Pedagogika” fakulteti “Boshlang’ich ta’lim” yo’nalishi 2- kurs 206 -guruh talabasi ning


Kichik yoshdagi o’quvchilarda xuquqiy tushunchalarni shakllantirish ilmiy, tarixiy manbalarda o’rganilganlik darajasi



Download 91,08 Kb.
bet5/21
Sana21.01.2022
Hajmi91,08 Kb.
#397088
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
huquq tayyor

1.2. Kichik yoshdagi o’quvchilarda xuquqiy tushunchalarni shakllantirish
ilmiy, tarixiy manbalarda o’rganilganlik darajasi.
Huquqiy ta’lim -tarbiya o`z tarixiga ega bo`lib, qonunlarni aniq ijro
etilishiga ta’sir ko`rsatishga qodir, siyosiy tuzilishidan qatiy nazar hamma davlatlar
undan manfaatdor. Ma’lumki, qadimgi Yunoniston va Rimda bolalikdan boshlab fuqarolarga qonunlar o`rgatilgan. Rim davlatida 14 yoshgacha bo`lgan bolalar qonunlarning 12 jadvalini yod olganlar. Eramizdan oldingi III asr boshlarida mavjud bo`lgan va bizgacha yetib kelgan «Fuqaro Xersonesning qasamyodi»da, jumladan, shunday deyiladi: «Men fuqarolarning hech biriga nisbatan hech qanday adolatsiz ishni xayolimga keltirmayman…va bunaqa ishga yo`l qo`ymayman, buni yashirmayman ham, lekin uni sud e’tiboriga yetkazaman va suda qonunlarga muvofiq ovoz beraman». Bu o`rinda nafaqat qonunlarga rioya etilishi haqida, shu bilan birga yoshlarning va boshqalarning qonunlarni buzishlarini fosh qilishga jalb etilishi to`g`risida ham borgan. Huquqiy ta’lim -tarbiya muammolari Frantsiya, Italiya, Buyuk Britaniya, AQSh kabi mamlakatlarda huquqiy tarbiya masalalari doimo diqqat markazida bo`lib, uning ko`p muammolari hal etilgan. Bunda har doim huquqiy tarbiyaning ayni bir paytda o`sib kelayotgan avlodga ham siyosiy, ham ma’naviy ta’sir ko`rsatilishi ekanligini tushunib yetish namoyon qilingan va hatto takidlab o`tilgan. Masalan, Fransiyada 1879 yilda joriy qilingan maktablarda axloq va huquqning o`qitilishi «fuqaro», «mamlakat», «Askar», «qonun», «jamiyat», «adolat» kabi va boshqa bir qator shunday so`zlarning ma’nosini tushuntirib berishdan boshlangan. bolalar 9-11 yoshida davlat qurilishi, shuningdek, harbiy xizmat, soliqlar va shu kabilar haqida oddiy tasavvurlarga, keyinchalik esa – davlat va huquq to`g`risida ancha batafsil ma’lumotlar ega bo`lishgan1.
Har qanday jamiyat o’z farzandlarini ma’suliyatini his etadigan, munosib
fuqarolar bo’lib yetishishlari va ularning davlat taraqqiyotiga, gullab yashnashiga
o’z ulushlarini qo’shishlariga umid bog’lanadi. Afsuski, dunyoning ko’pgina
mamlakatlarida bolalar hali ham o’z huquqlaridan mahrum etilganlar, ya’ni ularning
sog’-salomat yashab to’laqonli rivojlanishlari va jamiyat hayotida faol ishtirok
etishlari uchun hech qanday imkoniyatlar yaratilmagan. Asosiy ehtiyojlari va
huquqlari qo’pol ravishda buzilgan bolalar hech qachon boshqalarning huquqlarini
hurmat qila olmaydilar hamda kattalar kabi odil va g’amxo’r bo’la olmaydilar.
Huquqning buzilishi faqat shaxsning azob-uqubatlarini yuzaga keltirishga sabab
bo’libgina qolmay balki ularning ongida siyosiy barqarorlik urug’larini ekilishiga va
qurolli nizolarga sabab bo’lmoqda. Huquqiy muammolari har bir insonning
to’g’ridan-to’gri yoki bevosita tegishlidir. “Bolalar huquqlari haqidagi
Konvensiya”ni o’rganish –bu aynan mana shu masaladagi eng muhim va to’g’ri
yo’dir.
Bola huquqlari haqidagi Konvensiya nima? Shu haqida to’xtalamiz.
Bola huquqlari haqidagi Konvensiya-bu butun jahon bolalariga xos bo’lgan bolalar
huquqi haqidagi BMTning shartnomasidir. U voqealar rivojlanishining turli
bosqichlarida bolalar farovonligining mavjud mezonlarini aniqlaydi. Bola huquqlari
haqidagi Konvensiya batafsil ko’rib chiqilgan bir qator huquqlarni o’z ichiga oladi.
Bu huquqlarni 4 ta kategoriyaga ya’ni toifaga va u 54moddadan iborat. Unda bolaning quydagi xuquqlari kafolatlangan:

1.Yashay olish huquqi:bola huquqlarini qondirish va hayotiy huquqlarini o’zida


mujassam etish kabi asosiy shartlarni hamda tibbiy xizmatdan foydalana olish,
ovqatlanish, boshpanaga ega bo’lish kabi adolatli hayotiy me’yorlarni o’z ichiga
oladi.
2.Rivojlana olish huquqi:bolalarning o’z qobiliyatlarini kengroq chiqarish, madaniy
faoliyatlar, axborot olish va vijdoniy poklik kabi huquqlarini olish mumkin.
3.Bolalar zo’ravonlik va eksplutatsiya qilinishidan himoyalangan bo’lishlari shart.
4.Ishtirok etish huquqi:bolani jamiyat va mamlakat hayotida faol ishtirok etishga
chorlaydi.
Bola huquqini o’rganish, ayni muammo bo’yicha axborotga yig’ish tahlil va sintez
qilish;
- yig’ilgan axborotlarga e’tiborni qaratish istiqbolli yo’nalishlar bilan tanishish
- bolalarni muayyan muhit chegarasida ro’y berayotgan jarayonlarda ishtirok
etishlari
- shu faoliyat orqali bolalar inson huquqlari bu ulardan uzoqdagi qandaydir
kishilarning huquqlari bo’lgan mavhum tushunchalar emas, balki ularning o’zlari
yashab turgan muayyam muhitga ham tegishli ekanini tushinishlari karak.Bolalar
huquqlari va ota-onalar roli, garchi Konvensiya bolalar huquqlari haqidagi asosiy
qonunlarni himoya qilsa ham ota-onalardagi o’z bolalari uchun nima avfzalligini
tanlash huquqini buzmaydi.Aksincha, unga hurmat, ota-onalar o’z bolalarining
ulg’ayishi jarayonida birinchi galdagi o’z vazifalarini bajara olishlari uchun
oilaning mustahkamligini qo’llab quvvatlanishiga yordam berishga astoydil harakat
qilishlari lozimligi alohida ta’kidlanadi.Bola huquqini ta’minlash – bu bolalar va
kattalar o’rtasida nizo keltirib chiqarishiga emas,balki bolalarning har tomonlama
sog’lom va xavfsiz kelajaklarini ta’minlash maqsadida fuqarolarni birgalikda
ishlashga ilhomlantiradi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti inson huquqlari umumiy deklaratsiyasi va inson


huquqlari to’g’risidagi xalqaro hujjatlarda qayd qilinganidek, jamiyatning asosiy tashkiloti hisoblanmish oila va tibbiy muhitga uning barcha a’zolar va farovonlikka
ega bo’lishlari uchun jamiyat doirasidagi majburiyatlarni to’lq himoyasiga
olganligiga ishonch hosil qilgan holda, bola shaxsi sog’lom va har tomonlama
uyg’unlashgan holda kamoloti uchun u oila g’amx’o’rligida, baxt, mehr-muhabbat
va ongli tushunish vaziyatida o’sish zarurligini e’tirof etib, bolaning himoya
qilinishi va uyg’un ravishda rivojlanishi uchun har bir xalqning an’analari va
madaniy qadriyatlari muhim ahamiyat kasb etishini munosib tarzda hisobga olib har
bir mamlakatda, jumladan rivojlangan mamlakatlarda bolalarning turmush
sharoitlarini yaxshilash uchun xalqaro hamkorlik qilishning muhimligini e’tirof etib
quyidagi moddalar tuzilgan:

1-modda: Ushbu konvensiyani maqsadlari uchun 18 yoshga to’lmagan har bir


inson, agar bolaga nisbatan qo’llaniladiga qonun bo’yicha u bola hisoblanadi.
2-modda: Ishtirokchi davlatlar ushbu Konvensiyada o’z ta’sir doirasida bo’lgan har
bir bola uchun ko’zda tutilgan barcha huquqlarni hech qanday kamsitishlarsiz, irqi,
jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa e’tiqodlari, milliy etnik yoki ijtimoiy kelib
chiqishi, bolaning sog’ligi va tug’ilishi, uning ota-onasi yoki qonuniy vasiysi va
biron bir boshqa holatlarda qat’iy nazar hurmat qiladilar hamda shu huquqlarni
ta’minlab beradilar.

3-modda: Bolalarga nisbatan barcha xatti-harakatlarda, ular ijtimoiy ta’minot


masalalari bilan shug’ullanuvchi davlat yoki xususiy muassasalar, sudlar ma’muriy
yoki qonun chiqaruvchi organlar tomonidan sodit etiladimi, yo’qmi, bunda bolaning
manfaatlariyaxshiroq ta’minlanishiga birinchi darajali e’tibor beriladi.
4-modda: Ushbu Konvensiyada e’tirof etilgan huquqlarni amalga oshirish uchun
barcha zarur qonuniy, ma’muriy va boshqa choralarni ko’radilar.
5-modda: Ota-onaning va tegishli holatlarda kengaytirilgan oila a’zolari yoki urfodatlarda ko’zda tutilganidek, jamoaning vositalar yoki qonun bo’yicha bola
tarbiyasi uchun javobgar hisoblangan boshqa shaxslarning ushbu Konvensiyada
e’tirof etilgan huquqlarni amalga oshirishda munosib darajada bolani boshqarish va unga rahbarlik qilish hamda bu ishni bolaning rivijlanib borayotgan qobiliyatlariga
muvofiq holda bajarishdagi ma’suliyati, huquq va majburiyatlarni hurmat qiladilar.
6-modda:1) Har bir bola yashash uchun ajralmas huquqqa ega ekanligini e’tirof
etadilar.
2) Bolaning sog’lom rivojlanishi uchun mumkin qadar yuqori darajada imkoniyat
yaratib beradilar.
7-modda:Bola tug’ilgan zahoti ro’yxatga olinadi va tug’ilgan daqiqasidan boshlab
ism bilan atalish va fuqarolikka ega bo’lish, shuningdek o’z ota-onasini bilish va
ularning g’amxo’rliklaridan bahramand bo’lish huquqlarini olish haqli hisoblanadi.
Bola huquqlari to’g’risidagi Konvensiyada ana shu yuqoridagi moddalarda bola
huquqlari nimalardan iboratligi ko’rsatib o’tilgan.Masalan: navbatdagi moddalarni
ham ko’rib chiqamiz.

13-modda:Bola o’z fikrini erkin ifodalash huquqiga ega. Bu huquq har qanday


turdagi axborotni og’zaki, yozma san’ati asari ko’rinishida yoki bolaning tanloviga
ko’ra boshqa vositalar yordamida izlash, olish va uzatish erkinligini o’z ichiga
oladi.
28-moddada ko’rsatilganidek bolaning ilm olish huquqin e’tirof etadilar hamda ana
shuteng imkoniyatlar asosida amalga oshirishga asta-sekin erishish maqsadida ular,
jumladan:
a) bepul va majburiy boshlang’ich ta’limni joriy etadilar;
b) bolalarning maktabga muntazam borishlariga ko’maklashish hamda maktabni
maktabni tashlab ketadigan o’quvchilar sonining kamayishi uchun chora tadbirlar
ko’radilar.
29-modda: Bolaga ta’lim berish quyidagi yo’nalishda olib boriladi:
a) bolaning shaxsi, istedodi, aqliy va jismoniy qobiliyatlari eng to’la hajmda
rivojlanishi;
b) atrof-muhitga hurmatni tarbiyalash;

d) bola o’z mamlakatining urf-odatlari, madaniyatiga hurmat bilan qarashni


ta’minlash Demak, bu moddalarda qayd etilgan huquqlar asosida bolalarning o’zini himoya qilish, o’z-o’zini boshqarish, ularga yuklatigan qoidalarni har tomonlama va har doim eslatib, xabardor qilib borish lozim.
Yuqorida keltirilgan Konvensiyaning ba’zi bir moddalarini ko’rib chiqqan edik.
Ana shu huquqlarni bilishlari ularni amalda qo’llab, maktablarda o’qituvchi ustozlar
ham bu bolalar huquqlari haqidagi Konvensiyalarning moddalarini eslatib o’tishsa
maqsadga muvofiq bo’ladi. Yuqoridagi huquqlarning undagi qo’llanilishini
Konstitutsiya moddalarida va “Ta’lim to’g’risida”gi qonunlar asosida asoslansa
maqsadga muvofiq bo’ladi. Huquqshunos olim X.Muxammedovning yozishicha, “Agar oila urug’ a’zosi uning yashash qoidalarigarioya qilishni xohlamasa,og’ir nojo’ya ish qilsa, kaltaklanishi, haydab yuborilishi yoki xatto jamoa irodasi bo’yicha o’limga mahkum etilishi mumkin bo’lgan”. Markaziy Osiyo xalqlari ko’p ming yillik boy huquq va huquqiy madaniyatga ega. Islom huquqshunosligi asosan Qur’oni Karim va sunnati nabaviyada shakllanadi sunnat negizini tashkil qiladigan hadislarni jamlab kelajak avlodni huquqiy tarbiyalash ehtiyoji vujudga keldi. Dastlabki urinishlar natijasida Zayd Ibn al-Hasanning «Majma-ul Fiqh», Malik ibn Anosning «Al-Mavatga» va Ahmad ibn Hanbaning «Al-Musnad» nomli hadislar toplamlari vujudga keldi. Lekin ular Hadislarni saralab toplashni vazifa qilmay huquqiy tarbiyaga javob berishga asos bo’ladigan zarur hadislarni toplash bilan cheklanganlar. Keyinchalik bu faoliyat hadis ilmi bilan shug’ullanuvchi olimlar tomonidan davom ettirildi. Ilardan butun Islom olamida e’tirof etilgan «Olti ishonchli to’plam» («Qutub assihal assetta) deb yuritiladigan to’plamlar alohida o’rin tutadi. Bular Imom alBuxoriy va Imom Muslimalarning «Jome’ as-sahih» (ishonchli to’plam) AnNasoiy, Abu David, At-Termiziy va Ibn Mahjalarning «As-Sunan» nomli Hadislar to’plamlaridir

Buyuk islom olimi fiqih Burxoniddin al-Marg’iloniy Qur’oni Karim va hadis


ilmini mukammal egallab, fiqh-islom huquqshunosligi borasida benihoya chuqur bilimga ega bo’lgan va huquqiy tarbiya sohasida beqiyos durdonalar yaratgan. U
Samarqandga ko’chib borib, butun islom olamida mashhur «Al-Hidoya» asarini
573-yili yozgan. (1170-yil melodiy). Bu asar avro’pa xalqlari tillariga tarjima
qilinib katta qiziqish bilan o’rganilgandan uning ko’pgina mamlakatlarda huquq
ilmi rivojiga sezilarli ta’sir ko’rsatishga shubha yo’q. O’zbekiston-Mustaqil,
demokratik, huquqiy davlat, O’zbekiston insonparvarlik qoidalariga asoslangan,
millati, dini, ijtimoiy ahvoli, siyosiy e’tiqodlaridan qa’tiy nazar fuqarolarning
huquqlarning huquqlari va erkinliklarini ta’minlab boradigan davlatdir. Qonuniylik
va huquq targ’ibot tantana qilmasa shaxsning huquq va erkinliklarini amalga
oshirib bo’lmaydi. Shu jihatdan O’zbekiston Respublikasining ma’muriy
javobgarlik to’g’risidagi kodeksi «Huquqiy tarbiyada asosiy dasturdir. O’zbekiston
Respublikasining mustaqil bo’lishi munosabati bilan maktablardagi ta’limtarbiya
ishlari tinimsiz rivojlanib bormoqda. Respublikadagi sog’lom vaziyat xalqning
moddiy farovonligi va madaniy saviyasining o’sib borayotganligi,
mehnatkashlarning onglilik va intizomlilik darajasi yuksalganligi tufayli
huquqbuzarlik xolatlari tobora kamayib bormoqda. Kishilar ongida jamiyat
manfaatlari yo’lida halol mehnat qilish, sofdil haqgo’y bo’lish, adolatsizlikka,
tekinxo’rlikka, tamagirlikka qarshi murosasiz borish, qonun me’yorlariga hurmat
nazari bilan qarash kabi hislatlar ko’proq singib bormoqda. O’quvchilar onggiga
huquqiy sifatlarni singdirishda tarbiyaning barcha omil va vositalaridan pedagogik
ishning barcha usullaridan oqilona, maqsadga muvofiq foydalanish, hyech
shubhasiz, o’zining samarali natijalarini beradi.
O’quvchi va yoshlarga huquqiy tarbiyani berishda ularda yuksak fuqarolik
his-tuyg’ularini, sifat va hislatlarini tarkib toptirishda ta’lim tarbiyaning birligi
muhim.
Shu tariqa tariximizda axloqiy va huquqiy jarayonlar ko’pligi va qanday
namoyon bo’lganligini bilamiz. Masalan: «eng mo’tabar qadimiy qo’llanmamiz
«Avesto» ning yaratilishida 2700 yil bo’lganiga qaramay bu nodir kitobdan 30 asr muqaddam ikki daryo oralig’ida mana shu O’zbekiston zaminida umrguzaronlik
qilgan ajdodlarimizning biz avlodlarga qoldirgan ma’naviy, tarixiy merosidir.
«Avesto» ikki million she’riy misradan iborat xudolar va ma’budalar
haqidagi afsona va rivoyatlarni, diniy madhiya va aqidalarni o’z ichiga oladi.
Uning yaratilgan joyi to’g’risida turli fikrlar mavjud. Jumladan u Baqtriya
So’g’diyona yerlarida yaratilgan degan taxmin bor.
Zardushtiylik diniy qarashlari bilan huquqiy ong va qarashlar o’zaro
chambarchas bog’liqdir. Zero, ikkalasining manbai bir «Avesto» hisoblanadi. Bu
dinning asosiy g’oyasi shundan iboratki, tabiat va jamiyatda ikki asosiy kuch
yaxshilik va yomonlik o’rtasida kurash boradi. O’zbekiston hududida mazkur
eramizgacha «minginchi yillik o’rtasida yashagan qabilalarning ijtimoiy, siyosiy,
tuzumi huquqi haqida birinchi manba sifatida qimmatli ma’lumotlarni beradi.
Qadimgi davr O’rta Osiyo xalqlari huquqiy qarashlarni o’rganishda bu kitob ajoyib
manba bo’lib xizmat qiladi. Bu kitobda eronshunos olim A.G Perixanyan e’tibor
qaratgan «Avesto»ning bir qancha qarashlarida kishilar o’rtasida talab qilinadigan
xulq-atvor qoidalari, oila-nikoh masalalari, jinoyat va jazo, ayniqsa jazo sinab,
diniy etnik qoidalar asosida olib borilgan. Qonun yaratuvchilar va qonunlar
ahamiyat bergan narsa, bu berilgan so’zning muqaddasligidir. Diniy aqidalarga
ko’ra tabiatning alohida qonuni mavjud bo’lib, bu qonun hamma narsaga tartib
beruvchi «eta» deb atalib, u inson xulq-atvorini ham boshqaradi. Demak, faqat
haqiqatgina emas, ko’proq axloqiy mazmunga ega juda keng umumiy
tushunchadir. «Avesto» huquq manbai sifatida ko’pgina yuksak insoniy qadrqimmatlar asosida ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga xizmat qiladi. O’z
navbatida bu qonun qoidalarning muqaddas kitobi «Avestoda» da ham chuqur aks
etganligi qadimiy O’rta Osiyoda yashagan xalqlar ijtimoiy-siyosiy rivojlarishning
sharq mamlakatlaridagi boshqa xalqlar bilan bir qonuniyatlarga ega bo’lganligidan
dalolat beradi. Davlatning rivojlanishida huquqiy tarbiyaning o’rni muhim ekanligi
quyidagi fikrda o’z ifodasini topgan. Millatimizning ma’naviy-axloqiy va madaniy
yutuqlarini tiklash, saqlab qolish, mustahkamlash va rivojlantirish to’g’risida bundan buyon ham tinmay xamxo’rlik qilamiz deydi prezidentimiz bu sohadagi
davlat yo’lini izohlab.

-Bu g’amxo’rlik O’zbekiston xalqining madaniy o’ziga xosligi serqirra


bo’lishining kafolati, demokratik o’zganishlar kafolati bo’lib xizmat qiladi.
Vatanimiz o’z mustaqilligini qo’lga kiritib qanchadan-qancha avlod
ajdodlarimiz orzu qilgan, ko’ngliga armon bo’lib qolgan umidlari ro’yobga chiqdi
va bir ozod o’lkaning hur farzandlari, istiqlolning musaffo havosidan erkin nafas
olmoqdamiz. Davlat va jamiyat hayotining
barcha sohalarida huquqiy poydevor yaratildi. Ma’lumki davlatning kelajakda
farovon hayotga erishishida asosiy yukni kelajak avlod o’z zimmasiga oladi.
«Xalqimizning huquqiy madaniyatini yuksaltirish davlat siyosati darajasiga
ko’tarish lozim, zero, mustaqillik so’zining zamirida ham katta ulug’ huquqqa ega
bo’lish degan tushuncha yotadi

Mustaqil O’zbekiston yoshlarini tarbiyalashda, ular ongida huquqiy


tafakkurni, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, milliy g’urur g’oyalarini, halollik,
poklik, adolatlilik, kamtarlik, odamiylik fazilatlarini hamda yuksak mustahkam
e’tiqodni shakllantirishda ushbu huquqlarimizni o’rganish cheksiz imkoniyatlar
beradi. O’zbekiston Respublikasi xalqi mustaqil huquqiy davlat va demokratik
jamiyat barpo etayotgan bugangi kunda hayotimizning barcha jihatlarini tartibga
solib turuvchi qonunlarni bilish har qachongidan ham muhim bo’lib qolmoqda.
Mustaqillik-bu millat orzusi, o’z rivojlanish yo’lini o’zi tanlash huquqi.
Mustaqillik bu o’ziga beklik, mustaqillik bu orzular ro’yobidir. O’zbekiston o’z
orzularini ro’yobga chiqarish uchun imkoniyatga ega. Xalqimiz qonida ilmga
tashnalik va zukkolik va ma’naviy go’zallik kabi tushunchalarni farzandlarimiz,
yoshlarimizda ko’rib istiqlolga, kelajakka umidimiz yanada ortadi. Davlatimizning
hurligi, osoyishta va obodligi tufayli yoshlarimiz uning misoli, vakili sifatida iy o’lkalarga asta-sekin chiqishmoqda. Endigi masala qomusimizda berilgan
qonunlar va ularni yoshlarimizga tadbiq etish to’g’risida boradi. Kelajakda
O’zbekiston yuksak darajada taraqqiy etgan iqtisodi bilangina emas, balki
bilimdon, ma’naviy jihatdan yetuk farzandlar bilan jahonni qoyil qolishi lozim
Konstitusiya davlatning qiyofasi va nufuzini belgilab beradi. Ana shu
qonunlar majmui jahon davlatni, davlat, millatni millat sifatida tan oladi.
Konstitusiyamiz, ya’ni hayotimizning asosiy qonuni haqida uning o’rni va
ahamiyati, ma’no mohiyati haqida ko’p gapirish mumkin. Davlatimiz, jamiyatimiz
va har qanday inson say harakatlarini, ularning o’zaro huquq va majburiyatlarini
belgilab va chegaralab beruvchiqomus sifatidagi jihatlari haqidato’xtalib o’tamiz.
Konstitusiya bu-qonun. U fuqarolar qoniga sut bilan kirish kerak. Ko’zlari
shu qonun bilan ochilishi, ularni shu qonun bilan chiqishi kerak. Shundagina
qonun o’z maqomiga yetadi. Mamlakat yashaydi, qudrat topadi. Axir tasavvur
qiling «Ota», «Ona», deb tili chiqqan go’dak bu so’zlarn unutishi mumkinmi?
Mazmun va mohiyatiga befarq bo’lishi mumkin emas.
Xullas, Konstitusiyamizdagi qonunlar, kitoblar varag’ida yashamaslik kerak.
U hayotimiz bilan aralashib yashashi xuddi jonli odamdek faoliyat ko’rsatishi
lozim. Buning uchun qonunlar qalbga ko’chirish lozim. Qalb esa bolalikdan
pokiza, beg’ubor bo’ladi. Unga bitilgan narsa abadiy qoladi. Aslo o’chmaydi.
Shunda Konstitusiyamiz vatanimiz tarixiga aylanadi. Prezidentimiz Islom
Abdug’aniyevich Karimovning «Buyuk kelajagimizning huquqiy kafolati» degan
kitobida huquqimizni bilish, konstitusiyamizni o’rganish haqida turli xil fikrlar
berilgan.
Bugun O’zbekiston xalqi ulug’ ajdodlarning an’analarini, urf-odatlarini
davom ettirib, taqdirni o’z qo’liga olib qaddini rostlab, el-yurtimizda osoyishtalik,
barqarorlikni millataro ahillik va fuqarolar totuvligini avaylab-asrab yangi tarix
sharoitida kelajagini qurmoqda. Tabiiyki, har qanday davlatning yuzi, obro’
e’tibori uning Konstitusiyasi hisoblanadi. Zotan Konstitusiya davlatni-davlat illatni-millat sifatida dunyoga tanitgan qomusnomadir. Shu ma’noda asosiy
qonunimiz xalqimizning irodasini, ruhiyatini, ijtimoiy ongi va madaniyatini aks
ettiradi. Shu bilan birga bu Konstitusiya umumiy mazmundan boshlab, oddiy bir
bandiga qadar Xo’ja Ahmad Yassaviy bobomiz davrida, buyuk Amir Temur
zamonida shakllangan milliy tafakkurni, muqaddas islomiy qadriyatlarni o’zida
aks ettiradi. Shu ko’hna zamin odamlari ko’nglida ustivor bo’lgan adolat, haqiqat,
iymon, oliyjanoblik, bag’rikenglik kabi ulug’ hislatlar bu muborak xujjatdan
munosib o’rin olgan. Fuqarolarning huquq va erkinliklari borasida Konstitusiyamiz
inson huquqlarini umumjahon demokratiyasining barcha asosiy g’oya va
qoidalarni o’zida singdirgan. O’zbekistonda yashovchi har bir shaxs fuqarolik
huquqiga ega. Hyech kim fuqarolikdan yoki fuqarolikni o’zgartirish huquqidan
mahrum etilishi mumkin emas. O’zbekiston fuqarolari o’zlarining nasl-nasabi, irqi,
millatidan va boshqa holatlardan qa’tiy nazar teng huquqga egadir.
Konstitusiyamiz O’zbekiston fuqarosi deb hisoblangan barcha millat va elatlarning
tillari, urf-odatlari va milliy an’analarini hurmat qilishlarini kafolatlaydi.
Ulug’ bobokalonimiz Amir Temur «Qayerda qonun hukmronlik qilsa, shu
yerda erkinlik bo’ladi» degan so’zlarini tarix sahifalariga zarhal harflar bilan
yozdirgan edi. Madomiki, shu mo’tabar zaminda tavallud topgan shaxs, o’zini
aynan shu yurt farzandi deb inson o’z davlati, o’z xalqi oldidagi, uni katta umidlar
bilan tarbiya etgan, voyaga yetkazgan jamiyat oldidagi burchini ado etgan bo’lishi
kerak. Sodda qilib aytganda, har qaysi fuqaro har birimiz: «Shu davlat, shu jamiyat
menga nima berdi?» deb emas balki «Men o’zim Vatanimga, el-u yurtimga nima
berdim?» deb o’ylashimiz va shu o’y bilan yashashimiz kerak. Prezidentimiz bu
mulohazalarni bildirishida ayniqsa targ’ibotchilar, tarbiyachilar, muallimlar va
uztozlarga alohida to’xtalib o’tadi. Tarbiyachi ustoz bo’lishi uchun boshqalarning
aql-idrokini o’stirish, haqiqiy Vatanparvar, haqiqiy fuqaro bo’lib yetishishida eng
avvalo tarbiyachining o’z ana shunday talablarga javob berishi, ana shunday buyuk
fazilatlarga ega bo’lishi kerak. Shunday ekan bugungi siyosatimizda ota-bobolarimizning ana shu olijanob an’analariga sodiq qolib, yosh avlodni o’stirishda, tarbiyalashga dahldor insonlarga birinchi navbatda e’tibor ko’rsatib alohida ehtirom ko’rsatish davlatimizning muqaddas burchidir. Xuquqiy ma’naviyat bosh mavzu sifatida o’rin olgan Konstitutsiyashunoslikdan boshlanadi. Huqiqiy ong, haquqiy ma’naviyat va huquqiy madaniyatning sarchashmasi konstitutsiyadan iborat.

Download 91,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish