Key words: methodical teaching, professional skills, elementary teaching technology, technical
training of a volleyball player, action-game skills, teaching process, vocational training, dictation,
demonstration and explanatory methods.
Kirish.
Ma’lumki, sportning porloq kelajagi sport zahiralari doirasining kengligi va sifatiga bevosita
bog’liqdir. Bu bevosita sport jihozlari, mashg’ulot oʻtkazish bazalari, trener mahorati, mashqlarni oʻrgatish
texnikasi va oʻrgatish san’atiga bog’liqdir. Binobarin, oʻzbek sportini jahon maydoniga olib chiqish, uni
raqobatbardosh pog’onaga koʻtarish bolalar sportini ilmiy asosda tashkil qilish va bu borada samarali
pedagogik texnologiyalar joriy etish muhim ahamiyat kasb etadi. Faqatgina maqsadga muvofiq tashkiliy va
uslubiy tadbirlarni ilmiy asosda amalga oshirilishi talab qilinadi. Lekin bunday sifatlarga erishish nihoyatda
ehtiyotkorlik, mashg’ulot yuklamalarini asta-sekinlik bilan, “toʻlqinsimon” yoʻnalishda oshira borish evaziga
amalga oshirilishi mumkin. Albatta, bu jarayon uzluksiz va muntazamlik hamda mashg’ulot yuklamalarini
shug’ullunuvchi “obyekt”ning funksional imkoniyatlariga mos tarzda qoʻllash tamoyillari asosida yanada
samarali va jadalroq kechadi. 2000-yildan boshlab yurtimizda kichik olimpiada nomini olgan koʻp bosqichli
“Umid nihollari”, “Barkamol avlod”, “Universiada” kabi ommaviy sport musobaqalari uzluksiz oʻtkazib
kelinmoqda. Shunday boʻlsada, hali koʻp joylarda sport toʻgaraklari, BOʻSMlar, hatto, ayrim terma jamoalarda
ham mashg’ulotlarni ilmiy asosda tashkil qilish, yuklamalarni rejalashtirish, umumiy va ixtisoslashtirilgan
mashqlarni tanlash hamda qoʻllashda shug’ullanuvchi bolalarning yoshi, jinsi, jismoniy va psixofunksional
imkoniyatlari obyektiv test natijalariga asosan amalga oshirilmaydi. Ana shunday kamchilik va muammolar
voleybolchilar tayyorlash amaliyotida ham koʻzga tashlanadi [3, 5, 6].
Asosiy qism.
Sport malakalariga dastlabki oʻrgatish jarayoni koʻp yillik sport tayyorgarligi tizimining
poydevori boʻlib hisoblanadi. Dastlabki oʻrgatish oʻz tashkiliy, uslubiy, ilmiy va moddiy-texnika nuqtayi
nazaridan qanchalik puxta asoslangan boʻlsa, sifatli boʻlsa, shunchalik sport oʻrinbosarlarini tayyorlash yoʻli
qisqaroq va osonroq boʻladi. Ammo bu, albatta, mutaxassisning bilimiga, kasbiy koʻnikma va malakalariga
bevosita bog’liq boʻladi. Shuning uchun mutaxassislarni tayyorlashga moʻljallangan oʻquv dasturining eng
e’tiborli va asosiy boʻlimlaridan biri boshlang’ich oʻrgatish uslubiyati (texnologiyasi) boʻlib hisoblanadi [5, 7,
11].
Musobaqa jarayonida samarali natijaga erishishning asosiy shart-sharoitlaridan biri – bu
voleybolchining texnik tayyorgarligi, texnik mahorati takomillashgan darajada boʻlishidir. Demak, oʻrgatish
jarayonining dastlabki va asosiy maqsadi bu oʻyin texnikasini mukammal oʻzlashtirishdir.
Harakat-oʻyin malakalari – toʻpni uzatish, qabul qilish (himoya), toʻpni oʻyinga kiritish, zarba berish,
toʻsiq qoʻyish – belgilangan bosqichlarda, ma’lum uslublar va vositalar yordamida oʻzlashtiriladi,
mukammallashtiriladi, takomillashtiriladi. Mazkur jarayon pedagogik, biopsixologik va biomexanik
qonuniyatlar asosida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |