Рихсибоев Т., Халимов М. Ўқувчиларнинг фазовий тасаввурини шакллантиришда
ижодий ўйинлардан фойдаланиш // Педагогик таълим. – Тошкент, 2012. – № 5. – Б. 80-85.
3
Valiyev A. Markaziy proyeksiyalashda masalalar yechish vositasida talabalarning fazoviy
tasavvurini rivojlantirish // Pedagogik ta’lim. – Тошкент, 2014. – № 1. – B. 56-61.
4
Первушина О.Н. Общая психология. – Новосибирск: Научно-учебный центр психологии
НГУ, 1996. – C.16.
PEDAGOGIKA
2015, 2-son
63
ayniqsa, “Qirqim va kesimlar” mavzusini o‘qitishda undan samarali foydalanish
zarur. Ya’ni, detalning ortogonal va aksonometrik proyeksiyalarini bergan holda,
unda harakatli vaziyatda qirqim berishni AutoCAD dasturi yordamida 360
0
da
ko‘rsatish hamda uni so‘z orqali tushuntirib berish o‘quvchining tasavvurini
kengaytiradi.
Tasavvur xayol uchun asosiy qurilish materialidir. Aslini olganda, xayol
tasavvurning qayta o‘zgartirilishidan iboratdir, ya’ni ularni fikran qismlarga
ajratish, birlashtirish, transformatsiya qilish va hokazo. Odamning faoliyatida hal
qiluvchi rolni erkin xayol, ya’ni faoliyatning maqsadga yo‘naltirilgan erkin
xayoli o‘ynaydi
1
.
O‘tkazilgan tadqiqotlarga qaraganda xayol o‘qitish jarayonida rivojlanadi.
Bu jarayonda muhim vazifalardan biri o‘quvchilarda xayol usullarini
shakllantirish hisoblanadi. Bunda chizmachilik katta rol o‘ynaydi. Agar
o‘quvchiga biror detal berilsa va vazifa sifatida unga qanday qirqim turini tatbiq
qilish qo‘yilsa, maqsadga yo‘naltirilgan erkin xayol qilish jarayoni boshlanadi.
Yuqoridagi psixologik xususiyatlarni hisobga olib, “Qirqimlar”ni
o‘rganishda o‘quvchilarning fazoviy tasavvurini rivojlantirish omillari,
ko‘zlangan ijobiy maqsadga erishish imkoniyatlarini kafolatlashni ta’minlash
uchun quyidagi metodik tavsiyalar ishlab chiqildi.
1. Dastlab kesim va qirqimlarning detal chizmasini bajarishda
qo‘llanilishining maqsad-vazifalari, ularning o‘zaro o‘xshash va tafovutlari tahlil
qilinishi lozim.
Quyida qirqim va kesimning qiyosiy tahlili bayon qilinadi.
O‘xshashliklari:
a) har ikkalasida ham buyum kesuvchi tekislik bilan kesiladi;
b) buyumning kesilgan yuzasi standartga muvofiq shtrixlanadi;
c) standartga muvofiq belgilanishi talab qilingan joylarda kesuvchi tekislik
o‘rni, qarash yo‘nalishi va kesilgan yuza nomi (A-A) ko‘rsatiladi.
Farqlari:
a) qirqimda kesim yuzasi uning ortida joylashgan detal ko‘rinarli qismlari
bilan qo‘shib tasvirlanadi, kesimda esa kesilgan yuzaning o‘zigina chizib
ko‘rsatiladi;
b) kesimda kesilgan yuza chizma qog‘ozi tekisligida 90
0
ga burib
tasvirlanadi, qirqimda esa kesilgan yuza biror proyeksiya tekisligiga parallel
vaziyatda bo‘ladi va unga kuzatuvchi perpendikular vaziyatda qaraydi. Faqat
og‘ma qirqimda kesuvchi tekislik va unda joylashgan kesim yuzasi 90
0
ga burib
tasvirlanadi;
1
Нуркова В.В. Общая психология (Том 3, Память). – Москва: Академия, 2006. – С. 318.
Do'stlaringiz bilan baham: |