10-MAVZU: ILMIY IZLANUVCHINING METODOLOGIK MADANIYATI
Ilmiy izlanuvchining metododlogik madaniyati – kasbiy kompetentlikning tarkibiy qismi sifatida.
Ilmiy izlanuvchida metodologik madaniyatni tarkib toptirish darajalari.
Ilmiy izlanuvchida metododologik madaniyatni shakllantirish shart-sharoitlari.
Tayanch tushunchalar: madaniyat, metodologik madaniyat, daraja, nolevoy daraja, beqaror-empirik daraja, tadqiqotchilik, evristik.
Metodologik madaniyat - bu metodologik bilimlarga asoslangan ilmiy fikrlash madaniyatidir, uning o‘zagi esa metodologik refleksiyani tashkil etadi (V.V.Krayevskiy). Pedagog-tadqiqotchining metodoiogik madaniyati - tadqiqotchining qadriyatlami anglash, tizimli metodologik bilimlar, ilmiy izlanishning jarayoni va natijalarini loyihalashtirish, amalga oshirish va baholashning metodologik ko‘nikmalari, ilmiy muammoning adekvat yechimini taqozo etadigan shaxsiy intellektual uslubni integratsiyalashni talab etuvchi kasbiy madaniyat komponentidir. Pedagog-tadqiqotchi metodologik refleksiyaning subyekti (tashabbuskori) bo‘lishi juda muhim.
Metodologik madaniyatning shakllanganlik darajalari:
Nolevoy daraja - metodologik madaniyat elementlari shakllan- magan.
Beqaror-empirik daraja - tasavvur etish darajasida noto‘liq metodologik bilimlar, ayrim metodologik, rasmiy-mantiqiy va vosita- texnologik ko‘nikmalar shakllangan; tadqiqot ishining mavzusi dolzarb emas, muammo aniq qo‘yilmagan va shakilantirilmagan; tadqiqot metodologik nuqtai nazardan asoslanmagan, eklektik tusga ega; kategorial apparati mazmuni va tarkibiy tuzilmasi aniq ishlab chiqilmagann, mantiqan noto‘g‘ri; faraz yangi emas; tadqiqot mantig‘i metodologik nuqtai nazardan noto‘g‘ri va asoslanmagan; tajribaviy ish dasturi nazariy nuqtai nazardan asoslanmagan, texnologik jihatdan ziddiyatga ega; tadqiqot natijalari va xulosalari originallik, yangilik, nazariy mohiyat yo‘qligi bilan tavsiflanadi; tadqiqotning alohida bosqichlari, jarayonlarining tartibsiz refleksiyasiga ega, lekin metodologik refleksiyaning subyektini aks ettirmaydi; intellektual-uslubiy doirasi tor; intellektual faoliyatning algoritmik usullari ustuvorligi; “sinash va xato usuli”ning ustuvorligi; avval ishlab chiqilgan tadqiqot vositalarining majmui asosida ilgari surilgan ilmiy muammo yechimini aks ettiradi; tadqiqotning evristik potensiali past - tadqiqot fanda mavjud bo‘lgan pedagogik obyektlarni o‘rganishga qaratilgan, an’anaviy konsepsiya doirasida amalga oshirilgan; yangi natijalarga erishilganlik ehtimoli juda past (tadqiqotchi fanga ma’lum bo‘lgan dalillar, qoidalarni deyar’i takrorlayapti).
Evristik daraja - tushunish va qo‘llash darajasida alohida metodologik, mantiqiy, texnologik qobiliyatlar shakllangan; tadqiqotnin,: ilmiy va amaliy dolzarbligi asoslangan; kategorial apparatlar mohiyati va tarkibiy tuzilmasi aniqlashtirilgan, lekin mantiqiy xatolarga yo‘l qo‘yilgan; tadqiqotning metodologik xususiyatlari, mohiyati, xulosalari o‘rtasida qat’iy korrelyatsiya mavjud emas; gipoteza yuqori evristik potensialga ega, konseptual yangilik, nostandart yondàshuv bilan tasniflanadi; tajribaviy ishning maqsadi asoslangan, lekin uning dasturi texnologik amaliyotga to‘liq mos emas; tadqiqot natijalari va xulosalari yangilik va amaliy tavvsifga ega; tadqiqotning alohida bosqichlari jarayonlarining tartibsiz refleksiyasiga ega, lekin metodologik refleksivaning subyektini aks ettirmaydi; variativ intellektual-uslubiy doiraga ega; tadqiqotning yaqqol evristik potensialga egalishi.
Tadqiqotchilik darajasi - tushunish va qo‘llash darajasida tizim metodologik bilimlar shakllangan, mantiqiy, texnologik, refleks qobiliyatlar, alohida metodologik ko‘nikmalar shakllangan; tadqiqotning ilmiy va amaliy dolzarbligi asoslangan; kategorial apparati mohiyati tarkibiy tuzilmasi aniqlashtiriîgan, mantiqan to‘g‘ri; tadqiqotning meîo dologik xususiyatlari, xulosalari o‘rtasida qat’iy korrelyasiya mavjud emas; gipoteza evristik, yangilik, nostandartlik bilan xarakterlanadi, tadqiqot mantiqi metodologik to‘g‘ri, asoslangan; tajribaviy va eksperimental ishning maqsadga muvofiqligi asoslangan, uning dasturi texnologiklikka zid emas; tadqiqot natijalari yangilik, amaliy va nazariy ahamiyat bilan xarakterlanadi; alohida bosqichlar, tadqiqot jarayonlarining refleksiyasini amalga oshiradi, lekin metodologik refleksiyaning subyekti (tashabbuskori) emas; variativ intellektual- uslubiy repertuar; tadqiqotning yuqori evristik potensialga egaligi.
Integrativ -tushunish va qo‘llash darajasida tizimli metodologik bilimlar shakllangan, mantiqiy, texnologik, refleksiv qobiliyatlar alohida metodologik ko‘nikmalar shakllangan; tadqiqotning ilmiy va amaliy dolzarbligi asoslangan; kategorial apparati mohiyati va tarkibi) tuzilmasi aniqlashtiriîgan, mantiqan to‘g‘ri; tadqiqotning metodologik xususiyatlari, xulosalari o‘rtasida qat’iy korrelyasiya mavjud emas; gipoteza evristik, yangilik, nostandartlik bilan xarakterlanadi; tadqiqot mantiqi metodologik to‘g‘ri, asoslangan; tajribaviy yoki eksperimentai ishning maqsadga muvofiqligi asoslangan, uning dasturi texnologiklikka zid emas; tadqiqot natijalari yangilik, amaliy va nazariy ahamiyat bilan xarakterlanadi; alohida bosqichlar, tadqiqot jarayonlarining refleksiyasini amalga oshiradi, lekin metodologik refleksiyaning subyekti (tashabbuskori) emas; variativ intellektual-uslubiy repertuar; tadqiqotning yuqori evristik potensialga egaligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |