AMALIY MASHG’ULOTI MAZMUNI
1-AMALIY MASHG‘ULOT. PEDAGOGIKA FANI – PEDAGOGIK REFLEKSIYA OBYEKTI SIFATIDA
ljtimoiy-gumanitar izlanish sifatida pedagogik tadqiqotlarning o‘ziga xosliklari
Pedagogikaning obyekti va predmeti
Pedagogika fanining maqsad va vazifalari
DISKUSSIYA
DISKUSSIYA (lotincha discussio – tadqiq etish, muhokama qilish) – bu munozarali savolni yig‘ilish, suhbat yoki bahs-muno-zara davomida atroflicha muhokama qilishdir. Boshqacha aytganda, diskussiya qandaydir savol, muammo yoki solishtirilgan axborotlar, g‘oyalar, fikr va takliflarni jamoa bo‘lib muhokama qilishdan iboratdir. Diskussiya o‘tkazishning maqsadlari turli xil bo‘lishi mumkin: o‘rganish, trening, diagnostika, qayta ishlab chiqish, yo‘l-yo‘riqni o‘zgartirish, ijodkorlikni rag‘batlantirish va boshqalar.
Mashg‘ulotga tayyorgarlik ko‘rish:
Diskussiya vaqtida tinglovchilar bir-birlarini to‘ldirishlari yoki bir-birlariga qarshi turishlari mumkin. Birinchi holatdagi diskussiyada dialog elementlari mavjud bo‘lsa, ikkinchi holatda diskussiya bahs-munozara xususiyatiga ega bo‘ladi. Qoidagi ko‘ra, diskussiyada ushbu ikki element ham mavjud bo‘ladi va shuning uchun diskussiyaga faqat bahs-munozara sifatida qarash to‘g‘ri bo‘lmaydi. Bir-birini inkor etuvchi, bir-birini to‘ldiruvchi bahslar va o‘zaro rivojlantiruvchi suhbat ham muhim rol o‘ynaydi, chunki bitta masala bo‘yicha turli fikrlarni taqqoslash fakti muhim ahamiyat kasb etadi.
Diskussiyaga tayyorgarlik ko‘rish uchun o‘qituvchi:
– diskussiya xulosasi bo‘yicha muhokamaga qo‘yilishi mumkin bo‘lgan savollarni oldindan tayyorlash lozim;
– muhokama qilinayotgan muammo chegarasidan chetga chiqilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
– tinglovchilarning ko‘pchiligini, imkon darajada barchasini suhbatga jalb qilinishini ta’minlash;
– hech bir noto‘g‘ri fikrni e’tibordan chetda qoldirmaslik bilan birga to‘g‘ri javobni ham darhol bermaslik lozim, shuningdek bu jarayonga o‘z vaqtida tinglovchilarning tanqidiy yondashuvlarini tashkil etgan holda jalb qilish maqsadga muvofiq;
– diskussiya materiallariga taalluqli bo‘lgan savollarga o‘zi javob berishga shoshilmaslik: bunday savollarni auditoriyaga yo‘naltirib yuborish lozim;
– tanqid ob’ekti fikr bildirgan tinglovchi emas, balki u bil-dirgan fikr bo‘lishini nazorat qilish;
– tinglovchilarni jamoaviy tahlil va muhokamaga jalb qilgan holda turli nuqtai nazarlarni taqqoslash.
Diskussiya o‘tkazishda turli xil tashkiliy usullardan foyda-laniladi.
«Savol–javob» usuli. Mazkur usul – bu oddiy suhbatlashish-ning turi bo‘lib, undan diskussiya-dialog qatnashchilari bilan suh-bat o‘tkazish uchun savollarni qo‘yishning muayyan shaklini qo‘llash bilan farqlanadi.
Funktsional nuqtai nazardan barcha savollarni quyidagi ikki guruhga ajratish mumkin:
– aniqlashtiruvchi (yopiq) – fikrlarning to‘g‘riligi yoki xatoli-gini aniqlashtirishga yo‘naltirilgan savollar. Bu savollarning grammatik belgisi bo‘lib, odatda, gapda «mi» kabi bo‘lakning mav-judligi bilan ifodalanadi, masalan: «To‘g‘rimi?», «Men to‘g‘ri tushundimmi?». Bunday savollarga faqatgina «ha» yoki «yo‘q» deb javob berilishi mumkin;
– to‘ldiruvchi (ochiq) – qiziqtiradigan hodisa va ob’ektlarning yangi xususiyatlari va sifatlarini aniqlashtirishga yo‘naltirilgan savollar. Bu savollarning grammatik belgisi bo‘lib, nima, qachon, qaerda, qanday, nima uchun va shu kabi so‘rov so‘zlarning mavjudligi hisoblanadi.
«Past ovoz bilan muhokama qilish» tartibi. Mazkur metodika kichik guruhlarda yopiq diskussiya o‘tkazishni nazarda tutadi. So‘ng kichik guruh yetakchisi tomonidan guruh fikri bayon etiladi va bu fikrlar barcha qatnashchilar tomonidan muhokama qilinib, umumiy diskussiya amalga oshiriladi.
«Labirint» usuli. Diskussiyaning bu turini izchil muhokama metodi deb ham ataydilar. Bu metod o‘ziga xos bosqichma-bosqich tartibini ifodalab, har bir keyingi bosqich boshqa ishtirokchi tomonidan amalga oshirilishini nazarda tutadi. Bu holatda barcha fikrlar, shu jumladan noto‘g‘ri fikrlar ham muhokama qilinadi.
«Estafeta» usuli. O‘z chiqishini yakunlayotgan ishtirokchi so‘z navbatini o‘zi lozim topgan tinglovchiga berishi mumkin.
Diskussiya o‘tkazishning samaradorligi quyidagi omillarga bog‘liq:
– tinglovchilarning muammo yuzasidan tayyorgarligi (xabardor-lik va bilimga egalik);
– semantik birxillik (barcha atamalar, ta’riflar, tushuncha va boshqalar barcha ishtirokchilar tomonidan bir xil tushunilgan bo‘lishi shart);
– ishtirokchilarning odob saqlashi;
– o‘qituvchining diskussiyani amalga oshirish mahorati.
Kirish:
Birinchi bosqichda tinglovchilar bir-birlariga va muhokamaga qo‘yilgan muammoga moslashishadi, ya’ni bu vaqtda o‘rtaga tashlangan muammoning yechimi yuzasidan muayyan yo‘nalish shakllantiriladi.
Buning uchun diskussiyani amalga oshiruvchi o‘qituvchi oldiga quyida-gi vazifalar qo‘yiladi:
– diskussiya muammosi va maqsadini aniq ifodalab berish. Bu-ning uchun nima muhokama qilinadi va bu muhokama nima berishi shartligi tushuntiriladi;
– zaruriy motivatsiyani vujudga keltirish, ya’ni muammo va uning ahamiyatini bayon qilish, undagi echilmagan va qarama-qarshi savollarni ko‘rsatish, kutilayotgan natijani (yechimni) belgilab olish;
– diskussiya vaqtini, aniqrog‘i so‘zga chiqish uchun vaqt chegara-sini belgilash;
– diskussiyada ishtirok etish qoidalarini tushuntirish, shundan asosiysi — barcha so‘zga chiqishi shart. Bundan tashqari, so‘zga chiquv-chini diqqat bilan tinglash, gapini bo‘lmaslik, o‘zining nuqtai nazarini dalillar bilan tasdiqlash, birovning fikrini takrorla-maslik, shaxsiy adovatga yo‘l qo‘ymaslik, xolislikni saqlash, so‘zga chiquvchining so‘zini oxirigacha tinglamasdan va nuqtai nazarini bilmasdan unga baho bermaslik zarur;
– do‘stona muhitni vujudga keltirish. Bu erda tinglovchilarga shaxsiy murojaat qilish, jo‘shqin suhbat olib borish, imo-ishora-lardan foydalanish, va albatta, tabassum qilish o‘qituvchiga yordam beradi. Har qanday aktiv o‘qitishning asosi konfliktga bormaslik ekanini esda saqlash lozim;
– atama, tushuncha va boshqalarning semantik bir xil tushunili-shiga erishish. Buning uchun savol va javoblar yordamida o‘qitilayot-gan mavzuga oid ishchi ta’riflar va tushunchalar apparatini aniq-lashtirib olish lozim. Tushunchalar apparatini muntazam ravishda aniqlashtirib olish tinglovchilarda faqatgina tushunarli bo‘lgan iboralar bilan ishlash, yaxshi tushunib bo‘lmaydigan so‘zlardan foydalanmaslik, muntazam ravishda turli ma’lumotlar beradigan yordamchi adabiyotlardan foydalanish odatini shakllantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |