PEDAGOGIKA 2018, 5-son
66
intilish, kamharakatlilik, ishyoqmaslik, mas’uliyatsizlik, loqaydlik, odamovi
kabilarning) ta’siri sezilmoqda.
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlash jarayonlarida bo‘lg‘usi
o‘qituvchilarning tahliliy faoliyatini qo‘llab-quvvatlovchi yondashuvlar bilan
birga, ishbilarmonlik, rolli va didaktik o‘yinlar orqali innovatsion faoliyatning
usul va shakllarini yorituvchi, ular faoliyatini kuzatish asosida o‘zaro ta’sir
ko‘rsatishga undovchi metodlardan foydalanish o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi.
Ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etishda integrativ ma’ruzalar, amaliy
mashg‘ulot, seminar-treninglardan foydalanish bilan bir qatorda, bo‘lajak
o‘qituvchilarga mavzuga oid anketa-so‘rovnomalar, tarqatma materiallari,
savol va topshiriqlardan foydalanish juda katta samara beradi.
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini o‘quvchilarda ijtimoiy faollik
ko‘nikmalarini shakllantirishga tayyorlash jarayonlarida interfaol suhbat,
ishchanlik o‘yinlari, trening va tarbiya texnologiyalari kabi metodlardan
foydalanish ularni mustaqil va erkin fikrlashga o‘rgatishda o‘ziga xos ahamiyat
kasb etadi, chunki o‘qitishning faol metodlari hisoblangan ushbu metodlar
ta’lim-tarbiya jarayonida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy faolligini ta’minlaydi,
ya’ni ularda ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish orqali ilmiy
dunyoqarashni tarkib toptiradi.
Ishchanlik o‘yini davomida bo‘lajak o‘qituvchilarning mavzu doirasidagi
tushunchalari, dunyoqarashi, bilim, ko‘nikma va malakalari darajasi aniqlanadi.
O‘rganilgan
jarayonlar
asosida
berilgan
vazifa
va
topshiriqlar
muvofiqlashtiriladi. Ishchanlik o‘yini bo‘lajak o‘qituvchilarning refleksiv
qobiliyatlari, kasbiy qiziqishi va imkoniyatlari darajasini, intellektual qobiliyati
hamda kreativ va ijodiy fikrlashini rivojlantiradi.
Trening ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini taminlashda muhim
ahamiyatga ega bo‘lgan metodlardan biri hisoblanadi. Mazkur metodga
asoslanib tashkil etilgan ta’lim-tarbiya jarayonida bo‘lajak o‘qituvchilarda
kommunikatsion ko‘nikmalar shakllanadi. Trening jarayonida bo‘lajak
o‘qituvchilarning o‘zaro ta’sir ko‘rsatishi natijasida ularda muloqotning turli xil
uslublaridan foydalanish malakalari rivojlanadi. Tarbiya texnologiyasi shaxs
sifatlarini shakllantirish, xulq atvorning ma’lum shakliga ijodiy munosabat
uyg‘otish, to‘g‘ri xatti-harakat qilishni mashq qilish va mazkur jarayonga ijobiy
Do'stlaringiz bilan baham: |