Pedagogik tadqiqotlarning mazmuni va



Download 0,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/22
Sana01.07.2022
Hajmi0,89 Mb.
#727561
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22
Bog'liq
1-1

SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 
1.
Ilm-fan rivojining ustuvor vazifalarini izohlang. 
2.
Postnoklassik 
davrda 
ilm-fanning 
rivojlanishining 
asosiy 
tendensiyalarini tushuntirib bering. 
3.
Metodologik nuqtai nazardan pedagogikaning obyekti va predmetiga 
izoh bering. 
4.
Pedagogik nazariya deganda nima tushuniladi? 
5.
Pedagogik qonuniyatlar metodologiyada qanday o‘rin tutadi? 
6.
Pedagogikaning metodologik ta’minotiga nimalar kiradi?
 
1.2.
 
PEDAGOGIK TADQIQOTLARNING ASOSIY 
KATEGORIYALARI VA TUSHUNCHALARI 
Tayanch tushunchalar:
metodologik tadqiqot, maxsus tadqiqot, manba, 
empirik bilim, ijod, ijodkorlik, pedagogik ijodkorlik, innovatsion faoliyat, 
innovatsion salohiyat. 
Metododologik tadqiqot va maxsus ilmiy tadqiqot.
Metodologiya 
tushunchasi o‘zida ikki jihatni aks ettiradi: birinchisi bilish faoliyati natijalari bilan 
bog‘liq bo‘lsa, ikkinchisi mazkur faoliyatning o‘zi hisoblanadi. Har bir fanning 
o‘ziga xos kategoriyalari, tushunchalari, tadqiqot predmeti, obyekti va 
fanshunoslikning umumiy qoidalari, ilmiylik mezoni ifodalanishidir. Globallashuv 
jarayonida fanning rivojlanishi, ilmiy tadqiqot tili, kategoriyalari uning umumiy 
jahonshumul va xususiy muayanligi muxim o‘rin tutadi. 
So‘nggi vaqtlarda shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim va yuksak ma’naviyatli 
shaxsni shakllantirish bilan bog‘liqlikda metodologiyani tavsiflash bilan bog‘liq 
qator savollar tug‘ilmoqda: metodologik har bir kishining shaxsiy yutug‘i bo‘lishi 
kerak emasmi? Maxsus bilish sohasini metodologiya deb atash o‘rinli bo‘ladimi? 


Ko‘plab olimlarning sa’y-harakatlari bilan fan sohasida amalga oshirilgan ilmiy 
ishlarni korreksiyalash va takomillashtirishdan foyda bormi?
Shuningdek, ayrim adabiyotlarda bayon etilishicha, “obyektiv” metodologiya 
bo‘lishi kerak emas, aksincha, har bir kishi uchun ilmiy ijod individual xarakter kasb 
etishi, ya’ni “subyektiv” metodologiya bo‘lishi lozim. 
Biroq mazkur fikrlarni to‘liq tasdiqlab bo‘lmaydi. Avvalgi paragrafda 
ta’kidlab o‘tilganidek, pedagogika fani metodologiyasi pedagogik fanlar va 
pedagogik tadqiqotlar haqida bilimlar tizimini ifoda etsa, ikkinchidan, mazkur 
bilimlarni qo‘lga kiritish, shuningdek, tadqiqot dasturi(metodologik ta’minoti)ni 
asoslashga doir faoliyat sifatida metodologiya sohasi bilan bog‘liq qator 
tushunchalarga aniqlik kiritish imkonini beradi.
Shuningdek, metodologiyani tushunish nuqtai nazaridan quyidagi savollargi 
aniq javob topishga erishish mumkin: pedagogika metodologiyasi nima bilan 
shug‘ullanadi va kim shug‘ullanishi kerak? Pedagogika sohasida metodologik 
bilimlarni egallashning qanday usullari mavjud va qanday bilimlar qo‘lga kiritiladi? 
Tadqiqotlarning metodologik ta’minotining manbalari, obyektlari va tartib-qoidalari 
qanday bo‘lishi lozim? 
Dastlab metodologik tahlil obyektlarining maxsus ilmiy tahlil obyektlaridan 
farqiga aniqlik kiritish lozim. Qachonki, biz tahlil bilan shug‘ullansak, eng avvalo, 
bizning e’tiborimiz nimaga, ya’ni qanday obyektga qaratilganligini aniqlab 
olishimiz zarur.
Pedagogikada maxsus-ilmiy ish deganda nima tushuniladi? Maxsus-ilmiy ish 
aniq metodologik tadqiqotni anglatmaydi, u pedagogik faoliyatni tadqiq etishga 
yo‘naltirilgan bilish faoliyatidir. Metodlar tasnifi, ta’lim mazmunini masalalari yoki 
zamonaviy darsni tashkil etish muammolarini o‘rganish – maxsus-ilmiy tahlil 
sohasidir. Biroq metodologik tahlil ham bor. Mazkur holatda biz bu masalalarni 
qanday tadqiq etamiz: masalan, ushbu masalalarni o‘rganishda fan metodlari to‘g‘ri 
qo‘llaniladimi, bilish maqsadi bilan biz foydalanayotgan tushunchalar tizimi bir-
biriga muvofiqmi?


Ikkinchidan, metodologik masalalar maxsus-ilmiy masalalardan farq qiladi. 
Metodologik masalalar: maktab amaliyotida didaktik bilimlardan foydalanish 
masalalari, pedagogik bilimlarning turlari, xususiy metodika bilan didaktikaning 
aloqadorligi, pedagogik dalillar, pedagogik tadqiqotlar mantig‘i, pedagogik 
tadqiqotlarda formallashtirishni qo‘llash doirasi va shart-sharoitlari, pedagogik 
tadqiqotlar bosqichi sifatida maktab tajribasini o‘rganish va h.k. Mazkur holtada 
e’tibor amaliy yo‘naltirilgan ilmiy faoliyatga qaratilgan. 

Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish