belgilaydi va
tadqiqotchining
anglash dajarasi,
uning ideallari va dunyoqarashini shakllantiradi).
Postmodernizm g‘oyalari kontekstida pedagogik tadqiqotlarning asosiy
masalalaridan biri – har bir inson “o‘zining ayniyligi va o‘z burchini” anglashi,
uning noyobligi bilan mos keluvchi umuminsoniy qadriyatlarning ierarxiyasini
yaratishi uchun sharoit yaratuvchi iste’dod va imkoniyatlar, ehtiyojlar, dalillar,
manfaatlar, uning madaniy borlig‘ining xilma-xilligini hisobga olgan holda har bir
alohida shaxsning genetik imkoniyatlari rivojlanish sharti sifatida individual ta’lim
traektoriyalarini tanlash imkonini yaratuvchi polifonik ta’lim tizimlarini
loyihalashtirishdir. Postmodernizm pozitsiyasidan ta’limning, u qanchalik ratsional
asoslanmasin, o‘zgarmas universal modelining mavjudligi imkoniyati inkor etiladi.
Ilmiy asoslanganlik va gumanitar ta’lim modellarini ishlab chiqishga
qaratilgan pedagogik tadqiqotlarning aksiologik doirasi quyidagi falsafiy
konsepsiyalar ta’siri ostida shakllantirilgan: ekzistensializm, falsafiy antropologiya
,
postmodernizm va boshqalar: inson yaxlitlik, aksiologik voqelik sifatida; insonning
hayoti va salomatligi qadriyat sifatida; har bir alohida shaxsning ko‘p qirraligini tan
olish; subyektivlik qadriyat sifatida; inson rivoji qadriyat sifatida; insondagi
“individuallik”, “o‘ziga xoslikni” rivojlantirish qadriyat sifatida (noyob individual
genetik kod, individual mazmunga ega, individual hayot mazmuni, ong va
tushunchaning individual uslubi va boshqalar).
Pedagogika fanlari bo‘yicha yozilgan dissertatsiyalar ekspertizasi shuni
ko‘rsatadiki: a) aniq-ilmiy tadqiqotlarning falsafiy asoslari ko‘pincha uni
loyihalashtirish yoki dissertatsiyani “rasmiylashtirish” bosqichida taqdim qilinadi;
b) falsafiy konsepsiya va yondashuvlar tadqiqotning nazariy, aksiologik va normativ
modellari bilan munosabat uyg‘unligida ochib berilmaydi, ba’zan esa ular dissertant
tomonidan “asoslangan” u yoki bu didaktik model bilan zid bo‘ladi; v) pedagogik
tadqiqotlar uchun falsafiy yondashuv, toifa va tushunchalarning o‘zgartirishlarsiz
qabul qilinishi xarakterlidir. Masalan, “falsafiy lug‘atlarda “metodologiya” nazariy
va amaliy faoliyatni tashkil etish va amalga oshirish usullari haqidagi ta’limot
sifatida izohlanadi” tarzidagi fikr ko‘rinishida.
Metodologiyaning umumilmiy darajasiga quyidagilar kiradi: a) dunyoning
umumilmiy manzarasi aks etgan umumilmiy nazariya, konsepsiyalar (masalan,
mexanik yoki sinergetik); b) ideallashtirish, formallashtirish, modellashtirish kabi
umumilmiy tadbirlarni amalga oshirish, turli narsa-hodisalarni tadqiq qilishning
loyihalashtirish me’yorlari, ilmiy nazariyalarning asoslanganligi va tuzilishi hamda
tadqiqotning kategorial apparati bilan bog‘liq mantiq va fan metodologiyasi
sohasidagi tadqiqotlar natijasida shakllangan me’yoriy bilimlar
,
shuningdek
tadqiqotlarning o‘zgarmas metodologik tavsifi: muammo, obyekt, predmet, faraz,
maqsad, vazifalar va boshqalar; v) umumilmiy tushunchalar: model, faraz, tizim,
tarkibiy qism va boshqalar; g) umumilmiy yondoshuvlar (kibernetik, tizimli,
sinergetik va boshqalar)
va
tadqiqot usullari (tizimli tahlil, tizimli modellashtirish,
«farazlarni aniqlashtirish» (K. Popper) va boshqalar).
Pedagogik tadqiqotlarning manbalari sifatida tizimli, texnologik va madaniy-
insonparvarlikka doir yondashuvlarga alohida to‘xtalib o‘tish lozim.
Ilmiy adabiyotlarda “tizim” tushunchasiga ko‘plab ta’riflar berilgan bo‘lib,
ular orasida T.I.SHamova, T.M.Davыdenko, R.Axliddinov, S.Turg‘unov,
N.Muslimovlar tomonidan mazkur tushunchaga berilgan izohlar zamonaviy
metodologik yondashuvlarni o‘zida aks ettirganligi bilan tavsiflanadi.
Tizim – nafaqat o‘ziga xos xususiyatga ega tarkibiy qismlar, balki yangi
integrativ sifatlari bilan shartlangan o‘zaro harakatdagi obyektlar yig‘indisi. Tizim
o‘zida quyidagi belgilarni aks ettiradi: tuzilmaning, ya’ni elementlar orasida aniq
aloqa va munosabatlarning mavjudligi; integrativ sifatning mavjudligi (tizimlilik);
maqsadga yo‘nalganlik; kommunikativ xususiyatlarning mavjudligi.
T.I.Shamovaning ta’kidlashicha, tizim – bu har birining alohidaligini inkor
etuvchi, yangi integrativ sifatga ega o‘zaro aloqador elementlarning maqsadga
qaratilgan yaxlitligi; tashqi muhit bilan bog‘langan yaxlitlik.
N.A.Muslimovning fikricha, tizim
(yunoncha systema – yaxlit, qismlardan
tarkib topgan, biriktirilgan) muayyan yaxlitlik, birlikni hosil qiluvchi, o‘zaro
ta’sirlashuv va bog‘liqlikda bo‘lgan ko‘plab elementlarni anglatadi. Tizim – tartibli
ravishda joylashgan va o‘zaro bog‘liqlikda bo‘lgan qismlar birligini ifodalovchi
yaxlitlikdir. “Tizim” bu muayyan tahlitda tartibga keltirilgan elementlar to‘plami
bo‘lib, ular o‘zaro bog‘liq holatda, muayyan yaxlit birlikni hosil qiladi.
“Tizim” tushunchasiga berilgan ta’riflardan kelib chiqqan holda, “tizimlilik”
tushunchasini jarayonlar va borliqdagi hodisalarning tizim hosil qila olishi,
tizimning mavjudligi, moddiy dunyoning hamda uni bilish shakllarining tizimli
qurilishga egaligi kabi holatlarni aks ettira olishi to‘g‘risidagi xulosaga kelish
mumkin.
Tizimli
yondashuv
– ilmiy bilish hamda ijtimoiy amaliyot
metodologiyasining yo‘nalishi bo‘lib, uning asosida obyektlarni tizim sifatida qabul
qilinishi yotadi. Bunda uning aloqalari va vositalarining mazmun va mohiyatiga
ko‘ra obyektni bir butun, yaxlit holda tasavvur qilish talab etiladi. Tadqiqot
obyektini o‘rganishda alohida xususiyatlarga ega bo‘lgan bir necha qismlarga
ajratib, ular o‘rtasida o‘zaro aloqador va o‘zaro bog‘liqlik xususiyatlari aniqlanadi,
chunki har bir qism yaxlit tizimning o‘zgarishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Ilm-fan va ishlab chiqapishning jadal rivojlanishi jamiyatni iqticodiy tapaqqiy
ettirish bilan bir qatopda ijtimoiy munosabatlar mazmunida ham tub
o‘zgapishlapning po‘y berishiga zamin yapatmoqda. SHuningdek, iqtisodiy sohada
bo‘lgani singari ijtimoiy, shu jumladan, ta’lim sohasida ham texnologik yondashuvni
tatbiq etishga katta ahamiyat qaratilmoqda.
“
Texnologiya” yunoncha co‘z bo‘lib, “techne” – mahopat, can’at va “logos”
– tyshyncha, ta’limot, fan ma’nocini anglatadi. “Ta’lim texnologiyaci” ibopacining
ma’noci – (inglizcha “An educational technology”) ta’lim japayonini yukcak
mahopat bilan can’at dapajacida tashkil etish to‘g‘picida ma’lymot bepyvchi fan,
ta’limot demakdip. Ayni vaqtda mazkyp tyshynchaning ta’pifi hamda yning
mohiyati bopacida yagona g‘oya mavjyd emac. By nazapiya mohiyatining
yopitilishiga nicbatan typli yondashyvlap mavjyd.
Do'stlaringiz bilan baham: |