Pedagogik menejment bu ta'lim jarayonining samaradorligini oshirishga qaratilgan printsiplar, usullar, tashkiliy shakllar va texnologik boshqaruv uslublari majmui



Download 44,71 Kb.
bet8/10
Sana02.07.2022
Hajmi44,71 Kb.
#732332
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Menejment

11-javob

Pedagogikada innovatsiya, innovatsion faoliyat, innovatsion pedagogika, ta’limda innovatsion jarayonlarni boshqarish kabi tushunchalar XX asrning 60- yillarida dastlab, AQSh va g`arbiy Yevropa mamlakatlarida «ta’lim texnologiyasi» tushunchasi e’tirof etilgan vaqtda paydo bo`ldi. Usha vaqtdayoq Yevropada pedagogik innovatsiyalar markazi va instituti tashkil etildi. Bu tushunchalarning paydo bo`lishi va innovatsion ta’lim nazariyasining yaratilishi to`g`risida ma’lumot beruvchi manbalar taxlili shuni ko`rsatadiki, bu tushunchalar ta’lim tizimini texnologiyalashtirish, pedagogik texnologiyalarni ta’lim tizimiga kiritish orqali ta’lim tizimini isloh qilish, ta’lim samaradorligini oshirish, shaxs ijtimoiylashuvini ta’minlash, bu borada muayyan muvaffaqiyatlarga erishish uchun ta’lim jarayonida bolaga do`stona munosabatlarni shakllantirishga urinish natijasida vujudga keldi. Innovatsion faoliyat - pedagogning o`z kasbini takomillashtirishdagi mavjud shakl va vositalarni egallashga ijodiy yondashuvini nazarda tutadi. Ta’limdagi innovatsiyalar va innovatsion pedagogik faoliyat haqida barqaror va hammaga ma’qul bo`lgan ilmiy tasavvurlar va tasniflar shu paytgacha mukammal tarkib topgan emasligini ham e’tirof etish lozim. Bunday holatning asosiy sabablaridan biri ta’limga yo`naltirilgan ilmiy bilimlar tizimlari o`rtasidagi qiyinchilik bilan yengib o`tiladigan uzilishlardir. Yana muhimroq sabab esa ta’limiy bilim vaamaliy pedagogik faoliyat o`rtasidagi uzilishdir. O`qituvchi innovatsion faoliyatning subyekti va tashkilotchisi sifatida yangilikni yaratish, qo`llash hamda ommalashtirishda ishtirok etadi. Innovatsiyalar dolzarb, muhim ahamiyatga ega bo`lib, bir tizimda shakllangan yangicha yondashuvlar. Ular tashabbuslar va yangiliklar asosida tug`ilib, ta’lim mazmunini rivojlantirish uchun istiqbolli bo`ladi, shuningdek, umuman ta’lim tizimi rivojiga ijobiy ta’sir ko`rsatadi. Innovatsiya — ma’lum bir faoliyat maydonidagi yoki ishlab chiqarishdagi texnologiya, shakl va metodlar, muammoni yechish uchun yangicha yondashuv yoki yangi texnologik jarayonni qo`llash, oldingidan ancha muvaffaqiyatga erishishga olib kelishi ma’lum bo`lgan oxirgi natijadir. Bugun ta’lim tizimidagi innovatsiyalarni quyidagicha tasniflash ma’qullanmoqda:  Faoliyat yo`nalishiga qarab (pedagogik jarayondagi, boshqaruvdagi).  Kiritilgan o`zgarishlarning tavsifiga ko`ra (radikal, modifikasiyalangan, kombinasiyalangan).  O`zgarishlar ko`lamiga ko`ra (lokal, modulli, tizimli).  Kelib chiqish manbaiga ko`ra (shu jamoa uchun ichki yoki tashqaridan olingan). Innovatsiyaning maqsadi - sarflangan mablag` yoki kuchdan eng yuqori natija olishdan iborat. Boshqa turli — tuman o`z-o`zidan paydo bo`ladigan yangiliklardan farqli o`laroq, innovatsiya boshqariluvchi va nazorat qilinuvchi o`zgarishlar mexanizmini tashkil etadi. Innovatsion faoliyat - pedagogik jamoani harakatga keltiruvchi, olg`a boshlovchi, taraqqiy ettiruvchi kuchdir.



Download 44,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish