Pedagogik tadqiqotlarning mazmuni va


Intuitsiya va pedagogik tafakkur. Intuitsiya



Download 0,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/22
Sana01.07.2022
Hajmi0,89 Mb.
#727561
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
1-1

Intuitsiya va pedagogik tafakkur. Intuitsiya
(lot. intuitio – sinchiklab 
qarayman) – haqiqatni dalil bilan isbotlamasdan, bevosita fahm-farosat bilan anglab 
olish qobiliyati; fikran ilg‘ab olish yo‘li bilan tajriba doirasidan chiqish, shaxsiy 
qobiliyati yoki bilib olinmagan aloqalar, qonuniyatlarni jonli shaklda 
umumlashtirish. Tadqiqotchilarning fikricha, intuitsiyaning hissiy, aqliy va mistik 
turlari bor. Hissiy intuitsiya deb, aqliy mushohada va boshqa sezgi obrazlariga 
bog‘liq bo‘lmagan holda tushunchadan oldin keladigan intuitiv sezishga aytiladi. 
Hodisalarning mohiyatini birdaniga aql bilan ilg‘ab olish aqliy (intellektual) 
intuitsiya deyiladi (E. Gusserl). Ilohiy qudrat bilan muloqot jarayonida vujudga 


keladigan mutlaqo ongsiz ilohiy ilhom mistik intuitsiya hisoblanadi (J. Mariten). 
Intuitsiya – subyektning obyekt bilan bevosita qo‘shilishib ketishi okibatidir 
(A.Bergson). Psixoanalizda intuitsiya ijodning ongsizlikdagi ilk tamoyili deb talqin 
etiladi (3.Freyd). SHarq falsafasida intuitsiyani “ilohiy ilhom” yoki “ilohiy zeh” deb 
atashgan (Ibn Sino). Intuitsiyani o‘rganib, boshqarib ham bo‘lmaydi. U to‘satdan 
miyaga kelib qoluvchi fikrdir. Inson miyasida ro‘y beruvchi refleksiv jarayonlar shu 
qadar murakkab zanjirli bog‘lanishlar hosil qiladiki, ba’zan turli sabab-oqibatli 
zanjirlar tizimidagi halqalar bir-biriga tutashib ketadi. SHunday tutashuv jarayonida 
inson miyasiga yarq etib yangi fikr kelib qoladi. Ana shu holat intuitsiyaning nerv-
fiziologik asosi hisoblanadi. Bu kutilmaganda, behosdan ro‘y berganligi uchun 
kishilar intuitsiyani ilohiy va g‘ayritabiiy mohiyatga bog‘lab tushuntirishga 
urinishadi, lekin uning zamirida o‘ziga xos psixik jarayonlar yotadi. Intuitsiya inson 
miyasida ro‘y beruvchi o‘z-o‘zini sozlash, o‘z-o‘zini muvofiqlash mexanizmi bilan 
bog‘langan. Miyada muayyan paytda o‘z-o‘zidan ishlash jarayoni sodir bo‘ladi va u 
o‘z-o‘zicha yangi bilimni ishlab chiqadi. Bu jarayonni ongli nazorat 
qilmaganligimiz tufayli miyamizga yangi fikr quyilib kelgandek bo‘lib tuyuladi. 
Aslida bu fikrni
miyamiz o‘zo‘zidan hisoblab chiqqan bo‘ladi. 
Mushohada, insayt, intuitsiya mashaqqatli ilmiy izlanish, yangi faktlarni 
topish va ularni ilmiy farazlar, tizimlar, nazariyalar va qonunlarda ratsional, 
mantiqiy-diskursiv anglab etish bilan bir qatorda, ilmiy ijodning zarur jihatlari, 
olimning izlanuvchan, jonli, tirishqoq aqlining doimiy hamrohlaridir. Buyuk fizik 
A. Eynshteyn ilmiy ijodda intuitsiya, faraz, mushohadaning ahamiyatini qayd etgan 
holda, «Mohiyat e’tibori bilan, faqat intuitsiyagina chinakam qimmatga egadir», deb 
ko‘rsatib o‘tgan edi.
Insonning dunyoni bilish, subyektning obyekt bilan o‘zaro ta’sirga kirishish 
jarayoni o‘ta murakkab va ziddiyatli jarayondir. U olimdan nafaqat ongli, balki 
ongsiz faoliyat ko‘rsatishni ham talab etadi.
Insonning ong osti sohasining bilish faoliyati intuitiv bilish deb ataladi. 
Intuitsiya esa – bu bilish obyektining ayni shartlarda boshqa yo‘l bilan asoslab 
bo‘lmaydigan xossalariga bevosita, nomantiqiy tarzda haqqoniy deb qarashdir. 


Ilmiy ijodda intuitsiya sezgi va aql-idrok faoliyatiga qarshilik ko‘rsatmaydi, balki 
bilishning hissiy va ratsional jihatlari bilan uzviy bog‘lanib, ularni to‘ldiradi.
Subyektning obyekt borlig‘i qonuniyatlarini, uning xossalari va aloqalarini 
hissiy va ratsional bilishi ongning ijodiy faolligiga yorqin misol bo‘la oladi. Ammo 
ongli darajada sodir bo‘luvchi insonning ijodiy jarayoni uning ruhiyatining yanada 
chuqur – ongsiz va ong osti qatlamlariga ham kirib boradi. Hozirgi zamon ilmiy 
tasavvurlariga ko‘ra, insonning ongsiz ong osti ruhiy faoliyati sohasi ba’zan ong 
anglab etmaydigan sezgilar, tasavvurlarni o‘z ichiga oladi. Ong osti sohasi ma’naviy 
hayotning tush ko‘rish, gipnoz holati, anglanmagan istaklar, tashvishli sezgilar, 
masalan, inson hayotida ko‘ngilsiz hodisa sodir bo‘lishi arafasidagi tashvishli 
sezgilarni qamrab oladi. 
Ruhiyatda ong, ong osti sohasi va ongli narsalarning o‘zaro aloqasi 
masalalariga psixoanaliz asoschisi Zigmund Freyd katta e’tibor bergan. Uning 
fikricha, inson ruhiyati uch sohadan: “U”, “Men”, “Mendan Ustun” sohalardan 
tashkil topgan. “U” – ongsiz mayllarning teran qatlami bo‘lib, unda gedonizm, 
lazzatlanish prinsipi etakchilik qiladi. “Men” – bu shaxsning ong sohasi, ongsiz soha 
bilan reallik prinsipi hukm suruvchi tashqi olam o‘rtasida vositachidir. “Mendan 
Ustun” soha – bu shaxsning ichki ma’naviyati, vijdoni, ta’bir joiz bo‘lsa, shaxsning 
ichki ijtiomiylashish darajasidir. Z.Freyd eksperimentlar va klinik tadqiqotlar 
negizida insonning ma’naviy olamida ongsiz narsalar, shu jumladan bilish va ijodiy 
faollikning rolini asoslab berdi.
Ong osti sohasi va intuitsiya ilmiy bilish jarayonida bir-biri bilan uzviy 
bog‘liq. Strukturaviy lingvistika sohasidagi yirik mutaxassis, til psixomexanikasi 
nazariyasining asoschisi Gyustav Giyom bilish jarayonida hodisalarni aniq ko‘rish, 
ularning mohiyatini teran tushunishda intuitsiya muhim rol o‘ynaydi, deb e’tirof 
etgan. O‘z ma’ruzalarida Giyom shunday deb qayd etgan: “Intuitiv mexanikada 
barcha operatsiyalar ongsiz ravishda sodir bo‘ladi. Ongsizlik, intuitsiya – bir xil 
narsalardir, natijani ko‘rish imkonini beruvchi til strukturalari bilan tasdiqlanuvchi 
intuitiv mexanika operatsiyalarning samaradorligi bizda o‘zimiz boshqara 
olmaydigan, kuchi bilimlarimizni oshirishda emas, balki bashorat qilish (luicidite) 


qobiliyatimizni kuchaytirishda bo‘lgan faoliyat darajasi mavjudligidan dalolat 
beradi”.
Q.Abduraximovning fikricha, ongsizlik vaqt oqimi davomida informatsion 
fazoning o‘zgarishi, axborotlar oqimidagi kamchiliklarni to‘ldirish, mental 
strukturalar o‘z-o‘zining tarkib topishini oxiriga etkazishida sodir bo‘ladi. Ilmiy 
tadqiqot ishida faoliyatning avtomatlashgan, ongli, yarim ongli va ongsiz holatda 
nazorat qilinadigan komponentlari – ko‘nikma, malaka va odatlar inson bilish 
faoliyatining anglanmagan komponentlari sifatida kognitiv psixologiya yo‘nalishi 
o‘rganishi kerak bo‘lgan muammolardan ekanligiga alohida urg‘u berilgan. Bilish 
jarayonida anglanmagan (implitsit) bilimlarning anglangan (eksplitsit)likka o‘tishi 
ko‘pincha insayt sifatida talqin qilinadi, boshqa bir tomondan esa, anglanganlikning 
nazorat qilinishi avtomatik harakatlarga o‘tish bilan uyg‘unlashadi va malakani 
shakllantiradi.
Ongsizlik tuzilishi bilan bog‘liq nuqtai nazar asosiga intuitsiyani kiritish 
uning asosiy komponentlari va mexanizmlari harakatini yanada aniq va 
umumlashtirilgan holda aks ettirish imkonini yaratadi. Intuitsiyaning turli 
modallikdagi axborot oqimlari va ularning o‘tmish, hozirgi vaqt (dolzarb) va 
potensial holatlarda vujudga kelish darajalari tanlovni universal integrativ 
mexanizm sifatida ko‘rish mumkinligidan dalolat beradi. 
Intuitsiya – bu ijodiy faoliyatning ichki, subyektiv tomoni bo‘lib, unda ongsiz 
komponent bilish faoliyati natijalarini umumlashtirish, birlashtirish, tushunib 
etishga yo‘naltiriladi. SHu bilan birga, ilmiy ijodda onglilik va ongsizlikning, 
intuitivning o‘zaro ta’sirini haddan tashqari soddalashtirib yubormaslik kerak, zotan, 
bu juda murakkab, chalkash va ancha mavhum jarayondir. 

Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish