Шарипов Ш., Муслимов Н.А. Ўрта махсус, касб-ҳунар таълими интеграцияси.
– Тошкент: ТДПУ, 2006. – Б. 47.
2
Абдураимов Ш.С. Касб таълими ўқитувчиларини тайёрлаш сифатини таъминлашда
тармоқлараро амалий интеграция. – Тошкент: Наврўз, 2014. – Б.78.
PEDAGOGIKA
2015, 2-son
41
Belgilangan maqsadga muvofiq quyidagi vazifalar belgilandi:
oliy ta’lim muassasalarida kasb ta’limi yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr
o‘qituvchilarni tayyorlash jarayonini yorituvchi o‘quv-me’yoriy hujjatlar (Davlat
ta’lim standarti, o‘quv reja, fan dasturlari va hokazolar) asosida o‘quv-tarbiya
jarayoni, ta’lim mazmunini integratsiyalashni tashkil etish bo‘yicha nazariy
ma’lumotlarni umumlashtirish;
anketa so‘rovlari yordamida kasb ta’limi yo‘nalishi talabalari va
o‘qituvchilarining ta’lim jarayonida integratsiyaning mohiyati bo‘yicha
ma’lumotlarini aniqlash;
talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalari shakllanganligi darajasini
bevosita umumkasbiy va ixtisoslik fanlari misolida hamda mustaqil bajarish
uchun berilgan topshiriqlar yordamida o‘rganish;
kasb ta’limi yo‘nalishi talabalarining o‘zlashtirish darajalarini integrativ
yondashuv asosida shakllanishiga erishish.
Ta’lim mazmuni va jarayoni sifat monitoringini amalga oshirish uch
bosqichda olib borildi:
1-bosqich. Asoslovchi tajriba bosqichida kasb ta’limi yo‘nalishi bo‘yicha
bakalavr-o‘qituvchilarni tayyorlash jarayonida umumkasbiy va ixtisoslik
fanlarida integrallashgan bilimlar mazmuni aniqlandi va bunday bilimlar
bazasida integrallashgan darslarni o‘tkazish metodikasi, fanlar integratsiyasini
tashkil etish, ularda bilim, ko‘nikma va malakalarning shakllanganlik darajasini
aniqlashga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyat tashkil etildi.
Ko‘zda tutilgan maqsadga erishishda kasb ta’limi yo‘nalishida tahsil
olayotgan talabalarning o‘quv faoliyati kuzatildi, ular bilan suhbat, anketa
so‘rovlari o‘tkazildi. O‘quv reja, o‘qitilayotgan umumkasbiy va ixtisoslik fanlari
o‘quv dasturlari va o‘quv-me’yoriy hujjatlarda integratsiyaning ta’minlanganlik
darajalari tahlil qilindi.
Ta’limda integratsiyani amalga oshirish xususiyatlaridan kelib chiqqan
holda tegishli fanlar mazmunida integrativ yondashuvni amalga oshirish va
ularni bajarish metodlari, shakllari va vositalari belgilandi.
2-bosqich. Shakllantiruvchi tajriba bosqichida integrallashgan bilimlar
mazmuni, bunday bilimlar bazasida yaratilgan tavsiyalar, integrallashgan
darslarni o‘tish metodikasi, tavsiya etilgan ko‘rsatma, yo‘riqnoma, metodik
ishlanmalar doirasida integratsiyani amalga oshirish yo‘llari belgilandi.
Talabalar faoliyatini bevosita va bilvosita pedagogik kuzatish, ular
ishtirokida amaliy treninglarni tashkil etish, suhbat, anketa so‘rovi yordamida
ta’lim mazmunini integratsiyalash shakllantirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |