PEDAGOGIKA
2015, 2-son
48
- qishloq xo‘jaligi va sanoat ishlab chiqarishini muntazam kuzatib borishi,
biror matematik metod, teorema yoki formulaning amalda qayerda
qo‘llanilishiga doir materiallar to‘plamidan o‘rinli foydalanishni bilishi lozim.
Ekologik mazmunli masalalardan foydalanish yo‘llari va usullari bo‘yicha
taqiqotda N. Eshpo‘latovning amaliy mazmunli masalalardan foydalanish
bo‘yicha olib borgan tadqiqotlari natijalariga ma’lum darajada asoslandik
1
.
Endi ekologik mazmunli masalalar yechishning bosqichlariga alohida
to‘xtalamiz:
I. Formallashtirish bosqichi. Bu bosqichda berilgan real ekologik
holatning, ya’ni masalaning matematik modeli quriladi. Shuningdek,
qaralayotgan holatning muhim xossalari ajratilib, uni ifodalovchi matematik
belgilash va apparatlar tanlanadi, pirovardida matematik masala tuziladi.
Tuzilgan matematik masala qaralayotgan jarayonni, ya’ni ekologik mazmunli
masalani o‘zida aks ettiradi.
II. Masalani model ichida yechish bosqichi. Bu bosqichda berilgan ekologik
mazmunli masalaning konkret mazmuni hisobga olinmaydi. Faqat I bosqichda
tuzilgan matematik masala yechiladi.
III. Interpretatsiyalash bosqichi. Ushbu bosqichda tuzilgan formal matematik
masalaning yechimi berilgan dastlabki jarayon ekologik masala nuqtayi
nazaridan tekshirib chiqiladi. Olingan yechim dastlabki berilgan ekologik
mazmunli masala “tili”ga ko‘chiriladi. Bu bosqich shu bilan muhimki, bunda
olingan masalaning yechimi tekshiriladi va matematikani qo‘llashning qolgan
barcha bosqichlari nazorat qilinadi.
Birinchi bosqich (amaliy masalaning matematik modelini qurish).
O‘quvchilardan tabiatshunoslik, iqtisodiy va boshqa qonunlarni yoki
qaralayotgan jarayonni ifodalovchi boshqa fanlarga, texnikaga tegishli bo‘lgan
bilimlarni puxta egallagan bo‘lish va undan foydalana olish ko‘nikmalarini talab
qiladi.
Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, maktablarimizda asosan masalani model
ichida yechish bosqichiga (II bosqich) katta e’tibor berilayotgan bo‘lib, I va III
bosqichlar ko‘pgina hollarda e’tibordan chetda qolib ketmoqda. O‘quvchi biror
ekologik mazmunli masalaning tenglamasini tuzib (ko‘p hollarda o‘qituvchining
to‘la ishtirokida), uni yechsa, shu bilan masala yechish tugallanadi. Masala I va
III bosqichlar nuqtayi nazaridan tahlil qilinmaydi, yoki ko‘pchilik o‘qituvchilar
asosiy e’tiborni formal matematik masalalarni yechishga qaratadi.
1
Эшпўлатов Н. Математика ўқитишда политехник таълим. – Тошкент: Маънавият 1989.
– Б. 26.
Do'stlaringiz bilan baham: |