Pedagogik-psixologik fanlarini o`qitish metodikasi moduli bo`yicha o`quv-mavzu rejasi


Shaxsni faollashtirishga yo’naltirilgan ta’lim texnologiyalari



Download 1,36 Mb.
bet4/18
Sana08.09.2017
Hajmi1,36 Mb.
#19977
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18

Shaxsni faollashtirishga yo’naltirilgan ta’lim texnologiyalari.

1. Pedagogik amaliyotda pedagogik jarayonning moddiy, ob’­ektiv jixati doimo ruxiy jarayonlar bilan kushilgan xolda mavjud bulib, biri ikkinchisisiz mavjud bulmaydi. Bu xar kanday faoliyatga tegishli, lekin, ayniksa, ta’lim oluvchilar, tarbiyalanuvchilar va tarbiyachilar faoliyatiga kuprok tegishli.

Pedagogik jarayonni psixologik mexanizmlarsiz amalga oshirib bulmaydi.

Insondagi bilimlarning xosil bulishida undagi 5 ta sezgi a’zolari vositasida kdbul kilingan va ishlab chikilgan axborotlar nisbati kuyidagicha:

Ko’rish a’zosi orqali — 83 %.

Eshitish a’zosi orqali — 11 %.

Xid bilish a’zosi orq.ali — 3,5 %

Teri sezgisi orq,ali — 1,5 %.

Ta’m bilish a’zosi orqali — 1 %.

Jami - 100 %.

Turli sezgi a’zolarimiz ishtirokida uzlashtirilgan axborot oradan 2 xafta utgach, kuyidagi mikdorlarda eslab kolinadi:

Ukiganimizning 10 foizi.

Eshitganimizning 20 foizi.

Kurganimizning 30 foizi.

Kurgan va eshitganimizning 50 foizi.

Gapirganimizning 80 foizi.

Gapirgan va amalda bajarganimizning 90 foizi.

Bundan insonning eslab kolish kobiliyati axborotni kaysi usullarda va kaysi sezgi a’zolari vositasida uzlashtirganiga boglik ekanligi ma’lum buladi.



Unutish. Eng sunggi urganilgan narsa ertarok unutiladi. Demak, sunggi urganilganni kuprok takrorlash zarur. Buni, ayniksa, ukiyotgan yoshi kattalar bilishi zarur.

Eslab kolish jarayonini faollashtirish uchun materialni ovoz chikarib ukish foydali. Ovoz juda past xam, juda baland xam bulmasligi kerak. Sababi: past ovozda ukuvchi e’tibori matndan chalgishi mumkin, baland ovozda esa uz ovoziga dikkat karatib, ma’nodan uzoqlashish mumkin.

Urtacha baland ovozda matnni akustik idrok kilish va tilning xarakatlanish faoliyati eslab kolishga yordam beradi.

SHunday kilib, ovoz chikarib ukish, suzlarni urtachi baland aytish (ataylab kattik yoki past ovozda emas) kerak.

2. Suggestopediya. Asoschisi bolgariyalik vrach Lozanov. Bu ta’lim jarayoni bir odam (ukituvchi)ning boshkasi (ukuvchi)ga psixik ta’sir kursatishidan iborat. Bu usul chet tillarini jadal urgatishda kullaniladi. Lekin boshka fanlarda xam kullashga xarakat kilinmokda.

Leyptsig universiteti mnemologiya laboratoriyasida chet tillari sifatida ingliz, rus tillarida 30 kunda 3200 leksik birlik, kuniga 120—140 leksik birlik urgatiladi. Bu boshka jadal uk.itishlarga nisbatan 3 marta ortik.

50 yoshgacha bulganlar, ba’zan undan xam katta yoshdagilar, ilgari chet tilini ukigan bulsa, kabul kilinadi.

Metodikasi: ukuvchilar fikrni jamlash uchun autogen mashklar bajaradilar, ya’ni past ovozdagi sokin musikd yorda­mida xotirjam xolatga keltiriladi.

Formulasi: „Men batamom xotirjamman". Klassik musika bilan bir vaktda ukituvchi turli intonatsiyalarda ta’sirchan, baland, ba’zan esa juda past ovozda, lekin anik, tushunarli kilib chet tilidagi matnni ukib, ma’nosini ona tilida tushuntiradi.

Bunda inson ongiga ma’lum axborot oson kirib boradi. Lekin bundan tashkari ukuvchilar olgan bilimlaridan mashgulotlarda faol foydalanishlari, kunning 2- yarmida uyda tulik, takrorlab borishlari lozim.

Bu usulda dikkatni tulik. jamlab anglangan, eslab kolingan axborot anglanmagan axborot bilan kushilib, xotira imkoniyatlarini kengaytiradi. Natija juda yaxshi: 3 oydan keyin 95 %, 1 yildan keyin 86 % xotirada saklanadi.

Suggestiya — ta’sir kursatish ishontirish, mulokot shaklida ukuvchi (suggerend) ta’sir kursatuvchi, ishontiruvchi (ukituvchi suggestor)ning aytganlarini passiv, ixtiyorsiz, uylamasdan uzlashtiradi va uning topshiriklarini motivlar kurashisiz bajaradi.

Uz-uzini ishontirish yoki uz-uziga ta’sir kursatish deb suggerend va suggestorlikni bir kishi bajarishiga aytiladi.

Sinonimlari: suggestiya — (lotincha) ishontirish. Omonimi (turmushdagi): bajarmasa kattik jazolashni taxdid kilib buyurish.

Gipnopediya. Uykuda ukitish (kuprok chet tillarni). Bu usul xammaga xam tugri kelmaydi.Sababi xar kim uchun bu usul aloxida chukurlikdagi uyku darajasidagina samara beradi. Zarur uyku chukurligiga erishish va uni saklab turish kiyin. Dars jadvalida xamda uyda dars tayyorlashda bir-biridan kuprok farkli fanlar uzaro ketma-ket bulishi yaxshi natija beradi. Buni kuyidagi tajriba tasdiklaydi:

Gurux tinglovchilariga 20 ta ruscha suzni yod olish topshiriladi. Ular bajargach, 2 kichik guruxga ajratiladi. SHundan sung birinchi kichik guruxga 20 ta bolgarcha (ruschaga yakin) suzni yodlash, ikkinchisiga badiiy asar ukish topshiriladi. Keyin ikkala kichik guruxda ruscha suzlarni eslab kolinganlik darajasi tekshiriladi. Kursatkich 2- kichik guruxda yukori buladi. YOmon baxoning sababi ukuvchining maktabga yomon munosabati sababli xamda maktabning ukuvchiga yomon munosabati sababli xam bulishi mumkin.

Bilimlarni uzlashtirish, idrok kilish va kayta ishlashdagi shaxsiy farklar uzlashtirish tezligi va mustaxkamligining asosiy omillari hisoblanadi. Ularning ayrim xususiyatlari kuyidagilar:

Aqli zaiflar — juda kam xajmdagi bilimlarni uzlashti-radilar.

Boshkalarda turlicha bulib, ayrimlar materialni oson uzlashtiradi, tez unutadi, ba’zilar sekin uzlashtiradi, lekin unutmaydi. Bular uzlashtirish tezligi va mustaxkamlik omillari hisoblanadi.

Bular markaziy asab tizimi tarkibining xususiyatlari, ya’ni asab xujayralarining „eslab krlish imkoniyatlari" bilan boglik..



Diqqatni jamlash mashqlari.

Eksperiment: 1- gurux. tinglovchilariga 60 dakika davomida xoxlagancha dam olish tanaffuslari bilan turli masalalarni yechish topshirildi.

2- guruxga esa 1 soat tuxtovsiz, dam olmasdan masalalar yechish topshirildi. Uzluksiz va zur berib ishlashda 45 dakikadan keyin tinglovchilarda dikkatni jamlash sezilarli pasaydi. Uz ixtiyoricha gox dam olib, gox vazifani bajargan 1- gurux tinglovchilarida esa shu 1 soatning oxirigacha dikkat pasaymadi.

Diqqatni jamlashga xalakit beruvchi omillar 3 ta guruxga ajratiladi:

1. Bolaning jismoniy rivojlanishidagi nuksonlar va salomatligining yomonligi.

2. Ota-onalarning bola tarbiyasidagi xatolari, kupincha oiladagi nosoglom muxit sababli.

3. O’qituvchining o’quv fanini o’qitishdagi kamchiliklari (bunda butun sinf dikkatsiz buladi).

Diqqatni jamlashning tugma kamchiliklari tugilishda miyasi shikastlangan va uz vaktida aniklanmagan bolalarda faqat maktab davriga kelib miya faoliyatining buzilganligi aniklanadi. Bu bolalar axvoli normallashishi uchun yaxshi uxlashlari kerak. YAxshi dam olganlaridan keyin ancha yaxshi uzlashtiradilar. Ularning dikkati kun davomida sustlashib, akli zaifga uxshab koladilar, lekin aslida bunday emas.

Ayrim bolalar va usmirlarda „psixomotor notinchlik" (bezovtalik) deb nomlanadigan xolat buladi. Ularda psixika va xarakat kobiliyatlari doim kuzgaluvchan bulib, bir xarakat impulsi boshkasini xosil kiladi va kupincha gayriixtiyoriy buladi.

Ukuvchilarda dikkatsizlik gipofiz funktsiyalarining buzilishi bilan boglik buladi. Ularda emotsional boshkaruv yetarli emas, oson jaxllari chikadi. Kayfiyati tez uzgaruvchan, kuprok salbiy, beparvo, uzlari bilan ovora xolda buladi.

Dikkatni jamlay olmaslik organizmda kaltsiy yoki fos­for almashinuvi buzilganda, vitaminlar (ayniksa, V,) yetishmaganda xam bulishi mumkin. Bunday bolalar yomon uxlaydilar



7– mavzu. Pedagogik-psixologik fanlarni o`qitish jarayoni yaxlit tizim sifatida

Ma’ruza mashg’ulotning texnologik modeli

Ma’ruzaga ajratilgan
vaqt – 2 soat


Tinglovchilar soni –

O’quv mashg’ulotining shakli:

Ma’lumotli ma’ruza

O’quv mashg’ulotining tuzilishi:

Pedagogik-psixologik fanlarni o`qitish jarayoni mohiyati va uning vazifalari. Ta`lim jarayonining tuzilishi. O`qitish va o`qish jarayonlari tavsifi, o`quv jarayonida ularning o`zaro bog`liqligi. O`quvchilarning bilish faoliyati va uning tuzilishi.


O’quv mashg’ulotining maqsadi:

Tinglovchilarga pedagogi-psixologik fanlar va ta‘lim-tarbiya amaliyotida turli yondashuvlar haqida ma’lumot berish.

Pedagogik vazifalar:

Mavzuni sharhlash.

Mavzuning asosiy maqsadini yoritib berish.

Turli nazariyalar bilan tanishtirish.

Tayanch tushunchalarni mazmunini yoritib berish.

Mavzuni rejalar bo’yicha mazmunini yoritib berish.



Oquv faoliyatining natijalari:

Mavzudagi asosiy tushunchalarni aytib berish.

Pedagogik fanlarni o'qitish jarayoni mohiyati haqida tushunchalarga ega bo’ladi.


Ta’lim metodi

Suhbat, «Debat» strategiyasi,»BBB» metodi, «Aqliy xujum» metodi

Ta’limni tashkil etish shakli

Ma’ruza, frontal, umumjamoa

Didiaktik vositalar

Tarqatma material, doska, bo’r

Ta’limni tashkil etish sharoiti

Kompyuter bilan ta’minlangan auditoriya

Nazorat

O’z-o’zini nazorat qilish.

Ma’ruza mashg’ulotining texnologik xaritasi

Bosqich vaqti

Faoliyat mazmuni

O’qituvchi

Tinglovchi

I-Bosqich.

O’quv mashg’ulotiga kirish


(20 min).

    1. Mavzu, uning maqsadi, o’quv mashg’ulotlaridan kutilayotgan natijalar ma’lum qiladi.

«Debat» baxs mavzusi.

    1. Eshitib, yozib oladilar.

1.2. «Debat» baxs mavzusi.

II-Bosqich.

Asosiy bosqich. Anglash


(50 min).

2.1. Tinglovchilarning darsga tayyorgarlik darajasini aniqlash uchun tezkor-savol javob o’tkazish.

2.2. O’qituvchi vizual mate-riallardan foydalangan holda ma’ruzani bayon qiladi.

2.3. «Debat» baxs mavzusi.

2.4. Taqdimot texnologiyasi yordamida asosiy tushunchalar bilan tanishtirish.

2.5. Jalb qiluvchi savollar bilan murojaat qiladi.


2.1. Savollarga birin-ketin javob oladi.

2.2. O’ylaydi va yozib oladi.

2.3. «Debat» baxs mavzusi.

2.4. Sxema va jadvallar mazmunini muhokama qila-di. Savol berib asosiy joy-larni yozib oladi.

2.5. Misollar keltiradi, eslab qoladi.


III-Bosqich.

YAkuniy fikrlash bosqichi


(10 min).

3.1. «Debat» baxs mavzusining ustunini to’ldirishni so’raydi.

3.2. «Debat» baxs mavzusini bajarish orqali tinglovchilar tasavvurlarini aniqlaydi.

3.3. Mustahkamlash uchun vazifalar beradi.


3.1. «Debat» baxs mavzusini mustaqil bajarib, boshqa tinglovchilarning ishlari bilan taqqoslaydi.

3.2. Topshiriqlarni yozma ravishda bajarib keladilar.




Mavzu : Pedagogik-psixolgik fanlarni o'qitish jarayoni yahlit tizim sifatida.
Reja :

  1. Pedagogik-psixologik fanlarni o'qitish jarayoni mohiyati va uning vazifalari.

  2. Ta'lim jarayonining tuzilishi.

Tayanch tushunchalar: An‘anaviy yondashuv, tizimli yondashuv, texnologik yondashuv, funktsional, kompleks, faoliyatli yondashuv, tizim ,ko’nikma ,malaka.

1.Pedagogik-psixologik fanlarni o'qitish jarayoni mohiyati va uning vazifalari.

Pedagogi-psixologik fanlar bugungi kunda ma‘lum bir yuksalish bosqichiga ko‘tarilmoqda. Buning albatta, ob‘ektiv sabablari mavjud. Tarbiya maqsadining har bir davrda turlicha bo‘lishi ijtimoiy tuzum, mafkuraviy harashlarning o‘zgarishi bilan bog‘liq. Ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy rivojlanish davomida tarbiya maqsadiga erishish jarayoniga nisbatan pedagogik yondashuvlar ham turlicha bo‘lgan. Demak ta‘lim-tarbiyaning maqsadi, uning amalga oshirish jarayoni nazariy va amaliy jihatdan takomillashib borishi bilan pedagogik-psixologik fanlar zamonaviy tus ola boshlaydi. Bizning zamonaviy pedagogik-psixolog fanlarimiz bugungi kunda aynan shunday holatni boshdan kechirmoqda.

Milliy mustaqillik qo‘lga kiritilishi bilan istiqbol yo‘llarimiz, milliy g‘oya va mafkuramiz aniq qilib belgilab olindi. Biz o‘z ta‘limi-tarbiyaviy maqsadimiz va vazifalarimiz, uni amalga oshirish dasturlarimizni belgilab oldik. Prezidentimizning ma‘naviy mafkuraviy, barkamol avlodni voyaga etkazish borasida bir qator asarlarida ushbu yo‘nalishdagi davlat siyosati ustivor masala ekanligi bir necha bor ta‘kidlab o‘tiladi. Bobokalonlarimizning azaliy orzulari, milliy va umumbashariy qadriyatlari, ma‘naviy yodgorliklar zamonaviy pedagogi-psixologikning maqsadi va vazifalarini shakllanishiga asos bo‘lmoqda. Davlatimiz tomonidan qabul qilinadigan “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”da ushbu maqsad yoritib berilgan. Zero, zamonaviy pedagogi-psixologikning bosh maqsadi ham etuk, yuksak malakali, ma‘naviyatli, ma‘rifatli, mustaqil fikr yurita oluvchi, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashdan iboratdir. Ko‘zlangan maqsadga erishish uchun uzluksiz ta‘lim tizimi tubdan isloh qilinmoqda. Ta‘lim jarayoniga tabaqalashtirilgan yondashuv, o‘quvchilarni turli kasb-xunar kollejlari, akademik litseylarda taxsil olishlarini ta‘minlash zamonaviy pedagogi-psixologik fani oldiga yuksak vazifalarni qo‘ymoqda. Masalan, ushbu o‘quv muassasalari uchun davlat ta‘lim standartiga muvofiq keluvchi o‘quv dasturlarini va darsliklar, o‘quv qo‘llanmalarini yaratish bugungi kun talablariga javob bermog‘i lozim. Har biri turli variantlarda bo‘lsagina, maqsadga to‘g‘ri xizmat qila oladi.

O‘quv –tarbiya jarayonlarini tashkil etishda ham an‘anaviy usullardan farqli o‘laroq, yangicha pedagogik yondashuvlarni o‘zlashtirish va ta‘lim jarayonida qo‘llash zamon talabidir. Milliy dasturda bu masalaga alohida e‘tibor berilgan. Albatta, ilg‘or pedagogik texnologiyalar bizning fanimizga endigina kirib kelmoqda. Aslida esa ta‘limga texnologik yondashuv masalasi rivojlangan demokratik xorijiy davlatlard bundan 30-yillar muqaddam paydo bo‘lgan va ular bu sohada katta yutuqlarni qo‘lga kiritgan.

Bugungi kunda biz pedagogi-psixologik sohasidagi ilg‘or texnologiyalarni kengroq va chuqurroq o‘zlashtirishimiz, ularni o‘z mintaqamizga mos holda qayta ishlab chiqishimiz kerak bo‘ladi. Pedagogik texnologiya tushunchasiga hozirgi kunda turlicha ta‘riflar berilmoqda. Muhimi shuki, pedagogik texnologiya ko‘zlagan maqsadga kafolatlangan natija sifatida erishishni ifodalovchi jarayondir.



II. Pedagogik-psixologik fanlar amaliyotida turli yondashuvlar qo‘llaniladi. An‘anaviy yondashuv, tizimli yondashuv, texnologik yondashuv, funktsional, kompleks, faoliyatli yondashuvlar shular jumlasidandir.

An‘anaviy yondashuv. Uning asosiy xususiyati-o‘qituvchi ma‘lum axborotni, gapirib beradi, tushuntiradi, tinglovchi esa bu blimni xotirasida saqlaydi. “Bilim” tushunchasi xotirada saqlanadigan axborot ma‘nosida tushuniladi. Tulabada bilim bor-yo‘qligi imtihonda shu axborotga doir berilgan savolga yoddan bergan javobiga harab aniqlanadi. Bunda bilim degani asosan esda qoldirishning natijasidir, u ko‘pina yuzaki bo‘lshi ham mumkin. Bunday bilim xotirada uzoq saqlanmaydi. Tinglovchi savol berilganda eslashi ba‘zan eslay olmasligi ham mumkin.

An‘anaviy o‘qitish usulida ta‘lim maqsadi dastur talabiga binoan aniq ifodalanmaydi, tinglovchining o‘zlashtirish darajasi, sifati haqida muallim aniq tasavvurga ega bo‘lmaydi.

An‘anaviy ta‘lim mamlakatimizning o‘quv yurtlarida keng tarqalgan, uning turli jihatlari pedagogi-psixologik, metodika fanlarida ishlab chiqilgan, katta tajriba to‘plangan. An‘anaviy ta‘lim usulini takomillashtirish sohasida izlanishlar davom etayotir. Lekin uning ob‘ektiv imkoniyatlari cheklangan. Mamlakatiimzda amalga oshirilayotgan ta‘lim sohasidagi islohotlar, tez sur‘atlar bilan rivojlanayotgan fan –texnika talablari-ta‘lim usuli bilan jamityaning raqobatbardosh, yuqori malakali kadrlar tayyorlash, barkamol avlodni shakllantirishga bo‘lgan ehtiyoji o‘rtasida nomutanosiblikni vujudga keltirdi. Uni ta‘limda boshqa yangi yondashuvlarni qo‘llash yo‘li bilan hal etish lozim.



III.Tizimli yondashuv. Tizim so‘zi- tuzilma, qismlardan tuzilgan, birikka yaxlit narsa yoki hodisa ma‘nosini anglatadi. Tizim tushunchasi va so‘zi, boshqa ma‘nolarga ham ega . masalan, tizim-ip, sim kabilarga terilgan narsa; Tizim-shoda (bir tizim, marvarid bir shoda marjon kabilardir). Shuningdek, kibernetik tizim, axborotlar tizimi, ijtimoiy munosabatlar tizimi, harakatlar tizimi, pedagogik tizim kabi tushunchalar shaklida ham qo‘llaniladi. Tizim tushunchasi odatda ayrim belgilariga ko‘ra turlarga ajratiladi: moddiy narsalar tizimi; mavxum tushunchalar, faraziyalar, nazariyalar, ilmiy bilimlar tizimi kabilar.

Tizimli yondashuv ilmiy bilish metodologiyasi va pedagogik amaliyotning bir yo‘nalishi sifatida universal tavsivga ega, pedagogi-psixologikda keng qo‘llaniladi, ta‘lim-tarbiyaga ham pedagogik tizim sifatida harash lozim.

“Tizimli yondashuv” tushunchasi ko‘pincha “tizimli metod”, “tizimli tahlil usuli” tushunchalari bilan uzviy bog‘liq holda qo‘llaniladi. Chunki tizimli taxlil usullari ham ob‘ektni yaxlit tizim sifatida o‘rganishni nazarda tutadi. Tizimli yondashuv, ayniqsa tuzilish- vazifasiga ko‘ra bajariladigan tahlilga juda yaqin. Tizimli tahlilning ob‘ekti yaxlit narsa yoki hodisa (tizim) hisoblanadi, u, birinchidan, ob‘ektning turli qismlarini; ikkinchidan, qismlarning o‘zaro bog‘liqligini; uchinchidan, tizimning chegaralarini va to‘rtinchidan, tizimning atrof-muhit bilan bog‘liqligi, aloqadorligini nazarda tutadi.

Tizimli yondashuv bir qancha qoida-printsiplar majmuidan foydalanadiki, ular tadqiqotchilik va amaliy faoliyatda yuqori natijalarga erishish imkonini yaratad. Bunday qoida-printsiplar qatoriga, jumladan, quyidagilar kiradi: mavxumlikdan yaqqollikka harab borish: analiz bilan sintezning, matiqiylik bilan tarixiylikning birligi; ob‘ektiv bog‘lanishlar va o‘zaro ta‘sirlarning turlichaligi; ob‘ektning tuzilishi vazifalari va kelib chiqishi haqidagi tasavvurlarning birligi va boshqalar.

Pedagogik tizim. Inson bolasini barkamol shaxs, biror kasb egasi sifatida shakllantiruvchi yaxlit ijtimoiy-pedagogik hodisa bo‘lib, uning tarkib pedagogik jarayonning ob‘ektlari va sub‘ektlari, shakl-usullari, ular o‘rtasidagi munosabatlar o‘zaro ta‘sirlar, ularni boshharishdan iborat. Pedagogi-psixologikda keng va tor (jmns va tur) tushunchalarini o‘z ichiga oladi; pedagogi-psixologik-fan; pedagogi-psixologik-o‘quv predmeti; pedagoglik-inson faoliyatining bir sohasi sifatida keng tushunchalardir. Ularning har biri ma‘lum qismlardan tuzilgan tizim hisoblanadi. Pedagogi-psixologik fan sifatida ayrim belgilarga ko‘ra bir necha qismlardan tuzilgan tizimdir. Pedagogik fanlar tizimiga-pedagogi-psixologik nazariyasi va tarixi; o‘qitish nazariyasi va metodikasi; maxsus pedagogi-psixologik; jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi; madaniy ma‘rifiy ilar pedagogi-psixologiksi, ijtimoiy pedagogi-psixologik kabilar kiradi.

Shuningdek, ta‘lim-tarbiyaning maqsadi, shakl-usullari tizimi; ta‘lim-tarbiyaning yo‘nalishlari, turlari, tizimi; uzluksiz ta‘lim tizimi; ta‘lim muassasalari tizimi; pedagogik ixtisosliklar tizimi; o‘quv vazifalari, o‘quv axborotlari tizimi kabilar pedagog tizim tarkibiga kiradi.



V1. Texnologik yondashuv. Texnologiya yunoncha so‘z bo‘lib, texne-mahorat, san‘at, logos-tushuncha, ta‘limot ma‘nolarini anglatadi. Texnologiya tushunchasi-tayyor mahsulot olish uchun ishlab chiharish jarayonlarida qo‘llaniladigan usul va metodlar majmui; shunday usul va metodlarni ishlab chiharuvchi va takomillantiruvchi fan sifatida ta‘riflanadi. Ishlab chiharish jarayonlarining tarkibiy qismi bo‘lgan amallar- materiallarni qazib olish, tashishi, tahlash, saqlash va boshqalar ham texnologiya deyiladi. Texnologiyaga ishlab chiharish jarayonlarini tasvirlash, ularni bajarish bo‘yicha qo‘llanmalar, texnik qoidalar va talablar, grafiklar ham kiradi. Sanoat ishlab chiharish sohasida yuzlab texnologik loyihalar (jarayonlar) yaratilgan. Ular, agar texnik hujjat talablariga amal qilinsa, ishni kim va qaerda bajarganidan qat‘iy nazar, mahsulot sifati va natijasi kafolatlanadi.

Ta‘lim ishiga texnologik yondoshuv:

-o‘qish-o‘qitish jarayonini o‘zaro uzviy bog‘liq etaplar, fazalar, amallarga ajratish, bo‘lishni;

-ta‘limda mo‘ljallangan natijaga erishish uchun bajariladigan xarakatlarni muvofiqlashtirish, ketma-ket, bosqichma-bosqich amalga oshirishni;

-loyihalashtirilgan ishlar, amallarni barchasini birdek bajarishni nazarda tutadi.

Bu yonashuv asosan reproduktiv ta‘limga xosdir. Reproduktiq ta‘lim tipik vaziyatlarda biror ish –harakatni oldin bilib olingan qoidalar asosida bajarishdir.

Reproduktiv darajasi, uchun pedagogik texnologiya usulida ta‘lim takror ishlab chiqiladigan konveyrli jarayon sifatida tashkil etiladi, undan kutiladigan natija ham mufassal tasvirlanib, aniq qayd etiladi. O‘quv materiali aniq ifodalangan o‘quv maqsadiga mos qayta tuzib, ishlab chiqiladi, ayrim bo‘lak (qism, modul)Larga ajratiladi, o‘quv materialini o‘rgatishning alternativ yo‘llari nazarda tutiladi, har bir bo‘lakni o‘rgatish test yordamida nazorat etilib, xato, kamchiliklar tuzatilib to‘g‘rilab boriladi. O‘quv ishi etalonda ko‘rsatilgan natijaga erishini nazarda tutadi. Bu bolalarni qiziqtirish musobaqa va o‘zaro yordamlashishni inkor etmaydi. Ta‘lim reproduktiv xarakterda olib borilgani uchun ham bu usul bilim, ko‘nikma va malakalarning zarur minimumini egallashda ko‘proq samara beradi. Texnologik yondashuvni qo‘llash qo‘yilgan o‘quv maqsadlarga erishishni kafolatlaydi.

U.Tadqiqiy –ijodiy yondashuv. Bu yondashuv ta‘limning maqsadi tinglovchida biror muammoni echish qobiliyatini o‘stirish, yangi bilim (tajriba)ni mustaqil o‘zlashtirish, harakatning Yangi usullarini topish, shaxsan tashabbus ko‘rsatishni ko‘zda tutadi

Tadqiqiy yondashuv faoliyatning ijodiy, aktiv xarakteri bilan bog‘liq.

Bu yondashuvda tinglovchining o‘quv-bilish faoliyatiga pedagog rag‘batlantiruvchi usulda rahbarlik qiladi, bolaning shaxsiy tashabbusiini qo‘llab-quvvatlaydi, bola bilan hamkorlik qiladi, tinglovchining fikr va qiziqishlarini oldingi o‘ringa qo‘yadi. Tadqiqiy yondashuv bo‘yicha ham pedagogik texnologiya variantlari ishlab chiqilgan.

Pedagogik-psixologik fanlar nazariyasi va amaliyotida an‘anaviy yondashuv o‘z imkoniyatlarini sarflab bo‘ldi, tizimli, texnologik va tadqiqiy yondashuvlar istiqbolga ega. Texnologik , tizimli va tadqiqiy yondashuvlardan har birining ta‘lim tizimida o‘z o‘rni bor va o‘z joyida qo‘llanilishi lozim.

Rivojlangan mamlakatlarda ta‘limning turli darajalari o‘quv (reproduktiv, mahsuldor, tadqiqiy-ijodiy) pedagogik texnologiya variantlari ishlab chiqilgan.

Keng ko‘lamda amalga oshirilayotgan ta‘lim islohotlari ta‘limning ilg‘or texnologiyalarini o‘rganish va o‘quv-tarbiya jarayoniga joriy etishni taqazo qiladi. Bu o‘z navbatida pedagog xodimlardan ta‘lim sohasiga texnologik yondashuvni, pedagogik texnologiya usulini egallashni va O‘zbekistonning milliy, ma‘naviy-madaniy xususiyatlari, tarixiy ilg‘or an‘analarini hisobga olgan holda pedagogik amaliyotda qo‘llash va rivojlantirishni talab etadi.

Texnologik yondashuv mavjud an‘anaviy o‘quv jarayoniga faqat kompleks tarzdagina emas, pedagoglar tomonidan o‘zgartirilishi, metodik qo‘llanmalar, o‘quv-moddiy baza yaratilishiga harab bosqichma-bosqich ayrim elementlari amalga oshirilaverishi ham mumkin. Bu birinchi navbatda pedagogik texnologiyaning muhim qismi-pedagogik predmetlar va mavzular bo‘yicha ta‘lim maqsadlarini aniqlash usullariga taalluqlidir.

Pedagogik tadqiqotchilar ta‘lim-tarbiya hodisalarini o‘rganganda ma‘lum darajada bu yondashuvlarni qo‘llaydilar. Amaliyotchi pedagoglar ham bundan mustasno emas. Agar har bir yondashuv nimaligini anglab, o‘z o‘rnida, maqsadga muvofiq tarzda unga amal qilinsa, o‘quv-tarbiyaviy ishlar samaradorligini ancha yuqori bo‘lar edi.

Shunday qilib pedagogik texnologiyalar hozirgi davr ta‘lim jarayoni yangi sifat ko‘rsatkichlariga olib chiqishi mumkin bo‘lgan metodlar tizimiga aylandi. Jahondagi rivojlangan davlatlarning tajribasi ilg‘or pedagogik texnologiyalarga asoslangan holda o‘quvchi-yoshlarning bilim olishiga bo‘lgan qiziqish va ehtiyojlarini qondiribgina qolmasdan, yuqori malakali mutaxassislar etishtirib berish vazifalarini ham hal etmoqda.



Download 1,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish