PEDAGOGIKA
2015, 2-son
71
ko‘rgazmali material va hokazolar.
3. Saytga joylashtirish:
internetga kirish va veb-kvest yaratish uchun sayt manzilini terish
(masalan,
www.zunal.com
);
saytda login yaratish (ro‘yxatga olish). Faqat ro‘yxatga olingan
foydalanuvchilar veb-kvest yaratishi mumkin. Veb-kvestdan foydalanish uchun
esa ro‘yxatdan o‘tish shart emas;
veb-kvest bosqichma-bosqich yaratiladi. Qoida bo‘yicha yetti sahifa
aniqlanadi.
1) title – dastlabki sahifa. Bu sahifada ochiq joyga veb-kvest nomi
yoziladi, uning qisqa mazmuni, murakkablik darajasi tanlanadi. So‘ng qaysi
fanga oidligi (masalan, biologiya). Mualliflar ko‘rsatiladi. Oxirida uni oson
topish uchun kalit so‘zlar (masalan, hujayra) yoziladi;
2) introduction – kirish. Kirishda topshiriq mavzusi ko‘rsatiladi. Mavzular
ro‘yxati raqamlanishi yoki vergul bilan ajratilishi mumkin;
3) tasks – umumiy masalalar. Bu sahifada o‘quvchilar ish rejasi bilan
tanishadi. Birinchidan, guruhdagilar soni aniqlanadi. Ikkinchidan, topshiriq
qaerdaligi ko‘rsatiladi. Uchinchidan, o‘quvchilarga axborot manbalari va ularni
qanday topish ko‘rsatiladi. Ma’lumotlar manbasi har xil bo‘lishi mumkin
(boshqa saytda izoh, hujjat kabi matnga o‘xshab yoki taqdimot).
4) process – ish jarayoni. Ish jarayoni bo‘limida aniq topshiriqlar beriladi.
Bu sahifaga 3 faylgacha bo‘lgan topshiriqlar (2 megabaytdan ko‘p bo‘lmagan)
qif, jpg, jpeg, bmp, png, doc, xls, pdf, zip, ppt formatidagi fayllarni yuklash
mumkin. Fayllarni xohlagan vaqtda o‘chirish yoki o‘zgartirish mumkin;
5) evoluation – baholash mezonlari. Baholash mezonlarini savolning
murakkabligidan chiqib belgilash mumkin. Baholarga izoh berilib, ishning har
bir bosqichida qanday ko‘rsatkichlarga erishilganda qanday baholarga loyiqligi
izohlanadi;
6) conclusion – xulosa. Xulosa o‘quvchilar tomonidan bajarilgan ishning
yakuni bo‘lib, ular tomonidan olingan ko‘nikmalar, bilimlarni tekshirishda veb-
kvest qanday texnologiya ekanligi ko‘rsatiladi;
7) teachers rade – o‘qituvchi uchun sahifa. O‘qituvchi sahifasida veb-kvest
qo‘llanilganligi haqida ma’lumot kiritiladi.
Har bir sahifaga mavzuga xos rasmlar yuklash mumkin. Hamma sahifa
to‘ldirilgandan so‘ng, veb-kvest tayyor va uni e’lon qilish mumkin.
Veb-kvestlarni bajarish jarayonida talabalar yaxshi o‘zlashtirilmagan
materiallarga yakka holda qayta murojaat qilishlari mumkin. Veb-kvestdan
foydalanish talabalarni mustaqillikka, har qanday hayotiy muammolarni
Do'stlaringiz bilan baham: |