PEDAGOGIKA 2015, 2-son 62 chiqilgan
1
. T. Rixsiboyev va M. Xalimovlarning tadqiqotlarida ham o‘quvchi va
talabalarning fazoviy tasavvurini shakllantirish va rivojlantirishning tezkor
usuliga oid materiallar o‘z o‘rnini topgan
2
. Markaziy proyeksiyada pozitsion,
metrik masalalar yechish jarayonida
3
yoki “Ko‘rinishlar” mavzusini o‘qitishda
o‘quvchi va talabalarning fazoviy tasavvuri hamda tafakkurini rivojlantirish
tadqiq qilingan.
Biroq bu tadqiqotlarda “qirqimlar”ni o‘qitish jarayoni yoritilmagan.
Demak, “qirqim va kesimlar”ni o‘qitish jarayonida talabalarning fazoviy
tasavvurini rivojlantirish omillarini tadqiq qilishga zaruriyat mavjud.
Deyarli barcha buyum yoki detallarning ko‘rinishlarida shtrix chiziqlar
mavjudligini hisobga olsak, mashina detallari, binolar va topografik qurilish
maydonlarining chizmalarini bajarishda qirqim va kesimlarni tatbiq qilishga
to‘g‘ri keladi. Demak, buyumlarning chizmalarini tuzish, o‘qishni o‘zlashtirish
va bajarishda qirqim hamda kesimlarning o‘rni va amaliy ahamiyati juda katta.
Qirqim va kesim yoxud chizma shartli tasvir ekanligi sababli fazoda
xayolan bajarilayotgan amallarni o‘quvchi ko‘z oldiga keltirishi shart.
Fazoviy tasavvur qilish inson ongida shakllangan obrazni кo‘z oldiga
keltirish va fazoviy tafakkur etish inson ko‘z oldiga keltirgan obrazni tahlil qilish
yoki u bilan muloqotda bo‘lishi mumkin. Shu sababli dastlab, fazoviy tasavvur
va tafakkur, idrok va xayol tushunchalari kabi psixologik protsesslar bilan
bog‘liq psixik jarayonlar haqida ba’zi ma’lumotlarni ko‘zdan kechiraylik.
Psixologiyada tasavvurni ikki – xotira tasavvuri va xayol obrazlari turi
ko‘rsatiladi
4
. Chizmachilikni o‘qitish jarayonida o‘quvchilarda tasavvurning bu
ikki turining rivojlanishi muhimdir. Masalan, o‘quvchi avval idrok qilgan
detaliga qanday qirqim berish maqsadga muvofiqligini, qirqim bajarilgandan
so‘ng u qanday ko‘rinishga ega bo‘lishini tasavvur qilishi xotira hamda xayol
tasavvurlarining uyg‘unligini ta’minlaydi.
Fazoviy tasavvurni shakllantirishda real predmetlarni idrok qilish va so‘z
bilan ularni tavsiflash eng samarador usul hisoblanadi. Hozirgi kunda ma’ruza va
amaliy mashg‘ulotlarda zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiyalaridan
foydalanish an’anaga aylanib bormoqda. Demak, chizmachilik darslarida,
1
Сайдалиев С.С.Шарқ меъморчилиги анъаналари воситасида талабаларнинг фазовий
тасаввурини ривожлантириш: пед. фан. номз. ... дисс. – Tошкент, 2010. – Б. 130.
2