’lish kabi masalalarga e’tibor qaratiladi.
Darslar o’tilishi davomida o’qituvchi jamiyatda sodir bo’lgan voqelikka
munosabat bildirishiga to’g’ri kelib qolsa, mavzudan kelib chiqib, o’zi lozim
topgan metodda yoki yo’nalishda dars tuzilishini o’zgartirishi mumkin (mavzular
ketma-ketligi yoki biron-bir mavzu matni).
“Konstitutsiya alifbosi” mashg’ulotlari orqali o’quvchilar O’zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasida va boshqa huquqiy hujjatlarda aks topgan o’z
huquqlarini bilishlari, huquqiy madanyatli bo’lish nima uchin kerakligini tushinib
yetishlari zarur. Insonparvarlik munosabatlari shakllangan, madanyati rivojlangan
jamiyatdagi insonlar o’z qadr-qimmatlarini bilishlari, o’zgalar huquqini hurmat
qilishlari muhimdir.
Mashg’ulotlarni o’quvchilar tez qabul qila oladigan didaktik o’yinlar, rasmlar
bo’yicha ishlash, hikoyalar yozish, psixotreninglar, viktorinalar kabi shakl va
metodlarda olib borish maqsadga muvofiq.
Ko’zlangan natijalarga erishish uchun o’quvchi shaxsiga hurmat bilan
qarash muhitini yaratish lozim. Ularda shu yo’l bilan o’z qadrini bilish bilan birga,
o’zgalar hurmat va ishonchiga javoban atrofdagilar huquqlarini hurmat qilish
fazilatlari shakllanilishiga erishiladi. Dars davomida doira bo’lib bir-birlariga
yuzlanib o’tirishlariga imkon yaratish lozim. O’quv qo’llanmadagi materiallar 3- sinfda o’tiladigan “O’qish”, “Ona tili”,
“Tabiatshunoslik”, “Odobnoma”, “Matematika” fanlari darslarida va shu fanlar
mazmunidagi huquqiy mavzu va tushunchalarni omixtalashtirishda
(integratsiyalashda) foydalanishga qulay qilib tayyorlangan.
O’quv qo’llanmadagi har bir mavzu bir necha kichik materialdan: o’qish
uchun matn, she’r, hikoya, rebus, krosvord, boshqotirma, mashq va boshqa
topshiriqlardan tashkil topgan.
“Konstitutsiya alifbosi” oquv qo’llanmasida berilgan har bir material aynan
bitta darsda, 1 soat davomida o’tishga mo’ljallanmagan. Materiallardan boshqa
fanlar tarkibida (o’tiladigan mavzu mazmuniga moslab)darsning bir qismida, bir
necha minutga mo’ljallab foydalanish ham mumkin.
Misol uchun, “Konstitutsiya alifbosi” o’quv qo’llanmasidagi “
O’zbekuston Respublikasi mustaqillik davrida” mavzuyi:
“Ona tili” darslarining o’quv yili boshida o’tiladigan “Istiqlol shodiyonasi
matni va “Istiqlol” She’rining mazmun mohiyati ochilishi jaroyonida o’quv
qo’llanmaning 4-sahifasidagi matndan foydalanish tavsiya etiladi;
shu mavzvuning 4-5- sahifasidagi O’zbekiston Respublikasi ramzlari
haqidagi ma’lumotlardan “O’qish” darsining ilk soatlarida o’tiladigan
“O’zbekiston Respulikasining Davlat madhiyasi”, “o’zbekiston Respublikasining
Davlat bayrog’I”, “O’zbekiston Respublikasining Davlat gerbi” matnlarini o’tish
jarayonoda foydalanish tavsiya qilinadi. Bir mavzuni har bir fan tarkibidanechaminutdan o’tish o’qituvchi ixtiyoriga havola
qilinadi.
O’qituvchin “Konstitutsiya alifbosi” o’quv qo’llanmasidagi materialni qaysi
fan tarkibida o’tilganligiga qarab mavzu yuzasidan o’quvchilar bilan savollarga
javob berishni, topshiriqlarni bjarishni tashkil qilishni va uy vazufalarini nazorat
qilishni o’sha fan darslarida amalga oshirishi maqsadga muvifiq.
Darslarni o’tish jarayonida o’qituvchi ta’lim, tarbiya va o’quvchilarning fikrlash
qobiliyatlarini rivojlantirish kabi o’zaro uzviy bog’liq vazifalarni amalga oshirishi
lozim. Buning uchun o’quv materialini berishishdagi turli-tuman yondashuv va
metodlardan foydalanish lozim. Konstitutsiya asoslarini o’rganish jarayonida
quviyidagi metodlarini qo’llash mumkin:
1. Rasm yoki suratga qarab ishlash.
2. “Tarixga sayohat” ruknida hikoya.
3. O’zini amaliy vaziyatlar ishtirokchisi sifatida tasavvur qilish.
4. Muammoli vaziyatlarni tashkil qilish va muammoli vazifalarni qo’yish.
5. O’tilgan materiallarni chuqur bilish va esda tutish uchun o’rganilgan
materiallarni muntazam takrorlash zarur bo’ladi.
Bilimlarni nazorat qilinishi uchun o’quvchilar doimo tayyor bo’lishlari
kerak. Buning uchun quyidagi usullarni muntazam qo’llash o’quvchilarning keyin
darsga alohida tayyorgarlik bilan kelishlariga zamin yaratadi:
1. O’quvchilarni savollarga atroflicha javob berish uchun doskaga chiqarish.
2. Joyida turib qisqa savollarga qisqa javob berish.
3. O’quvchilar javoblarini to’g’rilash va to’ldirish.
4. Oldindan berilgan savollar yuzasidan qisqa ma’lumot berish.
5. Darsni tashkil qilishning interfaol metodlarini keng ravishda qo’llash o’z
samarasini beradi.
O’rgatuvchi o’yinlar ijodiy topshiriq va kichik guruhlarda ishlash kabi dars
samarasini oshirishning va darsni qiziqarli qilib tashkil qilishning asosiy
metodlaridan biri hisoblanadi. O’quvchilarga rol berish bilan, ularga o’zlarini
boshqa shaxs sifatida tasavvur qilishlariga imkoniyat yaratiladi. Bu o’yinlar
yordamida o’quvchilada tasavvur xislatlari oshiriladi, vaziyatga o’z munosabatini
bildirish imkoniyati beriladi, amaliyotda sodda huquqiy muammani hal qilish
malakalari hosil qilinadi, o’zgalarga rahm- shafqat, ularning huquqlarini e’zozlash
hislari uyg’otiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |