PEDAGOGIKA
2015, 2-son
64
c) qirqim bajarilgandan so‘ng ko‘rinmas chiziqlar o‘chiriladi, kesimda esa
o‘chirish shart emas;
d) murakkab qirqimlarda bir necha kesuvchi tekislik o‘tkazilsa-da, ular
bitta nom bilan belgilanadi, kesimda esa har bir tekislik alohida nom bilan
belgilanadi (kesim yuzasi bir xil bo‘lgan hollar bundan mustasno).
2. Qirqim va uning turlarini dinamik modellar, ko‘rgazmali plakatlar,
hayotiy misollar orqali o‘qitish tavsiya qilinadi. Ushbu shartli bosqichda
qirqimga oid barcha nazariy materiallar bayon etiladi. Bunda o‘quvchi
qirqimning shartli tasvir ekanligini, undagi ayrim cheklanishlar va uning
sabablari, ilmiy asoslari, qirqim turlarining o‘zaro farqi va umumiy jihatlarini
anglaydi.
3. Detallarga qirqim berish jarayonining animatsion ko‘rgazmali
ko‘rinishini namoyish etish lozim. Oddiy va murakkab qirqimlarda kesuvchi
tekislikning harakatli vaziyati, undan so‘ng qirqilgan qismning o‘z o‘rnidan
qo‘zg‘atilishi va olib tashlanishi, qirqilgandan qolgan qismning kuzatuvchiga
qanday ko‘rinishi va uni ortogonal proyeksiyada qanday tasvirlanishi namoyish
etiladi. Natijada o‘quvchi qirqim bajarilishining tub mohiyatini o‘zlashtirishi,
audiovizual idrok qilishi, mustaqil ravishda qirqim bajarganida xuddi shunday
jarayonni xayolan tasavvur etishi, ya’ni idrok, xotira, tasavvur, xayol va
tafakkur kabi psixologik operatsiyalarni o‘zidan o‘tkazishi ta’minlanadi.
4. Mavzuni o‘qitish va uni mustahkamlash jarayonida turli didaktik
o‘yinlar, test savollari va loyihalash masalalari ustida ishlashni joriy etish
o‘quvchilarning fazoviy tasavvurini rivojlantirishda samarali vosita hisoblanadi.
4.1. Didaktik o‘yinlar orqali o‘quvchilarning idrok qilish faoliyatini
faollashtirish mumkin. O‘qitish jarayonining sifati va samaradorligini oshirish
masalalarining asosini o‘quvchilarning idrok qilish faoliyatini faollashtirish
tashkil qiladi. O‘quvchilarning idrok qilish faoliyatini rivojlantirish intellektual,
axloqiy erkinlik, jismoniy kuchlarini o‘z faoliyatidagi aniq talablarini
qondirishga yo‘llaydi. Faollikning o‘zi inson faoliyatini aniqlaydi. Didaktik
o‘yin o‘tkazish natijasida o‘quvchida fanga nisbatan qiziqish, erkinlik, mustaqil
fikrini bayon etish imkoniyatlari oshadi.
Didaktik o‘yinlarda guruhchalar tashkil qilinadi va komandada ishlash
ko‘nikmasi shakllantiriladi. Har bir o‘quvchining faol qatnashishi ta’minlanadi.
Masalan, “Solishtirib aniqlash” didaktik o‘yinida o‘quvchilar detallarning
berilgan ko‘rinishlari (1-chizma, a) va yaqqol tasvirlarini (1-chizma, b) o‘zaro
solishtirish orqali chizmalarni o‘qishni o‘rganadi. Natijada o‘quvchilarning
tahlil, sintez, taqqoslash va fikrlash qobiliyatlari, chizmalarni o‘qish
Do'stlaringiz bilan baham: |