PEDAGOGIKA
2015, 2-son
108
oluvchining faolligi, o‘z bilimini namoyon qilishga intilishi) usuli bilan birlashib,
ongli verbal-kognitiv ta’lim (bundan buyon OVKT) yo‘nalishi paydo bo‘ldi va
shakllandi. Taniqli pedagog D. Ozbel bu yo‘nalishga asos solib, ta’lim
jarayonida kashfiyot (ing. Discovery)
yetakchi usul ekanligini alohida ta’kidladi
1
.
Kashfiyot ta’lim usulining mohiyati shundaki, ta’lim oluvchi har bir topshiriqni
bajarish jarayonida yangi-yangi hodisalarni kashf etish yoki nimadir yaratish
bilan shug‘ullanadi. Shuning uchun ta’lim jarayonida onglilik (ing. Meaningool
learning) yetakchilik qiladi. Yuqorida sanab o‘tilgan onglilik, kognitivlik,
verballik, kashfiyotchilik ijodiy tafakkur egasi–barkamol shaxsni tarbiyalashning
asosiy pedagogik-psixologik omillari sanaladi.
Ta’lim jarayoniga pedagogik-psixologik omillarni tatbiq etish usullari
ko‘p va rang-barangdir:
1. O‘quvchi har bir mashg‘ulotda darslik talabi asosida unga berilgan
bilimlarni takrorlash bilan kifoyalanmasligi, balki o‘qituvchi yo‘llanmasi bilan
yangi bilimlar hosil qilishi, kashf etishi lozim. Bu kognitivlikning bosh omilidir.
2. O‘quvchi darsda passiv tinglovchi: ko‘chiruvchi, takrorlovchi,
bajaruvchi emas, balki izlovchi, qiyoslovchi, kashfiyotchi bo‘lishi kerak.
Shuning uchun o‘quvchining har bir so‘zi, fikri, xulosasi faqat uning o‘ziniki
bo‘lmog‘i shart. Bunda izlanuvchi o‘qituvchi bilan tinglovchilar (jumladan,
o‘qituvchi) orasidagi aloqa-munosabat (fikr almashish) juda ko‘p hollarda jonli
og‘zaki muhokama, qolaversa, bahs tusini oladi.
3. O‘qituvchi va darsliklarning ta’lim oluvchiga beradigan yo‘llanmasi
shunday tuzilmog‘i lozimki, o‘quvchilarga yaratilgan imkoniyatlar mohiyatan bir
yo‘nalishda bo‘lsa-da, lekin ular shaklan va mazmunan rang-barang bo‘lmog‘i
kerak. Shundagina har bir ta’lim oluvchi o‘zligini, qobiliyat va iqtidorini erkin
ifodalash imkoniyatiga ega bo‘ladi va har bir mashg‘ulotda munozara, ijodiy
izlanish ruhi yetakchilik qiladi.
4. O‘quvchi uy vazifasini bajarish va uni sinfda tahlil etishda o‘qituvchi
yo‘llanmasi (darslik topshirig‘i) asosida ishlashi, fikrlashi lozim. Masalaning
to‘g‘ri yechimini topish va mantiqli to‘xtamga kelish uchun u o‘z fikrini
asoslash va isbotlashga urinishi zarur. O‘quv mashg‘uloti va berilgan o‘quv
materiali bunga keng yo‘l ochib berishi, bolaning yosh psixologiyasi va nutqiy-
intellektual qobiliyatiga mos kelishi lozim. Ta’limning onglilik omili mana
shularda namoyon bo‘ladi. O‘quv predmetini bunday omillar asosida tizimli
yo‘lga qo‘yish milliy didaktikada yangi usuldir.
1
Соссюр де Ф. Курс общей лингвистики. Труды по языкознанию. – Москва: Высшая
школа, 1987. – С. 59.
Do'stlaringiz bilan baham: |