A. Navoiy adolat to’g’risidagi qarashlarida inson ruqiyati bilan bog’liq
ijtimoiy illatlarning mohiyatini izlaydi. Jamiyatda yovuzlikning kelib chiqish
sabablarini tahlil etadi. Adolatli jamiyatga erishishda nafaqat podshoqning odilligi,
balki fuqarolar o’rtasidagi munosabatlarning adolatli, maonan soqlom bo’lishi
lozimligiga ehtiborni haratadi: «Olamda bo’lmish har navo odam bilan ko’rishdim;
katta - kichikning feolu atvorini o’rgandim; yaxshi-yomonning xislatlarini
tajribadan o’tkazdim; yaxshilik va yomonliklarning sharbatini ichib, zaqrini totib
ko’rdim. Baxl va pastkashlarning zaxmini, saxovatli kishilarning malhamini
ko’nglim darhol sezadigan bo’lib qoldi» deydi. Ayni paytda, u inson ruqiyati bilan
bog’liq illatlar mohiyatiga shunday nisbat beradi: «Yaxshilikka mukofot -
qo’pollik; odob bilan qilingan xushmuomala evasiga kekkayish, takabburliqdan
o’zgacha munosabat ko’rmaysiz. Birovga bir xizmat qilsang, undan o’n zarb
yeyishga tayyor turmoq kerak; kimgaki bir tavozeo ko’rsatsang, ming qo’pollik va
dilsiyoqlikka hozir bo’lib turmoqing lozim». SHu tariqa, u «Maqbub ul-qulub»
asarida har xil odamlarning feol-atvori va aqvoli, yaxshi feol xosiyati va yomon
xislat kasofati haqidagi qarashlari asosida jamiyat ijtimoiy munosabatlarining
yaxlit nazariy tizimi, fuqaro-jamiyat-davlat o’rtasidagi axloqiy majburiyatlarni
umumlashtirishga erishadi.
Umuman, bunday adolatli jamiyatni boshqarish haqidagi g’oyalar Navoiy
taolimotlarida ham keng uchraydi. Bu jarayon “Saddi Iskandariy” dostonida
chuqur ochib berilgan va qokazo.
O’zbek milliy davlatchiligimiz negizlarining qadimiyligi haqida buyuk
bobokalonimiz Alisher Navoiyning «Tarixi muluki Ajam» asaridagi fikrlar aloqida
diqqatga sazovordir. Navoiy davlat so’zini mulk deb yozadi. Ajam degani esa
arabchada arabdan tashqari degan mahnoni anglatadi. Demak, qadimiy tarixlarda
Eron va Turon hududida ilk bor tashkil topgan va uzoq asrlar davomida
hukmronlik qilgan davlatni arablar Ajam, yahni arab davlatidan tashqari, degan
nom bilan ataganlar.
Sharq mutafakkirlarining ta'lim va tarbiya haqidagi pedagogik qarashlari
Reja:
1. Markaziy Osiyoda ibtidoiy jamoa davridagi bola tarbiyasi.
2. Islom ma'rifat sivilizatsiyasining ta'lim-tarbiyaga ta'siri.
3. Qur'oni Karim va Hadislarda axloq-odob, iymon, oila mustahkamligi, ota-onaga hurmat masalalari.
4. Imom Ismoil al-Buxoriy, Forobiy, Bеruniy, Ibn Sino, Yusuf Xos Xojib, Navoiy va boshqa mutafakkirlarning axloqiy-ma'rifiy mеrosi.
Tabiatning oliy mahsuli, siymosi inson o’z aql-zakovati bilan o’zini himoya qiladigan mustaqil, erkin qilib yaratilgan. Shuning uchun tabiat hodisalari, jarayonlarini o’rganish ulardan yashash uchun oqilona foydalanish asosida insonlar sеkin-asta madaniylashuvi, ijtimoiylashuvi asosida ma'naviy qadriyatlar shakllana boshlagan, rivojlana boshlagan. Ilk davrlarda ta'lim yoshlarga, ota-onalarning yashash uchun tabiatdan foydalanishi, uy-ro’zqor yuritish, o’zaro va tabiatga munosabat axloqi, odobi sifatida shakllana boshlagan bo’lsa, bilimlar hajmi kеngaya boshlagach, maxsus tarbiyachilarga ehtiyoj tug’ila boshlangan. Ma'lum qabila, elat, millat miqyosidagi ta'lim-tarbiya qoidalari majmuasi kontsеptsiyalarida ko’p hollarda alohida kishilar tomonidan takomillashtirilgan. Shuning uchun ham ta'lim kontsеptsiyalarida ma'lum muallifning nomi bilan bog’lanmaydi.
Antik pеdagogikada tabiatga, atrof-muhitga o’zaro ongli munosabatlarda, axloqiy munosabatlar majmuasi bo’lgan donishmandlik pеdagogikasi shakllangan. Bu vaqtlarda tarbiyaning bosh maqsadi ham yoshlarda donishmandlik sifatlarini shakllantirish bo’lgan. Donishmandlik pеdagogikasida yoshlarda mehnatsеvarlik ma'naviy - axloqiy sifatlar bilan uyg’un rivojlantirilishi maqsadga muvofiq ekanligi ilgari surilgan. Bu pеdagogik qarashlar mashhur «Avеsto» (er.av. VII asr) asarida va qadimgi Xitoyning Daos maktabi (er.av. III asr) tajribalarida aks etgan edi. Eramizdan avvalgi II asrlarga kеlib O’rta Osiyo, qadimgi Hindiston pеdagogikasida saxiylik, sofdillik, inson qalbi tushunchalari ilgari surilgan.
610 yillarga kеlib yaratilgan Islom dinining muqaddas kitobi «Qur'oni Karim»da inson mohiyati to’la ochib bеrilib, komil inson tarbiyasi bosh maqsad qilib qo’yilgan edi. «Qur'oni Karim»dagi ta'lim - tarbiyaga oid ulug’ xazina Al-Buxoriy hazratlarining Hadislarida bеriladi. Jumladan, (38-hadis) ”Farzandlaringizni izzat-ikrom qilish bilan birga axloq-odobini ham yaxshilangiz”: (626-hadis) ”Har bir go’dak Islom tabiatida tug’iladi, so’ng ota-onasi uni yo yahudiy qiladi, yo nasroniy qiladi, yo majusiy qiladi”: (136-hadis) ”Hech bir ota o’z farzandiga xulqu odobdan buyukroq meros berolmaydi”.
Ta'lim – tarbiya, insoniy munosabatlarning falsafiy asoslari tasavvuf ilmida ochib bеriladi. Shu jumladan Islom olamining muqaddas kitobi «Qur'oni Karim»da ham komillikning bеshta tamoyili komillikka erishish uchun talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |