Pedagogik tadqiqotlarni modellashtirish


-MAVZU: PEDAGOGIK TADQIQOTLAR FARAZINI BELGILASH



Download 4,52 Mb.
bet17/68
Sana11.06.2022
Hajmi4,52 Mb.
#655298
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   68
Bog'liq
PEDAGOGIK TADQIQOTLARNI MODELLASHTIRISH PED NAZ

8-MAVZU: PEDAGOGIK TADQIQOTLAR FARAZINI BELGILASH

  1. Tadqiqot gipotezasi – ilmiy dalillashni talab etuvchi farazlar tizimi.

  2. Tadqiqot farazining turlari.

  3. Tadqiqot farazini aniqlashga qo‘yiladigan asosiy talablar.

  4. Tadqiqot farazini belgilashda produktiv yondashuvning o‘rni.



Tayanch tushunchalar: faraz, tadqiqot farazi, dalil, faraz turlari, reproduktivlik.

Ilmiy faraz fan taraqqiyotining, yangi ixtirolaning muhim tarkibiy qismidir. Biror ilmiy ixtiro induksiya, oldindan bashoratsiz, tajribasiz amalga oshmaydi. Ayniqsa pedagogik tadqiqotda xatoga yo‘l qo‘ymaslik, natijani har tomonlama asosli bo‘lishida ilmiy faraz alohida ahamiyatga ega. Oldindan aniq ko‘ra olish ilmiy faraz (fanda qabul qilingan faraz)dir. Ilmiy tadqiqot maqsadi, vazifasini aniqlangandan keyin eksperemintal (tajribalar) o‘tkazish uchun muayyan ilmiy faraz bo‘lishi, farazga har safar tayanish tadqiqot faoliyatining me’zonidir. Ilmiy faraz oldindan tasawur qilish, fikriy tajriba, tadqiqotning ichki tizimi, tadqiqotnig harakat kuchidir.


Ilmiy faraz tajribaga, tipik hayotiy misollarga, mantiqiy analogiya, ilmiy voqelik modeliga. kelgusida tajribada tekshiriladigan mavhum nazariyaga asoslanadi. Aniq ilmiy faraz tadqiqot samaradorligini oshiradi, tadqiqot bo‘yicha aniq natijaga erishishga yordam beradi.
Tadqiqot avvalidagi ilmiy faraz ishchi faraz hisoblanadi. Yaxshi shakllantirilgan ilmiy faraz muammoni hal etish asosida erishilgan natijalarga ko‘ra istiqbolli aniq faraz yaratish imkoniyatini beradi. Muayyan ilmiy faraz chuqur nazariyaga asosan ifodalanadi, unda mavjud voqelik, natijalarining pedagogik qonuniyatlar bilan uyg‘unligi, mosligi isbotlanadi.
Tadqiqotda ilmiy faraz isbotlanish shart, dastlabgi ilmiy faraz va eksprimentlar natijasi asosidagi muayyan ilmiy faraz taqqoslanadi.
Pedagogik tadqiqot ilmiy farazi aniq natijaviy dalillar, misollar bilan bog‘liq. Har tomonlama tekshirilgan natijaviy misollar, yaratilgan yangilik, bashorat qilish ilmiy farazning asoslangani tadqiqotning mezonidir. Demak, ilmiy farazlar avvalo dialektik qonuniyatlar kelib chiqsa, mukammal tajribalarda va eksprimentlarda asoslansa uning mukammalligi ta ‘minlanadi.
Ilmiy farazlar tadqiqot mavzusiga, qo‘yilgan maqsadga, vazifalarga mos bo‘lishi izlanish samaradorligini oshiradi, izchilligiga erishiladi. Dastlab farazni fanga ma’lumbo‘lgan qonun va nazariyalar yordamida izohlashga harakat qilinadi. Faraz emperik tasdig‘ini topadi yoki eksperimental tekshirish natijasida rad etiladi. Farazning muhim sharti eksperimentlar va amaliyotda isbotlanishidir.
Ilmiy tadqiqotchi o‘zining umumiy g‘oyasini bir yoki bir nechta farazda ifodalaydi. Faraz tizimi tadqiqot jarayonining mexanizimidir. Ilmiy farazga qo‘yiladigan asosiy talablar:
Pedagogik tadqiqotda eng muhimi nima?
Tadqiqot obyektining tarkibiy qismi, xususiyati, pedagogik voqelik nimada aks etadi?
O‘rganilgan jarayon modelining xususiyati qanday?
O‘rganilayotgan voqelikni mohiyati nimada?
Muayyan voqelik qanday hosil bo‘ladi?
Tadqiqot vaqti, muddati, qanday?
Ilmiy farazning tajribada aniqlash uchun qaysi metod va vosita- lardan foydalaniladi?
Demak, tadqiqot jarayonining hal qiluvchi tarkibiy qismi muayyan ilmiy faraz, uni tajribada, amaliyotda isbotlanishidir.
Faraz -ilmiy asoslangan, lekin aniq isbotlanmgan tahmindir, u nazariy holat yoki uning inkor qilinishi sifatida o‘z ining xulosaviy tasdig‘ini topishi uchun maxsus isbotni talab etadi. Faraz tadqiqotning metodologik tavsifi, nazariyaning elementi sifatida ilmiy bilimni rivoj- lantirissh metodini o‘zida aks ettiradi. Maxsus metodologik adabiyotlarda faraz “ehtimoliy bilim” sifatida ta’riflangan. Faraz - bu isbotni talab qiladigan ilmiy tahminlar tizimi. Tadqiqot farazsi fan uchun bahsli, noaniq bo‘lgan, isbotlar va tajribaviy-tadqiqiy tekshirishni talab etuvchi, tahminlarni o‘z ichiga oladi. Tadqiqotchi quyidagi savolga javob berishi lozim: “Tadqiqot obyektida nima noaniq, unda men boshqalar sezmagan nimani ko‘rayapman?” (V.V.Krayevskiy). Tadqiqot farazsini aniqlashning asosiy talablariga quyidagilar kiradi:

  • faraz tadqiqot obyektiga tegishli bo‘lishi kerak (farazning metodologik aniq qo‘yilishi faqat tadqiqot obvektini ko‘p jihatdan o‘rganish bilan bog‘liq bo‘lishi lozim);

  • faraz fanda o‘matilgan nazariyalar, yondashuvlarga mos kelishi zarur (bir-biriga qarama-qarshi bo‘lmagan talablar); lekin salmoqli evristik potentsialga ega farazlar mavjud nazariy tasavvurlarga qarama- qarshi qo‘yiladi: ana shu sababli ilmiy farazning yaqqol belgisi uning nostandartliligi, noaniqligi hisoblanadi. Tadqiqotning metodologik kamchiligi farazning o‘z -o‘zidan aniqligi, noo‘rin belgilanishi sanaladi (masalan, quyidagi gipotetikni holat metodologik noto‘g‘ri deb hisoblash mumkin: “o‘smir yoshidagi o‘quvchilaning ekologik faoliyati samarasi ekologik bilimlar va ko‘nikmalarning shakllanganlik darajasiga bog‘liq”). Shu narsa aniqki, har qanday faoliyatning samarasi subyektda maxsus bilim va ko‘nikmalarning shakllanganlik darajasiga bog‘liq;

  • faraz maxsus tekshiriladigan bo‘lmog‘i zarur - inkor yoki tasdiq imkonini berishi lozim (masalan, eksperimental tekshiruv vaqtida);

  • farazda qonunchilik tabiatiga ega bo‘luvchi, o‘rganilayotgan pedagogik voqelikka xos zarur invariant aloqalar aks etishi lozim. V.V.Krayevskiyning fikricha, metodologik aniq farazlar quyidagi tasdiqlarni o‘z ichiga oladi: pedagogik jarayonni amalga oshirish uchun zarur va yetarli shart-sharoitlar, pedagogik faoliyat turining komponentlari, mezonlar, parametlar, funksiyalar va h.k.

Bizning nuqtai nazarimizcha, faraz quyidagi sxema bo‘yicha shakllanganda samarali yondashuv bo‘ladi: “Agar...(g‘oya va fikr faraz yadrosi sifatida), u holda...(kutilayotgan natija), chunki...(tushuntirish)”, u farazning tavsiflovchi, tushuntiruvchi va bashoratlovchi vazifasini amalga oshirishga imkon beradi. Faraz ikki variantda shakllanadi: “agar..., u holda...”; “agar..., u holda..., chunki...”. E.V.Berejnovaning “Amaliy pedagogik tadqiqot tuzilishida fandan amaliyotga o‘tishning metodologik shart-sharoitlari” nomli dissertatsiyasida belgilangan gipotetik holatlardan biri: “Amaliy pedagogik tadqiqot tuzilishida fandan amaliyotga o‘tish uchun quyidagi metodologik shartlami inobatga olish zarur: a) o‘rganilayotgan obyekt haqidagi hissiy- aniq bilimlardan fikriy-aniq bilimlarga o‘tish jarayonida harakatlar ketma-ketligiga erishish: o‘rganilayotgan obyekt modelining tavsifiy tuzilishi; o ‘rganilayotgan obyektning nazariy modelini tuzish; mos keluvchi dalillar yordamida nazariy modellarni asoslash; tadqiqot ishining aksiologik jihatini aniqlash; aksiologik jihat bilan bog‘liqlikda nazariy modelni baholash; nazariy model, uning asoslanishi va bahosini hisobga olib me’yoriy modelni tuzish; mos keluvchi dalillarni inobatga olib me’yoriy modelni asoslash; b) kamida uch marta amaliyotga murojaat qilish: tadqiqot obyektini tavsiflash, amaliy modelni baholash va me’yoriy modelni asoslash...». Yana bir misol. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda tabiatga qadriyatli munosabatni shakliantirishda zaruriy pedagogik shart-sharoit sifatida quyidagilar inobatga olinadi: bilishga oid (sodda tadqiqiy, bilish-irratsional), qadriyatga yo‘naltirilgan, qayta tashkillashtiriladigan (loyihali, biotexnik), refleksiv ekologik faoliyat; kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning ekologik faoliyatida psixologik mexanizmlaming subyektivlashtirilishi, identifikatsiyasi, hissiyotlar, empatiyalar, refleksiyalarning pedagogik dolzarblik kasb etishi. Tadqiqot farazi shakllanishi jarayoni spiralsimon tabiatga ega: tadqiqotchi ko‘p bora ortga qaytib, goh konseptual holatlarni aniqlashtiradi, goh tahlil qiladi va faktik materialni yangi nazariy jihatdan tushuntirib beradi, ba’zida g‘oyani aniqlashtiradi. Pedagogik tadqiqotda ishchi faraz (mavjud ma’lumotli materialni tizimlashtirish maqsadida taxmin) va ilmiy farazni ajratishadi, u salmoqli ma’lumotli material umumlashtirib yig‘ilgandan keyin yaratiladi va ilmiy muammoni yechish “loyihasr’ni ishlab chiqish, ba’zi noaniqlik va xatoliklari bilan ilmiy nazariya elementiga aylanishi mumkin bo‘lgan gipotetik holatni shakllantirish imkoniyati paydo bo‘ladi.



Download 4,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish