PEDAGOGIKA
2016, 1-son
106
bilan uning yaqin xizmatkori, haram og‘asi Ulfat о‘rtasidagi suhbatlar tafsilotida
yaqqol kо‘zga tashlanadi:
“Ulfat, men bu ishlardan bezdim. Bu odamlarning bittasi ham menga tо‘g‘ri
qaramaydir. Farhod otaliq yomonliq qildi. Hakim inoqning qilg‘on ishlarini kо‘rub
turubsan. Ibrohimni odam deb о‘ylasam, bu ham buzuqqa о‘xshaydir. Qon
tо‘kmakdan-da bezdim. Akamni о‘ldurdim. Kо‘p dо‘stlarimni о‘ldurdim. Meni bir
ota kabi asrag‘on Farhod otaliqni boshini oyoqlar ostinda kо‘rdim (Kо‘zlarini
tutub). Uff... kо‘zlarim qong‘a tо‘ldi. Kechalar uxlay olmayman. Kо‘zlarimni
yumg‘och, butun о‘lganlar, о‘ldurganlarim meni aylanturub olalar, siralanib
yonimdan о‘talar. Meni qо‘rqutalar, menga kulalar!...”
Xonning Ulfatga qarata aytgan bu monologi bir jihatdan uning hukmdorlik
faoliyatiga tegishli salbiy xususiyatlarni (toj-u taxt uchun ayovsiz qon tо‘kish, bu
yо‘lda hattoki yaqin qarindoshi- о‘z akasini ham ayab о‘tirmaslik, yaqinlaridan
shubhaga borish) oshkor qilsa, о‘z hayotidagi ana shu yovuz qilmishlarni sanab
о‘tish, qilgan nopokliklaridan pushaymon bo‘lish, tirikligidayoq bu gunohlar
jabrini tortish uning qalbi tubida yotgan insoniy iztiroblarini namoyon etadi.
Demak, Abulfayzxon о‘z qilmishlaridan bezovta, о‘z nafsi – toj-u taxt uchun
kurashda qilgan qonxо‘rliklaridan iztirobda, yaqin hammaslagi, sadoqatli dо‘stlari
yо‘qligidan ozurda. О‘z aybini tan olish, qilgan ishlari jinoyati kabir, gunohi azim
ekanligini his qilish ham qalbning uyg‘onishi, ruhning poklanishi, nafs
ajdarhosining yengilishidan, ma’naviy о‘sish-ulg‘ayishdan dalolat beradi.
Abulfayzxon umrining sо‘nggi kunlarida bо‘lsa-da, ana shu asl haqiqatni anglab
yetdi, о‘tkinchi dunyoning omonat taxtini deb о‘z akasini, bir qancha yaqin
dо‘stlarini, о‘zini “bir ota kabi asrag‘on” Farhod otaliqni qatl ettirganidan afsus-
nadomat chekadi. Kо‘rinadiki, Abulfayzxon faqatgina noshud, johil va zolim,
“qо‘g‘irchoq” xon emas. U о‘z taqdiridan bezovta, о‘z qilmishlaridan pushaymon,
ojiz bir inson. Tarixiy vaziyatlar, ijtimoiy ziddiyatlar, tevarak-atrofdagi
yaqinlarning xiyonati, toj-u taxt muhabbati bu inson xarakterining turli qirralarini
shakllantirishga xizmat qildi.
Abulfayzxon obraziga tavsif berish, uning tarixiy va badiiy qiyofasini tahlil
qilish jarayonida badiiyatga xos obraz, xarakter, prototip, remarka
tushunchalariga ham izoh berib о‘tish о‘quvchilarning nazariy bilimlarini
oshirishga munosib xizmat qiladi. Bunda tarixiy mavzularda yaratilgan boshqa
asarlarga ham murojaat qilish mumkin. Xususan, Oybekning “Navoiy”,
O. Yoqubovning “Kо‘hna dunyo”, “Ulug‘bek xazinasi”, P. Qodirovning “Yulduzli
tunlar”, “Avlodlar dovoni”, “Ona lochin vidosi” kabi kо‘plab romanlari, M.
Shayxzodaning “Mirzo Ulug‘bek” tragediyasi, “Jaloliddin Manguberdi”,
H. Olimjonning “Muqanna”, A. Oripovning “Sohibqiron” she’riy dramalaridagi
Do'stlaringiz bilan baham: |