PEDAGOGIKA
2015, 2-son
40
nazarda tutadi. Bugungi kunda o‘quv rejasida o‘quv predmetlari sonining
ko‘payib ketganligini hisobga olsak, bu tipdagi dasturlar yaratishga kuchli
ehtiyoj sezilmoqda
1
.
5.
Mavzulararo integratsiya. Ayni bir kurs doirasida beriladigan o‘quv
materiallari boshqa bir kurs doirasidagi mohiyatan yaqin bo‘lgan o‘quv
materiallari bilan uyg‘unlashtiriladi.
Ta’limda integratsiyani amalga oshirish ham iqtisodiy ham pedagogik,
gigiyenik va fiziologik jihatdan muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, o‘quv-
bilish jarayonining samaradorlik darajasi ortadi.
DTSda talabaning bilim hamda tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan
minimum talablar o‘z ifodasini topmog‘i lozim. Amalga oshirilishi ko‘zda
tutilayotgan integratsiya darajasi ayni bir o‘quv fani mazmunida chuqur, har
tomonlama aloqadan boshlanib, o‘quv fanlararo bog‘lanish, uyg‘unlashtirish
darajasida ta’minlanishi kerak.
Avvalo, o‘quv materiallarining mazmun jihatdan boy bo‘lishi muhim
ahamiyatga ega. Bunda ta’lim mazmunida o‘quv fanlarini integratsiyalashning
ilmiy va pedagogik asoslarini ishlab chiqish; ta’lim jarayonini liberallashtirish
talablari asosida o‘quv rejasini takomillashtirish; integral mazmundagi o‘quv
dasturlari va darsliklarning yangi avlodini yaratish; ta’lim mazmunini
integratsiyalash va qabul qilish maqsadga muvofiqdir.
Integratsiyaning u yoki bu darajasini ta’lim jarayonida qo‘llash natijasida
talabaning vaqti tejaladi, uning bilish imkoniyatlari kengayadi. Mavzulararo
integratsiya asosida o‘quv-bilish jarayoni natijalarini istiqbolli qilish
mexanizmlari yaratiladi; integratsiyalashtirilgan ta’lim jarayonini boshqara
oladigan o‘qituvchilarni tayyorlash va malakasini oshirishni yo‘lga qo‘yish
uchun huquqiy metodik imkoniyatlar yaratiladi; integral dasturlar asosida o‘quv-
bilish jarayonining iqtisodiy jihatdan samaradorlik darajasi aniqlanadi; o‘quv-
bilish jarayonini integral dasturlar asosida tashkil etish sohasidagi xalqaro
tajribalardan keng foydalanish uchun qulay imkoniyatlar tug‘iladi
2
.
Ta’lim mazmuni va jarayoni sifat monitoringini amalga oshirishning
maqsadi kasb ta’limi yo‘nalishi o‘qituvchilarini tayyorlashda ta’lim mazmunini
integratsiyalash, ularni integratsiyalashgan o‘quv reja va o‘quv dasturlari orqali
bilim olishga undovchi omillarni rivojlantirish imkonini beruvchi pedagogik
shart-sharoitlardan samarali foydalanish darajasini aniqlashdan iborat bo‘ldi.
1
Do'stlaringiz bilan baham: