Pedagogik-psixologik fanlarini o`qitish metodikasi moduli bo`yicha o`quv-mavzu rejasi


Dars - ta’limni tashkil etish asosiy shakli



Download 1,36 Mb.
bet9/18
Sana08.09.2017
Hajmi1,36 Mb.
#19977
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18

Dars - ta’limni tashkil etish asosiy shakli. Dars ta’lim jarayonining yaxlitligi nuqtai nazaridan ta’limning asosiy tashkiliy usuli hisoblanadi. Unda sinf-dars tizimining xususiyatlari aks etadi, unda o’quvchilarni ommaviy qamrab olish, tashkiliy tartib va o’quv ishlarining muntazamligi ta’minlanadi. Dars iqtisodiy jihatdan foydalidir. O’quvchilar hamda sinf jamoasining individual xususiyatlarini bilishi o’qituvchi uchun har bir o’quvchi faoliyatiga rag’batlantiruvchi ta’sir ko’rsatishga imkon beradi. Dars doirasida ommaviy, guruhli va individual ta’lim shakllarini birlashtirish imkoniyati uning rad etib bo’lmaydigan ustunligi hisoblanadi.

Dars bevosita o’qituvchi rahbarligida aniq belgilangan vaqt davomida muayyan o’quvchilar guruhi bilan olib boriladigan ta’lim jarayonining asosiy shakli sanaladi. Darsda har bir o’quvchi xususiyatlarini hisobga olish, barcha o’quvchilarning mashg’ulot jarayonida o’rganilayotgan fan asoslarini egallab olishlari, ularning idrok etish qobiliyatlari va ma’naviy-axloqiy sifatlarini tarbiyalash hamda rivojlantirish uchun qulay sharoitlarni yaratiladi.

Dars ta’limning boshqa shakllaridan farq qiluvchi o’ziga xos belgilarga ega, chunonchi: o’quvchilarning doimiy guruhi, o’quvchilar faoliyatiga ularning har biri xususiyatlarini hisobga olish bilan rahbarlik qilish, o’rganilayotgan fan asoslarini bevosita darsda egallab olish (bu belgilari darsning faqat mazmunini emas, balki o’z xususiyatini ham aks ettiradi).

Darsning tuzilishi oddiy va ancha murakkab bo’lishi mumkin. Bu o’quv materialining mazmuni, darsning didaktik maqsadi, o’quvchilar va jamoa sifatida sinfning xususiyatlariga bog’liq..

Zamonaviy didaktikada dars quyidagi turlari ajratib ko’rsatilgan:



  • aralash darslar;

  • yangi ma’lumotlar, aniq hodisalar bilan tanishish bo’yicha yoki umumlashtirishlarni anglab yetish va o’zlashtirish maqsadiga ega darslar;

  • bilimlarini mustahkamlash va takrorlash darslari;

  • o’rganilganlarni umumlashtirish va tizimlashtirish asosiy maqsadiga ega darslar;

  • malaka va ko’nikmalarni ishlab chiqish va mustahkamlash darslari;

  • bilimlarni tekshirish va tekshirish ishlarini o’rganish darsi;

  • o’z tuzilishi bo’yicha oddiy bo’lgan, ya’ni bitta asosiy didaktik maqsadga ega bo’lgan dars turlari (o’rta va katta sinflarda qo’llash uchun mos keladi).

Boshlang’ich sinflarda o’quvchilar yoshlarini hisobga olib o’quv ishlari turli xillaridan foydalanishga, yangi bilimlarni berishni avval ilgari o’rganilganni mustahkamlash, takrorlash bilan birga olib borishga to’g’ri keladi. Hatto tekshirish darslari ham bu yerda ko’pincha ishlar boshqa turlarini o’z ichiga oladi: materialni og’zaki yetkazish. qiziharli hikoyani o’qish. Darsning aynan mana shu turi aralash (kombinatsiyalashgan), yoki murakkab tuzilishli deb ataladi. Kombinatsiyalashgan darsning taxminiy tuzilishi: uy vazifalarini tekshirish va o’quvchilar bilan savol-javob, yangi materialni o’rganish, o’zlashtirishini dastlabki tekshirish, mashq misollari davomida yangi bilimlarini mustahkamlash, ilgari o’rganilganlarni suhbat ko’rinishida takrorlash, o’quvchilar bilimlarini tekshirish va baholash, uyga vazifa berish.

O’quvchilarning yangi materiallar bilan tanishish darsi yoki yangi bilimlarni berish (o’rganish) darsi nisbatan keng doiradagi savollarni o’z ichiga olgan va uni o’rganishga ko’p vaqtini talab qiluvchi, o’quvchilarga tanish bo’lmagan yangi material uning mazmuni bo’lgan ta’lim jarayoni. Bunday darslarda uning mazmuni, aniq maqsadi va o’quvchilarning mustaqil ish bajarishga tayyorgarliklariga harab ba’zi hollarda yangi materialni o’zi bayon etadi. Boshqa hollarda esa – o’qituvchi rahbarligi ostida o’quvchilarning mustaqil ishlari olib boriladi, uchinchi holda – unisi ham bunisidan ham foydalaniladi. YAngi material bilan tanishish darsining tuzilishi: yangi materialni o’rganish uchun asos bo’lgan avvalgi materialni takrorlash. o’qituvchining yangi materialni va darslik bilan ishlashni tushuntirishi, bilimlarni tushunishlarini tekshirish va dastlabki mustahkamlash, uyga vazifa berish.



Bilimlarni mustahkamlash darslarida o’quv ishining asosiy mazmuni ilgari o’zlashtirilgan bilimlarni mustahkam o’zlashtirish maqsadida ularni ikkinchi bor tushunib olish hisoblanadi.

O’quvchilar o’z bilimlarini yangi manbalar bo’yicha anglab oladilar va chuqurlashtiradilar yoki ularga ma’lum bo’lgan qoidaga yangi masalalar yechadilar, ilgari olgan bilimlarini og’zaki va yozma takrorlaydilar yoki ilgari o’rganganlarini yanada chuqurroq va mustahkam o’zlashtirish maqsadida ulardan alohida masalalar bo’yicha axborot beradilar. Tuzilishi bo’yicha bunday darslar quyidagi bosqichlardan o’tishni ko’zda tutadi: uy vazifasini tekshirish, og’zaki va yozma mashqlarni bajarish, topshiriqni bajarishni tekshirish, uyga vazifa berish.



Ko’nikma va malakalarni ishlab chiqish va mustahkamlash darslari bilimlarni mustahkamlash darslari bilan bog’liqdir. Bu jarayon bir necha maxsus darslar jarayonida amalga oshiriladi. Boshqa darslarda yangi mavzularni o’rganishda davom ettiriladi. SHu bilan birga avvaliga mashqni bajarish ishlari bolalar tomonidan o’qituvchi yordamida va ular topshiriqni qanday tushunganlarini daslab jiddiy tekshirish bilan bajarilsa, keyinchalik esa qayerda qanday qoida qo’llanilishini o’quvchilarning o’zlari belgilaydilar. Ular turli vaziyatlarda malaka va ko’nikmalarini qo’llash, shu jumladan, hayotiy amaliyotida qo’llashni o’zlashtirib olishlari kerak.

Umumlashtiruvchi darslari (bilimlarini umumlashtirish va tizimlashtirishlar) ilgari o’tilgan materialdan eng muhim savollari qayta takrorlanadigan va tizimlashtiriladigan, o’quvchilar bilimlarida mavjud kamchiliklari to’ldiriladigan va o’rganilayotgan kursning muhim g’oyalari ochib beriladigan darslar hisoblanadi. Umumlashtiruvchi darslar mavzu, bo’lim va o’quv kurslarining yakunida o’tkaziladi. Kirish va yakunlash darsning tarkibiy elementi hisoblanadi. Takrorlash va umumlashtirishning o’zi hikoya, qisqacha xabarlar, darslikni o’qib berish yoki o’qituvchining o’quvchilar bilan suhbatlashishi shaklida o’tkazilishi mumkin.

Tekshirish (nazorat) darslari o’qituvchiga o’quvchilarning ma’lum sohadagi bilim, malaka va ko’nikmalari shakllanganlik darajasi, o’quv materialini egallashdagi kamchiliklarni aniqlash, shuningdek, navbatdagi topshiriqlarning bajarish yo’llarini belgilab olishga yordam beradi. Tekshirish darslari o’quvchidan ushbu mavzu bo’yicha uning hamma bilim, ko’nikma va malakalarini qo’llashini talab etadi. Tekshirish og’zaki hamda yozma shaklda ham amalga oshirilishi mumkin.

YUqorida ifodalangan hamma darslarning majburiy elementi tashkiliy va yakuniy bosqich hisoblanadi. Tashkiliy bosqich maqsadlarni qo’yish va ularni o’quvchilar tomonidan qabul qilish sharoitlari ta’minlash, ish sharoitini yaratish, o’quv faoliyati motivlarini dolzarblashtirish va materialni idrok etish, anglash, eslab qolish yuzasidan beriladigan ko’rsatmalarni shakllantirishni ko’zda tutadi. Darsga yakun yasash bosqichida maqsadlarga erishish qayd etiladi, ularga erishishda barcha yoki yakka o’quvchilarning alohida ishtiroki belgilanadi, ishlari baholanadi va istiqbollari belgilanadi.

Ta’limning tashkiliy shakli sifatida dars dinamik hodisadir. U pedagogik jarayonning yaxlitligini ta’minlaydi va ta’limiy-tarbiyaviy-rivojlantirish vazifalarini ijobiy yechimini topishga imkon beradi.

Dars rivojlanishining asosiy tendentsiyalari darsga bo’lgan talablarda o’zining aniq ifodasini topadi.

Zamonaviy darslar quyidagi talablarga javob bera olishi lozim:


  • fanning ilg’or yutuqlari, pedagogik texnologiyalardan foydalanish, darsni o’quv-tarbiyaviy jarayon qonuniyatlari asosida tashkil etish;

  • darsda barcha didaktik tamoyil va qoidalarning optimal nisbatlarini ta’minlash;

  • o’quvchilarning qiziqishlari, layoqati va talablarini hisobga olish asosida ular tomonidan bilimlarning puxta o’zlashtirilishi uchun zarur sharoitlarni yaratish;

  • o’quvchilar anglab yetadigan fanlararo bog’liqliklarni o’rnatish;

  • ilgari o’rganilgan bilim va malakalari, shuningdek, o’quvchilarning rivojlanish darajasiga tayanish;

  • shaxsning har tomonlama rivojlantirishni motivatsiyalash va faollashtirish;

  • o’quv-tarbiyaviy faoliyat barcha bosqichlarining mantiqiyligi va emotsionalligi;

  • pedagogik vositalardan samarali foydalanish;

  • zarur bilim, ko’nikma va malakalar, fikrlash va faoliyat ratsional usullarini shakllantirish;

  • mavjud bilimlarni doimo boyitib borish ehtiyojini yuzaga keltirish;

  • har bir darsni puxta loyihalashtirish, rejalashtirish, tashhis va taxmin qilish.

Har bir dars quyidagi uchta asosiy maqsadga erishishga yo’naltiriladi: o’qitish, tarbiyalash, rivojlantirish. Ana shularni hisobga olib darsga umumiy talablar didaktik, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi talablarda aniq ifodalanadi.

Didaktik (yoki ta’lim)iy talablarga har bir darsning ta’lim vazifalarini aniq belgilash, darsni axborotlar bilan boyitish, ijtimoiy va shaxsiy ehtiyojlarni hisobga olish bilan mazmunini optimallashtirish, idrok etish eng yangi texnologiyalarini kiritish, turli xildagi shakli, metodlari va ko’rinishlaridan mos ravishda foydalanish, dars tuzilishini shakllantirishga ijodiy yondoshish, jamoaviy faoliyat usullari bilan birga o’quvchilar mustaqil faoliyatlarini turli shakllaridan birga foydalanish, operativ qayta aloqani ta’minlash, amaliy nazorat va boshharuvni amalga oshirish, ilmiy mo’ljal va darsni mahorat bilan o’tkazishni ta’minlash kabilar kiradi.

Darsga nisbatan qo’yilavdigan tarbiyaviy talablar o’quv materialining tarbiyaviy imkoniyatlarini aniqlash, darsdagi faoliyat, aniq erishilishi mumkin bo’lgan tarbiyaviy maqsadlarni shakllantirish va qo’yish, faqat o’quv ishlari maqsadlari va mazmunidan tabiiy ravishda kelib chiqadigan tarbiyaviy masalalarni belgilash, o’quvchilarni umuminsoniy qadriyatlarda tarbiyalash, hayotiy muhim sifatlar (tirishqoqlik, tartiblilik, mas’uliyatlilik, intizomlilik, mustaqillik, ish bajarishga qobiliyatlilik, e’tiborlilik, halollik va boshqalar)ni shakllantirish, o’quvchilarga diqqat-e’tiborli munosabatda bo’lib, pedagogik odob talablariga amal qilish, o’quvchilar bilan hamkorlik va ularning muvaffaqiyat qozonishlaridan manfaatdor bo’lishdan iborat.

Barcha darslarda doim amalga oshirilib boriladigan rivojlantiruvchi talablarga o’quvchilarda o’quv-o’rganish faoliyati ijobiy sifatlari, qiziqish, ijodiy tashabbuskorlik va faollik shakllantirish hamda rivojlantirish, o’quvchilarning idrok etish imkoniyatlari darajasini o’rganish, hisobga olish, “rivojlanishning yaqin zonasini loyihalashtirish”, “o’zib ketish” darajasidagi o’quv mashg’ulotlarini tashkil etish, rivojlanishidagi yangi o’zgarishlarni rag’batlantirish, o’quvchilarning intellektual, emotsional, ijtimoiy rivojlanishlaridagi «sakrash»larni oldindan ko’ra bilish, boshlanayotgan o’zgarishlarni hisobga olish asosida o’quv mashg’ulotlarini operativ qayta qurish kabilar kiradi.

Nostandart darslar. XX asr 70-yillari o’rtalarida milliy maktablarda o’quvchilarning mashg’ulotlarga qiziqishlarining pasayish xavfi aniqlandi. Muammoni bartaraf etish maqsadida nostandart darslarning tashkil etilishiga alohida e’tibor haratildi. Nostandart dars an’anaviy tuzilishdagi improvizatsion o’quv mashg’ulotidir.

Pedagogik adabiyotlarni tahlil qilish nostandart darslarning o’nlab turlari mavjudligini ko’rsatdi. Ular orasida “berilish” darsi, amaliy o’yinlar, matbuot konferentsiyalari, ijodiy hisobotlar, musobaqalar, KVN turidagi o’yinlar, tanlov, teatrlashtirilgan darslar, binar, kompyuterli darslar, fantaziyalar, “sudlar”, haqiqatni izlash, “paradokslar”, auktsionlar, dialoglar va boshqalar ko’zga tashlanadi.



13 – mavzu. Pedagogik-psixologik fanlarni o`qitish shakllari

Ma’ruza mashg’ulotning texnologik modeli


Ma’ruzaga ajratilgan
vaqt – 2 soat



Tinglovchilar soni –

O’quv mashg’ulotining shakli:

Ma’lumotli ma’ruza


O’quv mashg’ulotining tuzilishi:

Pedagogik –psixologik fanlarni o’qitish ning asosiy shakllari.


O’quv mashg’ulotining maqsadi:

Tinglovchilarga pedagogik fanlarni o’qitish shakllari

haqida ma’lumot berish.



Pedagogik vazifalar:

Mavzuni sharhlash.

Mavzuning asosiy maqsadini yoritib berish.

Turli nazariyalar bilan tanishtirish.

Tayanch tushunchalarni mazmunini yoritib berish.

Mavzuni rejalar bo’yicha mazmunini yoritib berish.




Oquv faoliyatining natijalari:

Mavzudagi asosiy tushunchalarni aytib berish.

Pedagogik fanlarni o’qitish shakllari haqidagi tushunchalarga ega bo’ladi.

“fanlarni o’qitish shakllari ” tushunchasining ma’nosini anglash.




Ta’lim metodi

Suhbat, BBB» metodi, «Aqliy xujum» metodi

Ta’limni tashkil etish shakli

Ma’ruza, frontal, umumjamoa

Didiaktik vositalar

Tarqatma material, doska, bo’r

Ta’limni tashkil etish sharoiti

Kompyuter bilan ta’minlangan auditoriya

Nazorat

O’z-o’zini nazorat qilish.

Ma’ruza mashg’ulotining texnologik xaritasi

Bosqich vaqti

Faoliyat mazmuni

O’qituvchi

Tinglovchi

I-Bosqich.

O’quv mashg’ulotiga kirish


(20 min).

    1. Mavzu, uning maqsadi, o’quv mashg’ulotlaridan kuti-layotgan natijalar ma’lum qiladi.

«Debat» baxs mavzusi.

    1. Eshitib, yozib oladilar.

1.2. «Debat» baxs mavzusi.

II-Bosqich.

Asosiy bosqich. Anglash


(50 min).

2.1. Tinglovchilarning darsga tayyorgarlik darajasini aniqlash uchun tezkor-savol javob o’tkazish.

2.2. O’qituvchi vizual mate-riallardan foydalangan holda ma’ruzani bayon qiladi.

2.3. «Debat» baxs mavzusi.

2.4. Taqdimot texnologiyasi yordamida asosiy tushunchalar bilan tanishtirish.

2.5. Jalb qiluvchi savollar bilan murojaat qiladi.


2.1. Savollarga birin-ketin javob oladi.

2.2. O’ylaydi va yozib oladi.

2.3. «Debat» baxs mavzusi.

2.4. Sxema va jadvallar mazmunini muhokama qila-di. Savol berib asosiy joy-larni yozib oladi.

2.5. Misollar keltiradi, eslab qoladi.


III-Bosqich.

YAkuniy fikrlash bosqichi


(10 min).

3.1. «Debat» baxs mavzusining ustunini to’ldirishni so’raydi.

3.2. «Debat» baxs mavzusini bajarish orqali tinglovchilar tasavvurlarini aniqlaydi.

3.3. Mustahkamlash uchun vazifalar beradi.


3.1. «Debat» baxs mavzusini mustaqil bajarib, boshqa tinglovchilarning ishlari bilan taqqoslaydi.

3.2. Topshiriqlarni yozma ravishda bajarib keladilar.



Mavzu : Pedagogik-psixologik fanlarni o'qitish shakllari.
Reja :

Pedagogik-psixologik fanlarni o’qitish ning asosiy shakllari.



Tayanch tushunchalar: ma`ruza,seminar, amaliy ,laborotoriya, mustaqil ta`lim.

Pedagogik-psixologik fanlarni o’qitish ning asosiy shakllari.

Pedagogik fanlarni o’qitish ning asosiy shakllarilariga quyidagilar kiradi:

1. Ma`ruza.

2. Seminar.

3. Amaliy

4. Laborotoriya

5. Mustaqil ta`lim.

Ma'ruza o’qish va uni o'tkazishga quyiladigan talablar

1. Ma'ruza va ma'ruzaning ahamiyati. Ma'ruza. «Ma'ruza» (lekciya) so'zi lotincha bo'lib, ruscha tarjimada «o'qitish» deyilgan.

Ma'ruza - bu, o’qituvchi tomonidan bilimni bayon etish. Ma'ruzada keng hajmli bilim monologik yo'l bilan bayon qilinadi. Qoidaga ko'ra, ma'ruza metodi yuqori sinflarda qo’llanadi. Ma'ruzaning mohiyati shundaki, u o’quvchilarning bilimni to'liq va tugallangan, mantiqan, o'zaro bog`liq holda o'zlashtirishiga yordam beradi.Hozirgi davr pedagogik tajribada ham, ma'ruza bahs metodi qullanilmoqda. Bu metod o’quvchilarning mustaqil fikrlash, o'z mulohazalarini isbotlash, asoslashni bilishlarida muhim omil bo'layapti. Zero, puhta tayyorgarlik bilan uyushtirilgan bahs o'kuvchilarning ta'lim va tarbiyada muammoni chuqur tushunish yo'llarini, unga nisbatan bo'lgan o'z fikr-mulohazalarini himoya qilishni, boshqalar fikri bilan hisoblashish odobini egallashlarida alohida ahamiyatga ega.

Ma'ruza metodida ko'zlangan asosiy maqsad - o’quvchilarda bilimni mustaqil egallash qobiliyatini hosil qilishdir.Ma'ruza yangi bilimni o'tishda uning qism larini umumlashtirishda, murakkab qonun-qoidalarni yakunlashda, muammoli masalalarni o'rganishda, o’quv fanlari o'rtasidagi o'zaro alohani o'rganishda qo’llaniladi.

Ma'ruzaning mazmunli, samarali bo'lishi uchun:

- aniq , o'ylab tuzilgan rejani o’quvchilarga tanishtirish;

- rejaning harbir qism i bo'yicha berilgan ma'lumotni yakunlash;

- bayon o’quvchilarga tushunarli va ko'rgazmali, yorqin bo'lishi;

- bayon o’quvchilarda muhim o'rinlarni bilib olishga qiziqish uyg`otadigan bo'lishi kerak.

Ma'ruzani shunday o’qish lozimki, buning ta'sirida tinglovchilarda shu fanga uning vazifa va kelajagiga nisbatan turli qarashlar, ilmiy e'tiqodlar vujudga kelishi va shakllanishi darkor shunday ekan, o’qituvchi ma'ruza o’qish jarayonida tinglovchilarning tarkibini hisobga olgan holda, uning ilmiy tomoniga alohida e'tibor berishi va tinglovchilarning qiziqishi va intilishlariga quloq solishi lozim.

O'qilayotgan ma'ruzalarning tarbiyaviy ta'sirining ya'nada yuksak bo'lishi o’qituvchining yoshlar oldidagi obro'siga, shahsiy sifatlariga, ilmiy iste'dodiga, ta'lim sohasidagi tajribasi, mahoratiga va tinglovchilar bilan o'rnatilgan do'stona munosabatlariga bog`liqdir.

Bundan tashqari dars va ma'ruzaning samarali natijasi o’quvchi va tinglovchilarning o’quv jarayondagi ruhiy holatlarini qay darajada hisobga olinishiga ham bog`liq. Shunday ekan, ta'limni samarali tashkil etish, uning dars, ma'ruza va boshqa shakllaridan o’qitish jarayonida o'rinli foydalanishlari uchun shubhasiz, o’qituvchining pedagogik mahorati, pedagoglik madaniyati, o'z predmetini puhta bilishligi va o’quvchi tinglovchilar bilan umumiy til topa olishligi g`oyat katta ahamiyatga egadir.

2. Ma'ruza va ma'ruzachiga quyiladigan pedagogik talablar. Ma'ruzani muvaffaqiyatli o'qish, ma'ruzani ta'limiy va tarbiyaviy vazifalarini tadbiq etish, ko'p jihatdan ma'ruzachi va tinglovchilar auditoriyasi o'rtasidagi muloqatga bog`liq bo'ladi.

Ma'ruzachi va tinglovchilar o'rtasidagi muloqatni yuzaga keltirish uchun uchta guruh shartlari mavjuddir.

Birinchi guruh sharti ma'ruza mazmuni va tuzilishiga bog`liq bo'ladi. Bularga quyidagilar kiradi.

Ma'ruzalarga ularni o'tkazishga qat'iy talablar quyiladi:

1. Ma'ruzani mazmuni va tuzilishi aniq ishlab chiqilgan bo'lishi kerak.

2. Ma'ruza aniq reja asosida tashkil etilishi.

3. Ma'ruza ilmiy faktlar va ma'lum otlarga boy bo'lishi kerak.

4. Ma'ruzada fan-tehnikaning eng so'nggi yangiliklari yoritilishi zarur.

5. Ma'ruza uchun materiallar chu?ur o'rganilgan holda tanlanishi kerak.

6. Ma'ruza mazmuni asosiy tushunchalarni yoritishga qaratilgan bo'lishi kerak.

7. Ma'ruzada ilmiy adabiyotlar ta?lili, o'tilayotgan mavzuni darslikda yoritilishiga ob'ektiv baho berish zarur.

Ikkinchi guruh shartlari ma'ruzachini sifatlariga qaratilgan talablardir:

1. Ma'ruzachi aniq g`oyaviy va ilmiy bilimlarga ega bo'lishi.

2. Ma'ruzachi umumiy va ilmiy, intellektual salohiyatga ega bo'lishi kerak.

3. Ma'ruzachi ma'ruzadagi ma'lumotlarni erkin holda o'zlashtirgan bo'lishi zarur.

4. Ma'ruzachi o'z predmetini chuqur bilishi va ilmiy ihodga qiziquvgan bo'lishi zarur.

5. Ma'ruzachida lektorlik mahorati, bilim va malakalar uzviyligi, bog`liqligi (o’quvchi tinglovchilar diqqatini o'ziga jalb etish, tinglovchilarni fikrlash faoliyatlarni yo'lga solish va boshqalar) mavjud bo'lishi kerak.

6. Ma'ruzachida muloqatga kiritish malakalari va tashkilotchilik sifatlari mavjud bo'lishi kerak.

7. Ma'ruzachini nutqi grammatik va orfoepik jihatdan savodhon va to'g`ri bo'lishi, uning nutqi aniq , ifodali, tushunarli va auditoriyadagilar uchun eshitilarli bo'lishi zarur.

8. Ma'ruzachini nutq sur'ati (tempi) tinglovchilarga ma'ruzani tushunishlari va asosiy mazmunni yozib olishlari uchun mos bo'lishi kerak.

9. Ma'ruzachi tinglovchilar bilan hushmuomila vash u bilan birga talabchan munosabatda bo'lishi lozim.

Uchinchi guruh shartlariga quyidagilar kiradi:

1. Ma'ruza soatlarini to'g`ri taqsimlanishi.

2. O’quv jarayonini o'z vaqtida, sifatli materiallar bilan ta'minlash.

YUqorida sanab o'tilgan uch guruh shartlari birgalikda amalga oshirilsagina, hamma talablarga javob beradigan ma'ruzani o'tish mumkin bo'ladi.

Ma'ruza, asosan ijtimoiy fanlarni o’qitish jarayonida qullanmoqda. Ma'ruza darslarini tashkil etish ancha murakkab va ko'p mehnat talab qiladigan ishdir. Ma'ruza darsi tajribali, yuksak darajada pedagogik mahorat asosida tashkil etiladi. Ma'ruzadan faqat fan, o’quv predmeti asoslari borasidagi ma'lumotlar berib qolmasdan, balki o'kuvchilarni ijtimoiy-g`oyaviy jihatdan tarbiyalab borish talab etiladi. Ma'ruza jarayonida asosiy e'tibor o'kuvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, bilim va faoliyat malakasini oshirishga qaratilgan.

Maktab amaliyotida ma'ruzaning quyidagi turlaridan keng foydalanilmoqda: ma'ruza-hikoya, mahruza-suhbat, ma'ruza-munozara hamda ommaviy ma'ruza. Ma'ruzalar yozma shaklda ifoda etiladi. Shu bois ma'ruzachi-o’qituvchida ma'ruza mavzusi yuzasidan reja hamda konspekt bo'lishi lozim.

Ma'ruza umumiy o'rta ta'lim maktablari hamda yangi turdagi o’quv muassasalarida 45 daqiqalik bir akademik soatdan iborat bo'ladi. Umumiy qoidaga muvofiq ma'ruza bir dars davomila ohiriga etkazilmay holgan bo'lsa, u yangi mashg`ulotda davom ettiriladi. harbir mavzu bo'yicha ma'ruza materiallari tushuntirib bo'lingach, o’quvchilar bilan savol-javob o'tkaziladi. harbir mavzu yuzasidan foydalanish lozim bo'lgan adabiyotlar ro'yhati taqdim etiladi.

Maruzalar mashg`uloti kuyidagi turlarga bulinadi

quyidagi turlarga bo`linadi:

1.Muammoli ma`ruza.

2.Binar ma`ruza.

3.Vizual ma`ruza.

4.SHarhlovchi ma`ruza.

5.Ahborotli ma`ruza.

6.Munozara ma`ruza.

7.Kirish ma`ruza.

2.Seminar mashg`ulotlarining vazifasi - darslarda bayon qilingan nazariy fikrlarni konkretlashtirish, chuqurlashtirishdan, o’quvchilar bilimini tekshirish va mustahkamlashdan, adabiyotni o'rganish ko'nikmasini hosil qilish, uni konspekt qilish, suhbatlar, dokladlar, ota-onalar uchun konsultaciyalarning plan va konspektlarini tuzishdan, kursning konkret temasini og`zaki bayon qilish qobiliyatiga ega bo'lishdan iboratdir.

Seminar mashg`ulotlari uchun kursning eng muhim va murakkab masalalari shuningdek, adabiyotlarda etarli darajada to'liq yoritilgan va o'kuvchilarning o'zlari mustaqil ravishda o'rgana olishlari mumkin bo'lgan masalalar tanlab olinadi.

Seminarning harbir temasi bo'yicha o’quvchilarga adabiyotlar ro'yhatini berish, topshiriqning harakterini belgilash, uni bajarish plani va hisobot formasini ko'rsatish kerak. Adabiyotlarni o'rganayotganda o’quvchilar konspekt yoki ota-onalar uchun konsultaciyalarning tekstlarini tuzadilar.

Seminar mashg`ulotlarini quyidagicha tashkil etish mumkin: avvalo o’qituvchi seminarning vazifasi va uni o'tkazish tartibini belgilaydi. So'ngra nutq so'zlash uchun o'kuvchilarga so'z beradi. Shundan keyin ishtirok etuvchilar nutq so'zlaganlarga savollar beradi, ular javob qaytarishadi. Keyin boshqa o'quvchilar nutq mazmuniga haratkeristika berib, uni to'ldiradilar (yutuq va kamchiliklar ko'rsatiladi). O’qituvchi seminarni yakunlar ekan, asosiy nutqni baholaydi, uning mazmuni, ifoda formasi ko'rgazmali qurollar (jadvallar, rasmlar, fotosuratlar va boshqalar) dan foydalanish darajasiga harakteristika beradi, shuningdek, boshqa o'kuvchilarning nutqlari to'g`risida ham fikr mulohazasini aytadi. Mashg`ulot so'ngida qo'yilgan vazifa qanday bajarilganligini aytib o'tish va navbatdagi seminarga tayyorlanish uchun tavsiyalar berish muhim.

Ma'ruza mavzu bo'yicha qilinadigan suhbat, seminar bo'lib, bu o’qituvchi rahbarligida o'tkaziladigan amaliy mashg`ulot o’quvchilarda mustaqil fikrlash, mustaqil faoliyat ko'rsatish, darslik bilan mustaqil ishlash, ijodiy fikrlash qobiliyatining rivoj topishiga yordam beradigan darajada bo'lishi lozim.

Seminarlarni tashkil etishdan ko'zlangan maqsad o'kuvchilarning mustaqil ishlarini yanada rivojlantirish, ayrim mavzular yuzasi dan keng va chuqur ma'lumot bera oladigan manbalar ustida ishlay olishlari hamda shu asosda kelajak faoliyatlarida zarur adabiyotlardan foydalana olish ko'nikma va malakalariga ega qilishdan iboratdir.

Seminar mashg`uloti o'kuvchilar tomonidan u yoki bu mavzu bo'yicha ma'ruzalar tayyorlash hamda uni sinf o’quvchilari bilan muhokama qilish yo'li bilan olib boriladi.

Seminarlarga 2-3 hafta tayyorgarlik ko'riladi. O’quvchilar adabiyotlarni o'rganadilar, material yig`adilar, turli kuzatishlar o'tkazadilar, o'z ahborotlari yuzasidan tezislar tuzadilar.

Seminar mashg`uloti o’qituvchi rahbarligida o'tkaziladi. U o’quvchilar ishini yo'naltirib turadi, mavzuga oid savollari yuzasidan tashkil etilgan mu?okamani yakunlaydi. Zarur qo'shimcha mulohazalar bildiradi, materialni muayyan tizimga soladi. Ma'ruza qilgan, muhokamada qatnashgan o’quvchilar faoliyati baholanib boriladi.

Seminar mashg`uloti o'kuvchilar e'tiborini darsga jalb etish, ularning qiziqishini orttirish, ularni mustaqil ishlashga, fikrlashga o'rgatish, darsni faollashtirish hamda o’quvchilar a?liy ?obiliyatlarini o'stirishda muhim o'rin tutadi.

Seminar mashg`uloti kuyidagi turlarga bulinadi:

1. Seminar trening.

2. Seminar bahs-munozara.

3. Intensiv seminar.

4. Interaktiv seminar.

5. Seminar loyiha

3.Amaliy mashg`ulotlar

Amaliy mashg`ulotlar o'kuvchi-tinglovchilarni biror-bir mavzu bo'yicha bilimlarini amaliy jihatdan mustahkamlash uchun o'tkaziladi.

Amaliy mashg`ulotlar - pedagogi-psixologikdagi mustaqil ta'lim shaklidir. Amaliy mashg`ulotlarni o'ziga hos hususiyatlari shundaki quyiladigan vazifa, o’qituvchi va o’quvchi faoliyatini tashkil etishni birgalikda amalga oshirishni ko'zda tutadi.Amaliy mashg`ulotlarda tor doiradagi amaliy harakterga ega bo'lgan masalalar hal etiladi.O’qituvchi amaliy mashg`ulotlarda o’quvchilar faoliyatini tashkil etish, ularga topshiriqlarni bajarishga yordam berishdan iborat bo'ladi.Amaliy mashg`ulotlarda o’quvchilarni tashkil etishning frontal, guruhli, yakka holda, juftli ishlash shakllaridan foydalaniladi. Bu esa o’qituvchiga alohida o’quvchilarda turli malaka va ko'nikmalarni mustahkamlashga yordam beradi.

Amaliy mashg`uloti kuyidagi turlarga bulinadi:

1.Taqdimot.

2.Mustakil ijodiy ishlar loyihasi.

3. Amaliy mashklar.

4.Virtual tehnik takdimot.

Laboratoriya mashg`ulotlari

Laboratoriya mashg`ulotlari - bu o’qituvchi rahbarligida va belgilangan reja asosida yangi bilim bo'yicha tajriba o'tkazish jarayonida amalga oshiriladigan aniq amaliy vazifalardir.

Yangi bilimni egallash bo'yicha o'tkaziladigan laboratoriya mashg`uloti quyidagi metodik priyomlar orqali amalga oshiriladi:

- mashg`ulot mavzuini va amalga oshiriladigan vazifalarni aniqlash;

- mashg`ulot tajriba-bosqichlarini aniqlab olish;

- mashg`ulotning borishini, ishning tehnik havfsizlikka rioya qilingan holda bajarilishini kuzatib borish;

- mashg`ulotni yakunlash, asosiy hulosani bayon etish.

Laboratoriyada o'tkaziladigan mashg`ulot-tajriba o'kuvchilarning hozirgi davrdagi ishlab chiqarishning ilmiy asoslarini, tajribada qo’llanadigan asboblarga ongli munosabatda bo'lish ko'nikmasini, tehnik bilimni egallab olishlariga zamin yaratadi.Bu mashg`ulotda o’quvchilar o’qituvchining topshirig`i bo'yicha asboblardan foydalanib, biror hodisani reja asosida tadqiq etadilar. Amaliy mashg`ulotlarda mavzuning yirik qism lari o'rganiladi. Bu - umumlashtiruvchi tarzda bo'ladi. Mazkur ish faqat sinfda emas, balki sinfdan tashqarida ham amalga oshiriladi.

Laboratoriya mashg`uloti quyidagi priyomlardan tashkil topadi:

- mashg`ulot maqsadini belgilash;

- bajariladigan ishni, unga rahbarlik qilish tartibini belgilab olish;

- ish tugagach, uni yakunlash.

Laboratoriya mashg`uloti jarayonida o’quvchilar darslik va o’quv qo’llanmalardan foydalanishlari, o’qituvchi bilan maslahatlashishlari mumkin.Bu metod o’quvchilarning bilim, bili shva ko'nikmalarini tekshirish, ya'ni ta'limiy jarayon tarkibi va principlari bilan bog`liq holda qo’llanadi. Shu asosda bilimni tekshirish va baholashning turlari belgilanadi. Masalan:

- kundalik o’quv mashg`uloti davomida bilimni tekshirish va baholash;

- harbir chorak ohirida bilimni tekshirish va baholash;

- yil ohirida o’quvchining yil davomida egallagan bilimini tekshirish va baholash.

harbir o’qitish shakllaridan foydalanish o’qituvchidan yuksak pedagogik bilim va mahoratni talab etadi.

Laboratoriya mashg`uloti quyidagi turlarga bo`linadi:

1.Ijtimoiy loyiha ishi

2. Tehnik laboratoriya.

3.Mahsus laboratoriya ishi.

Mustaqil ta'lim belgilangan o`quv topshiriqlarini tinglovchilar tomonidan mustaqil va ijodiy (yoki professor - o`qituvchining ko`rsatmasiga muvofiq) bajarish maqsadiga yo`naltirilgan o`quv faoliyatidir. Mustaqil ta'lim negizini ta'lim oluvchining mustaqil ishlari tashkil etadi. Mustaqil ishlar o`quv - biluv faoliyatining bir turi, o`quv faoliyatining tashkiliy shakl - usuli, bilim o`zlashtirish yo`li, vositasi sifatida namoyon bo`ladi. Shuningdek tinglovchilarning mustaqil ishlari didaktik maqsadi, mustaqil o`quv faoliyatining darajasi, yakka kishiga yoki guruhga mo`ljallanganligi, axborot manbai, bilim olish metodlari, shakli va bajarish o`rniga ko`ra ham tasniflanadi, farqlanadi



Download 1,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish