PEDAGOGIKA
2016, 1-son
44
Matematika fani kar bolalarning asosiy umumiy ta’limi rejasiga kirgan
umumta’lim kursining о‘quv predmeti bо‘lib, arifmetika, algebra va geometriyaga
oid ma’lumotlarni beradi. Bilimlar asosini egallashda о‘quvchidan, birinchi
navbatda, gap yordamida yetkazilgan о‘quv materialini tushunish, ikkinchidan
esa, nutq orqali о‘rganilayotgan munosabat va aloqalarni grammatik tо‘g‘ri
ifodalashni bilish talab etiladi. О‘quv materialining ilmiy uslubda ifoda etilishi,
ba’zi hollarda uning tushunilishini qiyinlashtiradi, chunki kar va zaif eshituvchi
bolalarning sо‘zlashuv nutqining rivojlanish darajasi nutqiy materialda
ifodalanayotgan tushuncha va munosabatlarni aniq va tо‘g‘ri anglamaslik
(tushunmaslik)lariga yoki teskari tushunishlariga sabab bо‘ladi. Vaholanki, bu
nutqiy sо‘zlashuv materiali ta’lim jarayonining tarkibiy qismini, mazmunini tashkil
qiladi. Boshqacha qilib aytganda, nutqiy kommunikatsiya (bog‘lanish)
qiyinchiliklari о‘quv materialini egallash jarayonini murakkablashtiradi. Shuning
uchun kar va zaif eshituvchi bolalarga matematika о‘qitishning samaradorligini
oshirish dolzarb masalalardan hisoblanadi.
Differensiallashgan ta’limni tashkil qilish, eshitishida kamchiligi bо‘lgan
bolalar uchun maktab va maktabgacha muassasalar tizimini yaratish, ularda
tanlab olish va sinflarni jamlash mezonlarini aniqlash, eshitish holati har xil
bо‘lgan bolalarga ta’lim berish yо‘llarini ishlab chiqishda R. M. Boskisning
pedagogik tasnifi katta о‘rin tutdi
1
. Matematikani о‘qitishda masalalarni
yechishning metodik tomonini kuchaytirish muhim ahamiyatga ega
2
.
Shular asosida maxsus ta’lim muassasalarining eshitishida nuqsoni bо‘lgan
boshlang‘ich sinf о‘quvchilariga matematikani о‘qitish muammolarini aniqlash
maqsadida “Eshitishida nuqsoni bо‘lgan boshlang‘ich sinf о‘quvchilari
matematika fanini о‘zlashtirishda qanday qiyinchiliklarga duch keladi?” maxsus
sо‘rovnomasi asosida maxsus ta’lim muassasalarning matematika о‘qituvchilari
о‘rtasida sо‘rov о‘tkazildi. 2015-yilning noyabr oyida о‘tkazilgan sо‘rovda
Toshkent shahridagi 101-son kar bolalar maktab-internatidan 12 nafar, 102-son
zaif eshituvchi bolalar maktab-internatidan 15 nafar, 106-son maktab-
internatidan 12 nafar va Samarqand shahridagi 61-son kar bolalar maktab-
internatidan 15 nafar – jami 54 nafar matematika fani о‘qituvchilari qatnashdi.
Sо‘rovnomada о‘quvchilarning mantiqiy fikrlashi hamda matematik
materiallarni tushunish va о‘zlashtirish darajasini qamrab olgan bо‘lib, ular
asosida quyidagi natijalar olindi (1-jadval).
1
Do'stlaringiz bilan baham: |