PEDAGOGIKA
2015, 2-son
54
harakatlanadi. Elektrik va elektrik bo‘lmagan parametrlar elektr asboblari va
qurilmalari orqali o‘lchanadi hamda nazorat qilinadi. Shu nuqtayi nazardan,
talabalarning elektr toki va elektr zanjirlari haqidagi bilim va amaliy
ko‘nikmalarga ega bo‘lishi ularning kelgusi hayot-faoliyati davomida muhim
ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, fan va texnikaning jadallik bilan rivojlanib
borayotgan hozirgi davrida ushbu bilimlarsiz zamon bilan hamohang qadam
tashlab bo‘lmaydi.
Turmushda, teхnikada va ishlab chiqarishda elektr tokining o‘zgarmas va
o‘zgaruvchan turlaridan foydalaniladi. O‘zgarmas tok zanjirlari o‘tkazgichlardan
tuziladi. Qarshilikli o‘tkazgichlarning qanday ulanganligiga qarab tok kuchi,
kuchlanish va tokning quvvati aniqlanadi. Agar zanjirdagi kuchlanish
o‘zgarmasa tok, quvvat, elektr va magnit maydonlaridagi energiya ham
o‘zgarmaydi. Kuchlanish o‘zgaruvchan bo‘lsa, zanjirdan o‘zgaruvchan tok
o‘tadi, elektr va magnit maydonlarining energiyasi ham o‘zgaruvchan bo‘ladi
1
.
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari, shuningdek,
bakalavriat bosqichida ta’lim oluvchi ko‘pgina talabalar o‘zgarmas tok
zanjirlariga tegishli kattaliklarni, jumladan, to‘la qarshilikni hisoblashni
uddalaydi. Ammo o‘zgaruvchan tok zanjiri kattaliklarini hisoblashda birmuncha
qiyinchiliklarga duch keladi, chunki o‘zgarmas tok zanjiri uchun qo‘llaniladigan
to‘la qarshilikni hisoblash usullarini o‘zgaruvchan tok zanjiri uchun aynan
qo‘llab bo‘lmaydi. O‘zgaruvchan tokda zaryad, tok kuchi, kuchlanishlar son
qiymati va yo‘nalishi jihatidan o‘zgarib turadi. Shuning uchun, qaralayotgan
momentda ularning fazalarini (bir-birlariga nisbatan holatlarini) hisobga olish
lozim. Yuqoridagi mulohazalardan o‘quvchi va talabalarda o‘zgaruvchan tok
zanjirlari bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish muammosi mavjud ekanligi
ayon bo‘ladi.
O‘zgaruvchan tok zanjiri faqat o‘tkazgichlardan emas (ularni aktiv
qarshilik – R deb ataladi), balki induktivlik (induktiv qarshilik – X
L
) va
kondensatorlar (sig‘im qarshilik – X
C
)dan tuziladi. Ularning qanday
ulanganligiga qarab, zanjirning xossalari butunlay boshqacha bo‘ladi. Agar bitta
aktiv qarshilik (R), bitta induktivlik (L) va bitta sig‘im (C) bilan cheklanilganda
ham ulardan turlicha xossali 17 turdagi zanjir tuzish mumkin. Bundan tashqari,
o‘zgaruvchan tok zanjirlarida transformatorlar qo‘llaniladi. Sanoatda uch fazali
tok tarmoqlaridan foydalaniladi. Ushbu omillar o‘zgaruvchan tok zanjirlariga
tegishli masalalar turlarining ko‘pligini belgilab beradi
2
.
1
Do'stlaringiz bilan baham: