O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasida ijod –
yaratish, kashf etish; vujudga
keltirish ma’nolarini anglatib, badiiy, ilmiy, san’atga oid asar yoki moddiy boylik
yaratish, vujudga keltirish; yaratuvchilik faoliyati hamda yaratuvchilik faoliyati
mahsuli, samarasi ekanligi qayd etib o‘tilgan.
Ma’naviyat: asosiy tushunchalar izohli lug‘atida esa mazkur tushunchaga
quyidagi tarzda ta’rif berilgan: “Ijod (arab. yaratish, kashf etish, vujudga keltirish) –
badiiy, ilmiy, amaliy asar
yoki moddiy boylikni yaratish, vujudga keltirish. Ijod
mohiyatan yaratuvchanlik faoliyati bo‘lib, inson ma’naviyatining amaldagi
ko‘rinishini ifoda etadi”.
Sh.Sharipov o‘quvchilarning kasbiy ijodkorligi uzviyligini tadqiq etish
asosida ijod – insonning fan, texnika, ishlab chiqarish, madaniyat va boshqa
sohalarda ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan yangilik yaratishi bilan bog‘liq murakkab
psixologik jarayondir, degan xulosaga kelgan.
S.Golovin tomonidan ishlib chiqilgan amaliyotchi psixolog lug‘atida ijod –
yangi qimmatli g‘oyalarni ishlab
chiqishning psixik jarayoni, yangi moddiy va
ma’naviy ahamiyatga ega ne’matlarni yaratish tarzida talqin etilgan.
Ijodkorlik
–
individning ijodkorlik qobiliyati – noodatiy fikrlarni o‘ylab
topish, an’anaviy fikrlash doirasidan chetlashish, muammoli masalalarni tezda xal
etish qobiliyatidir. U yangi g‘oyalarni yaratishga doimo tayyorlik bilan tavsiflanadi
va qobiliyat tuzilmasi komponenti bo‘lib hisoblanadi.
O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasida ijodkorlik
tushunchasiga ijodkor ishi,
ijodkorga xos faoliyat; yaratuvchilik tarzida qisqa ta’rif berilgan.
Pedagogik ensiklopedik lug‘atda “Ijodiy faoliyat sifat jihatdan yangini
yaratishga doir inson yoki jamoaviy faoliyat shakli. Ijodiy faoliyatning zaruriy sharti
fikrning egiluvchanligi, tanqidiylik, idrok etishning yaxlitligida aks etadi”, deb izoh
berilgan. Mazkur lug‘atda “ijod” va “ijodkorlik” tushunchalariga alohida ta’rif
berilmagan.
Falsafiy,
pedagogik-psixologik
adabiyotlarda
“ijodkorlik” original,
takrorlanmaydigan, ijtimoiy-tarixiy noyoblik bilan ajralib turuvchi faoliyat turi
sifatida e’tirof etiladi.
So‘nggi vaqtlarda “ijodkorlik” tushunchasi bilan birgalikda “kreativlik”
atamasi ham keng qo‘llanilmoqda.
Kreativlik – individning qayta ishlov berish va yaratish bilan aloqador xilma-
xil
faoliyat turlari, tashabbuskorligi, faolligi, boshqa kishilar bilan muloqot
jarayonida, mental xatti-harakatlarigda namoyon bo‘ladigan ijodiy salohiyati va
qobiliyatlari majmuidir.
N.M.Gnatko “ijodkorlik” va “kreativlik” tushunchalari o‘rtasidagi farqni
quyidagi tarzda izohlagan: mazkur tushunchalar bir doiraga mansub hodisaning ikki
jihatini, ya’ni ijodkorlik
jarayonli-natijaviy jihatni, kreativlik subyektivlik bilan
bog‘liqlikni o‘zida aks ettiradi. Garchi olim mazkur tushunchalar o‘rtasidagi farqni
ajratib ko‘rsatishga harakat qilgan bo‘lsa ham, biroq ta’rif ancha noaniqlik kasb
etgan.
Adabiyotlar tahlili hozirgi vaqtda “ijodkorlik” va “kreativlik” tushunchalari
o‘rtasida qator qarma-qarshiliklar mavjudligini ko‘rsatadi:
1)
“ijodkorlik” va “kreativlik” tushunchalari sinonim so‘zlar sifatida talqin
qilinadi. YA’ni kreativlik ijod psixologiyasi doirasida qo‘llanilib, mazkur tushuncha
alohida ajratib ko‘rsatilmaydi;
2)
ijodkorlik yaxlitlikda madaniy faoliyat bilan bog‘liq, kreativlik esa
subyekt uchun yangi imkoniyatlarni yuzaga chiqarish tarzida tavsiflanadi;
3)
kreativlik ijodkorlik masalasini o‘rganishning alohida jihati sifatida inson
salohiyati, ichki resurs bilan bog‘liqlik kasb etadi.
Aynan uchinchi yondashuv obyektiv jihatdan o‘rinli bo‘lib, kerativlikni
ijodkorlikning o‘ziga xos jihatlaridan biri sifatida qabul qilish va uning doirasida
mazkur masalani talqin etish maqsadga muvofiq.
Respublikamizda o‘quvchilarning kasbiy ijodkorligi
sohasida fundamental
tadqiqotlarni amalga oshirgan olim SH.SHaripovning fikricha, ijodkorlik shaxsda
mustaqil fikrlash sifatlari namoyon bo‘lishining eng asosiy va faol shakli hisoblanib,
uni quyidagi belgilariga ko‘ra tasniflash mumkin: ijod turi (texnik, texnologik,
tashkilotchilik, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy, pedagogik, didaktik, kasbiy, aralash);
ijod darajasi (mono ijod, multi ijod, mega ijod); ijod qamrovi (ixtisoslik,
mutaxassislik, bilim sohasi,
tarmoqlararo, milliy, mintaqaviy, mintaqalararo,
xalqaro); ijodning davomiyligi (qisqa muddatli, o‘rta muddatli, uzoq muddatli);
ijodning shakli (innovatsion, ilmiy-tadqiqotchilik, ta’limiy,
investitsion, aralash);
umumiy jihatlariga ko‘ra (yangi g‘oyalarni hayotga tatbiq etish; prinsipial jihatdan
yangi yechimlarni ilgari surish; yangilikni amaliy qo‘llash); yaratilgan ijod
mahsulining ma’nosi va murakkabligiga ko‘ra (ratsionalizatorlik taklifi; ixtiro;
kashfiyot).
Ijodkorlikni tasniflashga doir yuqoridagi yondashuvdan ma’lum bo‘ladiki,
ijodkorlik hamma vaqt subyektning ijodiy faoliyatini talab etadi. SHu bilan birga
mazkur tushunchaga berilgan ta’riflardan ijodkorlik hodisasini izohlash murakkab
ekanligi anglanadi.
Ijodkorlikni rivojlantirish ijodiy jarayonni tashkil etish, shaxsning ijodiy
salohiyati, ijodiy fikrlash, ijodiy faollik, ijodiy qobiliyat va ijodiy faoliyatni tarkib
toptirish bilan o‘zaro aloqador ekanligini ko‘rsatdi (5-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: